1- 3 iqlimli bo‘limlarni isitish uchun ikkita tambur o‘rnatiladi. 1-2 toifali dorixonalarda
kiruvchi va chiquvchilar uchun tambur alohida ajratilgan (ikki tabaqali) bo‘lishi kerak.
Tamburda oyoq kiyimlarni tozalash uchun panjarali qutichaning bo‘lishini e’tiborga olish lozim.
Dorixonalarda omborxona bilan bog‘lanadigan ichki xizmat zinalari va yuk ko‘taruvchi
moslama (kengligi 1m va qiyaligi 1:1,5 ko‘p bo‘lmasligi) bo‘lishi kerak. 1-2 toifali dorixonalar
xonasining balandligi 3,3 m dan kam bo‘lmasligi lozim.
3-5 toifali dorixonalarning qurilish balandligi aholi yashaydigan uyning balandligiga to‘g‘ri
kelishi ruxsat etiladi. Erto‘lalarning, xonalarning balandligi 2,2 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
Erto‘la yorug‘likka sezgir, yong‘inga xavfli, kuchli oksidlovchi, dezinfeksiyalovchi moddalarni
saqlash uchun xizmat qiladi. Erto‘ladan dorixona ichiga olib boruvchi kirish va tashqariga
chiqish uchun yo‘l bo‘lishi kerak.
Dorixona xonalarining ichki sathi bajarilayotgan funksional ko‘rsatkichlarga mos ravishda
jihozlanishi kerak. Bunda dorixona xonalarining jihozlanishi faqat gigienik emas, balki
psixologik ahamiyatga ega ekanligini e’tiborga olish lozim. Xonalardagi devorlarning yuzasi
bajariladigan texnologik jarayonlarga bog‘liq, ya’ni devorlari silliq, namli va dezinfeksiyalovchi
moddalar bilan tozalashga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. Namli rejimda ishlanadigan xonalarda
(yuvish, distillangan suv olinadigan, sterilizatsiya, dush xonasi, hojatxona) devorlari 1,8 m
balandlikkacha yog‘li bo‘yoqlar, silliq kafellar yoki suvga chidamli sintetik materiallar bilan
qoplanishi lozim. Paneldan yuqoridagi devor va shiplar suvli bo‘yoqlar bilan bo‘yalishi lozim.
Aseptik, assistentlar, provizor-analitik xonalarining devorlari chang to‘planmasligi uchun o‘tkir
burchaklari bo‘lmasligi kerak. Aseptik xonaning barcha devori yog‘li bo‘yoq bilan, ship suvli
bo‘yoqlar bilan yaxshi yuviladigan va dezinfeksiyalovchi moddalar bilan tozalanadigan sintetik
materiallar bilan qoplangan bo‘lishi lozim. Defektar, omborxona, kiyim uchun mo‘ljallangan
xonalarining devorlari 1,8 m balandlikda yog‘li bo‘yoqlar bilan, undan yuqorisi va shipi suvli
bo‘yoqlar bilan bo‘yalishi lozim. Ma’muriyat xonasi, yo‘lak, ishchilar xonasining shipi suvli
bo‘yoqlar bilan bo‘yalishi, devorlari namga chidamli oboy yoki suvli bo‘yoqlar bilan bo‘yalishi
lozim. Dorixonadagi dori tayyorlaydigan xonalarning devorlariga qo‘shimcha bezatuvchi
narsalarning osilishi ruxsat etilmaydi, chunki ularda chang to‘planadi va tozalash vaqtida
qiyinchiliklarni tug‘diradi. Devor va shiplardagi bo‘yoqlarning rangi ochiq tonda bo‘lishi kerak.
Barcha xonalardagi pollari silliq, isitilgan, namli tozalashga qulay bo‘lishi kerak. Polni
parket bilan qoplash ruxsat etilmaydi. Pol gigienik jihatdan eng qulay va qoplovchisi
quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak:
- sotuv zalida-sopol plitkalar yoki sintetik materiallar (relin, linoleum);
- assistent, provizor-analitik xonalarida-sintetik yoki polimerli plitkali materiallar;
- aseptik xonalarda-rulonli materiallar (relin, linoleum), polivinilatsetat mastik material;
- yuvish, sterilizatsiya, distillyasiya-sterilizatsiya, dush xonasi, yuvish xonasi,
omborxonalar sopolli plitka yoki namga chidamli sintetik materiallar. Bu xonalar poli
(omborxonadan tashqari) yonidagi xonaning polidan 3 sm ga pastroq bo‘lishi kerak. Yuvish,
distillatsion-sterilizatsion va yuvish xonasida almashtirib turuvchi taxtali panjara solinishi kerak.
Erto‘laning poli asfalt, asfalt-beton yoki sement bilan qoplanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: