3-mavzu: bilish nazariyasi. Mantiq reja


Ratsional bilish. Ratsional bilishning roli



Download 140,98 Kb.
bet6/29
Sana24.01.2023
Hajmi140,98 Kb.
#901758
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
3-mavzu bilish nazariyasi. Mantiq reja

Ratsional bilish. Ratsional bilishning roli. Agar biz sezgilar vositasida hodisalar olamini aks ettirsak, sezgi bilan idrok etib bo`lmaydigan mohiyatni aql bilan bilib olamiz. Aql bizning sezgi a’zolarimiz tashqi olamdan olgan axborotlarga asoslanib, hodisalar mohiyatini xiralashtiruvchi va yashiruvchi tashqi, tasodifiy holatlardan abstraktlashib hodisalar dunyosini tashqi, nomuhim xususiyatlar va aloqalardan xalos qiladi. Muhimni nomuhimdan farqlantira va ajrata olmaydigan sezgilardan farqli o`laroq, aql hodisalardan hamma narsani emas, balki faqat eng muhimini, barqarorini, qonuniyatlisini oladi. SHuning uchun abstraksiyalar hissiy bilishuchun g`oyat harakaterli bo`lgan yorqinlik, bevositalik va yaqqollikdan mahrumdir.
Ratsional, abstrakt-mantiqiy tafakkur hodisalar olamining qonuniyatli aloqalarini bilishga imkon beradi, bu esa insonga tashqi dunyoni bemalol tushunib olish va tevarak-atrofdagi voqelik hodisalari va jarayonlaridan o`z manfaatlari yo`lida foydalanish uchun zarurdir.
Ratsional bilish shakllari. Ratsional bilishning asosiy shakli tushunchadir. Tushuncha – bu tajriba ma’lumotlarini umumlashtirish natijasidir, dunyoni o`rganish yakunidir. Tushunchalarning paydo bo`lish jarayoni o`rganilayotgan predmetning bir qator ikkinchi darajali alomatlari va xossalarini e’tiborga, hisobga olmaslik, ulardan chalg`ishdir, abstraktlashishdir.
Tushunchaga ta’rif berish – torroq tushunchani kengroq tushuncha ostiga qo`yishdir. Masalan: olma - meva, fil - hayvon, Erkin - odam, terak - daraxt va hakozo. Tushunchalarning paydo bo`lishi - bu biluvchi inson ongi faoliyatining oliy maxsulidir. Bilish jarayonida tushunchalarni ifodalabgina qolmasdan, balki ularni qo`llay bilish ham kerak. Tushunchalarni qo`shib biz hukm shakllantiramiz, hukmlarni bir-biri bilan qo`shib ulardan aqliy xulosa chiqaramiz.
Hukm tafakkurning shunday shakliki, unda inson narsani uning aloqalari va munosabatlarida ifodalaydi. Gnoseologik nuqtai nazardan, hukm - bu biron bir narsani tasdiqlash yoki inkor etish yo`li bilan voqelikni aks ettirish shaklidir. SHu boisdan hukm tasdiqlovchi («hozir yomg`ir yog`moqda» kabi) yoki inkor etuvchi («bugun yomg`ir yog`maydi» kabi) hukmlarga bo`linadi. Agar biz ikki yoki bundan ko`proq hukmni bir-biri bilan tenglashtirib, taqqoslab, solishtirib ko`rsak, u holda biz yangi hukmga ega bo`lishimiz, ya’ni aqliy xulosa chiqarishimiz mumkin.
Aqliy xulosaning, mantiqiy natijaning chinakam to`g`ri bo`lishi uchun ikki shart zarur. Birinchisi: mantiq ilmida asoslar deb atalgan dastlabki hukmlar haqiqiy bo`lmog`i, ya’ni voqelikka mos kelmog`i lozim. Ikkinchisi: boshlang`ich asoslardan aqliy xulosa chiqarish jarayonining o`zi mantiq ilmining qonunlariga muvofiq to`g`ri bo`lmog`i lozim.
Mantiq ilmining asoschisi Aristotel sillogizmga klassik misol keltiradi:
Hamma odamlar o`ladi} asos
Suqrot odam} asos
Suqrot o`ladi – aqliy xulosa
Agar biz mantiq qonuniga amal qilsagu, lekin boshlang`ich hukm haqiqiy bo`lmasa, u holda sillogizm ham haqiqiy bo`lmaydi, balki soxta bo`ladi. Masalan:
Suqrot – odam
Hamma odamlar o`lmaydi
Suqrot o`lmaydi – soxta aqliy xulosa

Download 140,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish