6-mashg‘ulot. Kashandalik va uning salbiy oqibatlari



Download 39,51 Kb.
bet7/8
Sana16.03.2022
Hajmi39,51 Kb.
#497639
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ГИЁҲВАНЛИК ва КАШАНДАЛИК

Birinchi bosqichdagi bemorda jismoniy qaramlik bo‘lmaydi. Ammo ichkilik ta’sirida paydo bo‘luvchi yengillikka tobelik kuzatiladi. Hayotida yuz berayotgan o‘zgarishlar, quvonchli voqealar yoki aksincha tashvishlarni ichkilik bilan yuvishni istaydi. Xohishning ortib borishi esa maishat uchun bahona topish kayfiyatini paydo qiladi. Anglayotganingizdek, muammo bemor ruhiyatida. Nima uchun jismoniy qaramlikni inkor etdik? Chunki birinchi bosqichdagi aroqxo‘r ertalab bosh og‘rig‘i bilan uyg‘onmaydi, mehnat layoqati sustlashmaydi, biroq ichkilikka xumor qilaveradi.
Ikkinchi bosqichda jismoniy va ruhiy qaramlik birgalikda kechadi. Ichkilik ichilgan kunning ertasiga bosh og‘rig‘i, qaltirash, vegetativ o‘zgarishlar, ishtaha yo‘qolishi boshlanib, bemor ikkinchi yo uchinchi kuni yana icha boshlaydi. Birinchi va ikkinchi bosqichdagi alkogolizmning bir-biridan farqi ham shunda: bemorda surunkali ichkilikbozlik paydo bo‘la boshlaydi.
Uchinchi bosqich — shaxs inqirozi! Aroqxo‘r kishida xotira sustlashishi, aqliy faollikning pasayishi, fikrlash, idrok qilish qobiliyatining zaiflashishi, hissiyotlarning tamoman yo‘qolishi aks etadi. Bemor nafaqat o‘zi balki yaqinlarini ham unutadi. Ko‘pincha bu bosqichga kelgan bemorlar jigar sirrozi, oshqozon yarasi va boshqa ko‘plab xastaliklarga duchor bo‘lishadi.
Foto:
GEPATIT... SIRROZ ...
Surunkali alkogolizm organizmga shu qadar katta talofot yetkazadiki, birma- bir sanab chiqilsa, ayanchli manzaraning guvohi bo‘lish mumkin. Ammo haqiqatdan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Dastlab asab tizimi ishdan chiqa boshlaydi. Buyrak, jigar, peshob ajratish yo‘llarida o‘zgarishlar ro‘y beradi. Etil spirti oshqozonga tushgach, qonga tez singadi. Shuning evaziga nojo‘ya ta’sirlari ham uzoq kuttirmaydi. Surunkali aroqxo‘rlarning aksariyati oshqozon yarasi, me’da xastaliklaridan aziyat chekishi ham mubolag‘a emas. Ichkilikbozlikning uchinchi bosqichlaridagi bemorlarda jigar kasalliklari ko‘p uchraydi. Sababi esa spirt! Jigar organizmimizning filtri ekanligini bilasiz. Alkogolli ichimliklar esa jigarga yetib borgunicha sirka kislotasiga aylanadi. Ko‘z oldingizga sersuv olmani keltiring. Mevani sirkali suvga botirib olsangiz, yuzasi burishib qoladimi? Bu ishni bir necha marta takrorlasangiz-chi? Spirtli ichimliklar jigar bilan ham xuddi shunday «muomala» qiladi. Jigarning ferment va funksiyalari buzilgach, avvaliga toksik gepatit, so‘ng sirroz boshlanadi.
PSIXOLOGIK O‘ZGARISHLAR
Alkogolizmga duchor bo‘lgan kishi jizzaki, qo‘rs, e’tiborsiz kimsaga aylanadi. Atrof-muhitidagi voqea-hodisalar, umuman hayotga nisbatan qiziqishi so‘nadi.
MUOLAJA SHARTI – XOHISH!
Ichkilikka ruju qo‘ygan kishiga qay tariqa yordam berish mumkin? Savolning javobi jo‘nroq bo‘lsa ham ammo ayni haqiqat – uning o‘zi sog‘ayishni, normal hayotga qaytishni istashi shart! Aks holda qanchalik urinmang, davo choralari samara bermaydi. Yaqinlarining ko‘magi ham muhim, biroq bu g‘amxo‘rlik majburlash ko‘rinishida bo‘lmasligi lozim
Giyohvandlik
Giyohvandlik butun dunyoda keng jamoatchilikni tashvishga solayotgan eng olzarb muammolardan hisoblanadi. Zero, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish bilan bog‘liq jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi juda yuqoridir. Narkotik va psixotrop moddalarni iste’mol qilishning ortishi birinchi o‘rinda og‘ir kasalliklar va jinoyatlar sodir etilishining ko‘payishiga olib keladi.
Giyohvandlik - jinoyatchilik bilan bog‘liq hodisadir. Birinchidan, narkotiklarni qo‘lga kiritish yoki ularning oldini olish uchun pul topish maqsadida og‘ir oqibatli qasddan jinoyatlar sodir etiladi. Ikkinchidan, narkotik moddalarni qabul qilish ta’siri ostida tez-tez jinoyatlar sodir etiladi. Nihoyat, giyohvandlik bilan jinoyatchilik o‘rtasidagi bog‘liqlik giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanishi oqibatida yuzaga keladigan huquqbuzarlik harakatlarining sodir etilishida namoyon bo‘ladi.

Giyohvandlik – kayf beruvchi giyohvand moddalarni yoki sun’iy ravishda tayyorlangan moddani iste’mol qilish, chekish, hidlash, tanaga surtish yoki nina sanchish (in’eksiya) yo‘li bilan qon tomirlarga yuborish bilan ifodalanadi.


Giyohvand moddalarni ayanchli xususiyati shundan iboratki, ularni bir marta tatib ko‘rgan shaxs qayta iste’mol qilishga moyil bo‘ladi, 2-3 marta iste’mol qilish esa uni giyohvand modda iste’mol etmay turolmaydigan holatga duchor etadi.
Giyohvand moddalarga afyun, morfin, nasha, kokain, kodein, geroin, gashish va boshqa sun’iy tayyorlanadigan zaharli moddalar kiradi.
Bu moddalarning uzluksiz qabul qilish odamlarda ruhiy va jismoniy o‘zgarishlarga olib keladi. Ruhiy o‘zgarishlar: uyqusizlik, xotira pasayishi, bosh og‘rig‘i, asabiylashish va kayfiyatning buzilishi, jahlning tez chiqishi, charchash, fikrning tarqoqligi va boshqa asab tizimidagi o‘zgarishlar (o‘zi bilan o‘zi gaplashadi, alahsiraydi, o‘qishga layoqasiz bo‘lib qoladi) kuzatiladi.
Somatik o‘zgarishlar: qayd qilish, hazm qilish tizimining buzilishi, nafas qisilishi, yurak bezovtaligi va hokazolar. Xumor paytida mushaklar siqishi tufayli bemor g‘ujanak bo‘lib qoladi. Suyaklari qaqshab og‘riydi. Bu davrda bemorda ruhiy o‘zgarishlar kuzatiladi. Moddiy va ma’naviy qashshoqlikka yuz tutib, oxiri ruhiy xastalikka chalinadi. Shuningdek uning farzandlari ham sog‘lom bo‘lmaydi. Bunday chaqaloqlar aqli zaif, yuragi nosog‘lom, nogiron va chala tug‘iladi.
Giyohvandlikdan qaytish juda og‘ir. Lekin ko‘p hollarda o‘sha bemorning irodasiga bog‘liq. Chunki qanchalik og‘ir bo‘lmasin bu moddalarni iste’mol qilishdan qaytganlar bor. O‘zbek xalqida or-nomus, oila sha’ni kuchli. Bundan tashqari, urf-odatlar, milliy qadriyatlar uni tashqi muhitini tashkil etadi.

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar aholining sog‘lig‘iga qarshi qaratilgan bo‘ladi. Ularning mazmunini esa, maxsus ijtimoiy munosabatlar tashkil etadi.


Bugungi kunda dunyo miqyosida qonun bilan taqiqlanganligiga qaramasdan
giyohvandlik moddalarni ishlab chiqaruvchi va u bilan savdo qiluvchilarning soni ko‘payib bormoqda. Buning asosiy sababi, ushbu jinoiy biznes yaratib
beradigan juda katta boylik orttirish imkoniyatlari bo‘lib, uning ishtirokchilari xalqaro huquq normalari bilan ham, milliy qonunlar
majmui bilan ham, ayniqsa, “oq ajal”ning halokatli oqibatlari bilan ham hisoblashmay hamma ishni qilishga majbur etmoqda.
Butun dunyoda keng jamoatchilikni tashvishga solayotgan eng dolzarb muammolardan hisoblangan ushbu illat ortidan kelib chiqadigan salbiy oqibatlar haqida soatlab gapirish, ma’ruzalar o‘qish mumkin. Shunga qaramasdan, giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlarning kamaymayotgani, giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan shaxslarni ushbu og‘u uchun har qanday jirkanch ishlarga, jumladan o‘g‘rilik, bosqinchilik va talonchilik tayyorligi har bir sog‘lom fikrlaydigan odamni tashvishga solmasdan qo‘ymaydi.
Eng achinarlisi, giyohvandlik jamiyatdagi kriminogen vaziyatni izdan chiqarish bilan birga, millat genofondini ham buzadi. Giyohvandlikka
qarshi kurashish, uning payini qirqish faqatgina huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning vazifasi deb hisoblaydiganlar biladigan juda katta xato qiladi.
Dunyo aholisining barcha qatlamini birdek tashvishga solib kelayotgan giyohvandlikdek xavfli illatga qarshi kurashishda nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi idora xodimlari, balki jamiyatimizning barcha a’zolari ishtirok etishi lozim. Shundagina bu illatning payi tezroq qirqiladi.

Download 39,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish