3-mavzu. Mehnat bozorida mehnat resurslariga bo‘lgan talab va taklif reja



Download 241,28 Kb.
bet1/5
Sana01.07.2022
Hajmi241,28 Kb.
#724561
  1   2   3   4   5
Bog'liq
3-mavzu


3-MAVZU. MEHNAT BOZORIDA MEHNAT RESURSLARIGA BO‘LGAN TALAB VA TAKLIF


Reja:
3.1. Mehnat resurslarigabo‘lgantalabning shakllanishi.
3.2. Mehnat resurslarining taklifi: oddiyvakengaytirilganmodellar.
3.3. Mehnat resurslari taklifini miqdor jihatdanhisoblash tajribasi.


3.1. Mehnat resurslariga bo‘lgan talabning shakllanishi

Har qanday boshqa bozorda bo‘lgani kabi erkin raqobatga asoslangan mehnat bozoridahamtalabvataklifqonuni amal qiladi, uningyordamidamuvozanato‘ma- tiladi hamda raqobat muhitida mehnat xizmati bahosi aniqlanadi. Mehnat xizmati bahosi sifatidaish haqi namoyonbo‘ladi. U engyuksakfoydanazariyasiga muvofiq mazkurxizmatning ish beruvchi uchun foyda keltirishigabog‘liqdir. Talabva taklif qonunibo‘shishjoylari mehnatbozoriga kelgan xodimlartarkibining miqdorvasi- fatko‘rsatkichlariganomuvofiqligini aks ettiradi. Ushbu qonunga muvofiq, mehnat bozori bozor tomonidan tartibga solinadi, ya’ni muvozanat holati o‘matiladi.


Mehnatbozoriningquyidagi prinsipialxususiyatlariajratib ko‘rsatiladi:

  • zamonaviy yuqori texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarish talablariga javob beradigan ish kuchini takror hosil qilishda muhim rol o‘ynaydi;

  • mehnat resurslarini taqsimlash va qayta taqsimlashni ta’minlaydi, ulardan samarali foydalanishni rag‘batlantiradi;

  • xodimlami o‘z kasbiy tayyorgarligini oshirish, qo‘shimcha kasblami egallashdan manfaatdorligini oshiradi;

  • ish kuchi harakatchanligini oshiradi, uning tarmoqlar va hududlararo, shu jumladan, chet ellarga migratsiyasini kuchaytirish orqali ish bilan bandlik darajasini oshirishga xizmat qiladi;

  • mehnatga haq to‘lashda bozor mexanizmlari amal qilishini ta’minlaydi, bu esa xodimlaming mehnat motivatsiyasini kuchaytiradi;

  • aholining qaror topayotgan bozor munosabatlariga moslashishini tezlashtiradi. Mamlakatda bozor islohotlarini chuqurlashtirish sharoitida ish kuchi mehnat bozori rivojlanishining hozirgi bosqichidagi vazifasi talab va taklif muvozanatiga erishishdir. Bu birgina miqdor ko‘rsatkichlarini emas, balki sifat ko‘rsatkichlarini ham muvofiqlashtirishni talab etadi.

Mehnat bozorida muvozanatni bozor omillari ta’siri ostida o‘matish jarayoni mehnat bozorini tartibga solishning bozor mexanizmi (yoki bozomi o‘z-o‘zini tartibga solish), deb hisoblanadi. Uning asosiy vositalari -mehnat xizmati bahosi, raqobat, to‘lovga qodir talab va bunga taklifning nisbatidir. Mehnat bozoridagi talab tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish uchun ish beruvchilar tomonidanmuayyanvaqtvamuayyanishhaqihisobigayangiishjoylariniyaratish bo‘yicha munosabatlami shakllantiradi. Mehnat bozoridagi talab ko‘pgina tashqi omillar: mamlakatdagi iqtisodiy holat, ijtimoiy vaziyat, investitsion muhit, iqtisodiy davriylikbosqichi, mehnat unumdorligi darajasi, kichikbiznes vaxususiy tadbirkorlikningrivojlanishi va hokazolargabog‘liqdir. Mehnatxizmatigatalab esa bu xizmat yordamida ishlab chiqariladigan tovarlarva ko‘rsatiladigan xizmatlarga bo’lgantalab bilan bog‘liq. Iqtisodiyotda mehnatga bo‘lgan talab tarkibini mulkchilik shakllari, iqtisodiyot tarmoqlari, ish o‘rinlari bandligi va band emasligi ko‘rinishida ifoda etish mumkin (3.1-rasm).
Mehnat resurslariga talab -mehnat bozorining mexanizmi sifatida umumiy tarzda aniq bir korxona, tashkilot va muassasaning xodimlar muayyan miqdoriga talabini anglatadi. Bunda mehnatga bo‘lgan talab:

  • joriy mehnat bozorining unsuri sifatida ko‘rilganida, aniq bir vaqt (oy, yilning choragi, yil)da jismoniy shaxslarga bo‘lgan ehtiyojni;

  • -jamlanma mehnat bozorining unsuri sifatida ko‘rilganida, ularning o‘rtacha yillik miqdorini anglatadi.

Zamonaviy iqtisodiyot aralash turga ega iqtisodiyot hisoblanadi. Unda xususiy (bozor) sektordantashqari davlat sektori ham mavjud. Xususiy sektordamehnatga talab alohida bir korxonaning hamda bir tarmoqdagi korxonalarning mehnat resurslariga talabini anglatadi.






Download 241,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish