2. uxk agregati uchun avtomatlashtirilgan nazorat qilish boshqaruv tizimi


Birinchi ART barabanga kiruvchi issiqhavo haroratini berilgan miqdori darajasida stabillab turish vazifasini bajaradi. Ikkinchi



Download 421,02 Kb.
bet3/3
Sana31.12.2021
Hajmi421,02 Kb.
#245402
1   2   3
Bog'liq
UXK

Birinchi ART barabanga kiruvchi issiqhavo haroratini berilgan miqdori darajasida stabillab turish vazifasini bajaradi.

Ikkinchi ART barabandan chiquvchi issiqhavo haroratini kuzatish hamda barqarorlashtirish vazifasini bajaradi.

Issiqhavo quritish barabaniga ikki yo'l bilan kiritiladi. Birinchi yo'ldagi issiq bosimli havo ventilyator 3 yordamida bosimi kuchaytirilib baraban shahtasi 2 ga tushayotgan paxtani baraban ichiga yo'naltiradi. Ikkinchi yo'l - quvurdagi issiqhavo rostlovchi organ 5 orqali baraban ichiga uzatiladi.

Quvurda o'rnatilgan to'siq (rostlovchi organ) - 5 barabanga kiradigan issiqhavo miqdorini barabanning berilgan termografigi 4 ning a nuqtasidagi haroratga muvofiq bo'lishini avtomatik rostlab turish vazifasini bajaradi. harorat sezgichi TE huddi shu maqsadda quritish tavsif grafigi alfaqismda o'rnatiladi.

Sezgich TE dan olingan signal regulyator TC ni ishga tushiradi, TC o'z navbatida ijrochi mehanizm IM orqali to'siq 5 ning holatini ga muvofiq o'zgartirib turadi. harorat «og’ishi» bo'lsa, to'siq ochilish tomonga, bo'lganda esa yopilish tomonga buriladi. Agar regulyator TC barabanni termografigi 4 ning «a» nuqtasidagi haroratini talabga muvofiq (berilgan qo'yim chegarasida) rostlab-stabillab tura olsa, barabanning chiqish joyidagi havo harorati ham o'z-o'zidan termografik 4 ga muvofiq berilgan miqdor ga yaqin yoki teng stabillangan bo'ladi. Bu holda avtomatik rostlash jarayoni barabanning termografigiga muvofiq o'tadi.

Paxtani quritish jarayoni son va sifat ko'rsatkichlarining muqobil darajada bo'lishini barabanning chiqish joyidagi quritish (havosini) harorati belgilaydi. quritish temperaturasi o'zining berilgan miqdori dan yuqori bo'lsa, paxta tolasi va chigitining biologik holatiga zarar etadi, ya'ni tola egiluvchanligiii, chigit esa unib chiquvchanlik hususiyatlarini yo'qotadi. Shuning uchun ham amalda paxtaning barabandai chiqish joyidagi qurituvchi havo haroratining stabilligiga alohida e'tibor beriladi. Shu sababli sxemada (20.1- rasm) barabanning chiqish joyiga issiqlik sezgichi TE o'rnatilgan, bu sezgich termosignalizatorni va kontaktli ikki holatli regulyator TC ni ishga tushiradi. Regulyator TC o'z navbatida ijrochi mehanizm IM orqali to'siq 6 ning holatini o'zgartirib turadi. harorat yuqori bo'lsa, to'siq 6 ochilib issiqhavoning bir qismi havoga chiqariladi. Bunday holat quritish harorati o'zinish berilgan maksimal maxqiymatiga yaqinlashgandagini vujudga keladi. Shu sababliissiqhavo sarfi uncha katta bo'lmaydi.

Ma'lumki,paxtani tozalash mashinalarinig optimal holatda ishlashi uchun paxta namligi 8 % gacha bo'lishi kerak. Shuning uchun ham paxtani quritish jarayonining eng asosiy parametri - paxtaning namligi quritish barabanining asosiy parametri - quritish tezligi hisoblanadi. quritish tezligidan quritish barabanining o'lchamlarini hisoblash va tuzilishini aniqlash uchun foydalaniladi.

Paxtani quritish tezligi deb paxtani quritish jarayoni davomida vaqt bo'yicha paxta namligining o'zgarishiga aytiladi.

Barabanga kiritilgan paxta shunday tezlikda baraban termografigiga muvofiqqurishi kerakki, undagi 10 metrlik oraliqni o'tishi bilan paxtaning namligi 8% gacha kamaysin. Barabanning texnik ko'rsatkichlari ana shunday talabga javob berishi kerak.Quritish barabanining 10 metr oraliqdagi statik termografiklari paxta namligi m(l) va quritish haroratining tajriba asosida qurilgan grafiklari 100-rasmda keltirilgan.

Bu grafiklar quritish jarayonida baraban uzunligi l bo'yicha bir necha oraliqlarda namlikni va haroratni o'lchash yo'li bilan olingan ma'lumotlar asosida quriladi. Shu yo'l bilan paxtaning harorati ning o'zgarish grafigi ni ham chizish mumkin.

5-rasm. Quritish barabaning tavsiflari.



-baraban uzunligi boyicha havo haroratining o’zgarishi grafigi.

m baraban uzunligi boyicha paxta namligining o’zgarishi grafigi.



baraban uzunligi boyicha paxta haroratining o’zgarish grafigi.

6-rasm. Barabanning ichki devorida o'rnatilgan termojuft yoki termorezistordan tok olish qurilmasining tuzilish sxemasi.

1- barabaning ichki devori; 2- kontakt halqasi; 3- yakkalagich (izolyator); 4- tok o'tkazuvchi cho'tkalar; 5- bosim toshi; 6- termojuft yoki termorezistor. Barabanning tavsif grafiklari , va asosida paxta quritish jarayonini avtomatlashtirish va yuqori aniqliklarda o'tkazish mumkin.

Paxtaquritishni avtom,atlashtirishda bevosita namlik sezgichlaridan foydalanishdan ko'ra bilvosita harorat sezgichi TE dan foydalanish qulayroq.Buning uchun termojuft yoki termorezistor barabanning ichki devoriga kontrol nuqtalar «a» ham «b» da kamida ikkitadan o'rnatiladi (6-rasm). Sezgichlar (6) ning uchlari (3-rasm) baraban sirtida o'rnatilgan kontakt halqasi 2 ga ulangan. Sezgichdan chiquvchi termo EYUK cho'tka 4 orqali tashqi zanjirga TS yoki TCS ga (regulyatorga) uzatiladi (1-rasm). Sezgichlardan tok olish (kommutasiya) tizimining tuzilishi 3-rasmda ko'rsatilgan. Barabanning aylanish tezligi 10m-1 bunday qurilmani ishonchli ishlashini ta'minlaydi.

Har bir seksiya (7-rasm) ikki juft qoziqli barabanlar 1, 2, bilan to'rli yuza 3, 4 va shu bilan birga ta'minlovchi ikkita yo'naltiruvchi cho'tkali baraban 5, 6, undan keyin tozalash va regeniratsiyalash arrali barabani 7, 8, ilashtiruvchi cho'tka 9, 10 va kolosnikli panjara 11, 12 ajratuvchi cho'tkali baraban 13 va iflos aralashmalarni tashuvchi shnek 14 dan tashkil topgan. Har bir bo'limning yon tomonlarida changli havoni so'ruvchi truba uchun ikkitadan teshik bo'lishi lozim. To'rtta seksiyali UXK agregatida qoziqli barabanlarning umumiy soni o'n oltita, tozalovchi va regeneratsiyalovchi arrali barabanlar sakkizta, yo'naltiruvchi cho'tkali barabanlar sakkizta, ajratuvchi cho'tkali barabanlar to'rtta.

UXK agregati seksiyasining bo'limlarida (7-rasm) paxta qoziqli barabanlar 1, 2 bilan titilib to'rli yuzalar 3, 4 orqali o'tib mayda iflosliklardan hamda arrachali barabanlar 7, 8 va kolosnikli panjaralar 11, 12 dan o'tib yirik iflosliklardan tozalanadi.

Paxta xom ashyosi arrachali tozalash barabani 7 ga yo'naltiruvchi cho'tkali baraban 5 orqali tushadi, arrachalar tishiga ilashgan paxta qo'zg'almas mahkamlovchi cho'tka 9 bilan mustahkamlanadi va o'z harakat yo'nalishida kolosnik panjara 11 ga urilib tozalanadi, arrachali baraban 7 tishlaridan ajratuvchi cho'tkali baraban 13 bilan ajratiladi.

Kolosnikli panjara 11 ning tirqishlaridan ajralib tushgan iflos aralashmalar va ular bilan birga qo'shilib tushgan paxta bo'lakchalari regeneratsiyalovchi arrachali baraban 8 ga tushadi. Paxta bo'lakchalari arracha tishlariga mahkamlovchi cho'tka 10 bilan ilashtiriladi, kolosnikli panjara 12 ga urilib iflos aralashmalardan tozalanadi, ajratuvchi cho'tkali baraban 13 bilan arracha tishlaridan ajratiladi va tozalovchi arrachali baraban 7 ga uzatilib, tozalangan paxta bilan qo'shilgan holda yo'naltiruvchi baraban 6 ga uzatiladi.





7-расм. УХК пахта тозалаш агрегатининг чизмаси

1, 2 - қозиқли барабан; 3, 4 – тўрли юза; 5, 6 – йўналтирувчи барабан;

7, 8 – аррали барабан; 9, 10 – маҳкамловчи чўтка; 11, 12 – колосникли

панжара; 13 – ажратувчи барабан, 14 – ифлос аралашмалар шнег




Download 421,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish