6-mavzu. Sabzavot – poliz o’simliklari mavzuning maqsadi



Download 488,5 Kb.
bet6/9
Sana31.12.2021
Hajmi488,5 Kb.
#227795
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6 мавзу SABZAVOT – POLIZ O’SIMLIKLARI

Petrushka (Petroselinum hortense Hoffm) - soyabongullilar yoki seldereysimonlar oilasiga mansub, ikki yillik o’simlik bo’lib, bargi yoki ildizmevasi iste’mol qilinadi. Ildizli petrushka navlarining ildizi yo’g’onlashib, konussimon ildizmeva hosil qiladi. Bargli petrushkaning ildizi yo’g’onlashmaydi, ovqatga faqat bargi ishlatiladi. Bargida 240 mg % gacha S vitamin bo’ladi. Urug’idan ekilgan petrushka birinchi yili uchtalik patsimon tup¬barg, chetlari tishli barg hamda ildizmeva hosil qiladi. Petrushka ekilgach, 120-150 kunda pishadi. Ildizmevalari yerda qishlaydi yoki kovlanib, omborxonalarda saqlanib, bahorda qayta dalaga o’tqaziladi. Tuproqqa o’tqazilgan ildizmevalar gulpoya, gul, meva va urug’lar hosil qiladi. Gulto’plami – soyabon. Gullari ikki jinsli, mayda, beshta sariq gultojbargli. O’simlik chetdan hasharotlar yordamida changlanadi. Mevasi qo’sh urug’dan iborat. Urug’i oval, mayda, qirrali, kulrang-yashil, 1000 tasi 1,2-1,8 gramm, unuvchanligi 1-klass urug’laridan 70 % dan ziyod bo’lib, 3-4 yil saqlanadi.

Petrushkaning quyidagi Saxarnaya, Bordovikskaya, Listovaya obiknovennaya navlari ko’p tarqalgan. Ildizli petrushkaning Saxarnaya navi – tezpishar, hosildorligi yuqori (160-200 s.ga). ildizmevasi uzunchoq – konussimon, uchi o’tkir, kulrang oq, vazni 150 gramm. Uzoq saqlanmaydi. Bordovikskaya navi – kechpishar, uzun-tsilindrsimon, oq rangda bo’lib, yaxshi saqlanadi. Bargli petrushkaning Listovaya obiknovennaya navi tezpishar, yuqori hosilli bo’lib, juda ko’p (50 ta va undan ortiq) yirik bargli tupbarg hamda yeb bo’lmaydigan shoxlangan, yog’ochsimon ildizmeva hosil qiladi.



Selderey (Apium graveolens) - soyabongullilar yoki selderey-simonlar oilasiga kiradi. Seldereyning 3 ta: ildizmevali, bandli va bargli xillari mavjud. Ildizmevali selderey birinchi yil is¬te’molga yaroqli yumaloq ildizmeva va tupbarg hosil qiladi. Bandli selderey o’simligining yo’g’on barg bandi ovqatga ishlatiladi. Bargli selderey barra hosil qiladi. Bizda asosan ildizmevali selderey o’stiriladi. O’suv davri uzun bo’lib 150-200 kunni tashkil etadi. Selderey urug’i juda mayda bo’lib, sekin bo’rtadi, unib chiqadi (15-20 kunda), hamda maysalari ham sekin o’sadi. SHuning uchun uni odatda, parniklarda o’stirilgan ko’chatlardan ko’paytiradilar. Selderey hayotining ikkinchi yili gulpoya hosil qiladi. Gulto’plami murakkab soyabon. Guli ikki jinsli bo’lib, chetdan hasharotlar yordamida changlanadi. 1000 ta urug’ vazni 0,35-0,5 garmm. Unuvchanligi 1 klass urug’larida 75 %. Selderey sovuqqa chidamli o’simlik, tuproq unumdorligiga talabchan. CHunki unumdor, oziq elementlarga boy tuproqlarda yaxshi o’sadi. 

O’zbekistonda ildizmevali seldereyning Yablochniy navi ekiladi. Bu nav tezpishar, hosildor (200 s.ga va ziyod). Ildizmevasi yumaloq va yumaloq-yassi, yirik vazni 200-300 gramm. Tupbargi katta emas, yarim tarqoq. U 15-26 ta uzunligi 24-45 sm gacha to’q-yashil bargdan iborat. Ildizmeva tarkibida 14,4-18,7 % quruq modda, 1,1-3,9 % shakar, 11,0-16,8 mg% S vitamin, bargida esa 11,4-14,1 % quruq modda, 1,6-2,5 % shakar, 25-51 mg% S vitamini hamda 2,9-3,0 mg % karotin bor.




Download 488,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish