3-mavzu. O'zbekiston tanlagan mustaqil rivojlanish yo'li va uning ahamiyati Mavzuni o’rganishdan maqsad


Yangi Konstitutsiyaning qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati



Download 123,34 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana26.06.2022
Hajmi123,34 Kb.
#706040
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-mavzu (1)

4.
Yangi Konstitutsiyaning qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati.
Davlat
ramzlari.
Har bir suveren davlatning huquqiy asoslaridan biri - uning aso¬siy Qonuni -
Konstitutsiyasi hisoblanadi.
Tarixiy rivojlanish ko'rsatganidek, har qaysi jamiyat kelajakni ko'zlab
yashaydi va uning poydevorini imkon qadar mustahkamroq qurishga harakat
qiladi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda mustaqillik yillarida davlatimiz,
jamiyatimiz yerishgan buyuk yutuq -O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
bo'ldi.
Darhaqiqat, Konstitutsiya tushunchasida davlatni boshqarish, mamlakat
yaxlitligini ta'minlash, uning mustaqil davlat sifatida ye'tirof yetilishining asosi
ijtimoiy hayotning barcha yo'nalishlarini rivojlantirish yo'1-yo'riqlari to'la
mujassamlangan.
Turkistonda inqilobdan keyingi yillarda jahon tajribalariga muvofiq tarzda
Konstitutsiyalar ishlab chiqildi. Jumladan, Turkiston ASSRning 1918, 1920-
yillarda, Xorazm va Buxoro Xalq Respubli-kalarining 1920-1921-yil, shuningdek,
O'zbekiston SSRning 1927, 1937, 1978-yillarda qabul qilingan Konstitatsiyalari
shaklan respublikaning Asosiy qonunlari yedi.
O'zbekistonning yangi Konstitutsiyasini yaratish g'oyasi 1990-yil 20-iyunda
«Mustaqillik deklaratsiyasi»ning qabul qilinishi bilan bevosita bog'liq. Mazkur
Deklaratsiya qabul qilingan Oliy Kengashning ikkinchi sessiyasida bu hujjatdagi
muhim tamoyillar asosida davlatning yangi Konstitutsiyasi ishlab chiqilishi lozim,
degan xu-losaga kelindi. Ma'lumki, 1990-yil 24-martida respublika Oliy
Kengashining birinchi sessiyasi muhim tarixiy qa¬ror qabul qilib, O'zbekiston
Prezidenti lavozimini ta'sis yetgan yedi. 1990-yil 1-noyabrda «O'zbekiston SSRda
ijroiya va boshqaruv hokimiyatining tuzilishini takomillashtirish hamda
O'zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga o'zgartirish va qo'shimchalar
kiritish to'g'risida» qonun qabul qilindi.
Konstitutsiya loyihasi ustida bevosita ish-lashni faollashtirishga vaziyat
yetilgach, Konstitutsiyaviy komissiya 1991-yil 12-aprelda I. Karimov raisligida
o'zining birinchi majlisi-ga to'plandi. Konstitutsiya loyihasini yaratish bilan bog'liq
barcha lashkiliy va ijodiy jarayonni muvofiqlashtirib borish uchun
Konsti¬tutsiyaviy komissiya a'zolari hamda yetakchi mutaxassislar va olim-lardan
iborat 32 kishilik ishchi guruhi tashkil yetildi. 
Konstitutsiyaviy komissiya Raisining topshirig'i bilan 1991-yil
boshlaridayoq bo'lg'usi konstitutsiyaning g'oyaviy mag'zi, ya'ni konsepsiyasi us-
tida ish boshlab yuborildi. Natijada uchta muqobil konsepsiya yaratildi. Respublika
Fanlar Akademiyasi Falsafa va huquq institutinmg konsepsiyasi, Siyosatshunoslik
va boshqaruv institutining konsep¬siyasi va Prezident devoni yuridik bo'limi
tayyorlagan konsepsiya. Ishchi guruh majlisida uchinchi konsepsiya asos uchun
qabul qilindi. U qolgan ikki konsepsiyaning diqqatga sazovor g'oyalari bilan
boyitilib, umumlashgan, puxta, yagona g'oyaviy asos shakliga keltirildi.
Konstitutsiyaviy komissiya va uning Raisi tomonidan ma'qullangan ana shu
konsepsiya asosida bo'lajak Konstitutsiya loyihasini yaratishga kirishildi.


Loyihaning dastlabki varianti 1991-yil oktabr-noyabrigacha tayyorlab bo'lindi. U
muqaddima, olti bo'limga bo'lingan 158 moddadan iborat yedi. Ushbu loyiha
yuzaga kelayotgan paytda mamlakatimiz tarixida tub burilish yuz berdi. 
1992-yil bahorida loyihaning 149-moddadan iborat ikkinchi va¬rianti ishlab
chiqildi. Mamlakat Prezidenti ishtirokida Konstitutsiya¬viy komissiyaning
navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi. Majlisda Kons¬titutsiya loyihasi ustida olib
borilgan ishlar to'g'risidagi axborot tinglandi. Majlisda Konstitutsiya loyiha¬sini
uzil-kesil ishlab chiqish uchun 25 kishidan iborat ishchi guruh (komissiya)
tuzishga qaror qilindi 
Umumxalq muhokamasi uch oy davom yetdi. Shu davrda O'zbekiston
Respublikasi davlat-huquqiy tajribasida muhim bir yangilik bo'ldi. Uning mazmuni
shundaki, Konstitutsiya komissiyasi dastlab belgilagan ikki yarim oylik muddat
mobaynida (1992-yil 26-sentabrdan boshlab) loyiha mehnatkashlar takliflari
asosida qayta tuzatilib, 1992-yil 21-noyabrda muhokamani davom yettirish uchun
yana ikkinchi marotaba matbuotda ye'lon qilindi. Umumxalq muhokamasi
davomida jami 6 mingdan ortiq taklif va mulohazalar bildirildi. Loyihadagi 127
moddadan 60 tasiga tuzatish va aniq-liklar kiritildi. Dastlabki variantdan 4 ta
modda chiqarilib, matnga bir necha yangi modda kiritildi.
Prezident ishlagan loyihalar nusxasidan ayrimlarini misol tariqanida
keltiramiz: Loyihaning 1-moddasida «O'zbekiston - demokratik respublika» deb
yozilgan yedi. Prezident bunga aniqlik kiritib, «suveren» «so'zini qo'shib qo'ygan.
Natijada bu modda «O'zbekiston - su¬veren demokratik respublika» tarzida bo'ldi. 
Dastlabki loyihaning 7-moddasi, 2-qismi quyidagicha yedi: «O'zbekiston
Respublikasida davlat hokimiyati Konstitutsiya... vakolat bergan idoralar
tomonidangina amalga oshiriladi». Prezident nihoyatda muhim tuzatish kiritdi.
Ya'ni, respublikada davlat ho¬kimiyati xalq manfaatlarini ko'zlab... amalga
oshiriladi. Bu bilan Konstitutsiyaning «Xalq davlat hokimiyatining birdan bir
manbayi-dir» (7-m., 1-qism) degan qoidasi bilan yuqorida keltirilgan qoidasi
o'rtasidagi mantiqiy bog'liqlik kuchaydi.
Konstitutsiyaviy komissiyaning 1992-yil 7-dekabrda bo'lib o'tgan majlisida
Prezident Konstitutsiya loyihasini xotin-qizlar bi¬lan yerkaklar teng huquqli
yekanligi haqidagi, shuningdek, madaniy yodgorliklar davlat tomonidan muhofaza
qilinishi haqidagi moddalar bilan to'ldirishni taklif yetdi. 
1992-yil 8-dekabrda XII chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy
Kengashining XI sessiyasi bo'ldi. Unda «O'zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasini qabul qilish haqida»gi masala ko'rildi. Sessiya ishtirokchilari
yakdillik bilan 6 bo'lim, 128 moddadan iborat Konstitutsiyani qabul qildilar.
Ushbu Konstitutsiyada xalq azaldan orzu qilgan, o'z taqdirini o'zi belgilashi
qoidasi mukammal tarzda o'rin olgan. Shu bois yangi Konstitutsiya xalq
hokimiyati prinsipiga asoslanadi va uni mustahkamlaydi. Xalq hokimiyati degan
ibora butun hokimiyat amalda va yuridik jihatdan xalqniki yekanligini anglatadi.
Xalq hokimiyati o'z vazifalarini ham bevosita, ham o'zi saylagan davlat organlari
orqali amalga oshiradi. Konstitutsiyaning 7-moddasiga muvofiq xalq davlat
hokimiyatining birdan bir manbayidir». U xalq manfaatlarini ko'zlab amalga
oshiriladi.


Konstitutsiyaning barqarorligini va uzoq muddat amal qilishini ta'minlash
maqsadida Konstitutsiyaga o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish nazarda tutilgan.
Bu tabiiy va o'tish davriga xos hodisa. Islo¬hotlar chuqurlashib, jamiyatni
modernizatsiyalash, butun ijtimoiy hayotni yangilash jarayoni ko'lami va miqyosi
kerigaygani sayin, ular butun salmog'i bilan Asosiy Qonunda o'z ifodasini topishi
va huquqiy asosiga yega bo'lishi lozim.

Download 123,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish