3-mavzu: bilish nazariyasi. Mantiq reja


Konkret va abstrakt haqiqat



Download 140,98 Kb.
bet9/29
Sana24.01.2023
Hajmi140,98 Kb.
#901758
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
Bog'liq
3-mavzu bilish nazariyasi. Mantiq reja

Konkret va abstrakt haqiqat. Bilimlarimizning haqiqat yoki yolg`onligini, ularning absolyutlik va nisbiylik darajasini konkret joy va vaqt sharoiti belgilab beradi. Joy va vaqt sharoiti almashinib, o`zgarib turadigan omilekanligi sababli bir sharoitda haqiqat bo`lgan narsa o`zgargan sharoitda yanglish yoki yolg`on bo`lib chiqadi.
Joy va vaqt sharoitini har tomonlama hisobga olish talabi biluvchi sub’ektni dogmatik xatolardan ehtiyot qiladi. Joy va vaqt sharoitining o`zgarishi etilgan vazifalarni halqilishga ijodiy yondashuvni zarur qilib qo`yadi, zarur bo`lib qolganda o`rtaga qo`yilgan maqsadga erishish taktikasi, metodi va usullarini o`zgartira bilishni taqozo etadi. SHu boisdan ham bilishning u yoki bu shakllari, metodlari va usullarini absolyutlashtirish mumkin emas, eskirgan xulosalar va formulalarni o`z vaqtida yangilari, o`zgargan sharoitga mos keladiganlari bilan almashtirish zarur, chunki ayni bir xil qonuniyatlar turli tarixiy sharoitda turli natijalarga olib keladi.
Agar haqiqatga jarayon deb qarab unga uning rivojlanishi nuqtai nazaridan yondashiladigan bo`lsa, bu holda konkret haqiqatga abstrakt haqiqat qarama-qarshi qo`yiladi. Abstrakt haqiqat – bu to`liq bo`lmagan, rivojlanmagan, birtomonlama haqiqat, konkret haqiqat esa, aksincha, - to`liq, rivojlangan, ko`ptomonlama haqiqat. Har qanday haqiqat, u bilish jarayonida rivojlanib borganligi sababli, abstraktlikni ham, konkretlikni ham o`zichiga oladi. Haqiqat o`z rivojining keyingi bosqichiga nisbatan abstrakt va ilgarigi rivojlanish bosqichiga nisbatan konkretdir. Haqiqatga darhol erishib bo`lmaydi; unga erishish bilishning qiyin, ko`p bosqichli jarayonidir.
Amaliyot va bilish. Dunyoni bilish - bu nafaqat nazariy, balki hayotiy, amaliy jarayondir. Falsafiy nuqtai nazardan qaraganda, insoniyatning amaliyoti - bu insoniyatning tabiatni ongli ravishda va maqsadga muvofiq tarzda o`zgartirishga qaratilgan faoliyatidir, bu insoniyatning ijtimoiy-tarixiy sharoitlar bilan birga qaralgan mehnat jarayonidir. Amaliyot hamisha ijtimoiy harakterda bo`ladi, kishilar o`rtasidagi aloqa va munosabatlarsiz amaliyot bo`lishi mumkin emas. Amaliyot tarixiydir, u qurshab turgan tabiatni ham, insonning o`zini ham, kishilarning turmush sharoitini ham o`zgartirishdan iborat.
Gnoseologik kategoriya sifatida amaliyot sub’ekt bilan ob’ekt o`rtasidagi shunday munosabatni ifodalaydiki, bunda sub’ekt ob’ektni biron-bir jihatdan o`zgartirish maqsadida unga ongli ravishda ta’sir ko`rsatadi. Amaliy faoliyat jarayonida, ob’ektning o`zgarishi ta’siri ostida sub’ekt ham o`zgaradi, uning amaliy qobiliyati va malakasi chuqurlashadi, fikrlash doirasi kengayadi, ongi va xotirasi boyiydi, dunyoqarashi o`zgaradi.
Bilish jarayoni ijtimoiy-tarixiy amaliyot natijasida va vositasida sodir bo`ladi. Kishilarning amaliy faoliyati o`zi o`zgartirishga qaratilgan ob’ektga va o`zi erishmoqchi bo`lgan maqsadga bog`liq holda turli shakllarda namoyon bo`ladi. Eng keng, falsafiy ma’noda, amaliy faoliyatdagi kishilarning ob’ektga nisbatan konkret-tarixiy birligi bo`lgan jamiyat amaliyot sub’ekti bo`lib chiqadi. Bunda ob’ektiv reallikning odamlar ta’sir o`tkazadigan tomoni esa amaliyot ob’ekti bo`ladi. Moddiy ishlab chiqarish va jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarning o`zgarishi amaliyotning eng muhim shakllaridir.
Amaliyot nazariy bilimdan yuqori turadi. U nafaqat umumiylik, balki bevosita voqelik hislatiga ega. Amaliyotda asosiy qarama-qarshiliklar – ideal qarama-qarshilik (sub’ektiv reallik sifatida) va moddiy qarama-qarshilik (ob’ektiv reallik sifatida) – birga qo`shilishadi. Amaliyot – bu voqelikni insoniyat oldida turgan maqsadlarga muvofiq tarzdauzluksiz o`zgartirish jarayonidir. Agar jamiyatda biron-bir amaliy ehtiyoj paydo bo`lsa, bu bilish jarayoniga o`nlab universitetlarga qaraganda ko`proq asos bo`ladi, chunki amaliyot ehtiyojlari ilmiy bilishning o`zini olg`a siljitadi.
Amaliyot bilish jarayoniga boshidan oxirigacha «amaliyot – nazariya, yana amaliyot – yana nazariya» tarzidagi formula bo`yicha kirib borib uni boyitadi. Amaliyotdan ajralgan bilish bo`lishi mumkin emas. Faqat amaliyotgina u yoki bu nazariyaning to`g`ri yoki noto`g`riligini ko`rsatib beradi. Amaliyot o`zgarmas emas, fan yutuqlari tufayli u doimo takomillashib, boyib va rivojlanib boradi. Bilish va amaliyot bir-biridan ajralmasdir. Amaliyot bilish haqiqatligining asosiy nuqtasi, harakatlantiruvchi kuchi, maqsadi va mezonidir.




  1. Download 140,98 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish