4-ma’ruza yelka qismini va yeng o’mizini modellash Reja



Download 0,55 Mb.
bet1/10
Sana05.07.2022
Hajmi0,55 Mb.
#742934
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

4-MA’RUZA
Yelka qismini va yeng o’mizini modellash
Reja.
1. Baza konstruksiyani shaklini o’zgartirmay yubkani konstruktiv modellash.
2. . Baza konstruksiyani shaklini o’zgartirmay shimni konstruktiv modellash.
3. Vitochka ko’chirish, taxlama va taqilmalar, cho’ntak, lifni qo’shimcha bo’laklash.
4.Yelkali kiyimlarni konstruktiv modellash elementlari.

Ko’krak qismi bichig’i vitochkalar va bo’rtmalarni notipik joylashuvi hamda figura bo’ylab yotishni saqlab qolish uchun vitochkalar odatda o’tkaziluvchi kesiklar, qo’yma qismlar va koketkalar turli yo’nalishi bilan murakkablashtirilishi mumkin.


Vitochkalar. Mahsulot gavdaga yotib turishini yoki uning hajmliligini tahminlovchi konstruktsiyaning asosiy elementi vitochkadir. Mahsulotda vitochkalar borligi mahsulotning alohida joylarini namlab-isitib ishlov berishdan voz kechishga imkon beradi.
Ko’ylak qismi gavdaga yopishib turuvchi shaklda bo’lsa, vitochkalar bo’lishi shart. Hajmni kattalashtirish uchun odatda vitochkalar ochilishi kamaytiriladi, natijada mahsulot shakli yumshoqligi oshadi. Ko’krak qismi katta hajmda bo’lsa, vitochka deyarli kerak emas, u yumshoq taxlamalar, drapirovkalar, burmalar va hokazo bilan almashtiriladi.
Murakkab shakldagi model konstruktsiyalarini ishlab chiqish uchun odatda vitochkalar orqa va old yelka kesiklaridan va bel chizig’idan joylashgan ulanuvchi yengli ko’krak qismi baza asosidan foydalaniladi. Ko’krak qismi shaklining murakkablashuvi hosil qilishimiz zarur bo’lgan shakl va fasonga mos detalning turli joylariga vitochkalarni o’tkazish bilan amalga oshiriladi. Vitochkaning yangi chizig’i to’g’ri yoki murakkab egri bo’lishi mumkin.
Ko’krakusti vitochkasi doimo ko’krak markaziga yo’naltirilgan bo’lib, yeng o’mizi, yon kesiki, old o’rtasi chizig’i, bel, yoqa o’mizi chizig’iga o’tkazilishi, burmalar, mayda taxlamalar bilan almashtirilishi mumkin.
Ko’krakusti vitochka olib o’tilishi quyidagicha amalga oshiriladi. Modelga muvofiq vitochka yangi holati kesiklar birida belgilanadi. So’ng belgilangan nuqta vitochka dastlab joylashgan markaz bilan birlashtiriladi, chizma yangi chiziq bo’ylab kesiladi, asos vitochka ochilishi esa uning yon tomonlari bilan ulanib yopiladi. Ko’krakda bo’rtmalikni ishlashda silliqlikka erishish uchun vitochka yelka kesiki, yoqa o’mizi, yeng o’miziga yo’naltirilgan bo’lsa, ko’krak markazigacha 1-2 sm ga yetib bormasligi, va bel chizig’i old markazi, biqin kesigiga yo’naltirilgan bo’lsa 3-4 sm ga yetib bormasligi kerak. Bo’rtishlar, kesiklar, koketkalarni yasashda avval ular joylashuv chizig’i solinadi, keyin esa vitochkalar ochilishi o’tkaziladi. Koketkalar, bo’rtishlar, kesiklar o’rni model bilan aniqlanadi. Asosan bo’rtishlar ko’krak markazidan o’tadi, bu holda ko’krak usti vitochka ochilishi yuqorida aytib o’tilgan usullar bilan fason chiziqlariga o’tkaziladi. Fason chiziqlar ko’krak markazi bilan to’g’ri kelmasa, ko’krak usti vitochkasi o’tkazilishida qo’shimcha vitochka yechilish yoki u burmalar bilan almashtirilishi mumkin.
Vitochka holatini tanlashda arqoq va tanda iplari yo’nalishini hisobga olish zarur. Shakl katta plastikligini tahminlash uchun vitochkalarni tanda va arqoq iplariga burchak ostida joylashtirish yaxshiroq. Vitochka holati shuningdek mahsulot bichilishida – gazlama sarfiga ham tahsir etadi. Yoqa o’mizi, yeng o’mizi va old o’rtasidan keluvchi vitochkalar ko’krak markazidan yuqorida yo’naltirilgan bo’lsa, tejamliroq hisoblanadi. Bo’ksalararo chizig’idan ko’krak yuqori nuqtasiga boruvchi vitochka ayniqsa tejamli emas.
Bo’rtmalar – ko’krak usti vitochka va bel chizig’idagi vitochka umumiy chiziq bilan birlashtirilsa, konstruktiv chiziqning bunday variantini bo’rtmalar deb atash qabul qilingan. Bo’rtma, odatda, pardozlovchi bo’rtma baxyaqator bilan ajratilib ko’rsatiladi va shunda u dekorativlikni namoyon etadi. Bo’rtma detalning ikki kesigi orqali o’tganda, vitochka bu ikki kesikning biriga o’tkazilishi mumkin.
Figuraga zich yotuvchi mahsulotlarda bo’rtma odatda ko’krak va kuraklar yuqori nuqtasi orqali o’tadi, yarim yotuvchi mahsulotlarda u biroz yeng o’mizi tomoniga (2-3 sm ga) biriktirib ko’klanadi. Bo’rtma yeng o’mizi tomonga ko’proq kattallikka siljitilsa, mahsulot oldindan ham, orqadan ham ancha yassi ko’rinish oladi. Bu katta bo’lmagan hajmli mahsulotlar uchun xos. Bunday burmada qo’shimcha vitochka loyihalashtirilishi mumkin.
Bo’rtma, vitochka kabi, to’g’ri yoki murakkab egri chiziqlar bilan bajarilishi mumkin. Birinchi holda mahsulot shakli biroz burchaksimon, ikkinchisida – ancha, yumshoq bo’ladi. Bo’rtmali mahsulotni bichishda oldning yon qismi tanda iplari yo’nalishi katta ahamiyatga ega. Ko’krakusti vitochka bo’rtma ustida qoldirilsa, oldning yon qismi butun uzunligi bo’yicha to’g’riroq, biroq ustki qismida katta qiyalanishda bo’ladi; bu esa yo’l-yo’l va katakchali gazlamalardan foydalanishda istalmaydigan hol, ko’krak usti vitochka bo’rtma pastiga o’tkazilsa, oldning yon qismi iplarning qiya yo’nalishi bo’ylab joylashadi (yo’l-yo’l va katakchali gazlamalardan foydalanishga qiziqarli tahsir). Bundan tashqari oldning yon qismi bunday joylashuvi qo’shimcha vitochkalarsiz figuraga yaxshiroq yotishini beradi.
Old (orqa) detalga bo’rtma chizig’i model eskiziga muvofiq quyidagi tarzda solinadi. Ko’krak qismi old detalini (qog’oz yoki matodagi) manekenga ulab, bo’rtma chizi belgilanadi. Detal yechib olinadi, belgilangan chiziq bo’yicha kesiladi, vitochkalar yopiladi va ular bo’rtmada ochiladi. Bo’rtma chiziqlariga tuzatishlar kiritiladi, bunda bo’rtma yo’nalishini old yoki orqa o’rtasiga yaqin yotuvchi tomon aniqlanishini, ikkinchi tomon esa mahsulot shaklini yaxshiroq aniqlashga yordam berishi hisobga olinadi.
Bo’rtmaga vitochkaning butun ochiqligini o’tkazib bo’lmasa, ko’krak qismi asosi bo’rtma chizig’i bo’ylab kesiladi va bo’rtma yaqin yotgan kesigidan ko’krak markaziga kesik solinadi, unga qisman vitochka o’tkaziladi.
Vertikal bo’rtmalar. Bu ko’krak qismi eng oson bajariluvchi kesik chiziqlari. Bajarish uchun old detali yelka kesigidan keluvchi ko’krak usti vitochkasi chizig’i bo’ylab va keyin bel sohasida yotishni tahminlovchi vitochka chizig’i bo’ylab kesiladi. Ikkala vitochkalar kesiladi. Hosil qilingan detal kesiklarida ularning bo’rtmalarda to’g’ri ulanishi uchun o’yim qilinadi. Bo’rtma chizig’i baxyaqator, taxlanma yoki to’p, qo’yma buramalar bilan ajratib ko’rsatish mumkin.




Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish