5-ma’ruza. Mavzu: sutning sanitariya- gigiyena holati reja


-masala. Sutning sanitariya – gigiena holatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar



Download 28,38 Kb.
bet4/8
Sana03.07.2022
Hajmi28,38 Kb.
#735818
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5-mavzu

1-masala. Sutning sanitariya – gigiena holatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar.
Sutning sanitariya – gigiena holati qo‘yidagi ko‘rsatkichlarga; mexanik aralashmalar bilan ifloslanishi (tozalik guruhi), mikroblar bilan ifloslanishi, mikroblar xarakteri, kislotaligi – (nordonligi), somatik xujayralar soni kabilarga qarab baxolanadi.
Sutning tozalik guruhi. Sutdagi mexanik aralashmalarning (jun, xashak, go‘ng, qum va h.k.) ko‘pligi, fermaning anti – sanitariya holatidan va sutni saqlash va tashish jarayonini noto‘g‘ri tashkil qilinganligini bildiradi.
Bakteriyalar bilan ifloslanishi (sinfi). Bu ko‘rsatkich sutni sanitariya holatini tavsiflab, u reduktaza namunasi orqali aniqlanadi va to‘rtta sinfga bo‘linadi.
AQSH da sutning tarkibidagi mikroblar soniga qarab uni A va B sinfga ajratadi. A-sinf to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’mol uchun yaroqli sut bo‘lib, unda mikroblar – (100 ming/ml-gacha), B-sinf (1mln/ml-gacha) bunday sut qayta ishlanib, sut mahsulotlari tayyorlanadi.
Mikroblar xarakteri. Bu ko‘rsatkich sutni uyush xususiyatiga qarab aniqlanadi. Sut tarkibidagi turli mikroblar o‘ziga xos ferment ishlab chiqaradi, sutni achitadi. Natijada uyushga olib keladi. Sutni uyugan qismiga qarab mikroblar xarakteri aniqlanadi.
Kislotaligi – nordonligi. Sutning sanitariya – gigiena holatini tavsiflaydigan asosiy ko‘rsatkichdan biri nordonlik bo‘lib, gradus ternerda ifodalanadi. Sutni nordonligi deb, 100 ml sut tarkibidagi kislotani neytrallash uchun sarflangan 0,1 normal kaliy yoki natriy ishqorining sarflangan miqdoriga aytiladi. Sutning nordonligi sifatini belgilab, me’yordagi sutda 16-18oT(18-20oT) gacha bo‘lishi mumkin.


2-masala. Sutni mikroblar bilan zararlovchi manbalar.
Sutni sog‘ish vaqtida va dastlabki ishlash, tashish va saqlash jarayonlarida unga turli mikroblar tushadi. Mikroblar tushmasligining to’liq oldini olish juda qiyin. Sutni mikroblar bilan ifloslanish manbalari quyidagilar; sigir elini, teri va jun qoplamasi, molxona havosi, sut idishlari, suzuvchi mato va apparatlar, ozuqa, hashoratlar, to‘shama, molxona xizmatchilari va boshqalar kiradi.
Sigir yelini. Sigir elini sutni mikroblar bilan ifloslaydigan asosiy manbalardan hisoblanadi. Agar sog‘ishdan oldin sigir yeliniga ishlov berilmasa sutga juda ko‘p miqdorda mikrob tushadi.
Agar sigir yeliniga sog‘ishdan oldin ishlov berish vaqtida dezinfeksiyalovchi moddalar qo‘llanilsa, mikroblar miqdori 30 martaga kamayadi. Sochiq 4-5 ta sigir yelini artilgandan so‘ng, suv esa har 2-3 ta sigir yelini yuvilgandan so‘ng almashtirilishi zarur.
10 l suvga (40-45oS) 15-20 g xloramin solinib, yelinga ishlov berilsa maqsadga muvofiqdir.
Dastlabki ulush sutda (so‘rg‘ich) mikroblar soni navbatdagi ulush sutga qaraganda 40 marta ko‘p bo‘ladi. Bunday sut umumiy sutga qo‘shilmaydi. Zararsizlantirib buzoqlarga ichiriladi.
Teri va jun qoplamasi. Sigir terisi va jun qoplamasida milliardlab mikroblar mavjud. Ayniqsa yog‘ kislotali va ichak tayoqchalari ko‘p bo‘ladi. Bular sut va sut mahsulotlarini sifatini pasayishiga olib keladi.
Molxona havosi. Molxona supirilgandan so‘ng va sigirlar oziqlantirilgandan so‘ng molxona havosida juda ko‘p miqdorda mikrob to‘planadi. Ular chang bilan qo‘shilib, sutga tushadi va tez ko‘payadi. Shuning uchun sigirlarni sog‘ish jarayoni yig‘ishtirish va oziqlantirishdan oldin yoki 1-1,5 soat keyin amalga oshirilishi maqsadga muvofiq xisoblanadi.
Sut idishlari, filtrlovchi matolar. Idishlar, suzuvchi mato va apparatlar mikroblar manbai xisoblanadi. Ular yaxshilab chayqaladi keyin dezinfeksiyalovchi moddalarda oxirida yana issiq suvda yuvib quritilishi kerak.
Ozuqa. Oziqlantirish tipi o‘zgarsa, ozuqa sifati yomon bo‘lsa ichketar kasali yuzaga keladi. Ozuqa tayyorlash va tarqatishni to‘g‘ri tashkil etish kerak. Aks holda molxonani sanitariya holati yomonlashib, sutni sifatini pasayishi uchun imkoniyat yaratiladi.
Hashorat. Molxonada doimiy ravishda hashoratlar, ayniqsa chivin ko‘plab bo‘ladi. Ular orqali sutga turli mikroblar tushishi mumkin. SHuning uchun molxona oynasiga parda tutiladi. Molxonalar dezinfeksiyalanishi lozim.
To‘shama. Molxonadagi to‘shama tarkibida ko‘plab yog‘ kislotali va achituvchi mikroblar bo‘ladi. SHuning uchun to‘shamalar o‘z vaqtida almashtirilishi lozim.
Xizmatchilar. Molxonada ishlovchi barcha xodimlar doimiy ravishda vrach ko‘rigidan o‘tib turishi kerak. Infeksion kasallikka chalingan xodimlarning fermada ishlashi man etiladi. Ular shaxsiy gigiyenaga amal qilishi kerak.
Sut bilan isitma, dezinteriya, qorin tifi kasalliklari tarqalishi mumkin. SHuning uchun chorvadorlar doimiy ravishda meditsina ko‘rigidan o‘tib turishi shart.
Shunday qilib, sutda foydali va turli kasalliklarni chiqaruvchi mikroblar bo‘lishi mumkin. Zooinjener bu mikroorganizmlarni sutga tushish manbaini bilib, ularni bartaraf etish choralarini rejalashtiradi.



Download 28,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish