6-mashg‘ulot. Kashandalik va uning salbiy oqibatlari



Download 39,51 Kb.
bet3/8
Sana16.03.2022
Hajmi39,51 Kb.
#497639
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ГИЁҲВАНЛИК ва КАШАНДАЛИК

Yurak va tomirlar. Qonga tushish tezligi bo‘yicha og‘izning shilliq bo‘shlig‘i orqali ko‘plab moddalarning so‘rilishligi ichki venaga kirish bilan teng bo‘ladi. Shuning uchun sigaret tutunining qonga so‘rilishi surunkali kislorod ochligiga olib keladi, yurakka nisbatan salbiy ta’sirni oshiradi, chunki kislorodga to‘yinmagan qonga tomirlar bo‘ylab yanada ko‘proq kislorod berilishiga sabab bo‘ladi. Ma’lumki, chekuvchilarda odatda arterial gipertoniya rivojlanadi, stenokardiya paydo bo‘ladi, infarkt miokardi rivojlanadi. Bu kasalliklarni davolash qiyin kechadi va odatda o‘limga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlarni keltirib chiqaradi.
Miya va nerv sistemasi. Birinchi navbatda miya to‘qimasi va nerv sistemasi surunkali kislorod ochligidan qiynaladi – bu bosh og‘riqlar, bosh aylanishi, ish qobiliyatining tushib ketishi, toliqish, yangilikni o‘zlashtirishning susayishi, ayniqsa o‘sib kelayotgan avlod uchun. Butun nerv sistemasi azob chekadi, noturg‘un kayfiyat paydo bo‘ladi, ta’sirchanlik, yuqori darajadagi toliqish kuzatiladi.
Nafas olish tizimi. Yuqori nafas olish yo‘llarining, traxeyalar, bronxlarning buzilishi va sigaret chekishning salbiy ta’siri bilan bog‘liq bo‘lgan o‘pkaning kasallanishi: bevosita va bilvosita toksik, kanserogen ta’sir, sigareta tutunining bland temperaturasi va h. Lablar, og‘iz bo‘shlig‘i, til, tomoq, traxeyalar, bronxlar, o‘pkaning saraton kasalliklari chekish bilan bog‘liq.
Kekirdak, oshqozon, oshqozon osti bezi, o‘t pufagi. Sigaret tutuni metabolitlari (nikotin, smolalar) ning tupuk bilan kekirdakka, undan oshqozonga tushishi surunkali shamollashni rivojlantirishi mumkin. Bu yaralarni va saraton kasalliklarini keltirib chiqaradi. Surunkali chekish qandli diabetni, o‘t pufagi diskeneziyasini rivojlantirishi va o‘t pufagi va oshqozon osti rakini keltirib chiqarishi mumkin.
Siydik chiqarish tizimi. Chekish bepushtlikka olib keladi, ayollarda – bola tashlashga, homiladorlik va tug‘ishning kechishi patalogiyasiga moyillik katta bo‘ladi. Ayniqsa bu homiladorlik paytida chekadigan ayollarga xavf tug‘diradi. Chekuvchi ayollar tuqqan bolalarda odatda chalalik, rivojlanishdan ortda qolish, infeksiyalarga qarshi tura olmaslik va h. kuzatiladi. Erkaklarning chekishi ularda impotensiyaning rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Yosh oshishi bilan chekuvchi kishilarda siydik yo‘lida saraton kasalliklarining kelib chiqishi xavfini oshiradi.
Teri, tishlar, tashqi qiyofa. Ulardagi o‘zgarishlarni chekuvchi kishida bir deganda kuzatish mumkin. Rang, terining tirishib qolishi, bevaqt paydo bo‘lgan ajinlar, sariq tishlar, qo‘llarning barmoqlaridagi sarg‘ayish organizmning sigaret mahsulotlaridan surunkali zaharlanganini ko‘rsatadi. Ovoz xiralashadi. Ayniqsa bu qizlarda tez ko‘zga tashlanadi.
Suyak tizimi. Chekuvchilarda odatda osteoporoz (suyak to‘qimalarining zaiflashuvi, suyaklarning sinuvchanligi), surunkali vitamin yetishmasligi rivojlanadi, ayniqsa D vitamini. U kalsiy tuzlarining so‘rilishi, uning normada almashinuvi va suyak to‘qimalariga singishi va h. lar uchun xizmat qiladi.
Passiv chekish salomatlik uchun faol chekishchalik zarar keltiradi!
Chekishdan voz kechishda xulq-atvorning uchta stili mavjud. ishonchli, ishonchsiz va
bog‘liq holda” shaxsiy yoki ijtimoiy zonada turadi. Suhbatda ko‘zga tik qaraydi, suhbatdosh tarafiga biroz o‘giriladi, qiziqayotgan holatda bo‘ladi, ochiq, “qo‘l, oyoqni chalishtirmaydi”.
Ishonchsiz xatti-harakatlar: inson o‘zgalarning irodasiga bo‘ysinadigan bo‘lsa, o‘z huquqlarini himoya tajovuzkorona xatti-harakatlar.
Ishonchli xatti-harakatlar: inson o‘zini va o‘zgalarni hurmat qilganda o‘z nuqtai nazarini himoya qila oladi, ham salbiy, ham ijobiy emosiyalarini ifodalay oladi. Xotirjam va shoshilmagan nutq, hurmat ohangi, nutqning o‘rtacha balandligi, o‘z fikrini mantiqiy ifodalashi, suhbatdoshni diqqat bilan eshitishi. “Mavjud munosabatlarga qilish uchun hech qanday xatti harakat ko‘rsatmaydi, suhbatdoshining fikriga qo‘shilmasa-da, o‘z fikrini aytmaydi. Nutqi tez, shoshib gapiradi yoki o‘ta sekin, “uzuq-yuluq iboralarni ishlatadi”. Sekin va tushinarsiz gapiradi. O‘zining so‘zini bo‘lib tashlashlariga imkon yaratadi, o‘z nuqtai nazarini himoya qilmaydi, asoslamaydi. Ko‘zga tik qaramaydi, odatda ko‘zi o‘ynaydi, yoki yerga qaraydi, yoki chetga qaraydi. Suhbatdoshdan chetda turadi. Yopiq holatda bo‘ladi, qo‘llari va oyoqlari hayajonini bildirib qo‘yadi (stolni qo‘llari bilan taqqillatadi, barmoqlarini asabiy qisirlatadi, qo‘llarini qisa boshlaydi).
Tajovuzkorona xatti-harakatlar: inson o‘z fikri va istagini go‘yoki unga qarshilik ko‘rsatishayotganday, yoki qo‘rqitishayotganday ifodalaydi. Bosim o‘tkazadi, o‘zgalar haqida o‘ylab ham o‘tirmasdan o‘z nuqtai nazarida turib oladi. Nutqi baland, ifodalarda tortinmaydi. Suhbat jarayonida o‘zgalarni eshitmaydi. Shaxsiy zonaga kirib borish mumkin, yonlab qaraydi, suhbatdoshga qo‘pol munosabatda (ushlashi, o‘ziga qaratib olishi va h.) bo‘lishi mumkin.
Mana azizlar Barcha bilgan va bilmagan narsalarni bilib oldingiz. Keling bugundan boshlab o‘zimizni va bolalarimizni bu zahardan asraylik! Barchasi sizning qo‘lingizda va irodangizda!. Farzandlarimizga yaxshi tomonlarimiz bilan o‘rnak bo‘laylik.



Download 39,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish