3. Laboratoriya mashg‘uloti. Mavzu: Fiksirlangan, bo‘yalgan preparatlar tayyorlash, Tayoqchasimon mikroorganizmlar va ularning morfologiyasi bilan tanishish



Download 170,65 Kb.
bet1/2
Sana11.06.2022
Hajmi170,65 Kb.
#654250
  1   2
Bog'liq
3-laboratoriya


3. Laboratoriya mashg‘uloti.
Mavzu: Fiksirlangan, bo‘yalgan preparatlar tayyorlash, Tayoqchasimon mikroorganizmlar va ularning morfologiyasi bilan tanishish
Mikroorganizmlarning morfologiyasini o‘rganish uchun mikroskopik usuldan foydalaniladi. Bu usulning muvaffaqiyatli chiqishi tekshirish materiali yoki bakteriologik kulturadan to‘g‘ri surtma preparat tayyorlanishiga bog‘liq. Kultura deb, laboratoriya sharoitida oziqa muhitida o‘stirilgan mikroorganizmlarga aytiladi.
Preparatlar quyidagi maqsadlar uchun fiksatsiyalanadi:
1)Preparatdagi mikroorganizmlarni nobud qilish uchun,
2)Mikrobni buyum oynasiga mustaxkam yopishtirish uchun,
3)Nobud bо‘lgan bakteriyalarni tezroq bо‘yalishini ta’minlash uchun.
Preparat suyuq yoki agarli oziqa muhitida o‘stirilgan ma’lum yoshdagi bakteriya kulturasidan tayyorlanadi. Oziqa muhitlari tayyorlashning ko‘pdan-ko‘p retseptlari ishlab chiqilgan bo‘lib, ulardan ishlashga eng qulay va tayyorlashga osoni pepton oziqa muhiti deb shartli nomlangan oziqa muhitidir: 1 g litr vodoprovod suvida, pepton -10, saxaroza yoki glukoza - 2, K2NRO4 - 0,5, MgS04 - 0,5, NaCl - 0,5. Qattiq oziqa muhiti olish uchun 15-20 g agar-agar solinadi. Qizitib eritilgan holda bu oziqa probirkalarga quyiladi va sterillanadi, qiyshaytiriladi va natijada “qiyshiq agar” hosil bo‘ladi. Qiyshiq agar yuzasiga bakteriya kulturasi ekiladi va u o‘ziga xos sharoitda o‘stiriladi va ko‘zga ko‘ringan o‘sgan bakteriyadan preparat tayyorlashda ishlatiladi.
Mashg‘ulot maqsadi: fiksirlangan, bо‘yalgan preparatlar tayyorlashni о‘rganish.
Kerakli о‘quv materiallari: Mikroskop, buyum oynasi, qoplag‘ich oyna, bakterial ilmoq, spirt alangasi, tо‘xtab qolgan suv yoki tish kiri, filtr qog‘oz, turli xil bо‘yoqlar va etil spirti.
Ishning bajarilishi
Surtma preparat tayyorlash texnikasi
Ishlash uchun toza va yog‘sizlantirilgan buyum oynachalari hamda yopchiq oynachalari kerak. Yangi oynachalar 15—20 daqiqa 2—5 % sodali, sovunli suvda qaynatiladi, oqova suvda chayiladi. HCl eritmasiga solib qo‘yiladi, so‘ng yana suv bilan yuviladi. Bo‘yoq yoki immersion yog‘ bilan ifloslangan (ishlatilgan) oynachalarni ikki usulda zararsiz- lantirish mumkin.
Xlor aralashmasiga 2 soatga solib qo‘yiladi, so‘ng 5 % sodali yoki ishqoriy eritmada 30—40 daqiqa qaynatiladi va yaxshilab yuviladi. Yangi zararsizlantirilmagan oynachalarni sovunlab yuvish, so‘ng quruq latta bilan artish mumkin.
Agar buyum oyna yaxshilab yog‘sizlantirilgan bo‘lsa, suv hamma tarafga bir xilda tarqaladi, yaxshi tozalanmagan bo‘lsa, tomchi mayda tomchilarga bo‘linadi.
Surtma preparat tayyorlash uchun bakteriologik qovuzloq tayyorlab olish lozim. Bakteriologik qovuzloq 5—6 sm uzunlikda platina yoki xrom simidan tayyorlanadi. Sim qovuzloqning bir uchi ushlagichga yoki shisha tayoqchaga mahkamlanadi, ikkinchi uchi uzukka o‘xshatib, 1—1,5 yoki 2—3 mm kattaligida qayriladi.
To‘g‘ri tayyorlangan bakteriologik qovuzloq suvga solib olinganida, suv pardasi hosü bo‘ladi. Surtma préparât tayyorlashdan avval, bakteriologik qovuzloq ishchi qismi alangada vertikal, so‘ng gorizontal holatda metall yoki shisha asosi cho‘g‘lantiriladi. Ishdan oldin va ishdan keyin, albatta, bakteriologik qovuzloq cho‘g‘lantirilishi shart!
Suyuq oziqa muhitida o‘sgan mikrob kulturasidan
surtma preparat tayyorlash

Yog‘sizlantirilgan buyum oynasi alangada kuydiriladi va paxta bilan artiladi. O‘ng qo‘lda bakteriologik qovuzloq yuqorida aytilgandek cho‘g‘lantiriladi. Probirka chap qo‘lning katta va ko‘rsatkich barmoq- lari orasiga olinadi. 4-5- yoki kichik barmoq yordamida, probirka qopqog‘i siqib ochiladi. Ish ehtiyotkorlik bilan bajarilishi lozim. Pro- birkaning og‘zi alangadan o‘tkazilib olinadi. Qovuzloq probirka ichiga kiritilib, devorida sovitiladi va mikrob kulturasidan olinadi. Qovuzloqni probirka devoriga tekkizilmasdan chiqariladi va alangadan o‘tkazilib, probirkaning qopqog‘i yopiladi. Probirkani shtativga qo‘yiladi. Qovuzloqdagi mikrob kulturasi buyum oynachasida bir-ikki tiyinlik kattalikda bir xilda yoyiladi. Qovuzloq alangada cho‘g‘lantiriladi. Surtma preparatni quritishga qoldiriladi.
Zich oziqa muhitida o‘sgan mikrob kulturasidan
surtma preparat tayyorlash

Tayyorlangan buyum oynacha ustiga Paster pipetkasi yoki qovuz­loq yordamida natriy xlorning (0,9 %) izotonik eritmasi tomiziladi. Cho‘g‘lantirilgan qovuzloq probirka devorida yoki mikrob kulturasi o‘smagan yerda sovitiladi va mikrob kulturasidan olib, buyum oyna- chasidagi izotonik eritma bilan aralashtiriladi. Tayyorlangan surtma preparat bir xilda yoyilgan bo‘lishi va quyuq bo‘lmasligi lozim. Tayyor­langan surtmani quritishga qoldiriladi.

Download 170,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish