6-mavzu. Sabzavot – poliz o’simliklari mavzuning maqsadi


Tomatdosh sabzavot ekinlar vakillari va ularning ahamiyati



Download 488,5 Kb.
bet7/9
Sana31.12.2021
Hajmi488,5 Kb.
#227795
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6 мавзу SABZAVOT – POLIZ O’SIMLIKLARI

Tomatdosh sabzavot ekinlar vakillari va ularning ahamiyati. Sabzavot-poliz ekinlarining tomatdosh sabzavot ekinlar vakillariga tomatdoshlar oilasiga mansub – pomidor, qalampir, boyimjon va fizalis kiradi. Bular issiqqa, namlikka va tuproqdagi oziq moddalarga talabchanligi, o’suv davrining uzoq davom etishi bilan xarakterlanadi. SHuning uchun asosan janub ekini bo’lib, bizda keng ekiladi.

Pomidor - eng muhim va qimmatli sabzavot ekinlaridan biri hisoblanadi. Uning pishgan mevasi nihoyatda lazzatliligi, parxezliligi bilan ajralib, tarkibida turli vitaminlar, mineral tuzlar, organik kislotalar va uglevodlar saqlaydi. Pomidor qizil mevasining biokimyoviy tarkibi quyidagicha (ho’l vazniga nisbatan, %): quruq modda – 0,6-6,6; oqsil – 0,95-1,0; shakar – 4,0-5,0; moylar – 0,2-0,3; sellyuloza – 0,8-0,9; kul – 0,6; organik (olma, limon) kislotalar – 0,5; vitamin S askorbin kislota) – 19-35 mg.%; karotin (provitamin A) – 0,2-2 mg.%; tiamin (B1) – 0,3-1,6 mg.%; riboflavin (B2)- 1,5-6 mg.%;

Lekin, pomidor mevasining tarkibi o’zgaruvchan bo’lib, u ekin naviga, mevalarning pishish darajasiga, hosilni yig’ish muddatiga, o’stirish sharoiti va texnologiyasi kabi omillarga bog’liq. Eng shirin, sifatli, lazzatli, shifobaxsh hamda kaloriyali (215 kaloriya 1 kg mevada) hosil bizda yetishtiriladi.

Pomidor yangiligicha, tuzlangan va marinovkalangan holda iste’mol qilinadi. U konserva (qayta ishlash) sanoati uchun muhim xom ashyo hisoblanadi. Pomidor mevalari terib olingach, yetilish xususiyati va uzoq saqlashga chidamli. SHuning uchun uni iste’mol qilish muddatini hosil yig’ib olingach yana 1,0-1,5 oyga uzaytirish mumkin.

Pomidor shirasini qaynatib tayyorlangan tomat-pyure, tomat-pasta, tomat sharbati (soki) qimmatli oziq-ovqat mahsulotlaridan hisoblanadi. CHunki, bunday pomidor mevasi mahsulotlarida vitaminlar to’liq saqlanib qoladi. Bizda pomidor pishgan mevalari oftobda quritilib, qoqi ham olinadi. Pomidor qayta ishlangach, undan qolgan chiqindilar, tarkibida 17-29% gacha moyi bo’lgan urug’lari iste’mol qilishga yaroqli pomidor moyi olishga, kunjarasi esa chorva mollari uchun oziqa va o’g’it sifatida foydalaniladi.

Poyasi naviga qarab, yotib yoki tik o’sadigan bo’lishi mumkin. Poyasi tik o’sadigan navlar oziqlanish maydonining katta bo’lishini talab qilmay, ularni mexanizatsiya yordamida parvarishlash oson. Naviga qarab, poyasining balandligi ham o’zgarishi mumkin. Baland bo’yli pomidor navlari ko’pincha kechpishar bo’ladi va meva shoxlarining siyrak – 2-3 ta bargdan keyin joylanishi bilan farq qiladi. SHu sababli baland bo’yli navlarning hosil berish davri cho’zilib ketadi. Past bo’yli navlar 1-2 ta bargdan keyin, to’pgulining g’uj joylashganligi, tezpisharligi va ommaviy meva tugishi, bir vaqtda pishishi bilan xarakterlidir;

Bargi o’simlikning naviga qarab, turlicha kesimli, shakli va sathining tuzilishi ham har xil (silliq yoki g’adir-budur) bo’lishi mumkin;

Mevasining yirikligi. Mevasining og’irligi 70 g gacha bo’lganlari mayda mevali, 70-100 g gacha bo’lganlari o’rtacha, 100 g dan yuqorilari yirik mevali navlar hisoblanadi. Faqat yangiligida is-te’mol qilinadigan navlarining mevalari ancha yirik bo’lgani yaxshi. Konserva qilinadigan navlar mevasi yirik bo’lishining ahamiyati yo’q. Tuzlash va konservalash uchun esa mevasi mayda pomidor navlari maqsadga muvofiq;

Mevaning shakli o’simlikning naviga qarab yumaloq-yassi, yumaloq, olxo’risimon yoki noksimon bo’lishi mumkin; mevaning rangi po’stining va u orqali ko’rinib turadigan etining rangiga bog’liq. Rangi qizil, pushti yoki ana shu ranglarning turlicha tuslari aralashgan sarg’ish bo’lishi mumkin. Qizil mevali navlar vitamin A (karotin) ga boy bo’ladi. Pushti va ayniqsa sariq mevali navlarida bu vitamin deyarli bo’lmaydi;

Respublikamizda pomidorning ertapishar Talalixin-186, Temnokrasniy 2077; o’rtatezpishar Peremoga-165, Vostok-36, Progressivniy, Raketa, O’zbekiston-178, Surxon-142; o’rtapishar Volgogradskiy 5/95, TMK-22, Novinka Pridnestrovya, Bohodir, Ronko, Riogrande, Riofuego navlari hamda Briksi F1, Sulton F1, Kaltlrok, Soprano F1, Superstreyn duragaylari, o’rtakechpishar Oktyabrь 60, Yusupovskiy navlarini ekish maqsadga muvofiqdir.


Download 488,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish