2- mavzu: Oliy ta’lim tizimini rivojlantirish ning zamonaviy tendensiyalari



Download 100,49 Kb.
bet3/11
Sana04.04.2022
Hajmi100,49 Kb.
#527129
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2ma]ruza

Ochiq ko‘ngillilikni menejer achinish va hamdardlik qilish kabi xislatlarda namoyon eta bilishligi, vijdon amriga quloq solishi kerak.
Menejer fikrlaydigan o‘z aqliy qobiliyati nimalarga qodirligini bilishi va idroklay olishi lozim.
Menejerda albatta mustahkam iroda bo‘lishi shart, chunki boshqaruv, bu hamisha hokimiyatdir.





Биологик сифатлар



Дунёқараш
салоҳияти
Махсус
тайёргарлик


Културологик тезаурус




Ҳаётий ва касбий тажриба





2.6.- rasm. Menejer modeli
Menejerning madaniyatlilik darajasi - inson tafakkuri va badiiy ijodiyoti eng yaxshi natijalari darajasida bo‘lishlik xususidagi doimiy extiyoj, bu uning etika, estetika, siyosatshunoslik, sotsiologiya va psixologiya bo‘yicha bilimlari. Boshqaruv faoliyatiga antropologik yondashish menejer keng kultrologik tayyorgarlikka ega bo‘lishi zarurligaga olib keladi.
Menejerning insoniylik jihati bu, menejerning boshqaruv faoliyatida sistemalashtirilgan va moslashtirilgan antropologik bilimlardan foydalana olishdagi nazariy - amaliy tayyorgarligi.
Antropologik bilimlar menejerga o‘z kasb vazifasini bajarish jarayonida odamlar bilan muloqotda bo‘lish va birgalikda harakat qilish, shaxsiy ishbilarmonlik sifatlarini namoyon eta bilish va eng yaxshi kasbiy natijalarga erishish uchun zarurdir. Bular ayniqsa ta’lim, servis, tibbiyot, savdo va tadbirkorlik kabi faoliyat sohalarvda katta ahamiyat kasb etadi.
Ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlarning oliy ta’lim muassasalarida va biznes bilan bog‘liq barcha biznes-maktablarda ixtisoslashtirilgan insonshunoslik fanlari o‘qitiladi: sanoat psixologiyasi, ishlab chiqarish sotsiologiyasi, tadbirkorlik odobi, ishbilarmonlik iqtidori va b. Ko‘pchilik universitetlarda shoirlar, rassomlar, madaniyat arboblarining ma’ruzalari rejalashtirilgan.
Menejerlarni insonshunoslik bo‘yicha tayyorlashda Evropa Ma’muriy boshqaruv instituti (Fransiya)da, Boshqaruv xalqaro instituti (SHveysariya) va Barselona oliy boshqaruv ta’limi institutida qiziqarli tajriba to‘plangan. Menejerlar tayyorlash bo‘yicha Tokiodagi markaz jahonga ma’lum, ishda ikki qismdan: insonshunoslik ta’limi va insonshunoslik texnologiyaviyligidan iborat insonshunoslik vakolati konsepsiyasi ko‘rib chiqilgan.
Menejerning insonshunoslik ma’lumoti, bu - antropologik bilimlar tizimi bo‘lib, uning mentaliteti faoliyatining so‘zlar yordamida obraz yaratish negizi hisoblanadi. Quyidagilar mana shu negizga taalluqli:
- boshqaruv psixologiyasi;
- boshqaruv pedagogikasi;
- boshqaruv odobi;
- boshqaruv sotsiologiyasi;
- boshqaruv kelishmovchilikshunosligi;
- boshqaruv ritorikasi;
- boshqaruv ortobiotikasi;
- boshqaruv imijshunosligi.
Menejerning insonshunoslik texnologiyaviyligi, bu - uquvlar majmui, shu tufayli antropologik bo‘limlar uning amaliy xatti-harakatlari (axborot to‘plash, boshqaruv qarorlari qabul qilish, futurologik loyihalash, ishbilarmonlik salohiyati va h.k.lar)da amalga oshiriladi. Insonshunoslik texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalana bilishlik uquvi menejerga antropologik bilimlarni tadbiq etishlik muvaffaqiyatini kafolatlaydi. Quyidagilar mazkur texnologiyalarga taalluqli::
- maqsadni mo‘ljallash texnologiyasi;
- yetuk taalluqlash texnologiyasi;
- o‘z-o‘zini fal bandlash texnologiyasi;
- o‘zini abadiylashtirish va b. texnologiyasi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, boshqaruv faoliyati o‘z mohiyati va xususiyati bo‘yicha jamiyat hayotida aqliy tartibga solish ahamiyatiga ega. Insoniyat tomonidan fan-texnika, iqtisodiyot va ijtimoiy muvaffaqiyatlar tobora oshirilib borishiga ko‘ra boshqaruv faoliyatining ilmga bo‘lgan talabi ham to‘xtovsiz o‘sib boradi. Boshqaruvning mohiyati ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlarni shunday nisbatda uyg‘unlashtirishni ta’minlashdan iboratdir, bu mo‘ljallangan maqsadga erishish imkonini beradi. SHuning uchun yaxshi rahbar odamlarga kamroq buyruq beradi, buning o‘rniga ularning mehnat faoliyati uchun zarur bo‘lgan samarali sharoit yaratadi. Boshqaruv, bu hamisha xukmronlik, har qanday tashkilotning samarali faoliyat ko‘rsatishi, uni to‘g‘ri taqsimlashga bogliq. Lavozim vakolatidan (hokimiyatning taqsimlanishidan) qat’iy nazar boshqaruv hulqining umumiy tamoyillari - vakolatlilik, insonparvarlik, innovatsiyalik, pragrmatika va ortobiotiklik mavjud. Boshqaruv uslubiga kelsak, u avtokratik, byurokratik, demokratik va aristokratik bo‘lishi mumkin.
Menejerning insonshunoslik vakolati uning boshqaruv faoliyatida antropologik bilimlardan foydalanishdagi nazariy-amaliy tayyorgarligiga bog‘liq. Bu vakolatlilik insonshunoslilik ma’lumoti va menejerning insonshunoslik texnologiyasi bilan tavsiflanadi.
Istiqbolni aniq bashorat qilish uchun strategiya zarurdir. CHunki, strategiya-bu istiqbolni tadqiq qilish, turli ssenariyalarni tahlil etish san’ati hamda istiqbolda raqobat kurashida afzallik beruvchi g‘oyadir. Boshqaruv strategiyasi-bu strategik maqsadni amalga oshirishga qaratilgan faoliyatdir. SHuning uchun yaxshi strategiya va strategiyani a’lo darajada amalga oshirish - yaxshi boshqaruvning eng ishonchli belgisi.
Boshqaruv strategiyasi beshta bir-biriga bog‘liq masalani hal etishga asoslanadi:
1. Tashkilot bajarishi lozim bo‘lgan strategik ko‘ra bilishni, harakat uzoq muddatli yo‘nalishini va aniq vazifani shakllantirish.
2. Strategik ko‘ra bilish va zimmadagi vazifani aniq maqsad va topshiriqqa aylantirish.
3. Maqsadlar va vazifalarga erishish strategiyasini ishlab chiqish.
4. Qabul qilingan strategiyani malakali hamda samarali tadbiq etish va amalga oshirshi.
5. Ish natijalarini baholash, yangi yo‘nalishlarni o‘rganish va rivojlanishning uzoq muddatli yo‘nalishi, strategiya maqsadlari yoki amaldagi tajribaga asosan uni amalga oshirish usullari, o‘zgaruvchan sharoitlar, yangi g’oyalar va imkoniyatlarga nisbatan to‘g‘rilovchi xatti-harakatlarni amalga oshirish.



Download 100,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish