2-mavzu bo’yicha seminar savollari



Download 55,89 Kb.
bet2/9
Sana29.01.2022
Hajmi55,89 Kb.
#416610
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 mavzu falsafa

2.«Avesto» – jahon madaniyatining, jumladan, Markaziy Osiyo va Eron xalqlari tarixining qadimgi noyob yodgorligidir. Zardushtlik eʼtiqodiga amal qiluvchilarning muqaddas kitobi sifatida Yagona Tangriga topinish shu taʼlimotdan boshlangan. Bu kitob tarkibi, ifoda uslubi va timsollar tizimi bilan adabiy manbalarga yaqin turadi. «Avesto»da tilga olingan joy nomlari (Varaxsha, Vaxsh)dan kelib chiqib, uning Amudaryo sohillarida yaratilgani aniqlangan. Shu asosda uning vatani Xorazmdir degan qarash mavjud.
«Avesto» oromiy va pahlaviy yozuvlari asosida yaratilgan maxsus alifboda dastlab toʻqqiz hoʻkiz terisiga yozilgan. Ilk nusxalari asosida sosoniylar (mil. ol. 7-3 asr) davrida 21 kitob holida yigʻilgan, bizgacha ularning chorak qismi yetib kelgan. Tiklangan matnga «Zand» nomi bilan sharhlar bitilgan.
«Avesto» toʻrt qismdan iborat:
Yasna («Diniy marosimlar»),
Yasht (maʼno jihatdan Yasnaga yaqin),
Visparad («Barcha ilohlar haqidagi kitob»),
Vendidad («Yovuz ruhlarga qarshi qonunlar majmuasi»).

Yasna tarkibiga kirgan madhlar «Gatlar» (ayrim manbalarda «gohlar») deb nomlanib, ularni Zardustning oʻzi yozgan deb taxmin qilinadi. Gatlar tarkibida Jamshid (Yima), Gershasp, Afrosiyob (Alp Ertoʻnga) kabi afsonaviy qahramonlar hayoti lavhalari uchraydi.


«Avesto» insoniyat sivilizatsiya tarixining ilk sahifalarini tashkil etgani uchun jahon olimlarining eʼtiborini tortgan. U haqda F.Nitsshe, F. Shpigel, A. Mayllet, V. Bartold, E. Bertels, Yan Ripka, O. Makovelskiy, I. Braginskiy v.b. xorijiy olimlarning tadqiqotlari mavjud.

Oʻzbekistonda «Avesto»ni oʻrganish qadimdan boshlangan. Abu Rayhon Beruniy, Abu Jafar Tabariy, Abu Baxr Narshaxiy asarlarida «Avesto» taʼlimotiga va unda tilga olingan timsollarga murojaat mavjud. Bu nodir ilmiy asarlarning qoʻlyozma va bosma nusxalari O`R Fanlar Akademiyasi ShI jamgʻarmasida saqlanadi


3. Zardushtiylik ta’limoti va marosimlari 
Zardushtiylik ta’limotiga binoan, borliq yorug‘lik va zulmat, hayot va 
o‘lim, adolat va adolatsizliklar kabi qarama-qarshiliklardan tashkil topgan. 
Bu qarama-qarshiliklar tabiat va jamiyatda turlicha ko‘rinishda namoyon 
bo‘ladi. Tabiatda ular hayot va o‘lim, issiqlik va sovuqlik, yorug‘lik va 
zulmat kuchlarini ifoda etadi. Ijtimoiy hayotda ular adolat va adolatsizlik, 
qonunga itoatkorlik va qonunlarga bo‘ysunmaslik singari ko‘rinishlarida 
namoyon bo‘ladi.
Qarama-qarshiliklar voqea va hodisalarning manbaidir. Yaxshilik va 
yomonlik, issiqlik va sovuqlik kabi kuchlar o‘rtasida to‘xtovsiz kurash 
boradi. Bu kurash xudolar darajasida ham mavjud. Donishmand xudo 
Ahura Mazda – ezgulik va yaxshilik timsoli. Ahura Mazdani Avestoda 
yigirma sifatga ega iloh deb ta’riflanadi. Bu Ahura Mazdaning go‘zal 
ismlaridir.
Ahura Mazda borliqni yaratuvchi va hamma narsani biladigan oliy 
xudodir. U o‘zini yaxshi ishi va yaxshi so‘zlari bilan namoyon qiladi. 
Ahura Mazda odamlarga yomonlik qilmaydi, ularni faqat ezgu ishlarga 
da’vat etadi. Zardushtning talqinida Ahura Mazda oliy ibtido bo‘lib, uning 
turmushi odamlarnikidan farq qiladi. Uni hech kim yaratmagan, oilasi 
yo‘q, dunyodagi barcha voqea-hodisalardan xabardor, ular Ahura 
Mazdaning xohishi bilan sodir bo‘ladi. 
Ahura Mazdaga dunyodagi barcha yomonliklarning timsoli – Axriman 
(yovuz ruh) qarshi turadi. Ahura Mazda Axriman (Anxra Maynyu)ni 
odamlarning ibrat olishlari uchun o‘z jismidan yaratgan. Shu bois u Ahura 
Mazdaga qarshi turadi, dunyoda yomonlik, zulm va zulmatning yaxshilik 
va yorug‘lik ustidan g‘alaba qilishi uchun kurashadi. Donishmand xudo 
dunyo va undagi hayotni, yorug‘likni, umuman, barcha ijobiy voqeliklarni 
 

yaratgan bo‘lsa, yovuz ruh o‘lim, zulmat, sovuqlik va odamlarga ziyon-


zahmat yetkazuvchi jonzodlarni yaratgan.
4. .Islom ilohiyoti, uning asosiy aqidalari va Kalom falsafasi. Aqida (arab tilida “aqd” - bir narsani ikkinchisiga mahkam bog’lash, bir-biriga bog`lash ma’nosini anglatadi. Istilohda esa aqoid ilmining mashhur nomlaridan biri.) – balog’atga yetgan kishi e’tiqod qilishi, imon keltirishi, islom dinining zaruratlari shaklida tasdiq qilishi, qalbiga mahkam bog’lab olib undan ajralishi mumkin bo’lmagan shar’iy e’tiqodiy hukmlar. Insonning ikki dunyodagi saodati aynan aqidasiga bog’liq. Agar aqidasi pok bo’lsa, yo’li to’g’ri bo’ladi, qilgan barcha amallari qabul bo’ladi va bandalik bilan sodir etgan ba’zi gunohlari afv etiladi. Agar aqidasi sof bo’lmasa, buzuq bo’lsa, yo’li noto’g’ri bo’ladi, qilgan amallari behuda ketadi va oxiratda jahannam ahlidan bo’ladi. Aqida masalasi o’ta muhim bo’lganidan ham, Odamatodan boshlab, oxirgi payg’ambar Muhammad (s.a.v)gacha bu masalani Alloh taoloning o’zi ko’rsatib bergan. Odamatodan tortib hozirgacha aqida masalasi bir xil bo’lib kelgan.
5. Insoniyat tarixida shunday davrlar borki, unda buyuk ishlarga tayyor millatlar, o’zining yo’lboshchilari 
etakchiligida, tarixning muayyan qisqa bosqichlarida ming yillarda qo’lga kiritish mumkin bo’lgan natijalarga 
erishganlar. Aynan ana shunday davrlar insoniyat tarixiga shu millatga mansub buyuk kishilarning o’chmas nomini 
bitadi, jahon madaniyatini boyitadi, umumbashariy taraqqiyotga katta hissa bo’lib qo’shiladi. 
Temur va temuriylar davri xuddi ana shunday, mo’g’ul bosqinchilaridan ozod bo’lgan xalqimizning milliy dahosi 
eng yuksak cho’qqiga ko’tarilgan davrdir. Bu davr falsafasi xalqimizning sohibqiron Temur boshchiligida ozodlikka 
erishgan va mustaqillikni saqlash hamda mustahkamlash uchun amalga oshirgan buyuk ishlarining ifodasidir. Bu 
xalqimizning markazlashgan davlat tuzish, milliy davlatchiligini tiklash va barqaror qilish, mustaqil yashash 
orzularining ushalgan davridir. Uning falsafasida ham ana shu jihatlar yaqqol ko’zga tashlanadi va bu meros bugungi 
milliy ong va istiqlol mafkurasining falsafiy negizlari orasida alohida o’rin tutadi. 
O’rta Osiyoning mo’g’ullar tomonidan bosib olinishi mamlakatni g’orat qildi, iqtisod, madaniyat, san’at va ilm — 
fan sohasida tanazzul ro’y berdi. Jabr, zulm, zo’ravonlik natijasida xalqning turmushi keskin yomonlashdi. 
Mo’g’ullar zulmiga chek qo’yishda xalq ommasining noroziligi, sarbadorlar boshchiligidagi ommaviy 
qo’zg’olonlar, ayniqsa, sohibqiron Amir Temurning faoliyati muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Mug’ullar o’rnatgan 
mustabid tuzumning Amir Temur dunyoga kelgan davrida erli aholi o’rtasida chuqur ijtimoiy va ma’naviy uyg’onish 
jarayoni borayotgan edi. Bu jarayon, «Tarixi, o’sha davrdayoq, ming yilliklar qa’riga ketgan buyuk xalq 
mustamlakachilik azobida yotaveradimi?» yoki «Mustaqillik uchun kurash olib borishda davom etadi va ozodlikka 
erishadimi?»- degan asosiy savollar atrofida ro’y berayotgan edi. 
Mo’g’ullar mamlakatimizni siyosiy va harbiy jihatdan istilo qilgan edilar, ammo uni ma’naviy bo’yso’ndirish, 
madaniy jihatdan mo’g’ullarning ustunligi to’g’risida gap ham bo’lishi mumkin emas edi. Ko’chmanchilik va shaharlarni 
g’orat qilishdan boshqasiga yaramaydigan, o’troq hayotga mensimay qaraydigan Chingiz avlodlari ma’naviy va madaniy 
jihatdan o’zlaridan ustun bo’lgan xalqqa nima ham bera olar edilar? ular o’z hukmronligining oxirigacha ham 
Vatanimizda birorta tuzukroq yashash mumkin bo’lgan yangi shahar barpo etmadilar, madaniyat o’choqlarining 
yuksalishi uchun imkon bermadilar, erli aholi orasidan chiqqan barkamol kishilarni qilichdan o’tkazib turdilar. Ammo 
xalq irodasini buka olmadilar, uning ozodlik va mustaqillikka intilishini to’xtatib qo’ya olmadilar. Amir Temur ana shu 
harakatning natijasi, xalqining milliy g’oyalarini ro’yobga chiqarish uchun tarixiy shakllangan zaruriyat, o’sha paytda 
harbiy uyushqoqlik, siyosiy hushyorlik, g’alabalar uchun fodokorlik jihatidan jahonda tengi yo’q millatga aylangan xalq 
dahosi yaratgan buyuk jahongir edi. Xalq jahongirga aylanganida o’zining jahongirini yaratadi. Gohida bir jahongir 
millat boshqasini uyg’otib yuboradi. Bu esa tarixning muayyan hududdagi eng burilish nuqtalariga to’g’ri keladi. 
Ba’zilar Temur falsafiy asarlar yozmagan-ku, uning falsafaga aloqasi bormi, deb o’ylaydi. Aslida Temurning 
hayoti va faoliyati falsafadan iborat emasmi? u falsafiy xulosalar chiqarish uchun boshqa kishilarning hayoti va 
asarlaridan ham mazmunliroq hayot emasmi? Falsafani faqat kitoblardangina o’rganish mumkinmi? Aslida, falsafani 
to’la-to’kis kitobga tushirib bo’lmaydi. Kitobga tushirilgan falsafa muayyan tizimga keltirilgan falsafiy bilimlar 
sitemasi xolos. Temur va temuriylar davrini tarix falsafasi va falsafa tarixini uyg’un tarzda yozish orqali nisbatan 
to’g’ri ifodalash mumkin. Amir Temurning hayoti, uning faaliyati, temuriylar davridagi madaniy jarayonlar, ilm-fan 
rivoji kabi masalalar esa bir necha falsafiy kitoblar, o’nlab tadqiqotlar uchun mavzu ekanligi aniq. Qolaversa, Temur 
va temuriylar kabi ilm-fan, madaniyat va san’atni, falsafa va adabiyotni nozikta’b tushungan, o’zlari ham bu sohalarda 
ajoyib yutuqlarga erishgan siyosiy sulolalarni jahon tarixidan topish qiyin. Bu sulola vakillari orasida she’r yozmagan, 
adabiy mashqlar qilmagan, fan-madaniyatga qiziqmagan biror temuriyzoda bo’lmasa kerak. Tarix shundan dalolat 
beradiki, yurtboshliqlari fan va madaniyatga qiziqqan, ma’naviyatni yuksaklikka ko’tarish uchun ko’rashgan o’lkada 
bu sohalarda haqiqiy yuksalish bo’ladi. Siyosiy ta’minlanganlik, boshqa sohalar bilan birgalikda, madaniy 
taraqqiyotning eng asosiy omili ekanligini rad qilish unchalik o’rinli emas. Madaniyatparvar va millatparvar Amir 
Temur va temuriyzodalar o’sha davr ma’naviy taraqqiyoti uchun siyosiy va iqtisodiy asoslarni to’la-to’kis yaratgan 
arboblar edi. Xalqimizning asrlar osha ular ruhiga minnatdorlik tuyg’usi bilan yondashuvi, haligacha o’z 

farzandlariga bu sulola vakillari nomlarini qo’yib yurishi, bugungi kunlarda ham o’sha zamondan tashbehlar 


izlayotganining sabablaridan biri ham ana shunda. 
Amir Temur ibn Tarag’ay Bahodir (1336-1405) Kesh (Shahrisabz) shahri yaqinidagi Xo’ja ilg’or qishlog’ida 
dunyoga keldi. Uning eng asosiy tarixiy xizmatlari shundan iboratki, u mo’g’ullarning bosqinchilik va 
vayronkorliklariga qarshi kurashib, O’rta Osiyoni ulardan xalos etdi. Mayda feodal va mulkdorlarning o’zaro nizolariga 
barham berib, kuchli markazlashgan davlat barpo qildi. Mamlakatda tartib-intizom va qonun ustuvorligini ta’minladi. 
Uning davrida «Kuch — adolatda» tamoyili amalga oshdi, iqtisod va madaniyat yuksaldi, o’zga mamlakatlar bilan 
mustahkam aloqalar o’rnatildi. 
Amir Temur mohir harbiy sarkarda sifatida nom qozondi. U o’z hayotini Movarounnahr xalqining farovonligi, yurt 
obodonchiligi uchun sarfladi, uning davrida hashamatli binolar, qurilish inshootlari, go’zal bog’lar bunyod qilindi, 
maktab va madrasalar, masjidlar qurildi, mamlakatimiz Sharqning go’zal hududiga aylandi. 
Temurning yana bir ulkan hizmati shuki, u madaniyat va ilm-fan homiysi sifatida mashhur bo’ldi, o’z saroyiga 
olimu fuzalo va din arboblarini to’pladi. Xoja Afzal, Jalol Xokiy, Mavlono Xorazmiy, Mavlono Munshiy va boshqalar 
uning saroyida ilm-fan va badiiy ijod bilan mashg’ul bo’ldilar. Bobur Mirzoning xabar berishicha, o’sha davrda 
Samarqand eng go’zal shahar edi. Ispan sayyohi R. G. Klavixo Samarqandning go’zalligiga qoyil qolgan edi. Temur 
hukmronligi davrida ichki va tashqi savdo kuchaydi. Ayniqsa, Hindiston, Xitoy, Rusiya, arab mamlakatlari bilan 
aloqalarning kuchayishi Temur saltanati iqtisodiy qudratini oshirdi. Temur va temuriylar davrida islom dini va 
tasavvufga katta e’tibor berildi. Islom dini o’sha davrda asosiy mafkura bo’lib, markazlashgan davlat barpo etishda, 
iqtisod, madaniyat va ilm-fan sohasidagi maqsad va vazifalarni amalga oshirishda nazariy asos bo’lib xizmat qildi. 
Temur o’z faoliyatida unga tayanib ish ko’rdi.
6. XV1 asrdan boshlab Mavorounnahrda o’zaro urushlar, nizolar avjga 
chiqdi, Temuriylar davlati inqirozga yuz tutib, mayda davlatlarga bo’linib ketdi. Natijada Shayboniylar davlati tuzildi, 
1510 yilda Shayboniyxon Ismoil Safaviy lashkarlari tomonidan o’ldirilganidan so’ng, markazlashgan davlat inqirozga 
yuz tutdi. 
Shayboniylardan Abdullaxon va uning o’g’li Abdulmo’min vafotidan so’ng, XVI asr oxirida bu davlat barham 
topib, hokimiyat ashtarxoniylar sulolasiga o’tdi. Imomoqulixon (1611-1642) davrida davlat birmuncha 
mustahkamlangan bo’lsa-da, keyingi davrlarda taxt uchun kurashlar davom etdi. Bu esa iqtisod, madaniyat, ilm-fan, 
adabiyot, san’at ravnaqiga o’z ta’sirini ko’rsatdi. Ayniqsa, tabiiy-ilmiy fanlar rivoji zaiflashdi, dunyoviy bilimda 
tanazzul ro’y berdi. 
XVI-XVII asrlarda falsafiy va axloqiy fikr sohasida Poshoxo’ja, Mirzajon ash-Sheroziy al-Bog’naviy, ibn 
Muhammadjon Yusuf al-Qorabog’iy, Muhammad Sharif al-Buxoriy va boshqalarning asarlarini ko’rsatish mumkin. 

Download 55,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish