5-laboratoriya ishi. Shovqin va kо‘rsatkichlarini aniqlash Ishdan maqsad



Download 217,96 Kb.
bet2/8
Sana28.02.2022
Hajmi217,96 Kb.
#475498
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5-laboratoriya ishi

Spektral bо‘yicha shovqinlar tonal tovushlar (elektr arraning tovushi) va keng polosali (reaktiv dvigatel tovushi) bо‘lishi mumkin. Vaqt bо‘yicha tavsifiga kо‘ra uning doimiyligi (8 soat davomida 5 dBA gacha о‘zgarsa) va о‘zgaruvchanligi (8 soat davomida 5 dBA dan ortiq о‘zgarsa) hisobga olinadi. О‘zgaruvchan shovqinlar о‘z navbatida vaqt birligida uzluksiz (impuls) bо‘lishi mumkin.
Eshitiladigai shovqinlar ma’lum chastotalar (16— 20000 Gs) bilan chegaralanib qolmasdan, ma’lum chegaradagi eshitilish darajasi va bosimi bilan ham farqlanadi 7.1 -rasmdan kо‘rinib turibdiki, tovush bosim darajasi ikkita chiziq bilan belgilanadi. Pastki chiziq quloqqa zо‘rg‘a eshitiladigan chegara tovushni ifodalaydi. Bu tovush har xil chastotalar uchun о‘zgaruvchan ekanligi chizmadan kо‘rinib turibdi. Chastota 1000 Gs bо‘lganda dB bilan о‘lchanadigan tovush darajasi standart daraja sifatida qabo’l qilinganligi va chastotadagi eshitish chegarasi L = 0 dB deb qabo’l qilingan. Tovush chastotasi 800-4000 Gs atrofida bо‘lganda eshitilish darajasi minimal miqdorni tashkil qiladi. Bu miqdordan kamroq va kо‘proq chastotalarda chegara eshitilish darajasi L = 80-100 dB ga borib qoladiki, bu narsa tovush xususiyatlarining о‘ziga xos tomoni hisoblanadi. Tovush chastotasining 800 Gs dan kichik bо‘lganda eshitilishning quyi darajasi keskin о‘zgarganligini ta’kidlab о‘tish kerak Bu tovushning quyi chastotalariga nisbatan yuqori chastotadagi tovushlar inson uchun yoqimsiz tovushlar ekanligini bildiradi.


1-rasm. Shovqin darajasini belgilash nomogrammasi.
1-rasm yuqorisida joylashgan egri chiziq tovush darajasining yuqori og‘riq hosil kiluvchi chegarasini belgilaydi. Bu chegara taxminan L=120-130 dB atrofida ekanligi kо‘rinib turibdi. Bundan ortiq darajadagi shovqinlar inson uchun og‘riq hosil qiluvchi shovqinlar bо‘lib, insonning eshitish a’zosini ishdan chiqarishi mumkin. Mana shu ikki egri chiziq oralig‘idagi chastotalardagi shovqinlar odam eshitish mumkin bо‘lgan tovushlar deb ataladi.
Shovqin darajasiga va xususiyatiga qarab, ular inson organizmiga har xil ta’sir kо‘rsatadi. Shovqin ta’sir darajasining о‘zgarishida uning ta’sir davri va odamning shaxsiy xususiyatlari ham ma’lum ahamiyatga ega. Shuning uchun ham shovqin hammaga bir xil ta’sir kо‘rsatadi deb bо‘lmaydi. Uncha katta bо‘lmagan shovqinlar (50— 60dB) ham inson asab tizimiga sezilarli ta’sir etadi. Ayniqsa, shovqinlarning ta’siri aqliy mehnat bilan sho’g’ullanuvchilarda kо‘proq seziladi. Umuman, bunday shovqinlarning ta’siri har xil odamda har xil bо‘ladi. Ba’zilar bunday shovqinlarga mutlaqo ahamiyat bermaydilar, ba’zilar esa keskin asabiylashadilar.
Bunday shovqinning ta’sir kо‘rsatishi odamning yoshiga, sog‘lig‘iga va bajaradigan ishiga, kayfiyatiga va boshqa omillarga bog‘liq. Shovqinning zararli ta’siri, shuningdek doimiy shovqinlardan farqliligiga, masalan, musiqa tovushlari, odam sо‘zlashgandagi tovushlarga odam mutlaqo befarq qaraydi, xuddi shu darajadagi begona shovqinlar uni asabiylashishga olib keladi.
Ma’lumki, bazi bir jiddiy kasalliklarga chalingan bemorlar, masalan, qon bosimi, ichak va oshqozon yarasi va ba’zi teri kasalliklari, asab kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarning mehnat qilish va dam olish holatlari umuman kasallik tufayli buzilgan bо‘ladi. Bunday kasallar uchun ortiqcha shovqinning bо‘lishi ularning nihoyat darajada toliqishlariga olib keladi. Agar bu shovqinlar tunlarda bо‘lsa, og‘ir asoratli kasallarni kelib chiqishiga sabab bо‘ladi. Agar shovqin darajasi bunday hollarda 70 dB ga teng bо‘lsa, u bunday toliqqan bemorlar organizmida fiziologik о‘zgarishlar sodir bо‘lishiga olib kelishi mumkin. Yosh va sog‘lom odamlar uchun ham bunday shovqinlar zararlidir.
Kuchli shovqin odam sog‘lig‘iga va ishlash qobiliyatiga keskin ta’sir kо‘rsatadi. Agar shovqin darajasi 85—90 dB ga yetsa, bundan ishlayotgan har qanday odamning birinchi navbatda yuqori chastotadagi tovushlarni eshitish qobiliyati susayadi. Uzoq vaqt kuchli shovqin ta’sirida ishlagan odam tez toliqib, befarq, hatto kar bо‘lib qolishi mumkin. Bundan tashqari shovqin ta’siridan ovqat hazm bо‘lish jarayoni buziladi, ichki a’zolar hajmi о‘zgaradi.
Shovqinning bosh miya qobiliyatiga ta’siri natijasida odam asabiylashadi, toliqish jarayoni tezlashadi, asabiy reaksiyasi keskin о‘zgaradi. Oqibatda jaroxatlanishlar sodir bо‘lishi mumkin. Masalan, shovqin ta’sirida harakatlanayotgan mexanizmlar signallarini eshitmasdan, ularniig ta’siriga tushib qolish mumkin va h.q
Shovqin darajasi qancha katta bо‘lsa, uning keltirib chiqarishi mumkin bо‘lgan salbiy oqibatlari ham kattalashadi. Har qanday shovqin natijasida paydo bо‘ladigan fiziologik о‘zgarishlar oqibatida shovqin kasalligi kelib chiqadi.
Tovush tо‘lqinlari bosh miya qobig‘i orqali о‘tish imkoniyatiga ega. Agar shovqin darajasi kichik bо‘lsa (40— 50 dB), unda suyak orqali о‘tgan shovqin ta’siri uncha sezilmaydi. Agar tovush darajasi yuqori bо‘lsa, unda uning ta’sir kuchi ortib ketadi va organizmga kо‘rsatadigan salbiy ta’siri keskin kuchayadi. 145 dB dan ortiq bо‘lgan tovush darajalarida odam quloq pardasi yirtilishi mumkin.

Download 217,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish