4-Amaliy mashg’ulot. Mavzu: Yuklarni tashish. Ishdan maqsad



Download 436,62 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana23.04.2022
Hajmi436,62 Kb.
#576110
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-Amaliy Yuklarni tashish



4-Amaliy mashg’ulot. 
Mavzu: Yuklarni tashish. 
Ishdan maqsad:
Yuklarni tashish transport turlari o’rtasida taqsimlanishi. Asosiy 
yuk oqimlariningtasnifi. Yuk tashish hajmi va oboroti. Yuklarni eshikdan-
eshikgacha aniq tashishlar. Yuk egalariga transport xizmatlari ko’rsatishning sifat 
ko’rsatkichlari. Yuklar sifatini saqlash. 
Umumiy qism. 
1.
Yuklarni tashish transport turlari xususiyatlari. 
2.
Yuk tashish hajmi va oboroti.
3.
Yuklar sifatini saqlash muammolari. 
Yuklarni tashishning transport turlari o’rtasida taqsimlanishi 
Yuklarni tashishning transport turlari o’rtasida taqsimlanishi ularning har 
birining mamlakat iqtisodiyotida tutgan o’rnini belgilaydi. Bu taqsimlanishni 
tavsiflaydigan asosiy miqdoriy ko’rsatkichlar u yoki bu transport turi bilan 
bajariladigan yuklarni tashish hajmi (tonnalarda) va yuk aylanmasi (tonna-
kilometrlarda) 
hisoblanadi. 
bu 
ikkita 
natural 
ko’rsatkichdan ko’proq 
umumlashtiradigani yuk aylanmasi hisoblanadi, u faqatgina tashilgan yuklarning 
hajmini emas, balki ularni tashish uzoqligini ham hisobga oladi. Barcha turdagi 
transportning yuk aylanmasiga ishlab chiqaruvchi kuchlarning joylashuvi, yangi 
rayonlarda tabiiy boyliklarning o’zlashtirilishi, mamlakatda sanoat va qishloq 
xo’jaligi ishlab chiqarishi, kapital qurilish va tovar aylanmasining rivojlanishi katta 
ta’sir ko’rsatadi.
O’tgan 25 yilda O’zbekistonda barcha transport turlarida yuk aylanmasi 60 
martadan ko’proqqa o’sgan. Mamlakatda temir yo’l transporti tarixiy yetakchi 
transport turi bo’lib hisoblanadi, uning barcha transport turlarining yuk 
aylanmasidagi ulushi XX asrning boshlaridagi 50% dan 1950 yilga kelib 85% gacha 
oshgan. Keyinchalik transportning yangi turlarining, ayniqsa avtomobilь va quvur 
tarmoqli transportning rivojlanishi bilan uning ulushi 1985 yilda 53,2% gacha 
qisqargan. Biroq SSSR temir yo’llarida tashishlar va yuk aylanmasining absolyut 
qiymatlari doimo o’sib borgan va 1988 yilda mos ravishda 4 mlrd tonnadagn oshiqni 
va 3869 mlrd t-km ni tashkil qilgan. Bu paytga kelib SSSR da barcha transport 
turlarining yuk aylanmasi 7,8 trln t-km dan oshiqni, tashishlar hajmi esa taxminan 
32 mlrd t ni tashkil qilgan. So’ngra 1991 yilda SSSR ning parchalanib ketishi va 
iqtisodiy inqiroz barcha transport turlarida yuklarni tashish hajmlariga salbiy ta’sir 
ko’rsatgan (ular barcha sobiq Ittifoq Respublikalarida pasaygan). Xo’jalik 
aloqalarining o’zgarganligi esa O’zbekistonda yuklarni tashishning transport turlari 
o’rtasida taqsimlanishiga ham ma’lum bir ta’sir ko’rsatgan (4.1, 4.2 jadvallar). 
Jadvallardan quyidagilar ko’rinib turibdi: keyingi 10 yilda bu o’zgarishlarning 
umumiy yo’nalishi transport ishida har bir transport turining ulushining nisbatan 
unchalik katta bo’lmagan o’zgarishlarida transportning barcha turlarida tashishlar va 
yuk aylanmasining keskin pasayishidan iborat.
Yuklarni tashish hajmlari, mln t (%) 4.1 jadval. 
Transport turi 
1985 1 
1990 y 
1993 y 
1994 y 
1995 y 


RSFSR bo’yicha 
Temir yo’l 
Quvur tarmoqli (neftь 
va neftь mahsulotlari) 
Dengiz 
Ichki suv 
Avtomobilь (jami) 
Jumladan, umum 
foydalanadigan 
Havo 
2165 
(12,3 
575
(3,2) 
113
(0,6) 
537 
(3,1) 
14137 
(80,69) 
2677 
2,7 
(0,01) 
2140 
(11,4) 
558
(2,9) 
112
(0,6) 
562 
(3,0) 
15347 
(81,09) 
2941 
2,5 
(0,01) 
1344,3 
(10,5) 
400
(3,1) 
83 
(0,6) 
215 
(1,7) 
10808 
(84,09) 
2723 
1,0 
(0,01) 
1053,1 
(8,4) 
350
(2,8) 
70
(0,6) 
155 
(1,2) 
10850 
(86,99) 
1931 
0,8 
(0,01) 
1024,5 
(9,0) 
320
(2,8) 
66,4
(0,6) 
146,3 
(1,3) 
9800 
(86,28) 
1750 
0,8 
(0,02) 
Jami 
17529,7 
(100) 
18721,5 
(100) 
12851,0 
(100) 
12478,5 
(100) 
11357,5 
(100) 
1.2
Yuk aylanmasi, mlrd t-km (%) 4.2-jadval. 
Transport turi 
1985 1 
1990 y 
1993 y 
1994 y 
1995 y 
RSFSR bo’yicha 
Temir yo’l 
Quvur tarmoqli (neftь 
va neftь mahsulotlari) 
Dengiz 
Ichki suv 
Avtomobilь (jami) 
Jumladan, umum 
foydalanadigan 
Havo 
25,06 
(53,1) 
1379 
(25,0) 
503 
243 
(5,20) 
277 
(5,9) 
71 
2,7 
(0,05) 
2523 
(52,8) 
1240 
(25,9) 
214 
(4,55) 
291
(6,1) 
68 
2,6 
(0,05) 
1607,7 
(51,2) 
832 
(26,5) 
103 
(3,25) 
226 
(7,2) 
53 
1,6 
(0,05) 
1195,5 
(47,4) 
711 
(28,2) 
87 
(3,45) 
216 
(8,6) 
55 
1,5 
(0,05) 
1213,7 
(48,9) 
650 
(26,7) 
89 
(3,7) 
200 
(8,16) 
48 
1,0 
(0,14) 
Jami 
4710,7 
(100) 
4778,6 
(100) 
3141,3 
(100) 
2522,0 
(100) 
2437,7 
(100) 
O’zbekiston transport tizimining yuk aylanmasida temir yo’llarning ulushi 
1995 yilda 1985 yil bilan solishtirganda taxminan 3,4% ga pasaygan (53,2 dan 
49,8% gacha), tashishlar hajmida esa — 3,3% ga pasaygan (12,3 dan 9,0% gacha). 
Bu davrda avtotransportning ulushi mos ravishda 3 va 4,5% ga oshgan. Yuk 


aylanmasida quvur tarmoqli transportning ulushi oshgan (gaz quvurlari tarmoqlarini 
hisobga olish bilan taxminan 5,5% ga). Transport ishida daryo transportining ish 
hajmi, garchi eksport tashishlarning qiymati qariyb 2 martaga oshgan bo’lsada, 
keskin kamaygan (1,5 martadan ko’proq).
Keltirilgan ma’lumotlardan yana shu ham ko’rinib turibdiki, O’zbekiston 
transport bozorida tovar o’tkazish tizimining transport ishi hajmi bo’yicha (yuk 
aylanmasi bo’yicha) temir yo’l transporti avvalgiday yetakchi holatni egallaydi. 
Bunda, agar ob’ektiv taqqoslash uchun avtomobilь transportining ichki ishlab 
chiqarishdagi (texnologik) tashishlarini chiqarib tashlaydigan bo’lsak, u holda ichki 
yuk aylanmasida temir yo’llarning ulushi uchdan ikki qismni tashkil qiladi.
Transport ishining o’lchamlari bo’yicha quvur tarmoqli transport 
O’zbekistonda ikkinchi o’ringa chiqqan. Magistral gaz quvurlari tarmoqlarining yuk 
aylanmasini hisobga olish bilan uning mamlakat transport tizimining ishidagi ulushi 
1995 yilda 26,7% ni tashkil qilgan, temir yo’llarning ulushi esa 49,8% gacha 
pasaygan. 
Transport bozorida u yoki bu transport turining o’rni va rolini aniqlashda 
yuklarni tashishning o’rtacha uzoqligi katta ahamiyatga ega bo’ladi. Masalan, temir 
yo’llarda u o’rtacha 1200 km atrofida bo’lsa, avtomobillar bilan tashishlarda — 
taxminan 21 km ni tashkil qiladi. SHu bois, avtomobilь transporti, tashiladigan 
yuklarning hajmi bo’yicha transportning barcha turlari ichida birinchi o’rinni 
egallash bilan (4.1 jadvalga qaralsin), yuk aylanmasi bo’yicha temir yo’llar, quvur 
tarmoqli va dengiz transportidan keyin to’rtinchi o’rinni egallaydi (4.2 jadvalga 
qaralsin).
Keyingi yillarda temir yo’l, dengiz transporti va transportning boshqa turlarida 
tashishlarning o’rtacha uzoqligi sezilarli darajada oshganligini qayd qilish zarur 
bo’ladi. Masalan, temir yo’llarda u 1995 yilda, SSSR da tumir yo’llarning uzunligi 
ancha katta bo’lganligiga qaramasdan 940 km ni tashkil qilgan 1988 yildagiga 
qaraganda 27% ga o’sgan, Tashishlar hajmlarining umumiy pasayishida tashishlar 
uzoqligining bunday ortishi eksport tashishlarining keskin ortishi, ayniqsa yoqilg’i-
xomashyo mahsulotlari eksportining keskin ortishi, qarama-qarshi, haddan tashqari 
uzoq, takroriy va boshqa noratsional tashishlarning ortishi (ular taxminan 2 martaga 
oshgan va temir yo’llarning yuk aylanmasida taxminan 15—18% ni tashkil qiladi) 
bilan izohlanadi. 
Dengiz transportida yuklarni tashishning o’rtacha uzoqligi eng yuqori — 
taxminan 4000 km. Bu dengiz savdo floti tomonidan bajariladigan tashqi savdo 
tashishlari ulushining kattaligi (qariyb 70%) bilan izohlanadi. Biroq uning umumiy 
tashish hajmlari, ayniqsa kabotaj suzishlarda, keyingi yillarda pasayib bormoqda. 
O’zbekistonda ko’p sonli kemalar suzadigan daryolar borligiga qaramasdan, 
mamlakat ichki suv transportining ulushiga nisbatan unchalik katta bo’lmagan 
tashishlar hajmi to’g’ri keladi (4.1, 4.2 jadvallarga qaralsin), bu daryolarning 
oqimlarining yo’nalishlari bilan asosiy yuk oqimlari yo’nalishlarining bir-biriga mos 
tushmasligi bilan bog’lanadi, masalan, Sibirь va Uzoq SHarqning shimoli, 
Volgabo’yi va CHekka SHimolda navigatsiya (qatnov) davrida ommaviy yuklarni 
tashishda u asosiy transport turi yoki turlaridan biri bo’lib hisoblanadi.


Havo transportidan yuklarni tashishda hozircha kam foydalanilmoqda (uning 
umumiy yuk aylanmasidagi ulushi 0,05%). Uning asosiy mo’ljallanishi — 
yo’lovchilarni tashishdan iborat. Biroq kelajakda, O’zbekistonning ulkan kengliklari 
va ayniqsa mamlakatning sharqiy rayonlarida yo’l infratuzilmasining yetarlicha 
rivojlanmaganligini hisobga oladigan bo’lsak, ba’zi bar yuklarni havo transporti 
bilan tashishning ortishini kutish mumkin. AQSH da bu transport turi bilan har yili 
12 mln tonnadan oshiq yuk tashiladi, O’zbekistonda esa bu ko’rsatkich o’rtacha 
1,5—2 mln tonnani tashkil qiladi. Bu asosan shoshilinch va o’ta qimmatli yuklar, 
pochta, gazetalarning matritsalari va hokazolardir.
SHuni qayd qilish lozimki, 4.1 va 4.2 jadvallarda transport turlari bo’yicha 
tashishlar va yuk aylanmasining o’lchamlari to’g’risida keltirilgan ma’lumotlar 
mamlakat transport bozorida tashishlarning haqiqiy taqsimlanishini unchalik ham 
aniq aks ettirmaydi. Ularda transport xizmatlari bozorining yangi sub’ektlarining 
ishi, ayniqsa avtomobilь va daryo transportining ishi to’liq hisobga olinmagan.
Hozirgi kunda mamlakat avtomobilь parki xususiylashtirilgan yoki 
aktsiyadorlik kompaniyalari va firmalarning tasarrufiga berilgan, ularning ishini 
hisobga olish esa hozircha yo’lga qo’yilmagan. Umum foydalanadigan transportning 
ishi ko’proq aniq hisobga olinadi. Bundan tashqari, sanoat va qishloq xo’jaligi 
korxonalarining idoraviy avtotransportining ishi to’g’risidagi ma’lumotlar ham, 
qoidaga ko’ra, taxminiy va noaniq.
Aktsiyadorlik va xususiy avtotransport va kemachilik korxonalari hozircha 
transport bozorida o’ziga “joy” qidirish bilan ovora, tashishlar hajmining 
pasayganligi bois va davlatning qo’llab-quvvatlashisiz ular aksariyat hollarda 
kasodga uchramoqda. SHu bilan birgalikda, bunday ahvol ba’zi bir kichik 
korxonalarni birlashishga, transport xizmatlarining sifatini oshirish yo’llarini 
qidirishga majbur qilmoqda. Har nima bo’lgandayam, keyini yillarda konteynerlar, 
qurilish materiallari, butlovchi asbob-uskunalar, oziq-ovqatlar, mevalar va 
sabzavotlarni tashishda iste’molchilar ko’proq avtomobilь transportini, jumladan, 
uzoq shaharlararo bog’linishlarda ham avtomobilь transportini tanlamoqdalar. U 
garchi temir yo’llarga qaraganda qimmat bo’lsada, yuklarni tezkor, ko’proq 
saqlangan holda “eshikdan-eshikkacha”, va qoidaga ko’ra, “aniq muddatiga” 
yetkazib berishni ta’minlaydi.
Transport turlari o’rtasida raqobat va o’zaro harakatlarning rivojlanishi 
mamlakatda transport xizmatlari ko’rsatishni yaxshilashga yo’naltirilishi lozim. 
Biroq yuqori tariflar va, xususan, havo, daryo va avtomobilь transportida yagona 
texnologik transport jarayonlarining har doim ham asoslanmagan parchalanishi 
ularning ishining texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarining va tashishlar xavfsizligining 
sezilarli darajada pasayishiga olib kelgan. Davlat tasarrufida bo’lgan va 
mamlakatdagi barcha avtomobillar bilan tashishlarning taxminan 24% ini amalga 
oshirayotgan umum foydalanadigan avtomobilь transporti keyingi yillarda ko’proq 
barqaror ishlamoqda. 
Kelajakda yuklarni tashishda transportning alohida turlarining o’rni va rolida 
ba’zi bir o’zgarishlarni kutish mumkin. Bu transportda raqobatning rivojlanishi bilan 
ham, ilmiy-texnik rivojlanish bilan ham bog’lanadi. Temir yo’l va suv transporti 
ulushlarining ma’lum bir darajada pasayishini ham kutish mumkin (hatto tashishlar 


hajmi barqarorlashgan taqdirda ham), iqtisodiyotni tuzilmaviy qayta qurishning 
natijalari, resurslarni tejashning rivojlanishi va tashishlarni ratsionallashtirish, 
raqobatning – ayniqsa avtomobilь transporti tomonidan raqobatning kuchayishi 
(yo’l qurilishi tegishlicha kengaytirilgan taqdirda) shundan dalolat beradi. Yuklarni 
tashishda quvur tarmoqli va havo transporti ulushlarining qandaydir bir darajada 
ortishi kutilmoqda. Biroq tashishlarning tarkib topgan taqsimlanishining 
o’zgarishiga yoqilg’iga ketadigan xarajatlar to’suvchi omil bo’lishi mumkin. 
Yuklarni 1000 t-km tashishga temir yo’llar 9 kg, daryo transporti 10 kg, quvur 
tarmoqli transport 5,5 kg, avtomobilь transporti esa 149 kg shartli yoqilg’i sarflaydi. 
Ko’rinib turibdiki, temir yo’l transporti va quvur tarmoqli transport energiyatalablik 
bo’yicha ko’proq tejamkor bo’lib hisoblanadi. shu sababli, umuman olganda, 
yuklarni tashishning transport turlari o’rtasida tarkib topgan taqsimlanishini, garchi 
mamlakatning ba’zi bir hududlarida, ayniqsa sharqda u kelajakda sezilarli darajada 
o’zgarishi mumkin bo’lsada, optimal taqsimlanishga yaqin deb hisoblash mumkin. 

Download 436,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish