8 – ma’ruzа Mineral hosil qiluvchi geologic jarayonlar. Endogen jarayonlar. Mineral hosil qiluvchi magmatic va pegmatit jarayonlar



Download 3,34 Mb.
Sana12.04.2022
Hajmi3,34 Mb.
#546828
Bog'liq
8 – ma’ruzа

Mineral Hosil qiluvchi geologic jarayonlar. Endogen jarayonlar. Mineral hosil qiluvchi magmatic va pegmatit jarayonlar.

Reja: 1. Yerning mineralogik modeli. 2. Magmatik jarayonlar. 3. Pegmatitlar tushunchasi. 4. Pegmatitlarga xos xususiyatlar va ularda hosil bo’ladigan minerallar.

Yerning mineralogik modeli

Yerning mineralogik modeli

Yer po`sti tog` jinslaridan tuzilgan va mineralogik tarkibi har xil. Geofizik ma`lumotlar asosida yer qobig`i 3 pog`onaga ajratilgan. Yer po`stining yuqori qavati, cho`kindi va metamorfik jinslardan iborat bo`lib, ular xilma-xil minerallardan tashkil topgan. Ma`lumki yer po`sti bir necha turlarga (geostrukturalarga) bo`linadi, bulardan keng tarqalganlari va puxta o`rganilganlari qit`a yer po`sti hisoblanadi. Qit`alar yer po`stining yuqori qismi-kvars, karbonat (kalcit va dolomit), qavatli silikatlar-gil minerallari, xlorit, slyudalardan tashkil topgan. Keyingi ikkinchisi granit-gneyslar T.Bart bo`yicha nordon magmatik jinslar tarkibiga mos bo`lib, quyidagi minerallardan tashkil topgan (% hisobida); kaliyli dala shpatlari-31, plagioklaz-29,2, kvars-12,4, piroksen-12, ma`dan minerallari-4,1, biotit-3,8, olivin-2,6, rogovaya obmanka-1,7, muskovit-1,4, apatit-0,6, xlorit va serpentin-0,6, nefelin-0,3, sfen-0,3 va boshqalar.

Uchinchi-granulit-bazalt qismi tomon, temir va magniyli minerallar turlari, ayniqsa, piroksen va amfibollar miqdorining ortib borishi aniqlangan. A.E.Ringvud ma`lumotlariga ko`ra granulit-bazalt mineral tarkibi (% hisobida): rogovaya obmanka-39, piroksen-20,5, plagioklaz-24, granat-9,5 va boshqa minerallar.

Magmatik jarayon Magmatik jarayon iborasi quyidagicha: a) magmaning kelib chiqishi; b) hosil bo`lgan magmaning tarkibiy qismlariga ajralishi; v) turli tarkibli magmalarning o`zaro bog`liqligi kabi masalalarni o`z ichiga oladi. Hamma magmalar ikkiga-mantiya va qobiq magmasiga bo`linadi. Hamma magmalar ikkiga-mantiya va qobiq magmasiga bo`linadi. Magmaning birlamchi-boshlang`ich tarkibi o`sha magmani hosil qiluvchi moddaning tarkibi va yuzaga kelish jarayoni hamda muhiti bilan bog`liq bo`ladi.Ko`p tadqiqotchilar yuqori mantiyaning birlamchi tarkibi peridotitlardan iborat deb Hisoblaydilar. Ushbu nazariya bazalt va kimberlitlar orasida saqlanib qolgan jins qoldiqlari (ksenolitlar)ga asosan, amaliy tadqiqotlar tajribasida sinab ko`rilgan.

Yuqori mantiyaning o`ziga xos xususiyatlaridan eng muhimi yer po`stida sodir bo`ladigan geologik jarayonlar natijasida giperbazit va qoldiqli bazalt magma hosil qilishidir (A.P.Vinogradov, A.E.Ringvud va D.X.Grin). Yuqori mantiyaning birlamchi kimyoviy tarkibi A.E. Ringvud fikricha pirolit tarkibiga juda yaqin. Bunda jumladan, petrogen elementlarning oksidlari (% hisobida): SiO2-46,16; MgO-37,49; FeO-8,04; Fe2O3-0,46; CaO-7,08; AI2O3-3,54; Na2O-0,57; K2O-0,13; Cr2O3-0,43; NiO-0,2; CoO-0,17 ishtirok etadi.

«Pegmatit» atamasini birinchi marta R.J.Gayui (1743-1822) tomonidan «dala shpatlari va kvars» minerallaridan tashkil topgan jins uchun ishlatiladi. Yunoncha «pegmatit»-kvars va dala shpatlarining mustahkam birikmasini anglatadi. Pegmatitlarni geologik jism sifatida o`rganish XIX asrda V.K.Breger (1851-1932), K.G.Rozenbush (1836-1914), G.L.Fogt (1858-1932), XX asrning o`rtalarida Rossiya olimlari A.E.Fersman, D.S.Korjinskiy, A.N.Zavaritskiy, K.A.Vlasov va boshqalar batafsil o`rganishadi va kelib chiqishni nazariy yo`l bilan tushuntirishdi.

«Pegmatit» atamasini birinchi marta R.J.Gayui (1743-1822) tomonidan «dala shpatlari va kvars» minerallaridan tashkil topgan jins uchun ishlatiladi. Yunoncha «pegmatit»-kvars va dala shpatlarining mustahkam birikmasini anglatadi. Pegmatitlarni geologik jism sifatida o`rganish XIX asrda V.K.Breger (1851-1932), K.G.Rozenbush (1836-1914), G.L.Fogt (1858-1932), XX asrning o`rtalarida Rossiya olimlari A.E.Fersman, D.S.Korjinskiy, A.N.Zavaritskiy, K.A.Vlasov va boshqalar batafsil o`rganishadi va kelib chiqishni nazariy yo`l bilan tushuntirishdi.

Pegmatitlarga xos xususiyatlardan biri tarkibidagi minerallarning yirik kristallanishidir. Masalan, pegmatitlarda balandligi 2 m dan ortiq kvars, 5-5,5 m lik berill, 14 m spodumen, muskovit va biotitlar, ba`zan 7-10 m2 kenglikda uchraydi. Ayrim minerallarning og`irligi juda katta –kvars-750 kg dan 10 tonnagacha, topaz 60 kg gacha, dala shpatlariniki esa 5-10 tonnagacha boradi.

Tabiatda pegmatitlar ba`zan magmatik jinslarning yon atrofini o`rab turgan cho`kindi jinslarga kirib borgan vaqtlarida, ularning mineral tarkibi ona (granitoid) jinslar ichida yotgan pegmatitlar tarkibidan ancha farq qiladi. Minerallar paragenezisi (yaqin sharoitda hosil bo`lgan) bunday holda yon jinslar bilan eritmalarning o`zaro natijasida yuz beradigan reaksiyalarning faol bo`lishidan dalolat beradi. Minerallarning shunday guruhlarining tarkibida faqatgina magmaga xos elementlargina emas, balki yon jinslarda ko`proq tarqalgan kalsiy va magniy oksidlari ham ishtirok etadi. Yon jinslarning o`zi ham pegmatitlar bilan tutashgan joylarida o`zgarib ketadi. Pegmatitlarning bunday turi A.E.Fersman bo`yicha «chalkash chiziqli» qatoriga kiradi va yuqorida ko`rib o`tilgan «toza chiziqli» pegmatitlardan ancha farq qiladi.

E’tiboringiz uchun raxmat


Download 3,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish