2. Ovlanadigan baliqlarning asosiy oilalari



Download 1,28 Mb.
bet3/6
Sana29.11.2022
Hajmi1,28 Mb.
#874572
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Baliq va baliq maxsulotlarining insonlar salomatligi uchun bioxavsizligi

Karplar oilasi sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan baliqlar, ichida - eng ko‘p oilaga ega baliq hisoblanadi. O‘zbekiston suv havzalarida juda ko‘p turli karp baliqlari yashaydi, ammo ularning hammasi ham sanoat ahamiyatiga ega emas. Eng ko‘p sanoat ahamiyatiga ega bo‘lganlari: karp, sazan, vobla, lesh, plotva, ribets, kutum, je­rex, taran, usach, chexon, shemeya, krasnoperka, beloglazka va boshqalardir.
Karplar asosan ko‘llarda va kamdan-kam dengizlarda ovlanadi. Vobla, ribets, kutum, usach- o‘tkinchi baliqlar; sazan, lesh, jerex, taran, beloglazka, chexon- yarim o‘tkinchi; karas, yaz, krasnoperka va boshqalar - chuchuk suvda yashovchi baliqlardir. Karplar tanasi zich o‘rnashgan turli-tuman rangdagi (kumush rang, jigar rang, qizil, kulrang) tangachalar bilan qoplangan. Go‘shtida suyak ko‘p bo‘lsa-da, lekin juda yumshoq, mazali va o‘rtacha yog‘lidir. Elkasida bitta suzgich qanoti bo‘ladi. yoy tomonida yaqqol ko‘rinib turadigan chizig‘i uni boshqa baliqlardan ajratib turadi. Karplar oilasiga mansub baliqlar oshpazlikda, konserva tayyorlashda foydalaniladi, shuningdek, ular tuzlanadi va dudlanadi.
Okunlar oilasi. Bu oiladagi baliqlarga okun, sudak, ersh, bersh baliqlari kiradi. Okun va ersh-chuchuk suvda yashovchi baliqlar, sudak va bersh esa daryolardagina emas, balki dengizlarning qirg‘oq bo‘yi payonlarida (dengizda yashovchi sudak) ham yashaydi. Okunlar oilasidagi baliqlar uchun ik­kita elka suzgich qanotlari (birinchisi nursimon tikanli, suyakli, ikkinchisi suyaksiz) va biqinlarining o‘ziga xos rangdaligi (elkasidan qorniga tomon ko‘ndalang o‘tuvchi qoramtir chiziqlar) xarakterlidir. Okunlar oriq baliq hisoblanadi. Barcha okun baliqlari ichida sudak eng ahamiyatlisidir. Sudak yaxshi sardak beruvchi eng mazali baliqlardan biridir; sudak go‘shti zich, yumshoq tuzilishli, yoqimli oq rangda, yaxshi hidli bo‘lib, mayda qiltiqlari bo‘lmaydi. Okunning ham ta’mi va hidi yaxshi bo‘ladi.
Treska baliqlar oilasi. Treska baliqlar oilasi treska, piksha, sayda, navaga va nalim baliqlarini o‘z ichiga oladi; nalim balig‘idan boshqa treska baliqlarining hammasi dengizda yashaydi. Ular uchta elka suzgich qanotli (nalim balig‘ida ikkita elka suzgich qanot bo‘lib, ularning biri butun elka bo‘ylab, to dumigacha uzun cho‘zilgan bo‘ladi) va ikkita anal suzgich qanotli bo‘ladi; qorin suzgich qanotlari ko‘krak suzgich qanotlarining oldirog‘iga joylashgan bo‘ladi. Tanasi mayda tangachalar bilan qoplangan bo‘ladi.
Okean va ochiq dengizlarda: nototen baliqlar oilasidan - nototen, skvama, okean bichogi; kambala baliqlari (kambalasimonlar oilasidan - kambala, paltus, dengiz tili (yazo‘k morskoy), solnechnik; stavrida baliqlari oilasidan - stavrida; vomer (oy baliq); gorbil baliqlar oilasidan - kapitan baliq, umrina; tunets baliqlar oilasidan - tunets; lososlar oilasi­dan-argentina (serebryaka); stomateevlar oilasidan batter-fish, yog‘li (maslyanaya) baliqlar ovlanadi. Bulardan tashqari yana ko‘pgina baliqlar, masalan: ugolnaya balig‘i, makrorus, zuban, merou, terpuga, lufar, beldyuga ovlanadi.





Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish