2-mavzu bo’yicha seminar savollari



Download 55,89 Kb.
bet9/9
Sana29.01.2022
Hajmi55,89 Kb.
#416610
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 mavzu falsafa

Abdurauf Fitrat (1884-1939) bo’lib, ilmning ko’p sohalarida ijod 
qilgan mutafakkirdir. Olim «Sayha» («Bong»), «Hind sayyohining qissasi», «Uchqun» to’plami, «Chin sevish», «Hind 
ixtilochilari», «O’zbek tili grammatikasi», «Chig’atoy adabiyoti» va boshqa ko’plab asarlar yozdi.
Fitratning 
asarlarida xalqni jaholat va nodonlikdan qutqazish, ilm-ma’rifatga chorlash, milliy mustaqillikka erishish, xalqning 
o’zligini tanishi, ongining o’sishi, kuchli va rivojlangan davlat tuzish, xalqning bilimdon bo’lib, tijorat va tadbirkorlik 
bilan shug’ullanishi, Evropaning fan va texnika yutuqlarini o’rganish kabi g’oyalar ilgari suriladi. Uning yuqoridagi 
millatparvarlik va vatanparvarlik ruhi bilan sug’orilgan g’oyalari hozir ham tadbirkorlik, ma’naviyat va ma’rifatni 
ravnaq toptirishda, milliy g’oya va mafkurani shakllantirishda, xalqning o’zligini anglashida muhim ahamiyatga ega. 
Xullas, O’zbekiston hududidagi temuriylardan keyingi ijtimoiy-falsafiy fikr tarixini qisqa yoritish shundan dalolat 
beradiki, u bizning davrimizgacha uzluksiz ravishda madaniyat, inson tafakkuri va aql-zakovatining yuksalishida 
muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Lekin mustabid tuzum davrida ijtimoiy-falsafiy fikr tarixiga bir tomonlama, sinfiy 
nuqtai nazardan yondashildi, faqat kommunistik partiya mafkurasi talablariga to’g’ri keladigan g’oya va fikrlarga 
e’tibor berildi. 1917 yildagi Oktyabr to’ntarishidan so’ng asta-sekin o’tmish ma’naviyati, falsafiy fikri o’rnini 
markscha-lenincha mafkura egallay boshladi. Oliy o’quv yurtlari, keng xalq ommasi orasida dialektik va tarixiy 
materializm va ilmiy ateizm targ’ib qilindi, ularga to’g’ri kelmaydigan ta’limotlar qattiq tanqid ostiga olindi. Eng 
achinarlisi shuki, o’z milliy madaniyati, urf-odati va ana’analariga sodiq bo’lgan, ularni saqlab qolishga intilgan 
ziyolilar, shoir va yozuvchilar quvg’inga uchrab, qatag’on qilindi. 
Lekin yuqoridan bo’lgan taziyqlarga qaramay, madaniy-ma’naviy va ijtimoiy-falsafiy merosimizni o’rganish, 
tadqiq qilish tamoman to’xtab qolmadi. 60-70 yillarda I.M. Mo’minov, V. Zohidovlarning ijtimoiy-falsafiy fikr tarixi 
bo’yicha tadqiqotlari ahamiyatga ega bo’ldi. Ular Forobiy, Beruniy, ibn Sino, Navoiy, Ali Qushchi, Mirza Bedil va 
boshqalarning falsafiy dunyoqarashini tadqiq qildilar. 
O’zbekistonning mustaqillikka erishuvi madaniy merosimizni xolisona, haqqoniy va yangicha tafakkur asosida tadqiq 
qilish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Endigi vazifa sobiq mafkuraning asoratlarini bartaraf qilib, milliy mafkuramizga 
tayanib boy ma’naviy va madaniy qadriyatlarni, ijtimoiy falsafiy tafakkur tarixini chuqur va har tomonlama o’rganishdir. 
7. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda vujudga kelgan jadidchilik harakati oʻsha davr hayotiga oʻziga xos bir toʻlqin kabi taʼsir koʻrsatdi. Har bir jabhada yangilanish va oʻzgarish yasash, islohotlar oʻtkazish, jahonga boʻylashish taklifi bilan chiqqan maʼrifatparvarlar til masalasi, uning ajralmas qismi boʻlgan alifbo va imlo masalalariga ham yangicha yondashuv bilan qaraganlarini koʻrish mumkin.
Oʻsha davr jadid matbuotida ayni mavzuda koʻplab chiqishlar, bahslar boʻlib oʻtgani, ayniqsa, til masalasi millat fidoyilarini jiddiy oʻylantirgani, tashvishga solgani bejiz emas. Turkistonliklarning rus mustamlakasi ostida boʻlgani va hukmron davlat oʻz tili, madaniyatini turkiy oʻlkalarda keng va chuqur tomir yoyishi uchun intilayotgani jadidlarni norozilikka boshladi va harakatga undadi. Oʻz navbatida, chor hukumati ham jadidchilik oqimi faoliyatini avvalboshdanoq xush qabul qilmagan boʻlib, zimdan uning payini qirqishga urinardi. Oʻtgan asr boshlarida Rossiya imperiya dumasida mustamlaka oʻlkalarda yangi maktablar, yaʼni “usuli jadidiya” maktablari ochilayotgani va ularda taʼlim mahalliy xalq tilida olib borilayotgani muhokama qilinadi. Tabiiyki, hukumat yerli xalqning oʻz ona tilida emas, balki rus tilida taʼlim olishi, hatto muloqot qilishini istar edi. Xuddi shu maqsadni koʻzda tutgan holda mustamlaka oʻlkalarda ochilgan rus-tuzem maktablarida taʼlim rus tilida olib borilib, oʻquvchilar hukmron millat gʻoyalari asosida tarbiyalanardi. 1906 yilda hukumat oʻlkalardagi maktablarda taʼlim yerli xalq ona tilida, ammo har qavmning oʻz shevasida berilishiga ruxsat etadi. Bu esa millatlarning adabiy tilini yoʻqqa chiqarish, pastga urish bilan barobar edi. 1910 yilda duma majlislarida rus imperiyasidagi musulmon (yoki gʻayrirus) millatlarga oʻz ona tilida taʼlim olish huquqini berish-bermaslik masalasida tortishuvlar, munozaralar boʻlib oʻtadi. Bir guruh “taʼlim hukumat qoʻlida, taʼlim ruslar izmida boʻlsin, ruxsatsiz maktab ochilmasin”, degan fikrda tursa, ikkinchi guruh “ruxsat olinsa, yerli millat tilida maktab ochish huquqiga ega”, deydi. Duma tarkibidagi musulmon deputatlar, tabiiyki, mustamlaka millatlarning ona tiliga daxl qilinishiga qarshi turadilar. Ular taʼlim tilini tanlash har bir millatning oʻziga tegishli masala ekanini aytadilar. Ushbu majlis keskin tortishuvga aylanib ketadi va til masalasi hal boʻlmaydi. Gʻayrielatlar taʼlim tili haqidagi hujjat qabul qilinganida esa Rossiyaning markaziy gubernalaridagi maktablarda taʼlim tatar va rus tillarida olib borilishi belgilanadi. Turkistonda esa adabiy til mavjud emasligi bahona qilinib, taʼlim rus tilida olib boriladi, degan qaror beriladi. Bu tuturiqsiz bahona va qaror jadidlar tomonidan katta norozilik bilan kutib olinadi va oradan koʻp oʻtmay “Tarjumon” gazetasida “Chigʻatoy tili” sarlavhali maqola eʼlon qilinadi.
Ushbu maqola muallifi jadidchilik gʻoyalari asoschisi, qrim-tatar ziyolisi Ismoilbek Gʻasprali edi. U maqolada yuqorida zikr qilingan qarordagi “Turkistonda adabiy til mavjud emas” bahonasiga eʼtirozlarini bildirar ekan, shunday fikrlarni keltiradi:
“Samarqand, Fargʻona, Sirdaryo qitʼalarining shevalari eski chigʻatoy shevasidir. Bu sheva adabiy oʻldigʻi butun jahona maʼlumdur. Hatto turk shevai adabiyalarining eng qadimi va mabdai oʻldigʻi lisoniyun oldinda masdaqdir. Taftazoniylar, Ahmad Yassaviylar, Ali Qushchi, Alisher Navoiy va soirlari vujuda kelturmish Turkiston nechuk tilsiz, adabiyotsiz oʻlinur? Rus millatining lisoni adabiyi olmadigʻi zamonda Lomoʻnoʻsuf, Pushkin kabi adiblarning vujudindan uch va toʻrt yuz sana muqaddam chigʻatoy, yaʼni Turkiston tili forsiya foiq boʻlindigʻi daʼvo oʻlinur-da, bugun Turkiston belisondur deyu nasil hukm oʻlinur?”
Maʼrifatparvarning bu kuyunishlari bejiz emasligini vaqt koʻrsatdi. Ilgʻor ziyolilarning urinishlari bilan milliy tillarda taʼlim olish mumkin boʻlgan esa-da, chor Rossiyasi hukmronligida ham, mustabid shoʻro tuzumi davrida ham boshqa tillar, jumladan, oʻzbek tili ham ikkinchi darajali til boʻlib qoldi.
Tarixdan bilamizki, jadidlarning “panislomizm”, “millatchi”, keyinchalik esa “xalq dushmani” kabi nohaq ayblovlar bilan qatagʻon qilinishiga sabab boʻlgan qarashlari milliy tilni saqlab qolish, oʻzga tilga tobe boʻlmaslik edi. Shu bilan birga, tarixchilar chor hukumati bilan jadidlarning ilk ixtilofini ham ayni til masalasi bilan bogʻlaydilar. Oʻsha yillarda imperiya dumasidagi tortishuv, bahslar sabab boʻlib, keyinchalik ham maʼrifatparvarlar milliy til mavzusida matbuotda chiqishlar qilishda davom etadilar. Endi ularning diqqatlari yoshlarga qaratiladi. Oʻsib kelayotgan avlodni boshqa tillarni oʻrganishga chaqirgan jadidlar oʻz ona tilini hurmat qilish, eʼzozlash, sof holda saqlash borasida bong uradilar. Ularning bu kabi fikrlari bugungi kunda ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan. Jumladan, oʻsha davrning koʻzga koʻringan nashrlari – “Sadoi Fargʻona”, “Turkiston viloyati gazeti” gazetalari, “Oyna” jurnalida milliy til masalasiga bagʻishlangan maqolalar ketma-ket chop etiladi. Fargʻonalik jadid Ashurali Zohiriy “Ona tili” maqolasida shunday fikrlarni bildiradi:
“Bizning ham xoh ulamo va mudarrislarimiz, xoh yosh unsurlarimiz boʻlsunlar, bu muqaddas ona tilimizni tiriltirmoqlari anda tursin, balki yoʻqotmoqlikka sabab boʻlurlar va ham boʻlib turibdurlar. Na uchunki, ulamolarimizdan biri biror yerga xat yoki birovga bergan narsasini xotira daftariga yozsa, ona tilini qoʻyib fors tilida yozadurlar. Yosh oʻsmirlarimiz boʻlsalar oʻz yerliklaridan birini ziyofatga choqurib xat yozsalar ham, usmonlicha, yoki totorcha yozadurlar; shoyadki, ona tilga muhabbat va islohi onlardin boʻlur erdi…”
Zohiriyning bu fikrlariga uygʻun gaplarni Abdulla Avloniyning “Turkiy Guliston yoxud axloq” asarida ham oʻqish mumkin. “Biz, turkistonlilar milliy tilni saqlamak bir tarafda tursun, kundan kun unutmak va yoʻqotmakdadurmiz. Tilimizning yarmiga arabiy, forsiy ulangani kamlik qilub, bir chetiga rus tilini ham yopishtirmakdadurmiz. Durust, bizlarga hukumatimiz boʻlgʻon rus lisonini bilmak hayot va saodatimiz uchun osh va non kabi keraklik narsadur. Lekin oʻz yerinda ishlatmak va soʻzlamak lozimdur. Zigʻir yogʻi solub, moshkichiri kabi qilub, aralash-quralash qilmak tilning ruhini buzadur”, deya kuyinib yozadi ulugʻ maʼrifatparvar. Uning nazdida “milliy tilni yoʻqotmak millatning ruhini yoʻqotmakdur”.
Millatimizning eng koʻzga koʻringan ziyolilaridan yana biri Mahmudxoʻja Behbudiy til masalasidagi qarashlarida Ismoil Gʻasprali bilan hamfikr boʻlgan. Yaʼni u ham qrim-tatar maʼrifatparvari kabi barcha turkiy xalqlar uchun bir xildagi adabiy tilni yaratish taklifini yoqlar edi. Shu bilan birga, u tilning zamonlar osha rivojini maʼqullaydi, yaʼni boshqa bir guruh ziyolilar kabi oʻzga tillardan oʻzbekchaga oʻtgan soʻzlarni muomaladan chiqarish haqidagi fikrlarga qoʻshilmaydi. “Tilimizdan forsiy va arabiyni quvaylik”, bu koʻp yengil orzu, ammo ijrosi mumkin emas orzulardandur”, deb yozadi Behbudiy 1915 yilda “Oyna” jurnalida eʼlon qilingan “Til masalasi” sarlavhali maqolasida. Shu fikrni ilgari surganlarning yanglish qarashini quyidagicha inkor etadi:
Masalan, muning tarafdori boʻlgan moʻtabar “Sadoi Turkiston”ni “Turk eli dovushi” lozim boʻlur. Turkistonni “Turk eli” yoxud “turk yeri” yozmoq kerak boʻlur… Masalan, maktab, madrasa, jarida, majalla, kitob – hammasi arabniki. Ismimizni oʻndan toʻqquzi arabiy. Endi, bu nihoyasiz nimarsalarni hammasigʻa turkiydan ism oxtaribmi, dunyodan oʻtarmiz?”
Biroq maqola muallifi turkiychada muqobili bor soʻzlarni, albatta, turkiycha aytmoq va yozmoqni taklif qiladi. Tilda arabiy-forsiy soʻzlardan imkon qadar kam foydalanish, oʻzbek tilini sofligʻicha saqlash lozimligini uqtiradi. Arabcha va forschadan oʻzlashgan kalimalarni ham turkiy shaklda qoʻllamoq mumkinligini isbot etadi:
“Masalan, ulum, funun, ulamo, quzzot va …demoq yerinda fanlar, ilmlar, olimlar, qozilar va …lar yozingiz”.
Behbudiy tilning sofligini saqlash, adabiy nutqning oddiy odamlarga-da tushunarli va sodda tuzilishi tarafdori. U kundalik nashrlarga ham bu borada oʻz maslahatlarini beradi. Jumlalarni turkiycha sodda va ravon tuzish lozimligini, bu til sifatini yuksaltirishga hissa qoʻshishini taʼkidlaydi.
Umuman, jadidlar milliy til borasida ham ilgʻor fikrlarni ilgari surgan, uning sofligi, mustaqilligi uchun kurashganlarki, ularning bu qarashlari zamonlar oʻtsa-da eskirmaydi, bilʼaks, har safar murojaat qilinganida yangicha fikrlar, qarashlar beradi.
8.
Jadidchilik dastlab 19-asrning 80-yillarida Qrimda Ismoilbek Gasprinskiy rahbarligida qrimtatarlar oʻrtasida vujudga keldi. Jadidchilik harakati namoyandalari koʻpincha oʻzlarini taraqqiyparvarlar, keyinchalik jadidlar deb atashgan. Oʻsha davrning ilgʻor taraqqiyparvar kuchlari, birinchi navbatda, ziyolilar mahalliy aholining umumjahon taraqqiyotidan orqada qolayotganligini his etib, jamiyatni isloh qilish zaruriyatini tushunib yetgandilar. Jadidchilik mohiyat eʼtibori bilan avvalo siyosiy harakat edi. Uning shakllanish va magʻlubiyatga uchrash davrlari boʻlib, ularni shartli ravishda toʻrtga boʻlish mumkin. Turkiston, Buxoro va Xiva hududida bu davrlar 1895-1905; 1906-1916; 1917-1920; 1921-1929-yillarni oʻz ichiga oladi.
Birinchi davrda Turkistonda podsho Rossiyasining mustahkam oʻrnashib olishi kuzatiladi. U oʻz siyosiy agentlari (vakillari) yordamida mahalliy xon va amir vakolatlarini cheklabgina qolmay, ularni qoʻgʻirchoqqa aylantirib, rus va gʻarb sarmoyadorlarining ishlashi va yashashi uchun sharoit yaratadi, turli kompaniyalar, aksiyadorlik jamiyatlari manfaatini koʻzlaydi. Ayni chogʻda mahalliy aholining talab va ehtiyojlari nazarga olinmay qoʻyildi, diniy eʼtiqodlari, urf-odatlari bilan hisoblashmaslik, ularni mensimaslik kuchaydi. Hayotiy, ilmiy saviyasi yuqori boʻlgan qozilar tajribasiz kishilar bilan almashtirildi, poraxoʻrlik, ijtimoiy-siyosiy adolatsizlik avj oldi. Madrasa va maktablar faoliyatini cheklash, mahalliy joy nomlarini ruscha atamalar bilan almashtirish, hatto mahkama jarayonida qozilar boʻyniga xoch taqtirishgacha borildi. Oʻsha davr ahvolini Muhammadali xalfa Sobir oʻgʻli (Dukchi eshon) xalqqa qarata oʻz „Xitobnoma“si (1898)da yaxshi bayon qilgan.
Millat istiqbolini oʻylovchi taraqqiyparvar kuchlar xalqning deyarli barcha tabaqalari — hunarmand, dehqon, savdogar, mulkdor, ulamolar orasida mavjud edi. Ziyolilar dastlab chorizmga qarshi kurashni xalqni asriy qoloqlikdan uygʻotish — siyosiy-maʼrifiy jabhadan boshlashga qaror qildilar. Jadidchilik harakati ana shunday tarixiy bir sharoitda Turkiston mintaqasida rivojlanish uchun oʻziga qulay zamin topdi.
Jadidlar orasidan yetuk olimlar, sanoat va ziroatchilik sohalarining zamonaviy bilimdon mutaxassislari, madaniyat arboblari yetishib chiqib, yurtni obod va oʻz vatanlarini mustaqil koʻrishni orzu qildilar va shu yoʻlda kurashdilar. Jadidlarning Turkiston mustaqilligi uchun kurashida asosan quyidagi yoʻnalishlar ustuvor edi: yangi usul maktablari tarmogʻini kengaytirish; qobiliyatli yoshlarni chet elga oʻqishga yuborish; turli maʼrifiy jamiyatlar va teatr truppalari tuzish; gazeta va jurnallar chop qilish, xalqning ijtimoiy-siyosiy ongini yuksaltirish bilan Turkistonda milliy demokratik davlat qurish. Jadid ziyolilarining kuchli partiyasi tashkil qilingan taqdirdagina bu ishlarni amalga oshirish mumkin edi
Download 55,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish