2-mavzu: Chinnigulkabilar (Caryophyllidae)sinfchasi. Raʼnokabilar (Rosidae) sinfchasi. Burchoqlar (Fabales) tartibi


Sezalpinsimonlar kenja oilasi — Cesalpinideae



Download 312,18 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana17.07.2022
Hajmi312,18 Kb.
#812360
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
2-maruza 8e02b9627b60ae8b84bb9e9dbdaf1d87

Sezalpinsimonlar kenja oilasi — Cesalpinideae
Botanik Sezalpin nomi bilan ataladigan bu kenja oilaning 152 turkumga mansub 
2.800 turi tropik va subtropik o‘lkalarda keng tarqalgan. Ularning aksariyat qismi 
murakkab juft yoki toq patsimon bargli daraxt va buta shaklidagi o‘simlik. Guli 
zigomorf, qo‘sh gul qo‘rg‘onli, kosacha va toj barglari erkin, 10 ta changchisi 2 qator 
aylana hosil qilgan holda joylashgan, odatda erkin, lekin ayrim hollarda ularning 
tubi bir-biri bilan tutashgan. Changchilar, ayrim hollarda, 3 yoki 1 dona 
staminodiyga (bargsimon yoki nektarnikka o‘xshash organga) o‘zgargan yoki 
butunlay reduktsiyalangan. Shu tufayli, ko‘pincha, androtsey besh a’zoli bo‘ladi. 
Urug‘chisi bitta meva bargidan shakllangan, tugunchasi bir uyali. Mevasi dukkak. 
Urug‘i ayrim turlarida endospermli. 
Yer sharining tropik va subtropik mintaqalarida tarkalgan bu o‘simliklar xalq 
xo‘jaligi uchun muhim axamiyatga ega. Undan mebel sanoatida ishlatiladigan 
qimmatli yog‘och olinadi, oshlovchi moddalar, bo‘yoq olishda ishlatiladi. Masalan, 
Braziliyada keng tarqalgan qizil fermanbuk yoki nernambuk daraxti (nomi 
Braziliyadagi negnambuk yurtidan olingan) Caesalpinia echinata juda qattiq, dastlab 
sarg‘ish qizil, biroz vaqt o‘tgach to‘q qizil tusga kiradigan yog‘ochi mebel sanoatida 
yuksak baholanadi. Cannan daraxti (C. sappan) Janubi-Sharqiy Osiyoda keng 
tarqalgan C. sappan daraxtidan qo‘ng‘ir-sarrish va jigar ranglarga tovlanadigan qizil 
rangli yog‘och olinadi. Kassiya (Kassia) turkumiga mansub o‘simlik turlaridan 
Afrika va Janubiy Osiyo mamlakatlarida Aleksandr bargi nomi bilan yuritiladigan 
shifobaxsh barg olinadi. O‘zbekistonda bu kenja oilaning vakillari juda kam 
tarqalgan. Uning ancha keng tarqalgan va ko‘p yillardan beri daraxt sifatida 
bog‘larda ekiladigan oddiy gledichiyani (Gledischia tracantos) ko‘rsatish mumkin. 
U balandligi 10-12 metrga qadar bo‘lgan daraxt. Barglari murakkab patsimon
tikanli, dukkagi uzun bargsimon, yumaloq, pishgach qo‘ng‘ir-qizg‘ish rangli. Guli 
bir jinsli, rangsiz, nihoyatda xushbo‘y hidli, aprelning oxiri may oyining boshlarida 
gullaydi. Qurg‘oqchilikka chidamli bo‘lganligi tufayli cho‘l hududlarda ihota 
daraxti sifatida o‘stiriladi. O‘zbekistonda bu kenja oilaning arg‘uvon (Cercis 
siliguastrum) nomi bilan yuritiladigan daraxti istirohat bog‘larida o‘stiriladi. Uning 
qirmizi binafsha rangdagi nihoyatda go‘zal guli erta bahorda gullaydi. U, odatda, 
barg chiqqunga qadar gullaydi. Arg‘uvonning kosacha va toj barglari bir xilda 
qirmizi binafsha rangli, guli besh a’zoli, changchisi 10 ta, mevasi dukkak. 
O‘zbekistonda qurroqchilikka ancha chidamli bo‘lganligi va chiroyi uchun istiroxat 
bog‘larida, skverlarda o‘stiriladi. 

Download 312,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish