3-mavzu. O'zbekiston tanlagan mustaqil rivojlanish yo'li va uning ahamiyati Mavzuni o’rganishdan maqsad


O'zbekistonning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish strategiyasi: yangilanish va



Download 123,34 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana26.06.2022
Hajmi123,34 Kb.
#706040
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-mavzu (1)

3.
O'zbekistonning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish strategiyasi: yangilanish va
taraqqiyot yo'li.
Mustaqillik yillarida mamlakatda huquqiy demokratik davlat, kuchli
fuqarolik jamiyati qurishga, yerkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk
ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishga, xalq osoyishta va farovon
hayot kechirishi uchun shart-sharoitlar yaratishga, xalqaro maydonda
O'zbekistonning munosib o'rin yegallashiga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar
amalga oshirildi. 
Bosib o'tilgan yo'l va orttirilgan tajribani xolisona baholashdan, mustaqillik
yillarida yerishilgan yutuqlarni tahlil qilishdan hamda zamon talablaridan kelib
chiqqan holda, oldimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va
mamlakat taraqqiyotini jadallashtirishning muhim ustuvorliklarini hamda aniq
marralarini belgilash vazifasi turgan yedi. 
Mazkur vazifani amalga oshirish yo'lida aholining keng qatlamlari,
jamoatchilik va ishbilarmon doiralar vakillari, davlat organlarining rahbarlari va
mutaxassislari bilan amaliy suhbat hamda muhokamalar olib borildi, shuningdek
amaldagi qonun hujjatlari, milliy va xalqaro tashkilotlarning axborot-tahliliy
materiallari, ma'ruzalari, tavsiyalari va sharhlari o'rganildi, rivojlangan xorijiy
mamlakatlar tajribasi tahlil qilindi. 
Kelib tushgan takliflarni jamlash, chuqur o'rganish hamda umumlashtirish
asosida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida»gi Farmoni
loyihasi ishlab chiqilib, u bilan: 
2017 — 2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi; 
Harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da
amalga oshirishga oid Davlat dasturi (keyingi o'rinlarda — Davlat dasturi)
tasdiqlandi. 
Loyihalarni tayyorlash davomida aholining keng qatlamlari orasida qizg'in
muhokamalar olib borildi. Loyihalar muhokama uchun turli axborot maydonlariga
joylashtirildi, ularning natijasida ko'plab taklif va mulohazalar kelib tushdi.
Fuqarolar siyosiy-huquqiy borada yuksak faollik ko'rsatib, olib borilayotgan
islohotlarga alohida qiziqish va daxldorlikni namoyon qildilar. 
Harakatlar strategiyasiga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat
Mirziyoyev tomonidan saylovoldi jarayoni, jamoatchilik, ishbilarmon doiralar
vakillari hamda davlat organlari bilan uchrashuvlar chog'ida bildirilgan
mamlakatni
ijtimoiy-siyosiy,
sotsial-iqtisodiy,
madaniy-gumanitar
rivojlantirishning konseptual masalalari kiritildi. 
Harakatlar strategiyasining maqsadi olib borilayotgan islohotlar
samaradorligini tubdan oshirishdan, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal
rivojlanishini ta'minlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan, mamlakatni
modernizatsiyalash va hayotning barcha sohalarini yerkinlashtirishdan iboratdir. 
Xususan, mamlakatni rivojlantirishning quyidagi 5 ta ustuvor yo'nalishi
belgilangan: 
1. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish; 


2. Qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish
3. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish; 
4. Ijtimoiy sohani rivojlantirish; 
5. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash, chuqur
o'ylangan, o'zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish. 
Mazkur yo'nalishlarning har biri mamlakatdagi islohotlarni va yangilanishlarni
yanada chuqurlashtirishga oid aniq bo'limlardan iborat. 
Harakatlar strategiyasini besh bosqichda amalga oshirish nazarda tutilmoqda,
bunda yillarga beriladigan nomlarga muvofiq har yili uni amalga oshirish bo'yicha
Davlat dasturi tasdiqlanadi. 
2017 yil 7 fevralda Prezidentimiz SH.Mirziyoyev tomonidan ye'lon qilingan
“Harakatlar strategiyasi”, o'z mohiyat ye'tiboriga ko'ra, dunyoda tub o'zgarishlar
yuz berayotgan hozirgi zamonda davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi demokratik
islohotlarni chuqurlashtirish, sud-huquq, iqtisodiy, ijtimoiy sohalar va xavfsizlikni
ta'minlash bo'yicha beshta ustuvor yo'nalishda aniq muddatga mo'ljallangan tom
ma'nodagi milliy strategiya hisoblanadi. U besh bosqichda, kelgusi besh yilda
yurtimizda yillarga beriladigan nomlardan kelib chiqib, har bir yil bo'yicha davlat
dasturlari qabul qilinishini nazarda tutgan holda amalga oshiriladi. Va bu O'zbek
modelinign mantiqiy davomi bo'lib xizmat qilmoqda, deyish mumkin. Ushbu
hujjat 1992 yilda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
normalari hamda 2010 yilda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov taqdim yetgan
“Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik
jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da belgilab berilgan ustuvor yo'nalishlar
doirasidagi demokratik yangilanish hamda modernizatsiya jarayonlarining
mantiqiy va qonuniy, izchil va uzviy davomidir. Ayni paytda bu muhim strategiya
davlatimiz va jamiyatimizni rivojlantirishning mutlaqo yangi bosqichini boshlab
bermoqda.
Bu bejiz emas. Nega deganda, Prezident Sh.M.Mirziyoyev Asosiy Qonunimizning
Istiqlol arafasida ishlab chiqilishi va mustaqillikning ilk yillarida qabul qilinishi
davrida ham, Konsepsiyani tayyorlash va unda belgilangan yeng muhim
vazifalarni hayotga chuqur tatbiq yetish jarayonlarida ham Yo'lboshchimizning
yonida turib, ta'bir joiz bo'lsa, yelkama-elka birga ishlagan, davlat siyosatini
yuritish bobida yuksak mahorat maktabini o'tagan.
Mamlakatimiz rahbari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul
qilinganining 24 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasida bu
haqda shunday dedi: “Oliy Kengash deputati sifatida men ham Konstitutsiyaviy
komissiya tarkibida Bosh qomusimizni yaratish va qabul qilish jarayonida bevosita
ishtirok yetganimni doimo faxrlanib yeslayman. Konstitutsiyamizning qanday qilib
hozirgi mazmun va shaklga kelgani, bu murakkab jarayonda kechgan qizg'in
tortishuv va bahs-munozaralar bugungidek yodimda. Haqiqatan ham, 90-yillardagi
o'ta og'ir davrda Asosiy qonunimiz loyihasini ishlab chiqishda Islom
Abdug'aniyevichdek keng miqyosda, strategik fikrlaydigan, uzoqni ko'ra oladigan
buyuk siyosiy arbobning bu ishga rahbarlik qilgani hal qiluvchi ahamiyat kasb
yetdi”



Download 123,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish