5-mavzu: geografiya ta’limida qo‘llaniladigan metodlar tasnifi tayanch so‘zlar



Download 40,76 Kb.
bet12/14
Sana31.12.2021
Hajmi40,76 Kb.
#258321
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
5-Ma'ruza

Juft-juft muloqot

Biror mavzu bo‘yicha yonma-yon o‘tirgan o‘quvchilarni o‘zaro muloqotga chorlash; o‘zaro fikr almashish va ularni ba’zilarini tinglash;



Ovozga qo‘yish metodi

Dars davomida bahsli vaziyatni keltirib chiqarish; yuzaga kelgan bahs munozarani boshqarish maqsadida, bahs yuritayotgan tomonlarning fikrlarini sinf bo‘yicha ovozga qo‘yish; har bir fikr bo‘yicha qarshi, rozi va betaraflarni aniqlash; tomonlarning dalillarini va fikrlarini tinglash; so‘ng yana ovozga qo‘yish; xulosalash;



«Charxpalak» usuli

Mazkur metod guruhlarda ishlash usulining takomillashtirilgan ko‘rinishi bo‘lib, uning yordamida o‘quvchilar o‘rganiladigan material bo‘yicha ma’lum bilimga mustaqil ega bo‘lish, jamoa bilan ishlash malakasini ega bo‘lish, boshqalarni o‘qitish, axborot bilan almashish hamda jamao bo‘lib qaror qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.


5.2. Geografiya o’qitish mrtodlari haqida tushuncha

Ta’lim jarayonida o‘quvchilar muayyan bilimlar ko‘nikma va malakalarni egallaydilar. Didaktikada metod-deganda, o‘qituvchi rahbarligida turli metodlar vositasida o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma malakalari bilan qurollantirishda hamda, ularning dunyoqrashini shakllantirish tushuniladi.

O‘quv materiali mazmuni ta’limning turli vositalari yorlamida va turli metodlar bilan o‘zlashtiriladi. Shu sababli har doim o‘qituvchi oldida muvaffaqichtliroq va saraliroq o‘qitish va o‘qishga yordam beradigan yo‘llarni egallash muammosi turadi. O‘quv materiallarini o‘rganishning turli shakllarini qidirish, darsning maqsadlari, vazifalarini anglab olishdan boshlanadi. Metod so‘zi grekcha “metodos” so‘zidan olingan bo‘lib aynan «tadqiqot» degan ma’noni anglatadi.

Didaktika fani metod terminiga ta’rif berish bo‘yicha aniq bir qoidani hali yaratganicha yo‘q. Bu masala borasida turli ta’rif va qoidalar mavjud. Didaktika fanida ta’lim metodi deganda o‘qituvchi va o‘quvchining ta’lim jarayonida birgalikdagi faoliyati tushunioali. Bunda ular qo‘yilgan maqsad uchun birgalikda harakat qiladilar. Metod o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati turlarini, ta’lim qanday kechishligini, o‘qituvchilar materialini qay darajada tushuntirishi kerakligi bilan belgilanadi. Metodning alohida detallari usul deyiladi.

Masalan: yangi bilimni o‘zlashtirishda darslik bilan ishlash bunga misol bo‘lishi mumkin. metod va usul o‘rtasida doimiy aloqa mavjud. Geografiya asoslarini puxta o‘zlashtirish, o‘qvchining bilim olish qobiliyatlarini rivojlantirish va ularni hayotga tayyorlash ma’lum darajada ta’lim metodlariga bog‘liq.

Ta’lim metodlari-o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilar faoliyatini belgilaydigan ish metodlari bo‘lib, o‘quv materialini nazariy va amaliy o‘zlashtirish shaklidir.

Ta’lim metodlari o‘quvchilarga bilim berish, ko‘nikma va malaklarni egallash bilingina cheklanib qolmaydi. Ta’lim metodlari deyilganda, o‘quvchilarning ijodiy faoliyatlarini shakllantiradigan, bilimlarni mustaqil o‘zlashtirga o‘rgatadigan, to‘laroq ilmiy bilimni asoslangan to‘g‘ri dunyoqarash va e’tiqodni tarbiyalaydigan metodlarga tushuniladi.

Ta’lim metodlari uchun 2 ta asosiy xususiyat xos:



  1. Metodlar-o‘qituvchi faoliyati yo‘l yo‘riqlari bo‘lib, o‘quvchi faoliyatini belgilashga yordam beradi.

  2. Ta’lim metodlari faqat bilim, ko‘nikma, malaklarini shallantirish biliangina cheklanmasdan balki, o‘quvchilarda ijodiy faoliyat bilimlarni mustaqil egallash qobiliyatini tarbiyalashga ham yordam beradi.

Ta’lim metodlari o‘qitishning umumiy va aniq maqsadlariga hamda maktab ta’limining mazmuniga ham bog‘liq. Ta’lim metodlari ko‘p hollarda o‘quvchilarning ruhiyati yoki xususiyatlarini e’tiborga olishni talab qiladi. Uni tanlash maktabning moddiy texnika vositalarini, kartalarni, atlaslarni va ulardan foydalanish imkoniyatlarini hasobga oladi. O‘qitish metodlari pedagogikada maktab joylashgan sharoitda, hamda o‘qituvchilar tajribasida tarkib topgan an’analarga ham bog‘liq bo‘ladi. Masalan: o‘qituvchi o‘z ishiga alohida tus bag‘ishlaydigan muayyan metodlardan foydalanishni afzal ko‘radi. Ilmiy texnika jarayon sharoitida an’anaviy metodlarni takomillashtirishga va yangi metodlarni izlab topishga tobora jiddiy talablar qo‘yilmoqda. Ta’lim metodlari muammosi eng asosiy muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. U quyidagi talablarga javob berishi kerak.

Birinchi talab: metodning tarbiyaviyligi bunda har qanday metod o‘quvchilarning umumiy rivojlanishiga, bilimga qiziqishlarini e’tiqod, his-tuyg‘u qarashlariga ta’sir ko‘rsatadi. Ta’limning tarbiyaviy vazifasini amlaga oshirish metodning tanlashiga bog‘liq.

Ikkinchi talab: metodning ilmiyligi dars berish va ta’limning har qanday metodi o‘quv jarayonining qonuniyatlari bilan belgilanadi. Metod ilmiy jihatdan qanchalik asoslangan bo‘lsa, shunchalik ravshan va aniq bo‘ladi. Eng muhimi shundaki, biror metod yordamida qayday umumiy va aniq vazifalarni hal etish mumkinligini, u qanday mazmunga mos kelishini, faoliyatining qonday turlarini talab qilishni va ularni qanday tashkil etish lozimligini ko‘ra bilish kerak. Metodning ilmiyligi grafik voqea va hodisalarni, qonuniyatlarini to‘g‘ri anglashni ta’minlaydi va o‘quvchilarni to‘g‘ri ilmiy tasavvurga olib boradi.

Uchinchi talab: metodning ommabopligi. Bunday o‘quvchilar rivojlanishining pedagogik-ouhiy imkoniyatlari e’tiborga olinadi. Agar metod o‘quvchilarda mavhum tafakkurni ham egallay oladi va jadal rivojlanadi. Demak, metod tanlanganda o‘quvchi nimalarni tushuntirish kerakligi haqda emas, balki u nimani tushuna olishi haqida ham o‘ylash kerak.

To‘rtinchi talab: Ta’lim metodining samaradorligi, uning o‘quv materialining mustahkam egallashga qaratilganligidir.

Beshinchi talab: O‘z ish faoliyatida ilg‘or tajribalarni qo‘llash va uni muntazam o‘rganish Nazariya va amaliyotda ta’lim metodlari bilan bog‘liq yangiliklarni doimo o‘rganib borish lozim. Geografiya o‘qitish metodlari haqda so‘z borar ekan «Metod», «Usul» degan so‘zlar yonma-yon uchraydi. Meod uchul bir-biridan ba’zan farq qlmaydi, bir xil ma’noda yuirtilib kelinadi. Masalan: kartalarni solishtirish-taqqoslash metodi deb yuritiladi. Bu noto‘g‘ri chunki kartalarni solishtirish metod emas, u solishtirish usulidir xolos. O‘zbek tilidagi mavjud qo‘lanmalarda taqqoslish ham, solishtirish ham birdek-taqqoslash deb ishlatiladi. Bu chalkashliklardir. Taqqoslash-o‘rganilayotgan geografik ob’ektni ilgari o‘rganilgan ob’ekt bilan taqqoslash tufayli o‘ziga xos xususisyatlarini ochib beradi. Maslan, Janubiy Amerika cho‘lini Osiyo cho‘li bilan, Sirdaryoni Yenesey bilan taqqoslab. Ularning o‘ziga xos xususiyatlari ochib beriladi.

Taqqoslash og‘zaki bayon metodining bir usulidir. Solishtirish kartalarni oslishtirish va tahlil qilish bilan bir geografik ob’ektga xos bo‘lgan ob’ekt va hodisalarning sabablarini aniqlashdan iborat. Masalan: turli mazmundagi kartalar solishtirilib tahlil etiladi. Solishtirish-kartografik qo‘lanmalar bilan ishlash metodining bir usulidir. Metod usullar yig‘indisidan iborat. Usul esa metodning tarkibiy qismidir. Geografiyaga xos bo‘lgan karta bilan ishlash metodi bir necha usullarni o‘z ichiga oladi. Masalan: a) karta bo‘ylab sayohat;

b) kontur kartaga geografik ob’ektlarni tushirish; v) kartalarni solishtirish va h.k.

Ba’zi usullarni bir necha metod tarkibiga kiritish ham mumkin. Demak, metodga, metod esa o‘z navbatida metodga mumkin. Taniqli metodist M.K.Kovalevskaya ta’lim vositalarini (darslik karta bilan ishlash), bilimning og‘zaki bayon shakllari (hikoya suhbat, tushuntirish, ma’ruza) ni bilish metodlari (taqqoslash, kartalarni qiyoslash, umumiy xulosalar chiqarish)ni o‘quvchilarning o‘quv faoliyati turlari va shakllari (nazariy bilimlarni egallash, amaliy ish metodlari, mustaqil ish metodlari)ni metodik metodlar deb hisoblangan. Metodlar turlicha bo‘lishi mumkin. masalan: taqqoslish usuli og‘zaki bayon. Suhbat. Karta bilan ishlash metodlarida ishtirok etishi ham mumkin. demak, metod bilan usul o‘rtasida uzviy bag‘lanish bor.

Ta’lim metodlarining tasnifi shu tarzda kelib chiqadini, bu narsa o‘qituvchiga o‘quvchilarning o‘quv materialini egallash shakllaridagi o‘xshash va tafovut qiladigan muhitlarni chuqurroq anglab olishda hamda o‘z o‘qituvchilik faoliyatini muvaffaqiyatliroq tashktl etishda yordam beradi. Ta’lim metodlari muayan belgilariga ko‘ra guruhlarga ajratiladi.

Hozirgi kunda ta’lim nazariyasi va geografiya ta’limida quyidagi tasnif keng tarqalgan:

I.Bilim olishni asosiy manbalariga ko‘ra:


  1. Og‘zaki bayon (hikoya, tushuntirish, ma’ruza)

  2. Suhbat

  3. Kartografik qo‘llanmalar bilan ishlash

  4. Ko‘rsatmali qo‘llanmalar bilan ishlash.

  5. Kuzatish va tajribalar.

  6. Raqamli materiallar bilan ishlash.

  7. Darslik va qo‘shimcha adabiyotlar bilan ishlash.

  8. Amaliy metodlar

II. Didaktik maqsadlarga ko‘ra:

  1. Yangi materiallarni o‘rganish.

  2. Bilimlarni mutahkamlash

  3. Bilim ko‘nikma, malakalarni tekshirish metodlari.

III. Xulosa chiqarish faoliyatiga ko‘ra:

  1. Analitik

  2. Sintetik

  3. Induktiv

  4. Deduktiv metodlar.

Fikrlash faoliyati va bilim olish faolligi xususiyati bo‘yicha I.Ya.Lerner, M.N.Skatkin bo‘yicha metodlar tasnifi quyidagicha:

  1. Izohli ko‘rgazmali metod

  2. Reproduktiv yoki olingan bilimlarni qayta tiklash metodi.

  3. Muammoli bayon

  4. Qisman izlanuvchi metod

  5. Tadqiqot metodi.

S.G.Shapovalenko didaktik metodlarni 3 ta guruhga ajratishni tavsiya etadi.

  1. Og‘zaki metodlar

  2. Ko‘rgazmali metodlar

  3. Amaliy metodlar

Yuqoridagi barcha metodlarni sharli ravishda ikki: «Yangi bilim olish metodlari» va «Olingan bilimlarni qayta tiklash metodalariga» ajratish ham mumkin. har bir ta’lim metodi bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan ta’limiy va tarbiyaviy tomonlar bilan birlashib turadi.

Ko‘pchilik pedagoglar ta’limda faol va sust metodlarni ham ajratadilar. Bu unchalik to‘g‘ri yo‘l emas. Chunki barcha metodlar ham o‘rnida to‘gri qo‘llanilsa, o‘quvchilar faoliyatini faolllashtirish mumkin. Metod tanlashda ko‘pgina tomonlarni e’tiborga olish zarur.

O‘quvchilarning bilish faoliyati ko‘pgina omillarga xususan o‘quv materialining murakkabligini nazariy bilimlar hajmi sinfning darajasi, o‘quvchilarning mustaql ishlarni qay darajada bajara olish qobiliyati va h.k bog‘liq. Ayrim metodlar o‘quvchilarda esda saqlab qolishni, ayrimlari fikrlashni ba’zilari his-hayajonni rivojlantiradi.

Har bir metod ijobiy va salbiy tomonlarga ega. M: hikoya va ma’ruza metodlarini qo‘llash shu paytda yaqin natija beradiki qachonki o‘quvchilarda bilim olishga ishtiyoq kuchli bo‘lsa. savol javob metodi bilan dars o‘tish o‘qituvchilardan ko‘p vaqt va mahorat talab qilishi bilan birga o‘quvchidan ham zarur bilimlar bo‘lishini taqazo etadi. Yoki muammosi hamda tadqiqot metodlarini qo‘llash, uni uyushtirish uchun ko‘p vaqt o‘qituvchilardan esa kuchli bilim talab etadi. Biror metodni tanlagan paytda albatta o‘quvchilarning bilish faoliyati, aqliy darajasi. Ta’lim vositalari bilan ta’minlanganlik ahvoli ham e’tiborga olinishi kerak.



Download 40,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish