7-мавзу. Ijtimoiy-ruhiy inson


-MAVZU. NIZOLASHUVCHI INSON



Download 188 Kb.
bet6/11
Sana09.07.2022
Hajmi188 Kb.
#760483
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
8-MAVZU. NIZOLASHUVCHI INSON
8.1. Nizolarning paydo bo’lishi sharoitlari va sabablari
8.2. Mehnat nizolarining mohiyati va mazmuni
8.3. Mehnat nizolarining xillari va shakllari
8.4. Nizoni boshqarish

Ijtimoiy-ruhiy inson haqidagi bilimni tahlil qilish va undan foydalanish nizolashuvchi inson yoki ishlab chiqarishdagi ijtimoiy nizoning kashf etilishiga va uning mustaqil jihatga aylanishiga olib keldi.


Ilmiy adabiyotda va amaliyotda uzoq vaqt mobaynida ishlab chiqarishdagi nizo barbod etuvchi hodisa sifatida qabul qilindi. Uning barcha shakllari – ish tashlashlar, piketlar, namoyishlar to’g’ridan-to’g’ri, yaqqol qarama-qarshi xususiyatga ega edi. Ularda ish beruvchilar va yollanma xodimlarning manfaatlari keskin namoyon bo’lardi.
Korxonadagi nizoning ijtimoiy, siyosiy jihatlar bilan bog’liqligi ko’plab tadqiqotchilar va amaliyotchilarni sarosimaga soldi. Ma’lumki, nizolarning aynan barbod etuvchi natijalari va oqibatlari Teylor hamda Veberning ularga nisbatan salbiy munosabatda bo’lishiga va ularni korxonalar va jamiyat hayotidagi tabiiy hodisa sifatida qabul qilmasligiga olib keldi. Parsons ham buni chetlab o’tmadi. U o’z ishlarida nizoni asosan barbod etuvchi, ajratuvchi va disfunktsional oqibatlarni keltirib chiqaruvchi hodisa sifatida ta’rifladi. Bu uning quyidagi fikriga zid edi, har bir jamiyat nisbatan barqaror, yaxshi integratsiyalashgan va barqaror tuzilma, ijtimoiy tuzilmaning faoliyat ko’rsatishijamiyat a’zolarining barqarorlikni ta’minlovchi konsensusiga asoslanadi.
Nizo uni tan olish-olmasligidan qat’iy nazar, shuningdek,uning salbiy baholanishiga yoki tasodifiy uzilish sifatida qabul qilinishiga qaramay mavjud bo’lganligi bois, real hayot hamma vaqtuning turli shakllarini va, o’z navbatida, unga nisbatan turlicha munosabatlarni namoyish etdi. Jamiyat nuqtai nazaridan olib qaralganda XX asrning 20-yillariga qadar nizolar qo’zg’olonlarda, isyonlarda, g’alayonlarda, inqiloblarda va inqilobiy vaziyatlarda o’z aksini topdi. Ishlab chiqarishda ko’pincha o’zining iqtisodiy huquqlari uchun kurashishdaish tashlashlar, mitinglar, piketlar, namoyishlar qo’llanildi. Ularga nisbatan bildirilgan munosabatlar bir xil edi – aholining ham, ishlab chiqarish xodimlarining ham norozilik xatti-harakatini bostirish, barbod etish, o’ziga bo’ysundirish. Boshqacha aytganda, nizoning siyosiy yoki iqtisodiy hokimiyatga qarshi chiqqan tomoniga nisbatan hukumronlik sinfining yoki muayyan ijtimoiy guruhning manfaatlarini himoyalash maqsadini ko’zlovchi kuch bilan ta’sir etildi.
1920-yillar ishlab chiqarish (mehnat) nizolari nuqtai nazaridan burilish nuqtasi bo’ldi. Ish beruvchilar nizolarni bo’ysundirish va kerakli yo’lga burish mumkinligini tushuna boshlashdi. Aynan shu vaqtda ularning oldini olish va bartaraf etish choralari ko’rildi. Ana shunday chora-tadbirlar ichida rahbarni lavozimidan olib tashlash, mehnat haqini (ko’pincha xodimlarning ayrim guruhlariga) oshirish kabilar tez-tez qo’llanildi. Ayniqsa bunda korxonadagi falokat va ishkallar aybdori sifatida ayblash mumkin bo’lgan shaxs qidiriladigan “hamma baloga tug’anoq odam” usuli keng tarqaldi.
Bularning barchasi boshqaruvdagi eski “qamchi va shirin kulcha” tamoyilining bir turi edi. Lekin 1920-yillardan boshlab ushbu chora-tadbirlar quyidagi holatlardan kelib chiquvchi anglab yetilgan kontseptsiya xususiyatiga ega bo’ldi: a) nizo – ishlab chiqarish rivojlanishining muqarrar, tabiiy yo’ldoshi; b) u nafaqat salbiy, balki ijobiy kuchga ham ega; v) salbiy oqibatlarni zaiflashtirib, ijobiy oqibatlarni kuchaytirish orqali nizoni boshqarish mumkin.
XX asrning 90-yillarida bilimning mustaqil sohasi –konfliktologiya (nizo sotsiologiyasi) fani yaratildi va u hozirgi vaqtda ijtimoiy bilim tarkibida muhim o’rinlardan birini egallagan.


Download 188 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish