2-mavzu: Chinnigulkabilar (Caryophyllidae)sinfchasi. Raʼnokabilar (Rosidae) sinfchasi. Burchoqlar (Fabales) tartibi


Olxo‘ridoshlar kenja oilasi — Prunoideae



Download 312,18 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/12
Sana17.07.2022
Hajmi312,18 Kb.
#812360
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2-maruza 8e02b9627b60ae8b84bb9e9dbdaf1d87

Olxo‘ridoshlar kenja oilasi — Prunoideae.
Olxo‘ridoshlar kenja oilasi vakillarining aksariyat qismi daraxt va buta shaklidagi 
o‘simlik. Ularning bargi butun, yonbarglari to‘kiladigan. Gul o‘rni botiq bokal 
shaklida, tuguncha bilan tutashmagan. Urug‘chisi bitta meva bargidan tashkil 
topgan, tugunchasi gul bo‘laklarining o‘rta qismida joylashgan. Mevasi danakli. Gul 
formulasi Ca
5
Co
5
A

G
1
. Olxo‘ri ham muhim meva o‘simliklaridan hisoblanadi. 
Kenja sinfining O‘zbekistonda keng tarqalgan turkumlari Olxo‘ri (Prunus), gilos 
(Cerasus), bodom (Amygdalus), shaftoli (Persica), o‘rik (Armeniaca) hisoblanadi. 
Olxo‘rilar
(Prunus) turkumiga O‘zbekistonda olxo‘ri (P. domestica), tog‘ olchasi 
(P. divaricata), qizil sulton (P. insitida) kabilar kiradi. Bular orasida olxo‘ri (R. 
domestica) muhim meva o‘simligi hisoblanadi. Uni ajdodlarimiz (bundan 4.000 yil 
ilgari) olxo‘rilarning bir nechta yovvoyi turlarini chatishtirish yo‘li bilan hozirgi 
madaniy holatiga keltirishga muvaffaq bo‘lganlar. Hozirgi kunda uning 200 dan 
ortiq navi ma’lum. Gilos (Cerasus avium), olcha (S. vulgaris), chiya (C. 
tianschanica) qabilar shular jumlasidan (
27-rasm
). Bu turkumning barcha turlari 
ham aholi tomonidan sevib iste’mol qilinadi. 
Bodom
(Amygdalus) — daraxt, ko‘pincha buta shaklida ham uchraydi. Bu 
turkumning O‘rta Osiyoda 9 turi keng tarqalgan. Shu jumladan, A.communis, 
butasimon A. bucharica va A. spinosissima deb nomlangan turlari O‘zbekistonda 
yovvoyi holda keng tarqalgan. Shular orasida A. communis madaniylashtirilgan 
bo‘lib, sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan texnik ekinlardan hisoblanadi. U hozirgi 
paytda Markaziy Osiyo Mo‘g‘o‘liston, Xitoy, AQSH, Argentina, Avstraliya
Janubiy Afrika mamlakatlarida o‘stiriladi. Yovvoyi holda faqat O‘rta Osiyoda 
uchraydi. Sevib oziqlanadigan xushxo‘r danak va qimmatbaho yog‘ beradigan 
texnik ekin hisoblanadi. Bodom turlari tarkibida amigdalin alkaloidi bo‘lganligi 
tufayli ilmiy va xalq tabobatida ham keng qo‘llaniladi. 
O‘rik
(zardoli — Armeniaca) aksariyat hollarda daraxt o‘simlik. Uning 8 turi 
(Xrjanovskiy, 1982) fanda ma’lum. O‘rik halqimizning xushxo‘r mevasidan biri. 
Mevasi etli, shirin, ayrim navlarining quritilgan mevasi etida 50-70% ga qadar 
shakar, turli-tuman vitaminlar bor. Urug‘ining tarkibida 25% ga qadar oqsil, 50% ga 
qadar yog‘ saqlanadi. Qimmatbaho oziq-ovqat va yog‘ beradigan texnik o‘simlik 
hisoblanadi. O‘rikning mag‘zi (urug‘i) ham xushxo‘r bo‘lib, qandolatchilikda 
qo‘llaniladi. 


O‘rikning yovvoyi turlari O‘rta Osiyo (Tyan-SHan), Xitoy, Kavkaz va Shimoliy 
Amerikada uchraydi. 
Shaftoli
(Persica vulgaris) y qadar katta bo‘lmagan daraxt. O‘rikdan bargining 
cho‘ziq nashtarsimon bo‘lishi, gulining bargiga nisbatan erta ochilishi va 
mevasining tuzilishi bilan farq qiladi. Bu o‘simlik ham qimmatli oziqa bo‘lib, 
mevasining tarkibida 15% ga qadar shakar, har xil vitaminlar, urug‘ining tarkibida 
58% ga qadar yog‘ bor. O‘zbekistonda 10 dan ortiq navi mavjud. Shaftoli mag‘zidan 
tabobatchilikda keng foydalaniladi. 

Download 312,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish