Katta shaharlardagi dorixonalar asosan qo‘shimcha bino sifatida yoki binoning birinchi
qavatiga joylashtirilib, alohida er maydoniga ega bo‘lmaydi. Uncha katta bo‘lmagan qishloq
aholi yashash punktlarida, ishchi posyolkalarda dorixonalar alohida binoda joylashib, dorixona
er maydoniga ega bo‘ladi.
Dorixonalarning yer maydoniga qo‘yiladigan gigiyenik talablar.
Dorixonalar uchun 54 m
2
dan kam bo‘lmagan hajmga ega bo‘lgan maydoncha ajratilib
bunday er uchastkasi ifloslanmagan, quruq, yaxshi insolyasiyali va tinch relefli bo‘lishi kerak,
qisman og‘ishmaga ega bo‘lgan va janubga qaragan maydonni tavsiya qilish mumkin. Bu
nafaqat qulay insolyasiya sharoitini ta’minlab qolmasdan, balki atmosfera yog‘inlarining tabiiy
oqib ketishini ta’minlaydi.
Yer osti grunt suvlari - yer yuzasiga yaqinlik darajasi 1,5 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
Bunday suvlarning er yuzasiga yaqin turishi dorixona yerto‘lasiga suv toshishi, devorlarda,
fundament va bino xonalarida namlik paydo bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatib, dori preparatlarining
holati va xossasiga ta’sir qiladi, chunki ularning ko‘pchiligi namlikka sezgir bo‘ladi. Dorixona
yer maydoni atmosfera chiqindilaridan, shovqin va sanoat korxonalari, aeroport, kommunal
manbalar faoliyati bilan bog‘liq tashqi muhitning salbiy omillaridan himoyalangan bo‘lishi
kerak. Shuning uchun, dorixona maydoni salbiy ta’sirlarga ega bo‘lgan manbalar orasida
sanitariya himoya maydonlari bo‘lishi lozim. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar
dorixonaning shamol esmaydigan tomoniga joylashtiriladi. Yer maydoni atmosfera havosida
zararli moddalar miqdori havo uchun belgilangan REK dan oshmasligi kerak.
Dorixona
binosidan
tashqari
maydonda
omborxona,
mashinalar
turar
joyi,
germitizatsiyalangan axlatxona va oqava suvlar o‘rasi bo‘lishi kerak. Dorixona bilan funksional
bog‘liq bo‘lmagan qurilish binolarini maydonga joylashtirish ruxsat etilmaydi. Markazlashgan
suv bilan ta’minlanishi mumkin bo‘lmaganda quvurli quduq o‘rnatiladi, agar shaxtali quduq
o‘rnatilgan bo‘lsa Sanitariya epidemiologiya nazorat markazi tomonidan doimiy, qat’iy nazorat
qilib borish, quduqni vaqti -vaqti bilan tozalash va zararsizlantirish lozim. Ifloslantirish manbai
va quduq orasidagi oraliq 25 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Dorixonada kommunikatsiya
o‘rnatishning iloji bo‘lganda, xovlida yaxshi jihozlangan va suv o‘tkazmaydigan o‘rali hojatxona
joylashtiriladi. Dorixona yer maydonining 15-25% qurilish binolari va 50% dan kam bo‘lmagan
qismi ko‘kalamlashtirilgan maydonga to‘g‘ri kelishi kerak. Yuk tushirish maydonchasi va qulay
kirish yo‘lakchalarini qurilishi maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: