2. Ovlanadigan baliqlarning asosiy oilalari



Download 1,28 Mb.
bet2/6
Sana29.11.2022
Hajmi1,28 Mb.
#874572
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Baliq va baliq maxsulotlarining insonlar salomatligi uchun bioxavsizligi

Osetrlar oilasi. Bu oilaga: osetr, sevryuga, beluga, kaluga, ship va sterlyad baliqlari kiradi. Osetrlar oilasiga mansub baliqlar (sterlyaddan tashqari) dengizda yashaydi va o‘tkinchi baliqlar yashash tarzidek hayot kechiradi. Ularning tanasi dukka o‘xshash uzun va tumshug‘i chiqiq bo‘ladi; og‘zi boshining pastki tomoniga joylashgan; tanasida tangachalari bo‘lmaydi, tanasi uzunasiga besh qator suyak (juchka)chalar bilan qoplangan; skeleti tog‘aydan iborat. Bu baliqning go‘shti semiz, oq yoki bir oz sarg‘ishroq (ship balig‘ida pushtiroq) rangda, juda to‘yimli va mazali bo‘ladi. Bu oilaga mansub baliqlardan baliq (muzlatib qoplangan orqa go‘shti) mahsulotlari va bankali konservalar ishlab chiqariladi; ular shuningdek g‘oyat qimmatli qora ikra ham beradi.
Lososlar oilasi. Bularga: losos, syomga, keta, gorbusha, oq baliq, forel, nerka, nelma, chavicha, kijuch, sig, muksun, omul va boshqa baliqlar kiradi. Bu baliqlarning tanasi kumush rang tangachalar bilan zich qoplangan bo‘lib, umurtqasi suyakdordir. Muskul to‘qimalarida qiltiqlar bo‘lmaydi. Elkasida ikkita suzgich qanoti bo‘lib, ularda biri yog‘liq, bu qanoti juda kichkina va dumiga yaqin joylashgan bo‘ladi. yog‘liq suzgich qanot faqat losos oilasiga mansub baliqlardagina uchraydi.
Lososlar oilasiga mansub baliqlarning go‘shti yog‘liq, maza­li va to‘yimlidir. Bu baliqlarning go‘shtidan g‘oyat qimmatli baliq mahsulotlari, baliq konservalari tayyorlanadi. Bu oilaga mansub ba’zi baliqlar - keta, gorbusha, chavicha, kijuch - yirik donli a’lo sifatli qizil ikra beradi. Lososlar orasida o‘tkinchi baliqlar (losos, syomga, keta, oq baliq) va chuchuk suvda yashovchi baliqlar (forel, omul va b. ) bor.
Seldlar oilasi. Seldlar baliq tovarlari assortimentida birmuncha muhim o‘rin egallaydi. Seldlar - hajmi va mazasi turlicha bo‘lgan dengiz baliqlaridir. Ularning bir qismi yarim o‘tkinchi, ba’zilari esa o‘tkinchi baliqlar. Seld baliqlarining skeleti suyakli, shu sababli ularniig muskul to‘qimasida suyak ko‘p bo‘ladi.
Seldlarning tanasi tez tushib ketadigan tangachalar bilan qoplangan. Elkasida bitta suzgich qanoti bo‘lib, u baliq tanasining o‘rtasida joylashgan bo‘ladi. Bu baliqning go‘shti yog‘liq va mazasi yaxshi. Bu oilaga mansub baliqlar tuzlanadi, dudlanadi, ziravor qo‘shib sirkalanadi (marinovka qilinadi); ular konserva tayyorlashda xom ashyo bo‘lib xizmat qi­ladi.
Seldlar ovlanadigan rayonlariga qarab: Kaspiy seldlari (chernospinka, Kaspiy seldi), Atlantika seldi (shimoliy dengiz seldlari); Tinch okean, Oq dengiz, Azov-qora dengizi seldlari (Dunay seldi, Kerch, Don, Dnepr seldlari)ga bo‘linadi. Janub dengizlarida ovlanadigan seldlar tanasining yon biqini bo‘ylab tikansimon o‘tkir tangachalar joylashganligi bilan shimol va Uzoq sharq dengizlarida ovlanadigan seldlardan farq qiladi.

Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish