Himoyalovchi erga ulash qurilmalarni hisoblash.
Erga ulash qurilmalarini hisoblash uchun quyidagi ma’lumotlar kerak bo‘ladi:
- erga ulanadigan uskunaning kuchlanishi;
- tarmoqni neytral rejimi;
- 1000 V dan yuqori kuchlanishda erga tutashuv toki;
- erni solishtirma qarshiligi;
- erga ulanadigan uskunalarni joylashtirish plani;
- erga ulash tabiiy qurilmalarini tavsifnомasi (yoyish tok qarshiligi, miqdori va ularni o‘lchamlari).
Erga ulash qurilmalarini hisoblash, quyidagi ketma-ketlikda bajariladi:
1. Erga ulanadigan uskunani ruxsat etilgan qarshiligi (Rr) aniqlanadi. Hozirgi vaqtda erga ulash qurilmalarini hisoblash uchun ikkita usul qo‘llaniladi: ruxsat etilgan qarshiligi, hamda tegib ketishga ruxsat etilgan qadamli kuchlanishlari.
Ruxsat etilgan qarshilikni hisoblashda, erga ulash qurilmasi talab etilgan qarshilik tanlab olinadi va shu bo‘yicha hisobladi.
Tegib ketishga ruxsat etilgan kuchlanishning ( ) hisobida esa, erga ulash qurilmasini qarshiligi ( ) aniqlanadi va shu qarshilik tegib ketish, hamda qadamli kuchlanishga ( ) ruxsat etilgan miqdordan oshmasligi shart:
2. Erning solishtirma qarshiligini hisoblab aniqlanadi yoki o‘lchab olinadi. Erni solishtirma qarshiligini nazorat qilish tartibi, elektrod yoki to‘rt elektrod usullari bilan o‘lchanadi.
Nazorat elektrod usuli bilan bitta vertikal joylashgan 2-2,5 m elektrodni (erga ulash qurilmasini to‘rtinchi qismi) yoyilish tokini qarshiligi aniqlanadi, undan so‘ng, muvofiq bog‘liqlardan erni solishtirma qarshiligi aniqlanadi.
To‘rtta elektrod usuli bilan to‘rtta bir xil elektrodlarni bir xil oraliqdagi masofada joylashtiriladi va qisqichlari yordamida o‘lchov asbobi bilan biriktiriladi.
Bir vertikal erga ulagichning (sterjen) qarshiligi:
bu erda: ρxis – er sathining solishtirma qarshilign, (Ом∙m);
ℓ - sterjen uzunligi, (m);
t - quyilish chuqurligi, ya’ni er usti qismidan erga ulashning o‘rtasidagi teng masofa (m);
d - sterjen diametri, (m);
Hisoblashlarda, burab ulangan diametri 12 mm, uzunligi 5 m bo‘lgan erga ulagichlarda, soddalashtirilgan formuladan foydalanish mumkin:
Erning hisobiy solishtirma qarshiligi:
bu erda: ρ - normal namlikda o‘lchangan erning solishtirma qarshiligi, (Ом∙m); kmavs - erning muzlash va qurishini hisobga oluvchi mavsum koeffitsienti. 3-5 m vertikal elektrodlar uchun ikkinchi iqlim maydonlarida kfasl=1,45÷1,3; gorizontal elektrodlar uchun kfasl=3,5÷2,5.
Do'stlaringiz bilan baham: |