6 mavzu: Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. O‘zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi



Download 431,27 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/21
Sana29.05.2022
Hajmi431,27 Kb.
#619228
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
6 - мавзу(1)

«Namangan qog‘ozi»
, Yangiyо‗lda 
qurilgan 
«О‘zbek qog‘ozi»
qо‗shma korxonalari shular jumlasidandar. Respublika 
Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 20 iyundagi «Respublika qog‗oz sanoatini 
boshqarish tuzilmasini takomillashtirish chora – tadbirlari tо‗g‗risida»gi qaroriga 
asosan 
«О‘zbekqog‘ozsanoat» 
uyushmasi tashkil etildi. Uning tarkibiga 
«Sanoatqalinqog‘ozsavdo»
,
«О‘zbek qog‘ozi»
ochiq aksiyadorlik jamiyatlari, 
Yangiyо‗l selluloza – qog‗oz fabrikasi, 
«Namanganqog‘oz»
qо‗shma korxonasi 
va boshqalar kiradi. 
«О‘zbek qog‘ozi»
korxonasi yiliga 11 ming tonna qog‗oz, 3,5 
ming tonna karton, 7,5 mln dona umumiy va 65 millionta о‗quv daftari ishlab 
chiqarmoqda. Yangiyо‗l selluloza – qog‗oz fabrikasi yiliga 20 ming tonna paxta 
sellulozasi, 12 ming tonna yuqori sifatli yozuv qog‗ozi ishlab chiqarmoqda. 
Mamlakatimizda poyabzal mahsulotlari va chinni idishlar, turli xalq iste‘mol
buyumlari ishlab chiqarish jadal rivojlanmoqda. Qurilish materiallari sanoati bazasi 
mustahkamlanib, baland binolar, uy – joy qurilishi kengaydi. 
Mustaqillik yillarida О‘zbekistonda transport tizimi – temiryо‘li, 
avtomobil yо‘li, havo, quvur va suv transporti rivoj topdi. 


18 
4. Qishloq xoʼjaligidagi islohotlar, uning vazifalari va yoʼnalishlari.
О‗zbekistonda paxtachilik qishloq xо‗jaligining yetakchi tarmog‗i hisoblanadi. 
Markaziy Osiyo mamlakatlarida yiliga 2 mln tonna paxta tolasi yetishtirilsa, uning 
1,4 mln. tonnasi о‗zbek paxtasi tolasidir. О‗zbekiston paxta tolasi yetishtirish, 
undan tayyorlangan mahsulotlarni eksport qilish bо‗yicha etakchi о‗rinda turadi. 
Respublikamizda paxta hosildorligi va sifatini yaxshilashga katta e‘tibor 
berilmoqda. Shu maqsadda qator suv omborlari va sun‘iy kanallar qurilmoqda, 
yerning meleorativ holatini yaxshilash tadbirlari amalga oshirildi. Suv tanqisligi 
hisobga olinib, 1998 yildan boshlab paxtachilikda Isroil texnologiyalari asosida 
tomchilatib sug‗orish usulidan foydalanilmoqda. 
Andijonlik paxtakorlar tashabbusi bilan chigitni plyonka ostiga ekish 
texnologiyasi joriy etildi. Bu usul paxtani erta ekish, qisqa muddatlarda undirib 
olish, yuqori hosil yetishtirishga mustahkam zamin yaratdi. Paxta ekiladigan yerlar 
qisqartirilishiga qaramasdan respublikamizda yiliga 3,5 mln. tonnadan ortiq paxta 
xom – ashyosi tayyorlanmoqda. Shuningdek, О‗zbekiston kanop, tamaki 
yetishtirish sohasida ham dunyoda yetakchi о‗rinlarda turadi. 
Mustaqillik yillarida don mustaqilligiga erishish vazifasi qо‗yildi. Ekin 
ekiladigan maydonlarda tarkibiy о‗zgarishlar qilinib, xо‗jaliklar qanday ekin ekish 
sohasida mustaqil bо‗ldilar. Sug‗oriladigan yerlarda g‗alla ekish kengaydi. 
Umumiy ekin maydonlarida donli ekinlar salmog‗i 1991 yilda 18,8 %ni tashkil 
etgan bо‗lsa, 1998 yilda 36 %ga о‗sdi, natijada g‗alla yetishtirish sezilarli darajada 
oshdi. Agar 1991 yilda 1,9 mln tonna don, shu jumladan 600 ming tonna bug‗doy 
etishtirilgan bо‗lsa, 2002 yilda 5,4 mln tonnaga yaqin don, shu jumladan 5,0 mln 
tonnadan ortiq bug‗doy, 2007 yilda 6,25 mln tonna g‗alla yetishtirildi. 
Sug‗oriladigan yerlarda о‗rtacha hosildorlik gektariga 48,0 sentnerni tashkil etdi. 
Andijon viloyatida esa rekord natijaga erishildi — har gektardan 75 sentnerdan 
ortiq xirmon kо‗tarildi.
Shunday qilib, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan tadbir tufayli tom 
ma‘noda mamlakatimizning g‗alla mustaqilligiga erishildi, mamlakatimiz va 
xalqimizni о‗z g‗allamiz, о‗zimizning nonimiz bilan ta‘minlashdek tarixiy vazifa 
bajarildi. Bu yutuq qishloq hayotini yangilash, amalga oshirilayotgan agrar 
islohotlarning natijasidir. 
Qishloq xo‗jaligida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va 
texnologik jihatdan yangilash mazkur soha tarmoqlarining samaradorligini 
oshirishga yordam bermoqda. 2010-yili respublika rahbarining tashabbusi bilan 
Ukraina va Polsha davlatlaridan olib kelingan, intensiv texnologiyalar asosida 
parvarishlanadigan pakana va yarim pakana olma, nok, olxo‗ri, gilos, shaftoli 
ko‗chatlari, asosan Toshkent va Samarqand viloyatlarining fermer xo‗jaliklari 
maydonlariga ekildi. Bunday bog‗larni yildan yilga kengaytirish, ularni dehqon 


19 
fermer xo‗jaliklarida barpo etish maqsadida chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. 
2017-yil holatiga ko‗ra, Respublikamiz hududida jami 5,5 ming gektardan ortiq 
maydonda 
mana shunday intensiv bog‗lar barpo qilingan. Hozirda 
yetishtirilayotgan mevalar, nafaqat qo‗shni mamlakatlarga, balki Yevropa 
mamlakatlariga ham eksport qilinmoqda. 
Respublikamizda un va un mahsulotlari, gо‗sht va sut mahsulotlari, shakar 
va qand mahsulotlari ishlab chiqarish izchil о‗sib bormoqda. Shuningdek, 
sabzavot, meva, uzum etishtirish bо‗yicha ham katta yutuqlarga erishilmoqda. 
Yiliga 5 mln. tonnaga yaqin sabzavot – meva mahsulotlari yetishtiriladi.
О‗zbekistan Respublikasi mustaqillikka erishgach, qishloq xо‗jaligida tub 
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida davlat xо‗jaliklari jamoa, shirkat 
xо‗jaliklariga aylantirildi, chorvachilik, aksariyat xо‗jaliklarning qoramolchilik 
fermalari xususiylashtirildi, dehqon va chorvachilik yо‗nalishidagi fermer 
xо‗jaliklari tashkil etila boshladi. 
Chorvachilik sohasini rivojlantirish maqsadida О‗zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 15 martda 

Download 431,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish