Ma’nodosh so’zlar
|
Bir umumiy ma'noni ifodalovchi ikki va undan ortiq so‘zlarga ma'nodosh so‘zlar deyiladi.
Ma'nodosh so‘zlar bir ma'noni xilma-xil so‘zlar orqali turli nozik ma'no qirralari bilan ifodalashda, so‘z sehrini namoyish etishda, nutqni bezashda, ta'sirchanligini ta'minlashda katta ahamiyatga ega.
|
509 -mashq
|
|
09.04.2020
|
Ona tili
|
Ma’nodosh so’zlar qatorida bosh so’z
|
Ma'nodosh so‘zlar bir umumiy ma'noni ifodalasa ham, shu umumiy ma'noni qanday ifodalash nuqtayi nazaridan bir-biridan farq qiladi. Masalan: shivirlamoq, gapirmoq, baqirmoq, bo‘kirmoq so‘zlari so‘zlash umumiy ma'nosi bilan bir xil bo‘lsa ham, ular ovozning baland-pastligiga ko‘ra farq qiladi. Shuningdek, to‘ng‘illamoq, ming‘irlamoq, vaysamoq, javramoq so‘zlari ham so‘zlash umumiy ma'nosi bilan yuqoridagi so‘zlar bilan birlashadi, lekin ulardan salbiy bahoga egaligi bilan farq qiladi Irod etmoq, bayon etmoq singari so‘zlar kitobiy uslubga xoslanishi bilan farqlanadi.
Ko‘ryapsizki, bir ma'noni o‘zingizning maqsadingizga muvofiq bir necha so‘zlardan bittasini tanlash orqali ifodalash mumkin. Bu bilan nutqning ta'sirchanligini oshirish orqali so‘z sehrini namoyon qilishga erishiladi.
|
514-mashq
|
|
10.04.2020
|
Ona tili
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |