2-bob. Budjet hisobining huquqiy asoslari, S



Download 233,12 Kb.
bet1/7
Sana22.06.2022
Hajmi233,12 Kb.
#690333
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 maruza


2-BOB. BUDJET HISOBINING HUQUQIY ASOSLARI, STANDARTLARI VA ULARNING MAZMUNI.


REJA:
1.Moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalarida buxgalteriya hisobini tashkil etishning uslubiy asoslari
2. Byudjet hisobining subyektlari va obyektlarining iqtisodiy mazmuni hamda byudjet ijrosi sohasidagi vazifalari.
3. Moliya organi, G‘aznachilik va uning xududiy bo‘linmalari bosh hisobchisining majburiyatlari, huquqlari va javobgarligi.
4. Byudjet hisobining ijrosi bo‘yicha axborot tizimlari va ulardan foydalanish.
5. Davlat byudjeti ijrosi bo‘yicha byudjet hisobini tashkil etishning xorij tajribasi.



  1. Moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalarida buxgalteriya hisobini tashkil etishning uslubiy asoslari

Davlat budjeti ijrosi bo’yicha O’zbekiston Respublikasining 26.12.2013 йилдаги "Budjet кодекси" va 13.04.2016 йил 404-сонли "Buxgalteriya hisobi to’g’risida"gi qonuniga, “Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri budjeti ijrosining moliya organlarida buxgalteriya hisobi bo’yicha yo’riqnoma”, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 22.12.2016 йилдаги 2850-сонли “Ўзбекистон Республикаси бюджет тизими бюджетларининг ғазна ижроси қоидаларини тасдиқлаш ҳақида”ги yo’riqnomа, 30.03.2016 йилдаги 2771-сонли Бюджет тизими бюджетлари даромадларининг касса ижроси тўғрисида”ги йўриқнома, 15.12.2014 йилдаги 2634-сонли “Бюжет ташкилотлари ва бюджет маблағлари олувчиларнинг харажатлар сметаси ва штат жадвалларини тузиш, тасдиқлаш ва рўйхатдан ўтказиш тартиби тўғрисида”ги низом, 30.03.2016 йилдаги 2772-сон буйруғи, “Ўзбекистон Республикаси молия вазирлигининг ахборот тизимида шахсий ғазна ҳисобварақларини юритиш қоидаларини тасдиқлаш ҳақида”ги Молия вазирлиги буйруғи, 06.12.2021 йилдаги 3341-сонли “Давлат мақсадли жамғармаларининг харажатлар сметаси ҳамда молиявий ҳисоботларини тузиш, тасдиқлаш ва тақдим этиш тартиби тўғрисида”ги низомga va byudjet tashkilotlarida 22.10.2010 yildagi “Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ga asosan buxgalteriya hisobi yuritilmoqda va boshqa tegishli qonuniy xujjatlarga asosan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari Qaroqalpog’iston Respublikasi moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari, shahar va tuman moliya bo’limlari buxgalteriya hisobini yuritadi. Xozirda budjet ijrosi hisobi kassa usuliga asoslangani sababli, Moliya organlari shuningdek G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari buxgalteriya hisobi va hisobotlarini yagona “G’azna dasturi”da yuritmoqda. Moliya organlari shuningdek G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari bosh buxgalterlari o’z ishlarida (faoliyatlarida) O’zbekiston Respublikasi Davlat budjetini ijro etish qoidalarini tartibga soluvchi amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga tayanadilar.
Moliya organlarida, G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalarida buxgalteriya hisobini yuritishdan maqsad davlat budjeti ijrosi jarayoni bo’yicha buxgalteriya axborotlarini shakllantirishdan iboratdir.
Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 161-moddasiga muvofiq va budjet hisobini davlat sektorida moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari bilan muvofiqlashtirish maqsadida o‘zbekiston respublikasi budjet hisobining standartlari qabul qilingan va ushbular buyudjet hisobini tartibga solib turishda muhim rol o’ynaydi. Ular quyidagilar:
1. 27.12.2016 yildagi 2853-sonli O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining “Hisob siyosati”ni tasdiqlash to‘g‘risidagi standarti (1-sonli bhs);
2. 20.10.2018 yildagi 3078-sonli O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining “Yagona schyotlar rejasi”ni tasdiqlash to‘g‘risidagi standarti (2-sonli bhs);
3. 18.01.2019 yildagi 3124-sonli O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining “Budjet hisoboti”ni tasdiqlash to‘g‘risidagi standarti (3-sonli bhs);
4. 14.12.2018 yildagi 3100-sonli O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining “Valyuta kursi o‘zgarishining ta’siri”ni tasdiqlash to‘g‘risidagi standarti (4-sonli bhs);
5. 25.12.2018 yildagi 3106-sonli O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining “Qishloq xo‘jaligi”ni tasdiqlash to‘g‘risidagi standarti (5-sonli bhs);
6. 04.03.2019 yildagi 3142-sonli O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining “Ijarani”ni tasdiqlash to‘g‘risidagi standarti (6-sonli bhs);
7. 14.01.2019 yildagi 3120-sonli O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining “Tovar-moddiy zaxiralar”ni tasdiqlash to‘g‘risidagi standarti (7-sonli bhs);
8. 20.03.2019 yildagi 3144-sonli O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining “Ko‘chmas mulk, bino va jihozlar”ni tasdiqlash to‘g‘risidagi standarti (8-sonli bhs);
9. 24.06.2019 yildagi 3169-sonli O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining “Nomoddiy aktivlar”ni tasdiqlash to‘g‘risidagi standarti (9-sonli bhs);
10. 25.03.2019 yildagi 3145-sonli O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining “Almashuv operatsiyalaridan olinadigan daromadlar”ni tasdiqlash to‘g‘risidagi standarti (10-sonli bhs);
11. 09.04.2019 yildagi 3149-sonli O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining “Qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar”ni tasdiqlash to‘g‘risidagi standarti (11-sonli bhs);

Download 233,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish