5-mavzu. Etika fanining predmeti, asosiy muammolari va kasbiy axloq



Download 416,96 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana12.01.2022
Hajmi416,96 Kb.
#338682
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-мавзу 4 йиллик

Etika va estetika. 

Axloq falsafasi boshqa ijtimoiy va falsafiy fanlar bilan o`zaro 

aloqadorlikda  rivojlanib  kelmoqda.  Ayniqsa,  uning  estetika  bilan  aloqasi  qadimiy 

va o`ziga xos.  

Avvalo, insonning har bir xatti-harakati va niyati ham axloqiylikka, ham nafosatga 

tegishli  bo`ladi, ya`ni  muayyan  ijobiy  faoliyat  ham  ezgulik  (ichki go`zallik), ham 

nafosat  (tashqi  go`zallik)  xususiyatlarini  mujassam  qiladi.  Shu  bois  Suqrot, 

Aflotun,  Forobiy  singari  qadimgi  faylasuflar  ko`p  hollarda  axloqiylikni  ichki 

go`zallik,  nafosatni  tashqi  go`zallik  tarzida  talqin  etganlar.  Bundan  tashqari, 

ma`lumki, san`at nafosatshunoslikning asosiy tadqiqot ob`ekti hisoblanadi. Har bir 

san`at  asarida  esa  axloqning  dolzarb  muammolari  ko`tariladi  hamda  san`atkor 

doimo  o`zi  yashayotgan  zamonda  erishilgan  eng  yuksak  axloqiy  daraja  va  unga 

munosabatni  badiiy  qiyofalar  orqali  bevosita  yoxud  bilvosita  aks  ettiradi.  Ayni 

paytda,  bu  ikki  fanda  ba`zan  bir  tushunchaning  ikki  xil  ko`rinishini  uchratish 

mumkin.  Chunonchi,  estetikadagi  ulug`vorlik  tushunchasi,  etikada  qahramonlik 

tarzida tavsiflanadi. Shuningdek, estetikada ildizi etikagaa borib taqaladigan inson 

axloqiyligi  darajasi  bilan  bog`liq  xulqiy  go`zallik  degan  tushuncha  ham  mavjud. 

Demak, estetika o`rganayotgan  har bir badiiy  asar  ayni  paytda,  ma`lum  ma`noda, 

etika nuqtai nazaridan ham tadqiq etilayotgan bo`ladi.  

Etikai  va  dinshunoslik. 

Axloq  falsafasining  dinshunoslik  bilan  aloqasi  shundaki, 

har  ikkala  fan  ham  bir  xil  muammo  -  axloqiy  mezon  muammosini  hal  etishga 

qaratilgan.  Chunki  umumjahoniy  dinlar  vujudga  kelguniga  qadar  mavjud  bo`lgan 

ma`lum urf - odatlar va qadriyatlar muayyan diniy qonun  - qoidalarga, muqaddas 

diniy  kitoblarga  katta  ta`sir  ko`rsatgan.  Ayni  paytda,  dinlar  ham  axloqqa  ana 

shunday ta`sir o`tkazganlar.  



Chunonchi,  islom  dinini  oladigan  bo`lsak,  Qur`oni  karim,  Hadisi  sharif,  Ijmo`  va 

muayyan fatvolardagi mezonlar hamda talablar musulmon Sharqi millatlari axloqiy 

darajasining  shakllanishida  katta  ahamiyat  kasb  etgan.  Tasavvuf  ta`limotini  esa 

rosmana  islomiy  axloq  falsafasi  deyish  mumkin.  Shuningdek,  komil  inson 

muammosi  har  ikkala  fan  uchun  umumiy  hisoblanadi.  Farq  shundaki,  Axloq 

falsafasi bu muammoga zamonaviy tarbiya nuqtai nazaridan yondashadi.  



Etikai  va  huquqshunoslik. 

Etikaning  huquqshunoslik  bilan  aloqasi  uzoq  tarixga 

ega.  Ma`lumki,  juda  ko`p  hollarda  axloq  me`yorlari  bilan  huquq  me`yorlari 

mohiyatan  va  mazmunan  bir  xil  bo`ladi.  Shunga  ko`ra,  axloqni  jamoatchilik 

asosidagi  huquq,  huquqni  esa  qonuniylashtirilgan  axloq  deb  atash  mumkin.  Zero, 

etikai  bilan  huquqshunoslikning  tadqiqot  ob`ektlari  ko`p  jihatdan  o`xshash,  ular 

faqat  yondashuv  usuli  nuqtai  nazaridan  farq  qiladi,  ya`ni  huquq  me`yorlarining 

bajarilishi,  odatda, maxsus  adliya  idoralaridagi lavozimli kishilar  orqali,  majburiy 

sanksiyalar  vositasida  yo`lga  qo`yiladi;  axloq  me`yorlari  esa  umumiy  qabul 

qilingan  milliy  urf-odatlar,  jamoatchilik  fikri  yordamida,  alohida  belgilangan 

kishilar tomonidan emas, balki muayyan ijtimoiy guruh, jamiyat tomonidan amalga 

oshiriladi.  

Shuningdek, huquqshunoslik kasbi  uchun muhim  bo`lgan  amaliy  axloq  jihatlarini 

etikaining  huquqshunos  odobi  deb  ataladigan  maxsus  sohasi  tadqiq  qiladi  va 

tavsiya etadi.  

Etikai  va  pedagogika.  Etika

i  pedagogika  bilan  ham  chambarchas  aloqada. 

Pedagogikadagi  shaxsni  shakllantirish,  tarbiyalash,  ta`lim  berish  jarayonlarini 

pand-nasihatlarsiz, odobnoma  darslarisiz  tasavvur  qilib  bo`lmaydi.  Shu  bois  etika 

o`zining  nazariy  va,  ayniqsa,  amaliy  jihatlari  bilan  pedagogikaning  asosi 

hisoblanadi. Zero, maorif tizimidagi ta`lim-tarbiya o`zini har bir qadamda axloqiy 

tarbiya sifatida namoyon qiladi.  

Etikai  va  ruhshunoslik. 

Qadimdayoq  etikaning  ruhshunoslik  (psixologiya)  bilan 

aloqasi  alohida  ahamiyatga  ega  bo`lgan.  Zotan,  bu  ikkala  fan  kishilar  xatti-

harakati,  fe`l-atvori  va  mayl-istaklarini  o`rganadi.  Lekin  bu  o`rganish  ikki  xil 

nuqtai  nazardan  olib  boriladi:  ruhshunoslik  u  yoki  bu  xatti-harakat,  fe`l-atvor, 



sababiy  asos  (motiv)larning  ruhiy  tabiati  va  shakllanish  shart-sharoitlarini  ochib 

beradi,  etika  esa  ruhshunoslik  tadqiq  etgan  hodisalarning  axloqiy  ahamiyatini 

tushuntiradi.  Ruhshunoslik  hissiyotlar  sifatida  o`rganadigan  insondagi  ko`pgina 

ma`naviy  hodisalar  etika  tomonidan  falsafiy-axloqiy  tushunchalar  tarzida  tadqiq 

etiladi.  

Etika  va  sotsiologiya

.  Etikaning  sotsiologiya  bilan  aloqasi  o`ziga  xos.  Bu  ikkala 

fan  inson  faoliyatini  boshqarishning  ijtimoiy  murvatlaridan  bo`lmish  axloqni 

o`rganadi.  Lekin  etikaning  miqyosi  bu  borada  keng.  Ma`lumki,  sotsiologiya 

insonlarning  ommaviy  xatti-harakati  va  ularning  qonuniyatlarini  faqat  muayyan 

ijtimoiy  tuzum  doirasidagina  tadqiq  etadi.  etika  esa,  o`z  mohiyatiga  ko`ra,  lozim 

bo`lganda, muayyan ijtimoiy tuzum yoki davr doirasidan chiqib, inson axloqining 

yuksak  yutug`i  sifatida  kelgusi  davrlar    uchun  ham  tarixiy  va  axloqiy  ahamiyat 

kasb  etgan  shaxsiy,  istisnoli  xatti-harakatlarni  hamda  ularning  sababiy  asoslarini 

o`rganadi.  



Etika va siyosatshunoslik

. Etikaning siyosatshunoslik bilan aloqasi, ayniqsa, o`ziga 

xos  va  murakkab.  Chunki  siyosiy  kurash  qarama-qarshi  axloqiy  qoidalar  va 

talablar  kurashini  taqozo  etadi.  Shaxsiy  intilishlar  bilan  davlat  va  jamiyat 

manfaatlarining  mosligi,  maqsadlar  va  vositalarning  pok  yoki  nopokligi 

muammolari  o`rtaga  chiqadi.  Lekin,  aslida  siyosat  qay  darajada  axloqiylik  kasb 

etsa,  shunchalik  u  oqilona  bo`ladi.  Bu  hozirgi  kunda  etika  ham,  siyosatshunoslik 

ham  jiddiy  tadqiq  etadigan  eng  muhim  umumiy  muammolardan  biridir. 

Shuningdek,  rahbarlik  odobi,  partiyaviy  odob,  etiket  singari  etikaning  axloqiy 

madaniyati  doirasiga  kiruvchi  maxsus  sohalari  ham  siyosatshunoslik  bilan 

chambarchas bog`liq.  

Etikai  va  ekologiya

.  Keyingi  paytlarda  etikaning  ekologiya  bilan  aloqasi  tobora 

mustahkamlanib  bormoqda.  Tarixan  etika  ko`proq  insonning  o`zi,  o`zgalar  va 

jamiyat  oldidagi  majburiyatlarini  tahlil  etish  bilan  shug`ullangan,  uning  tabiatga 

bo`lgan  munosabati  diqqat  markazidan  chetda  qolib  kelgan.  Lekin  keyingi 

davrlarda,  ayniqsa,  XX  va  XXI  asrda  tabiatga  nisbatan  tor  manfaatparastlik 

doirasidagi  yondashuvlar  oqibatida  paydo  bo`lgan  ekologik  buhron  manzarani 



o`zgartirdi. Endilikda global ekologik muammolar ko`proq odamlarning ijtimoiy  -

axloqiy nuqtai nazarlariga bog`liq ekani ma`lum bo`lib qoldi.  

Shunday qilib, hozirgi kundagi ekologik muammolarni hal etishning ko`p jihatlari 

etika  ko`magiga  borib  taqalmoqda.  XX  asrda  ekologik  etika  degan  maxsus  soha 

ham yuzaga keldi. Lekin, bu- etika ekologiyani to`liq o`z ichiga oladi, degan so`z 

emas.  Chunki  etikada  axloqiy  baholash  va  boshqarish  ob`ekti  sifatida  tabiatning 

o`zi emas, balki odamning tabiatga bo`lgan munosabati maydonga chiqadi.  

Etika va g`oyalar falsafasi. Garchand o`quv fani sifatida g`oyalar falsafasi oliy va 

o`rta  maxsus  ta`lim  tizimida  yaqinda  joriy  etilgan  bo`lsa-da,  uning  ildizlari 

qadimiy  ma`naviyat  tariximizga  borib  taqaladi.  Zero,  har  bir  milliy  mafkura 

tizimida axloqiy g`oyalar albatta o`z o`rniga ega bo`ladi, ko`pgina axloqiy g`oyalar 

zamirida  esa  milliy  mafkura  unsurlari  yotadi.  Shu  sababli,  etika  tarixini  milliy 

g`oya,  mafkura  tushunchalarisiz  va  tarixiy  davrlarning  axloqiy-falsafiy  tadqiqini 

ularning tahliliy in`ikosisiz tasavvur qilish mumkin emas.  

Etika  fani  jamiyat  a`zolari  va  har  bir  fuqaroga  milliy  g`oyani  singdirish  vositasi 

sifatida  ham  diqqatga  sazovor.  Chunki  milliy  g`oya  ezgulikka  muhabbat,  milliy 

qadriyatlarga  hurmat-e`tibor,  vatanparvarlik,  millatparvarlik,  fidoyilik,  ziyolilik 

tamoyillarini  siyosiy  anglash  ishtirokida  talqin  etilgan  tushunchalar  tizimi  tarzida 

taqdim  qilsa,  etika  ularni  axloqiy  anglash  vositasida  ro`yobga  chiqadigan 

tamoyillar  sifatida  olib  qaraydi.  Xullas,  etika  bilan  g`oyalar  falsafasi  o`rtasida, 

xalqona til bilan aytadigan bo`lsak, et bilan tirnoq darajasidagi yaqinlik mavjud




Download 416,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish