2-laboratoriya ishi. O‘lchash vositalarini sinash turlari ishning mаqsаdi



Download 34,65 Kb.
bet1/3
Sana20.06.2022
Hajmi34,65 Kb.
#682686
  1   2   3
Bog'liq
2-лаборатория иши 2


2-LABORATORIYA ISHI.
O‘LCHASH VOSITALARINI SINASH TURLARI
1. Ishning mаqsаdi.
O‘lchash vositalarini sinash turlari vа nаzаriyasini o‘rgаnish.
Nazariy qism
o‘lchash vositalarini davlat sinovlaridan o‘tkazish — ushbu turdagi o‘lchash vositalarining bir yoki bir nechta namunalarida o‘tkaziladigan muvofiqlikni baholash va keyinchalik o‘lchash vositalarining turini tasdiqlagan holda muvofiqlikni baholash to‘g‘risida hisobot berish tartib-taomili;
o‘lchash vositalarini sinash dasturi — o‘lchash vositalarini davlat sinovlaridan o‘tkazish ishlarining hajmini, turlarini va ketma-ketligini belgilovchi hujjat.
qiyoslash uskunasi- ishchi etalonlar bilan butlangan va o‘lchash ishchi vositalarini hamda tobe ishchi etalonlarni qiyoslash uchun mo‘ljallangan o‘lchash uskunasi.
qiyoslash vositalari- etalonlar, namunaviy o‘lchash vositalari, qiyoslash uskunalarini qamrab oluvchi umumlashtirilgan tushuncha.
qiyoslash sxemasi - birlik o‘lchamini etalondan ishchi o‘lchash vositalariga uzatishda qatnashuvchi o‘lchash vositalarining tobe’ligini belgilovchi me’yoriy hujjat (uzatish usullari va uzatish xatoligi ko‘rsatilgan bo‘ladi).
o‘lchash vositalarini qiyoslash - o‘lchash vositalarining belgilangan talablarga mosligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida davlat metrologik xizmati idorasi yoki bu ishga vakolatli boshqa idoralar (tashkilotlar) tomonidan bajariladigan amallar majmui.
Elektr xavfsizlik sinovlarining quyidagi parametrlari bo‘yicha sinovlar olib boriladi:
- Izolyatsiya mustaxkamligi;
- Izolyatsiya qarshiligi;
- Sarflangan quvvatni aniqlash;
- Yerlanishni aniqlash;
- Elektr tarmoqda o‘zgarishlarga sinash sinovlarini o‘tqazadi.
Iqlim sharoitlarida mustaxkamlikka sinash parametrlari
Issiqlikka bardosh berishini aniqlash (+150 oC)
Sovquga bardosh berishini aniqlash (-75 oC)
Namlikka bardosh berishini aniqlash (10-98 %)
O’z DSt 8.003:2005 davlat metrologik tekshiruvi va nazoratini amalga oshirishni qo‘llash uchun mo‘ljallangan yoki qo‘llanilayotgan ishchi o‘lchash vositalari uchun tadbiq etiladi va tashkilotning umumiy qoidalarini va ularning qiyoslash tartibini belgilaydi.
Qiyoslash turlari va ularni o‘tkazish tartibi:
O‘V qo‘llanish davri mobaynida dastlabki va qayta qiyoslashga duch keladi.
Dastlabki qiyoslash.
Tasdiqlangan O‘V turlari ishlab chiqarilayotgan yoki chet-eldan olib kirilayotganda dastlabki qiyoslashdan o‘tadi.
O‘V ning barcha nusxalari dastlabki qiyoslashdan o‘tadi.
Ayrim hollarda, O‘zstandart Agentligi ruxsati bilan yoki me’yoriy hujjatlarda ko‘rsatilgan qiyoslashda O‘V dastlabki tanlash qiyoslashdan o‘tadi. Tanlandigan qiyoslashda GOST 18242 va GOST 20736 talablariga tayanish kerak. Tanlangan qiyoslashning ijobiy natijalari qiyoslanayotgan barcha O‘V uchun qo‘llanadi.
Metrologik tavsiflari o‘zgarishiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan, ta’mirga yoki boshqarishga muxtoj O‘V dastlabki qiyoslashdan o‘tadi.
Dastlabki qiyoslashga ishlab chiqaruvchi, importchi yoki eksportchi (chet-eldan olib kelinuvchi O‘V uchun) yoki ularning ishongan vakili, ta’mirga muhtoj O‘V uchun, ta’mirlayotgan tashkilot yoki O‘V egasi beradi.
Chet-eldan import qilingan va ishlab chiqarilgan mamlakatda dastlabki qiyoslashdan o‘tgan O‘V agar qiyoslash PMG 06 ga muvofiq o‘tkazilgan bo‘lsa, O‘zbekiston va O‘V ishlab chiqaruvchi mamlakat o‘rtasida qiyoslash natijalari o‘zaro tan olish to‘g`risida shartnoma yoki O‘V konkret turlarini qiyoslash natijalarini tan olish to‘g`risida maxsus bitim tuzilgan bo‘lsa dastlabki qiyoslashdan o‘tmaydilar.
Dastlabki qiyoslash ishlab chiqaruvchi korxonasida yoki qiyoslashni yoki ta’mirni olib borayotgan tashkilotda o‘tkaziladi.
O‘V hajmiga qarab, ularni transport vositalarida ham olib kelish imkoniyati bo‘lmaganda dastlabki qiyoslash shu qiyoslashni o‘tkazayotgan tashkilot tomonidan belgilangan joyda bo‘lib o‘tadi.
Ishlab chiqarish korxonalari texnik kuzatish bo‘limlari tomonidan qabul qilingan, gigienik sertifikat (oziq-ovqat mahsuloti bilan bevosita aloqada bo‘luvchi O‘V uchun), mahsus talablar uchun muvofiqlik sertifikati (maxsus maqsadlar uchun O‘V) va xavfsizlik talablari uchun muvofiqlik sertifikati (majburiy sertifikatlashtiriladigan O‘V uchun) ga ega bo‘lgan O‘V dastlabki qiyoslashdan o‘tadilar.
Qayta qiyoslash.
Davlat metrologik tekshiruv va nazorat qilish borasida qo‘llanadigan tasdiqlangan turlari yoki metrologik attestatlashdan o‘tishi kerak bo‘lgan O‘V qayta qiyoslashdan o‘tadilar.
Ekspluatatsiyada bo‘lgan yoki saqlanayotgan O‘V qayta qiyoslashdan o‘tadilar.

Download 34,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish