4. Korporatsiya nomoddiy aktivlarini baholash Xulosa kirish



Download 267,62 Kb.
bet3/7
Sana01.03.2022
Hajmi267,62 Kb.
#475806
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
shuhrat3.1-korxona aktivlarini baholash

Balans qiymati hisobot sanasida buxgalteriya balansida aktivlarni aks ettirish qiymatidir.
Boshlang`ich qiymat usuliga ko`ra aktivlar sotib olinish vaqtida tomonlarning o`zaro kelishuviga ko`ra belgilangan joriy qiymati bo`yicha aks ettirilishi lozim.
Joriy qiymat usulida aktivlar sotib olish chog`ida to`lanishi kerak bo`lgan pul mablag`lari summasi bo`yicha hisobotda aks ettiriladi.
Sotish qiymati usulida aktivlar ularni sotishdan olinishi mumkin bo`lgan pul mablag`lari summasi bo`yicha aks ettiriladi.
Diskontlangan qiymatda aktivlar xo`jalik yurituvchi subyektning oldingi faoliyati davomida aktivlarni ko`paytirishi lozim bo`lgan bo`lg`usi pul mablag`lari tushumining diskontlangan qiymati bo`lgan joriy qiymat bo`yicha aks ettiriladi.
Xo`jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda boshlang`ich qiymatni baholash uchun asos qilib oladilar. Undan odatda baholashning boshqa asosiy tushunchalari bilan birgalikda foydalaniladi. Korxonaning jami aktivlarini balans qiymati bo`yicha baholash oxirgi hisobot davrida tuzilgan balans ma’lumotlari bo`yicha amalga oshiriladi. Bu usul asosida korxonaning o`z mablag`lari hisobiga shakllantirilgan sof aktivlari qiymatini aniqlash yotadi.
Sof aktivlarni balans qiymati bo`yicha baholashning haqiqiy aks ettiriladigan qiymat va qayta tiklash qiymati turlari mavjud: Sof aktivlarni haqiqiy aks ettiriladigan qiymati bo`yicha baholash davlat korxonalarini xususiylashtirish jarayonlarida aktivlarning boshlang`ich bahosini aniqlash va auktsionlar o`tkazish chog`ida keng qo`llanildi. Sof aktivlarni qayta tiklash qiymati bo`yicha baholash usuli baholash davrida aktivlarning qiymatiga (ayniqsa asosiy vositalar, tovar-moddiy zaxiralar va h.) inflyatsiya darajasidan kelib chiqib, tegishli tuzatishlar kiritishni nazarda tutadi. Bunday baholash inflatsiyaning amaldagi haqiqiy o`sish sur’atlari va alohida aktivlar bahoslarining o`sish indekslariga tayanishi kerak. Aktivlarni baholashning bu usuli aktivlarning haqiqiy qiymatini aniqroq aks ettirishga imkon beradi va inflatsiya sur’atlari yuqori bo`lgan sharoitlarida keng qo`llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisoboti konsepsiyasi moliyaviy ahvolni taviflovchi elementlarning bir xil ro‘yxatini taqdim etadi, ammo Xalqaro moliyaviy hisobot standartlaridagi kabi, ushbu tushunchaning ta’rifi Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga qaraganda ancha qisqaroq va tushuntirishlar va misollar mavjud emas. Ichki standartlar va Xalqaro moliyaviy hisobot standartlaridagi balans elementlarining izohlari bir-biriga mos kelmaydi. O‘zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisoboti konsepsiyasida shuningdek aktivlar va majburiyatlarni tan olish mezonlari ko‘rsatilgan, ammo kapital tushunchasi va uni saqlash konsepsiyasida maqolalar yo‘qligi sababli kapitalni tan olishning talqini mavjud emas. Shunday qilib, konsepsiyada e’lon qilingan aktivlar, majburiyatlar va kapitalni tan olishga yondashuv, Xalqaro moliyaviy hisobot standartlarga o‘xshash bo‘lishiga qaramay, faqat deklarativ xarakterga ega.
Konsepsiyada belgilangan baholashning mumkin bo‘lgan usullari ro‘yxati Xalqaro moliyaviy hisobot standartlaridagi ro‘yxat bilan mos keladi, ammo ularni Konsepsiyada sharhlash faqat aktivlar uchun berilgan. O‘zbekiston Respublikasining me’yoriy hujjatlari, masalan, O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunda ko‘rsatilganidek, balans moddalari uchun turli xil baholash usullarini o‘z ichiga oladi. Eng keng tarqalgani haqiqiy tannarx hisoblanadi, biroq ayrim hollarda O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi tomonidan ruxsat etilgan boshqa baholashlar qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida hisobot elementlarini baholash jarayoni (Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari talablari bilan taqqoslaganda) yanada tartibga solinishi muhimdir. Xalqaro moliyaviy hisobot standartlarida buxgalteriya balansi moddalarini korxona xususiyatlari, foydalanuvchilarning manfaati va Xalqaro moliyaviy hisobot standartlarining asosiy printsiplari kabi omillarni hisobga olgan holda professional baholar asosida baholash mumkin. O‘zbekiston Respublikasi amaliyotida balansning har bir elementini baholash ushbu qoidalarning talablariga muvofiq qat’iy ravishda amalga oshiriladi. Endi ushbu talablarning ko‘pi Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari talablariga ancha yaqinroqdir.
Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari baholash vositalarini va O‘zbekiston Respublikasida qo‘llaniladigan asosiy baholash usullarining qisqacha qiyosiy tahlili, Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq hisoblangan qiymat chuqur ma’noga ega emas va kompaniyaning moliyaviy holatini va uning haqiqiy qiymatini to‘liq tavsiflay olmaydi degan xulosaga kelishga imkon beradi, chunki baholashning o‘zi, asosan, bozor to‘g‘risidagi ma’lumotlarga va fond birjasiga asoslangan bo‘lib, fond bozorida ishlatiladigan ma’lumotlar faqat aksiyadorlik kapitalining qiymatiga tegishli bo‘lgan biznesning real qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlarning bir qismini aks ettiradi.
Shunday qilib, an’anaviy yondashuvlar va hozirgi iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda kompaniyaning baholashidan foydalanish tashkilotning moliyaviy holati va uning sohadagi mavqei to‘g‘risida eng to‘liq obyektiv ma’lumotlarni olishga imkon beradi. Bunday ma’lumotlardan foydalanish kompaniya rahbariyati va egalariga korxonaning yashirin potentsialini ro‘yobga chiqarish uchun ko‘plab imkoniyatlarni beradi va shu bilan birga “menejer-mulkdor” tizimida strategiyalarning o‘zaro ta’sirini yaratishga imkon beradi.
Korxona qiymatini baholash usullarini tahlil qilib, biz quyidagi xulosalarga keldik:
 korxonaning qiymatini aniqlashga turli xil yondashuvlar cheklangan bo‘lib, o‘zlarining maxsus axborot ta’minotini talab qiladi;
 korxona biznesini baholashga mavjud yondashuvlar va ularga asoslangan usullar korxona qiymatini yaratish jarayonini tasavvur qilishimizga imkon bermaydi, bu esa boshqaruv faoliyatida baholash metodologiyasidan foydalanishni qiyinlashtiradi yoki xatto imkonsiz qiladi. Korxonaning qiymatini baholashning mavjud usullari, aksariyat milliy korxonalarimiz uchun mavjud bo‘lmagan bozor ma’lumotlariga asoslanadi. Respublikamizdagi korxonalar uchun qiymat yaratish jarayonini ta’minlash uchun eng qulay ma’lumot manbai bu ularning moliyaviy hisobotlari;
 Korxonaning qiymatiga turli omillar (sanoat, bozor va bozorga bog‘liq bo‘lmagan, ishlab chiqarish, ijtimoiy va moliyaviy, qiymatning shakllanishiga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatadigan, ichki va tashqi, qisqa muddatli va uzoq muddatli) ta’sir ko‘rsatadi. Ularning korxona qiymatiga ta’sirini moliyaviy hisobot asosida hisoblab chiqilgan turli moliyaviy ko‘rsatkichlar (nisbatlar) shaklida aniqlash mumkin. Buning sababi yuqori maqsadga erishishga qaratilgan har qanday harakat ma’lum qiymatga ega bo‘lgan pul ifodasiga ega. Zamonaviy sharoitda korxona qiymatini aniqlashning istiqbolli yondashuvlaridan biri buxgalteriya ma’lumotlari asosida statistik modellashtirish bo‘ladi.
Mutloq moliyaviy barqarorlik. Bunda korporativ tuzilmaning barcha zaxiralari o’z aylanma mablag’lari hisobiga qoplanadi. Bunday vaziyatda korporativ tuzilmalarda tashqi krеditorlarga ehtiyoj sеzilmaydi, to’lovga qobiliyatsizlik va ularni kеlib chiqish sabablari yuzaga kеlmaydi, ichki va tashki moliyaviy intizomi bo’zilmaydi. Mo’tadil moliyaviy barqarorlik. Bu jarayonda korporativ tuzilma tomonidan zaxiralar va xarajatlarni qoplashda turli manbalar, ya'ni o’zining va jalb qilingan mablag’lardan samarali foydalaniladi, bunday holat korporativ tuzilmaning to’lovga qobiliyatligini kafolatlashi mumkin.Nobarqaror moliyaviy holat. Bu jarayonda korporativ tuzilmaning to’lovga qobiliyatlilik holati izdan chiqishi ko’zatilib, korporativ tuzilma zaxiralar va xarajatlarni qoplashga qo’shimcha moliyaviy mablag’larni jalb qilishga majbur bo’ladi.Inqirozli yoki kritik moliyaviy holat korporativ tuzilmaning bankrotlik yoqasiga kеlib qolgandagi vaziyati tushuniladi.

Download 267,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish