3-mavzu. Biznes huquqi subyektlari Reja


Kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlari (“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonun asosida)



Download 0,51 Mb.
bet2/5
Sana06.07.2022
Hajmi0,51 Mb.
#749798
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-mavzu. Biznes huquqi subyektlari Reja

Kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlari (“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonun asosida)





Kichik biznes sub’yektlari

Yakka tartibdagi tadbirkorlar




Мikrofirmalar

Ishlab chiqarish
tarmoqlari

Xodimlarning oʻrtacha yillik soni
koʻpi bilan 10 kishi

Savdo, xizmat koʻrsatish va noishlab chiqarish sohasining
boshqa tarmoqlarida

Xodimlarning oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan 5 kishi



Kichik korxonalar

Sanoat soxasida

Xodimlarning oʻrtacha yillik soni
koʻpi bilan 40 kishi

Qurilish, qishloq ho’jaligi va boshqa
ishlab chiqarish tarmoqlarida

Xodimlarning oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan 20 kishi

Fan, ilmiy xizmat кo’rsatish, chakana savdo va noishlab chiqarish soxasining
boshqa tarmoqlarida

Xodimlarning oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan 10 kishi



O’rta tadbirkorlik sub’yektlari

O’rta korxonalar

Sanoatda

Xodimlarning oʻrtacha yillik soni
kami bilan 41 kishi, koʻpi bilan 100 kishi

Qurilishda

Xodimlarning oʻrtacha yillik soni
kami bilan 21 kishi, koʻpi bilan 50 kishi

Qishloq ho’jaligi, boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari, ulgurji savdo, umumiy ovqatlanish
tarmoqlarida

Xodimlarning oʻrtacha yillik soni kami bilan 21 kishi, koʻpi bilan 30 kishi

Chakana savdo, xizmat ko’rsatish sozasi va noishlab chiqarish soxasining boshqa
tarmoqlarida

Xodimlarning oʻrtacha yillik soni kami bilan 11 kishi, koʻpi bilan 20 kishi








10 O’sha joyda. 18-bet.
Endi “yakka tartibdagi tadbirkor” tushunchasiga toʻxtalaylik. Yakka tartibdagi biznesni amalga oshirish – bu biznes faoliyatini amalga oshirishning eng oddiy shaklidir. Uni tashkil etish tartibi OʻzR Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 14-fevraldagi qarori bilan tasdiq- langan “OʻzRda xususiy tadbirkorlik toʻgʻrisida Nizom”da belgilab berilgan. Mazkur Nizomga muvofiq, yollanma mehnatdan foydalan- maydigan yakka tadbirkor oʻz faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmas- dan turib amalga oshirishi mumkin. Bunday yakka tartibdagi faoliyatni amalga oshirishda faqat xususiy tadbirkorning mehnati qoʻllaniladi. Qonunda koʻzda tutilgan hollardagina oila aʼzolarning mehnatini mazkur faoliyatga jalb etish mumkin.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlik tushuncha- lari aynan bir narsa emas. Xususiy tadbirkorlik – bu alohida fuqaro yoki fuqarolar tomonidan ularning tavakkalchiliklari va mulkiy javob- garliklari ostida, shaxsiy daromad (foyda) olish maqsadida qonunchilik doirasida amalga oshiriladigan tashabbuskor xoʻjalik faoliyatidir.
Xususiy tadbirkorlik faoliyatini yurituvchilar oʻz faoliyatini yollanma ishchi kuchi yordamida olib boradilar, yakka tartibdagi tadbirkorlar esa oʻz faoliyatlarini faqat oʻz mehnatlari bilan (keyingi oʻzgartishlar boʻyicha yollanma mehnatdan foydalangan holda ham) amalga oshiradilar. Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxsni tashkil etgan holda va oʻz korxonasini davlat roʻyxatidan oʻtkazgan holda faoliyat yuritsalar, yakka tartibdagi tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan turib faoliyat yuritadilar.
Xususiy tadbirkorlar (yakka tartibdagi tadbirkorlar) yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari shartli ravishda 4 guruhga ajratiladi. Masalan, birinchisi – chakana savdo, ikkinchisi – hunarmandchilik, uchinchisi – maishiy xizmatlar (31 turdagi), toʻrtinchisi – faoliyatning boshqa turlari (39 turdagi) bilan yakka tartibdagi tadbirkorlar shugʻullanishadi. Umuman, yakka tartibdagi tadbirkorlar 75 dan ortiq faoliyat turi bilan shugʻullanishi mumkin.
Xususiy korxanalar oʻzlarining mustaqil balanslariga, muhriga, hisob-kitob varagʻiga ega boʻladilar. Ular oʻzlari joylashgan joydagi tuman (shahar) hokimligida tegishli tarzda roʻyxatdan oʻtkazilgan kun- dan boshlab yuridik shaxs maqomini oladilar. Yuridik shaxs maqomini olmasdan turib yakka tartibdagi tadbirkorlik bilan shugʻullanish uchun
tuman (shahar) hokimiyati tomonidan ruxsatnoma olinadi. Davlat soliq idoralari bunday shaxslarga ular roʻyxatdan oʻtkazilganligi va yuridik shaxs maqomini olmasdan turib biznes faoliyati bilan shugʻullanish huquqi berilganligi toʻgʻrisida OʻzR Moliya vazirligi belgilagan shakldagi guvohnomani taqdim etadilar.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi va yuridik shaxs tashkil etmasdan turib, masalan, avtomobillarga transport xizmati koʻrsatish, suratkashlik, qurilish, uylarni taʼmirlash va obodonlashtirish, toʻylar va turli tantanalar vaqtida sanʼatkorlik va musiqiy xizmat koʻrsatish, mulkni (binolar, uylar, xonalar va avtomobillardan tashqari) ijaraga berish va shu kabi biznes faoliyati bilan shugʻullanish huquqi borligi toʻgʻrisidagi guvohnoma tegishli fuqaroning belgilangan miqdordagi soliqni toʻlaganidan soʻnggina beriladi.
Xususiy tadbirkorlikning quyidagi turlari mavjud:

  1. Yuridik shaxsni tashkil qilgan holda xususiy tadbirkorlik faoliyati;

  2. Yuridik shaxsni tashkil qilmagan holdagi xususiy tadbirkorlik faoliyati.

Yakka tartibdagi tadbirkorlikning quyidagi turlari mavjud:

  1. Shaxsiy biznes;

  2. Birgalikdagi biznes.

OʻzR Konstitutsiyasi jismoniy shaxslarga tadbirkor maqomiga ega boʻlishlik imkoniyatini berdi va shu tariqa ular ham biznes huquqining subyektlari doirasiga kiritildi.
OʻzR Oliy sudi Plenumi va OʻzR Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq qonunchilikni qoʻllash sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 2000-yil 28-apreldagi qarorida11 fuqarolarning biznes faoliyatida erkin ishtirok etishi va manfaatdorligi uchun shart- sharoit yaratish, ularning ishchanlik faolligini oshirish, biznes subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, bu sohada qonunchilikni toʻgʻri tadbiq etish va ularga qatʼiy rioya qilishning taʼminlanishi lozimligi qayd etilgan.






11 «Ho’jalik va huquq” – “Xozyaystvo I pravo”. 2000. № 8, 14-bet.




Yakka tartibdagi tadbirkorlar



Kichik korxonalar




“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunda biznes faoliyati subyektlari doirasi kengaytirilib, yuridik shaxs tashkil etmasdan biznes bilan shugʻullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar kichik va oʻrta tadbirkorlik subyekti sifatida mustahkamlandi.


Qonunga koʻra, har qanday fuqaro tadbirkor shaxs hisoblan- maydi, balki faqat belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtib, tadbirkor maqomini olgan fuqarogina tadbirkor deb eʼtirof etiladi.
Qonun ayrim toifadagi fuqarolarni tadbirkor maqomini olishlariga monelik qiladi. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari xodimlari va ularning mansabdor shaxslari, sudyalar, prokuratura xodimlari, shuningdek biznes faoliyati bilan shugʻullanishlari qonun hujjatlarida man etilgan boshqa shaxslar tadbirkor maqomini olishga haqli emaslar.
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunda jismoniy shaxslarning yuridik shaxs tashkil etmagan holda birgalikdagi biznes faoliyati shakllari mustahkamlangan. Unga koʻra,

    1. er-xotinning umumiy mol-mulki negizida ular tomonidan amalga oshiriladigan oilaviy biznes;

    2. oddiy shirkat;

    3. yuridik shaxs tashkil etmagan holda dehkon xoʻjaligi shaklida amalga oshiriladigan faoliyat.

Yuridik shaxs tashkil etmasdan yakka tartibda amalga oshirila- digan biznesni biznes faoliyatini yuridik shaxs tashkil etib amalga oshiradigan subyektlardan farqlab olish lozim. Yuridik shaxs tashkil etmasdan biznes faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkor oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulk negizida, shuningdek mol- mulkka egalik qilish va foydalanishga yoʻl qoʻyadigan oʻzga ashyoviy huquq orqali mustaqil ravishda (oʻz faoliyatida xodimlarni yollash huquqi bilan) amalga oshiradi. Yuridik shaxs tashkil etmasdan biznes faoliyatini amalga oshirish (davlat roʻyxatidan oʻtishi) uchun shaxs 18 yoshga toʻlgan boʻlishi lozim.
Endi kichik va oʻrta biznesning subyektlari xususida toʻxta- lamiz. Kichik va oʻrta biznes subyektlari masalasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunda yoritilgan.
Faoliyatning bir necha turini amalga oshiruvchi (koʻp tarmoqli) yuridik va jismoniy shaxslar yillik oborot hajmida eng koʻp boʻlgan faoliyat turi mezonlari boʻyicha kichik va oʻrta biznes subyektlari jumlasiga kiritiladi.
Qonunchilikda amalga oshirilgan eng soʻnggi oʻzgartish va qoʻshimchalarga koʻra, yakka tartibdagi tadbirkor oʻz mehnat faoliyatining xususiyatiga qarab 3 nafargacha shaxsni ishga olishga haqli. Xususiy tadbirkorlarga Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31- iyuldagi 219-sonli qaroriga asosan 1 nafardan 3 nafargacha miqdorda xodimlarni yollash huquqi berildi. Tadbirkor va xodimlar oʻrtasidagi munosabatlar mehnat qonunchiligi bilan tartibga solinadi. Bunda yozma mehnat shartnomasi tuziladi. Mehnat shartnomasida xususiy tadbirkorning imzosi muhr bilan tasdiqlanishi shart emas. Ishga qabul qilish toʻgʻrisida buyruq rasmiylashtirilmaydi. Mehnat daftarchasi yuritilmaydi. Xodimning mehnat stajini hisoblash toʻlangan sugʻurta badallari asosida amalga oshiriladi. Bunda Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasining maʼlumoti asos hisoblanadi.






Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish