5-mavzu: geografiya ta’limida qo‘llaniladigan metodlar tasnifi tayanch so‘zlar



Download 40,76 Kb.
bet14/14
Sana31.12.2021
Hajmi40,76 Kb.
#258321
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
5-Ma'ruza

5.1. jadval. Ta’lim metodlari



Umumiy metodlar

Xususiy metodlar

1

Og‘zaki bayon

Tushuntirish, hikoya, o‘quvchining o‘qib berishi. Taqqoslash, savol-javob, suhbat ma’ruza.

2

Kartografik qo‘llanmalar bilan ishlash

Reja, topografik karta, umumgeografik karta, mavzuli karta, kontur karta. Karta sxema, globus bilan ishlash. Geografik nomlarini o‘rganish karta bo‘ylab sayohat, karta ko‘chirish, kartogrammalar tuzish va h.k

3

Darslik va qo‘shimcha adabiyotlar bilan ishlash.

Izohli o‘qish, mavzu rejasi tuzish, darsslik matnini mustaqil o‘qish, darslikdagi mashq va topshiriqlarni bajarish. Darslikdagi karta sxema, sxema rasmlar bilan ishlash, vaqtli matbuat yangiliklarini o‘qish, xrestomatiya ma’lumotlaridan o‘qib borish, badiiy adabiyotdan mavzuga oid parcha o‘qish va h.k

4

Ko‘rgazmali qo‘llanmalar bilan ishlash.

Rasmlar bilan ishlash. Texnika vositalari bilan ishlash (diafilm, kinofilm, dioproektorlar) hajimli qo‘llanmalar bilan ishlash. (globus model jellyuriy maket, gerbariy va h.k) grafik tasvirlar sxema, diagramma. Profil turli chizmalar bilan ishlash turli hisob kitoblar qilish va h.k

5

Kuzatish.

Ob’ekt va hodisani bevosita kuzatish rasmlar, diapozitivlar, kinofilmlarni kuzatish geografik, astranomik gidrolik, gemerfologik, fenalogik kuzatishlar ekskursiyalar va tajribalar.

6

Birlamchi manbalar.

Davlat hujjatlari geografik matnlar, gazeta jurnallar badiiiy adabiyotlar bilan ishlash.


Yuqoridagi turli shakl – formalardan foydalanishda, o’quvchilarni shu jarayonda ishlashga tayyorlab, ularni ko’nikma va malakalarga ega bo’lgan hollarda qo’llanilsa, kutilgan natijalarni olish mumkin. Boshlang’ich ta`lim darslarida tashkil etilayotgan ta`lim-tarbiya jarayonini interfaol metodlar asosida tashkil etishga bo’lgan ijtimoiy buyurtma mohiyatini nazorat guruhi respondentlarining 34 foizi, tajriba guruhining 43 foizi ijobiy tarzda e`tirof etgan bo’lsalar, tegishli ravishda 30/21 foiz respondentlar esa boshlang’ich ta`lim darslari faoliyatini interfaol metodlar asosida tashkil etish muammosining u qadar dolzarblik kasb etmaslikligini, O’zbekiston Respublikasida kechayotgan o’tish davri sharoitidagi ayrim muammolarning mavjudligi bu borada muayyan yutuqlarni qo’lga kiritish imkonini bermasligini ta`kidlaydilar. Boshlang’ich ta`lim darslari o’qituvchilarining interfaol metodlar mohiyatidan xabardor bo’lmasligiga asosiy ta`sirni ko’rsatgan omillar ichida ushbu nazariya mohiyatidan ma`lumot beruvchi manbalarning mavjud ehtiyojlarni qondira olmasligi etakchi o’rin tutishini tegishli ravishda respondentlarning 42/46 foizi alohida ta`kidlab o’tgan bo’lsalar, 22/28 foiz respondentning javoblari ijobiy xarakterdadir. Pedagogik texnologiyalar mohiyatidan xabardor etuvchi manbalarning deyarli rus tilida ekanligi ham 42/36 foiz respondentlarning e`tiroziga sabab bo’lgan. To’rtinchi savolga javob bergan respondentlarning 30/9 foizi boshlang’ich ta`lim darslari ma`muriyati tomonidan pedagogik jarayonni interfaol metodlar asosida tashkil etish masalasiga e`tiborning qaratilayotganligini e`tirof etgan bo’lsalar, 34/31 foiz respondentlar ushbu fikrga qarama-qarshi bo’lgan mulohazani qayd etadilar. Respondentlarning 30/33 foizi garchi kasb-hunar kolleji o’quv faoliyatini interfaol metodlar asosida tashkil etish borasida muayyan yutuqlar qo’lga kiritilmagan bo’lsada, o’quv yurti rahbariyatining bu yo’lda olib borayotgan harakatini qo’llab-quvvatlashlarini ta`kidlab o’tganlar. Boshlang’ich ta`lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish uchun poydevor bo’lishi lozim bo’lgan pedagogik shart-sharoitlarning ba`zi o’qituvchilar qzlari ishlayotgan kasb-hunar kollejida mavjud ekanligini tegishli ravishda 23/26 foiz respondent e`tirof etgani holda, 41/38 foiz respondentlar ushbu fikrga zid bo’lgan fikrni bildirganlar. Savolnoma tarkibidan o’rin olgan ettinchi savolga javob qaytarar ekanlar kuzatilgan respondentlarning 10/14 foizi pedagogik faoliyatini texnologik yondashuv asosida tashkil etayotgan o’qituvchilarning kasb-hunar kolleji rahbariyati tomonidan rag’batlantirilib borilayotganligini ta`kidlaydilar. Biroq aniqlangan kqrsatgichlar nihoyatda past bo’lib, bu boradagi holat mutlaqo qoniqarsiz ekanligini anglatadi. Kuzatilgan 54/50 foiz respondent ushbu savolga salbiy ma`noda javob qaytargan. Boshlang’ich ta`lim darslarining o’qituvchilari pedagogik texnologiyalar mohiyatini o’zlashtirish jarayonida xalqaro hamda ijtimoiy tashkilotlarning bu boradagi yordamlarini qay darajada his etayotganliklarini aniqlashga qaratilgan savolga respondentlarning 12/11 foizi ijobiy va 52/53 foizi salbiy javob qaytarganlar. Bizning nazarimizda mazkur o’rinda xalqaro tashkilotlarning yordamini e`tirof etish maqsadga muvofiqdir. Tadqiqot doirasida olib borilgan tajriba-sinov ishlariga jalb etilgan respondentlar tomonidan bayon etilgan javoblardan ko’rinib turibdiki, boshlang’ich ta`lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish bugungi kun talablari darajasida emas ekan. Mazkur holatni bartaraf etish uchun maxsus dastur asosida muayyan pedagogik faoliyatni maqsadga muvofiq tarzda amalga oshirish lozim.

Nazorat savollari:


    1. Savod o’rgatish yo’llari qaysilar?

    2. Ta’lim mrtodlarini sanab o’ting

    3. Birlamchi manbalar?

    4. Suhbat usuli ma’ruza vaqti davomiyligi qancha?

    5. S.G.Shapovalenko didaktik metodlarni nechta guruhga ajratishni tavsiya etadi?

    6. Ta’lim metodlari uchun qaysi asosiy xususiyatlar xos?

    7. Ta’lim metodlarida o‘qituvchining xislatlari, aks etgan bo‘ladi?

Download 40,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish