O‘lchashning xatolik me’yorlari.
Parallel namunalarning sinash natijalari (usulning yaqinligi) o‘rtasidagi ruxsat etilgan tafovut quyidagilardan oshmasligi kerak:–ikki namuna bo‘yicha chiziqli zichlikni gravimetrik aniqlash usuli, ishonchlilik ehtimoli 0,9 bo‘lganda – 6 m teks; namuna havo o‘tkazuvchanligi bo‘yicha chiziqli zichlikni aniqlash usuli – 4 mteks; namuna havo o‘tkazuvchanligi bo‘yicha mikroneyr ko‘rsatkichini aniqlash usuli – 0,2.
1. 2. Ikki turli laboratoriyada olingan sinash natijalari o‘rtasidagi yoki bir laboratoriyada, lekin turli sharoitlarda olingan ikki sinash natijalari (usulning tiklanishi) o‘rtasidagi tafovut quyidagilardan oshmasligi kerak:- ikki namuna bo‘yicha chiziqli zichlikni gravimetrik aniqlash usuli, ishonchlilik ehtimolligi 0,9 bo‘lganda –6 mteks;namuna havo o‘tkazuvchanligi bo‘yicha chiziqli zichlikni aniqlash usuli – 4 mteks;namuna havo o‘tkazuvchanligi bo‘yicha mikroneyr ko‘rsatkichini aniqlash usuli – 0,3.
O‘lchash vositalari, yordamchi qurilmalar.
Tolaning chiziqli zichligini gravimetrik aniqlash usuli:
Mexanik taram tayyorlagich MShU-1 va tolalalarni predmet oynachalariga mexanik taxlagich MRV-1 to‘plami (taramni mexanik yo‘l bilan tayyorlash usuli) yoki duxoba bilan qoplangan o‘lchami 90 x 185 x 20 mm taxtacha va tolalarni taxlashda kerak bo‘ladigan qisqich (taramni qo‘l bilan tyyorlash usuli). VT – 20 markali tarozilar;
Taram o‘rta qismidan (10,0( 0,1) mm kesish uchun qisqich. Taramning o‘rta qismi uzunligidan (15,0 ( 0,1) mm kesish uchun pressli qisqichlar bloki, ular orasidagi qatlami bilan birgalikda ishlatilishga yo‘l qo‘yiladi. Qisqich va pressli qisqichlar bloki belgilangan, ruxsat etilgan ( 0,1 mm kesimni ta’minlamasa, ularning ishlatilishi man qilinadi.
Tola chetlarini kesib olish uchun pichoq; O‘lchamlari 25 x 76 yoki 13 x 76 mm bo‘lgan predmet oynachali; 1 sm ga 10 va 20 ta igna to‘g‘ri keladigan metall taroqlar; proyeksion tola sanagich PSV – 1 yoki tolalarni 120 – 150 marta kattalashtiruvchi turli markadagi mikroskop; o‘lchash chizg‘ichi. Namuna chiziqli zichligini havo o‘tkazuvchanlik bo‘yicha aniqlash usuli: LPS – 4 qurilmasi;
Shkalasining oraliq darajasi 10 mg dan ko‘p bo‘lmagan, eng katta tortish chegarasi 1 kg gacha, 24104 GOST bo‘yicha aniqligi 4 – sinfga mansub bo‘lgan laboratoriya tarozilari. AX yoki FM 30 tipidagi, yoki shunga o‘xshash paxta analizatori.
2. 3. Mikroneyr ko‘rsatkichini havo o‘tkazuvchanlik bo‘yicha aniqlash usuli:
namunaning havo o‘tkazuvchanligini aniqlaydigan mikroneyr qurilmasi;
2. 3. 1. Mikroneyr ko‘rsatkichini HVI o‘lchash sistemasi tarkibiga kiradigan asbob yoki LPS – 4 qurilmasida tasdiqlangan usul bo‘yicha aniqlash mumkin.
Sinash usullarini nazorat qilish uchun maxsus tartibda tasdiqlangan paxta tolasining standart (etalon) namunalari kerak bo‘ladi.
Paxta tolasining chiziqli zichligi – tola massasini uning uzunligiga nisbatini aniqlaydigan kattalikdir. Bu ko‘rsatkich tolaning qalinligini aniqlaydi.
Namunaning chiziqli zichligi havo o‘tkazuvchanlik bo‘yicha aniqlash usuli, bu ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘liqligiga asoslangan. Bu munosabat seleksiya navlarining maxsus jadvallari bo‘yicha belgilanadi. Sinash uchun namunaning massasi g‘o‘zaning seleksiya naviga bog‘liq ravishda belgilanadi.
Namunalarni sinashdan avval GOST 10681 bo‘yicha klimatik sharoitda, harakatdagi havo oqimi ostida kamida 4 soat, yoki harakatsiz havo oqimi ostida 12 soat davomida, yoki namuna vaznining o‘zgarishi 2 soat davomida
0,25 % dan oshmagan hollarda undan kam vaqt davomida ushlab turiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |