5-mavzu. Etika fanining predmeti, asosiy muammolari va kasbiy axloq



Download 416,96 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana12.01.2022
Hajmi416,96 Kb.
#338682
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-мавзу 4 йиллик

Tayanch tushunchalar: 

 

Etika, odob, xulq, axloq, noosfera, etosfera, etika kategiriyalari, meyorlari, tamoyllar, 

ixtiyor erkinligi, axloqiy tanlov, bioetika. 

 

Axloqshunoslik  (etika)  qadim  zamonlarda  paydo  bo’lib,  shakllanib  va  rivojlanib 



bizning  davrimizgacha  o’z  ahamiyatini  saqlab  kelayotgan  eng  qiziqarli  va  eng 

muhim  insonshunoslik  fanlaridan  biridir.  Axloqshunoslik  fanining  nomi  “axloq” 

so’zidan  kelib  chiqqan  bo’lib,  bu  tushuncha  to’g’risida  adabiyotlarda  hozircha 

yagona qarash yo’q. Ayrim adabiyotlarda axloq kishilarning har bir jamiyatga xos 

xulq  normalari  majmui  deyilsa,  boshqalarida  esa  axloq  ijtimoiy  ong  shakllaridan 

biri,  sotsial  tartib  -  qoida  bo’lib,  bu  tartib  -  qoida  istisnosiz  hamma  sohalarda 

kishilarning  hatti-harakatini  tartibga  solish  vazifasini  bajaradi  deyiladi.  Buning 

boisi,  eng  avvalo,  axloq  so’zining  ko’p  ma’noli  va  ko’p  qirrali  ekanligi  bilan 

izohlanadi.  Axloq  -  arabcha  “xulq”  so’zining  ko’pligidan  va  lotincha  “mores” 

so’zidan  olinib,  “odob”,  “fe’l  –  atvor”  degan  ma’nolarni  anglatadi.  Xuddi 

shuningdek, rus tilida ishlatiladigan «morel» so’zi ham axloq ma’nosini bildiradi. 

“Moral”  so’zi  rus  tilida  ishlatiladigan  «nravstvennost»  degan  so’zining  sinonimi 

degan  fikrlar  ham  mavjud.  Axloq  kishilarning,  har  bir  kishining  oilada,  jamoada, 



jamoatchilik joylarida, umuman, jamiyatda yurish-turishi, yashash qoidalari, fe’l - 

atvori, hatti  - harakatlarining  jamini ifodalaydi. Etika  Yunoncha  «ethos»  so’zidan 

olingan bo’lib, “odat”, “odob”, “rasm-rusum”, “fe’l” ma’nolarini bildiradi. Ushbu 

tushuncha  birinchi  marta  mashhur  Yunon  faylasufi  va  mutafakkiri  Arastu 

(Aristotel, e.o.384-322 yy) tomonidan axloqning sinonimi sifatida ishlatilgan.  

Bu  terminni  keyinchalik  qat’iy  ma’noli  tushuncha  sifatida  eramizdan  oldingi  IV 

asrda Zenon (e.o.336-264 yy) ilmiy muomalaga kiritganlar.  

Etika tushunchasi hozirgi adabiyotlarda kishilar muomalasida asosan quyidagi uch 

ma’noda qo’llaniladi:  

Birinchidan,  kundalik  hayot  muomalasida  etika  -  axloq,  odob,  xulq-atvor 

ma’nolarini anglatadi;  

Ikkinchidan,  ma’lum  bir  ijtimoiy  guruhlar,  kasb  -  hunar  yoki  ixtisosliklar, 

chunonchi,  savdogarlar  etikasi,  tadbirkorlar  etikasi,  o’qituvchilar  etikasi, 

shifokorlar etikasi, rahbarlar etikasi va shu kabilarni bildiradi.  

Uchinchidan, ko’pchilik holda kishilarning axloq - odobini, xulqini, fe’l - atvorini 

o’rganuvchi fanni etika, ya’ni axloqshunoslik deb yuritiladi.  

Xuddi shuningdek, kundalik hayotda va adabiyotlarda axloq va etika tushunchalari 

bilan bir qatorda odob tushunchasi ham ishlatiladi.  

«Odob»  (arabcha  «adab»  so’zining  ko’pligi)  xulq-atvor,  yurish-turish, 

madaniyatning  tashqi  va  ichki  jihatlarni  ifodalaydigan  tushuncha.  U  kishilarning 

hatti  -  harakatida,  o’zaro  munosabatida  (oila,  mehnat  jamoasi  va  turli 

marosimlarda) namoyon bo’ladi.  

Odob - kishining jamoat orasida o’zini qanday tutishi, odamlar bilan qay yo’sinda 

muomala qilishi, o’z turmushi va bo’sh vaqtini qanday tashkil qilishi, inson tashqi 

qiyofasi  qanday  bo’lishi  lozimligiga  oid  qoidalar  (masalan,  sharmu  -  hayo, 

kamtarlik,  xushmuomalalik,  ozodalik  singarilar)ni  o’z  ichiga  oladi.  Odob  ta’lim  - 

tarbiya,  amaliy  tajriba  jarayonida  shakllanadi.  Sharqning  odob  -  axloq 

nazariyotchilaridan  Husayn  Voiz  Koshifiy  «Axloqiy  Muhsiniy»  asarida  odobni 

quyidagicha ta’riflagan edi:  



«Odob  -  bu  qalbni  yomon  so’zlardan  va  nojo’ya  xulqdan  saqlay  olish,  o’zini  va 

o’zgalarni ham hurmat qila bilish, shu bilan birga o’zini va o’zgalarning obro’sini 

tushirmaslikdir».  Voiz  Koshifiy  odob  tushunchasini  keng  ma’noda  tushunadi, 

yomon so’zlarni aytmaslik, xulqni tarbiyalay olish, o’zini boshqarish va o’zgalarni 

hurmat  qilishni  axloqiylik  deb  atagan  edi.  Odob  –  kishilarning  hayot  va 

turmushlariga  nisbatan  belgilab  berilgan  muayyan  axloqiy  chegara  yoki  me’yor 

desak bo’ladi. Ana shu chegaradan chiqmay muomala munosabatida bo’lgan, shu 

me’yorga  rioya  qilgan  odamni  odobli,  yaxshi  tarbiyali,  haqiqiy,  chin  inson 

deyiladi. Aks holda odobsiz, tarbiyasiz, yomon odam deb aytiladi. Odob - axloqqa 

nisbatan tor tushuncha bo’lib, u o’z navbatida barcha axloqiy fazilatlarning yuzaga 

chiqishi,  namoyon  bo’lishidir.  Odobni  o’rganuvchi  va  o’rgatuvchi  fanni 

«Odobnoma», «Dilnoma», «Saodatnoma» deb ataydilar.  

Demak,  axloq,  etika,  odob  o’zaro  bog’liq  va  ma’lum  darajada  farq  qiluvchi 

tushunchalar  bo’lib,  barchasi  insonning  hatti-harakatini,  yurish-turishini,  boshqa 

odamlar  bilan  munosabatini  oilada,  jamoada,  jamoatchilik  joylarda  o’zini  tutishi 

kabilarni  ifodalaydi.  Odatda  bular  falsafiy  ma’noda  axloq,  kundalik  hayotda, 

turmushda odob, xulq, fe’l-atvor hamda ularni o’rganuvchi fanni (ilmni) esa etika 

yoki axloqshunoslik deb yuritiladi. Shunday qilib, axloq kishilarning yaxshilik va 

yomonlikka  nisbatan  munosabatini  namoyon  etadigan  va  tarixan  tarkib  topgan 

xulq-atvor,  yurish-turish  va  hatti-harakatini  ifodalaydigan,  ularning  bir-biriga  va 

jamiyatga  bo’lgan  munosabatlarini  aks  ettiradigan  hamda  o’zaro  ixtiyoriy  tarzda 

amalga oshadigan norma va qoidalar yig’indisidir.  

Buyuk  mutafakkirlar,  olimlar  va  davlat  arboblari  ham  axloqqa  xuddi  Shunday 

ta’rif-tavsiflar  berganlar.  Taniqli  rus  faylasufi  V.G.Belinskiy  (1811-1848)  axloq 

nima?  U  nimadan  iborat  bo’lmog’i  kerak?,  -  degan  savollarni  qo’yib,  axloqqa 

Shunday ta’rif bergan:  

«Kishilarning  qadr  -  qimmati  va  uning  yuksak  mavqeiga  qat’iy,  chuqur  e’tiqod, 

unga  qizg’in  so’nmas,  ishonchdir.  Shu  e’tiqod,  shu  ishonch  jamiki  bashariyat 

ezguligining, barcha amaliy ishlarning qaynar bulog’idir».  



Chex  xalqparvar  pedagogi  va  jamoat  arbobi  Ya.A.  Komenskiy  (1592-1675) 

fikricha: «Axloqiylik deganda biz faqat tashqi muomalani ko’zda tutmaymiz, balki 

niyatning butun ichki mohiyatini tushunamiz».  

Markaziy  Osiyoning  buyuk  mutafakkiri  Abu  Nasr  Farobiy  (873-950)  aytganidek: 

«Daraxtning yetukligi uning mevasi bilan bo’lganidek, insonning barcha xislatlari 

ham axloqiy tarbiya bilan yakunlanadi».  

Ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy (1878-1934) yozganidek, «Tarbiya bizlar 

uchun  yo  hayot,  yo  mamot,  yo  najot,  yo  halokat,  yo  saodat,  yo  falokat 

masalasidir».  

Axloqning  mohiyatini  tushunishida  prezidentimiz  I.Karimovning  aytgan  quyidagi 

fikr-mulohazalar ayniqsa muhimdir: «Aslini olganda, axloq ma’naviyatning o’zagi. 

Inson  axloqi  shunchaki  salom-alik,  xushmuomalalikdan  iborat  emas.  Axloq  –  bu 

avvalo  insof  va  adolat  tuyg’usi,  iymon,  halollik  degani»;  «Halollik  va  fidoyilik 

faoliyatimizning  asosiy  mezoni  bo’lsin»;  «…Vijdon  bilan,  iymon  bilan,  diyonat 

bilan o’ynashib bo’lmaydi»;  

Buyuk  mutafakkirlarimiz  hamda  Prezidentimizning  yuqoridagi  fikrlari  axloqni 

quyidagicha  ta’riflash  imkoniyatini  beradi:  Axloq  deb  -  kishilarning  yaxshilik  va 

yomonlikka  munosabatini  namoyon  etadigan  va  tarixan  tarkib  topgan  xulq-atvor, 

ularning yurish-turishini, o’zlarini tutishini, fe’l-atvorini, xulq-odobini, o’zaro bir-

biriga,  mehnatga,  ijtimoiy  faoliyatga,  oilaga,  jamoaga,  boshqa  ijtimoiy 

birlashmalarga, 

jamoatchilikka, 

Vatanga, 

millatga, 

jamiyatga 

bo’lgan 


munosabatlarini  ifodalovchi    hamda  hatti-harakatini  tartibga  solish,  boshqarishga 

xizmat  qiluvchi  his-tuyg’ulari,  ehtiyojlari,  talablari,  baholashlari,  qoidalari, 

tamoyillarining jamiga aytiladi.  

Qisqa  qilib  aytganda, 




Download 416,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish