Ishning bajarish tartibi:O‘lchashni bajarish.
Mexanik taram tayyorlash usuli va Presli qisqich yordamida paxta tolasining chiziqli zichligini gravimetrik aniqlash usuli. MShU-1 qurilmasida yakuniy piltadan massasi 17-20 mg bo‘lgan taram taxlanadi. Taramni taxlash vaqti avtomat rele yordamida; paxta tolasining uzun tolali navlari uchun –2 min, o‘rta tolali navlari uchun – 2. 5 min qilib o‘rnatiladi. Olingan taram siyrak (10 igna/sm) taroq bilan taraladi, so‘ngra 20 mm dan uzun tolalarni predmet oynachalariga taxlaydigan MRV – 1 uskunasining qisqich ushlagichiga joylashtiriladi. Predmet oynachalaridagi tolalarni PSV-1 uskunasi yoki mikroskop yordamida sanaladi. Har bir predmet oynachalaridagi sanalgan tolalar 2-3 mm kenglikdagi taramchaga yig‘iladi, buning uchun oynachalarni qisib turgan qisqichdan bo‘shatilib, tolalarning tekis tomoni bir chiziqda saqlangan holda ustki oynacha ostki oynacha bo‘ylab suriladi. Bir necha taramlar birlashtirilgandan keyin hosil bo‘lgan taramchadagi tolalar soni 500 dan kam bo‘lmasligi kerak.
Taramcha metall taroqda taraladi. Taraganda chiqqan tolalar sanaladi va umumiy tolalar sonidan ayirib tashlanadi. Taramcha pintset bilan olinadi va taramning tekis tomoni yuqori qisqichning chap tomonidan plastina ustiga 3-4 mm chiqib turadigan qilib presli qisqichiga ko‘ndalang joylashtiriladi. Taramcha kengligi 2-3 mm bo‘lishi kerak.
Richag tushirib, taramchaning tekis tomoni qisiladi. Taramchaning erkin tomoni tolaning egri – bugriligini yo‘qotadigan kuch bilan tortiladi va presli qisqichining traverslari to ilgak avtomat ravishda berkitilguncha tushiriladi. Kalit bilan ikki qisqichning vinti buraladi. Vertikal o‘qda aylanuvchi siqgichning ustunlari nazorat nuqtasi –fiksatorga kelguncha kalit bilan buraladi. Vint bo‘shatilib, richag tepaga ko‘tariladi va siqgichdan yuqori hamda pastki qisqich bloki, o‘rtadagi qatlam bilan birga bo‘shatib olinadi. Olingan blok stolga shunday qo‘yiladiki, bunda pastki qisqich laborantga qarashi kerak, so‘ngra chap qo‘lning o‘rta barmog‘i bilan stolga mahkam bosib turiladi. Taramchaning qisqichdan chiqib turgan qismi tortiladi va cheti maxsus pichoq bilan qirqib olinadi. Keyin blok qarama-qarshi tomonga burilib, taramchaning chiqib turgan ikkinchi cheti qirqib olinadi. Qirqilgan taramning chetlari tashlab yuboriladi.
Blok yana siqqichga joylashtiriladi.