8-mavzu. Etika reja


Daochilik ta’limotining asoschisi Lao-stzi



Download 479,59 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/12
Sana14.07.2022
Hajmi479,59 Kb.
#796525
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
8-маьруза матни

Daochilik ta’limotining asoschisi Lao-stzi
(miloddan avvalgi VI - V asrlar) yipik 
namoyondasi Chjuan-stzi (miloddan avvalgi 369-286 yillar) xisoblanadi. Lao-stziga nisbat 
beriladigan “Dao de stzin” kitobida daochilikdagi asosiy yunalishlarning moxiyat aks etgan. 
“Dao - xamma narsadan ustun”, “ildiz”, “Er va osmonning onasi”, “dunyoning ilk asosi”, “sti” 
esa moddiy asos, dao “de” ni - fazilatni undan yaratadi. Shuningdek, “dao” yo’l ma’nosini ham 
anglatadi. “dao de stzin”ni “Fazilat yo’li” deb ham atash mumkin.
Inson mavjud olam kabi dao qonunlari asosidz vujudga kelgan, u tabiatni bir qismi, uning 
vazifasi fazilat (de) yo’lidan borish. har qanday suniy aralashuv, tabiatning muvofiqlik tartibini 
o’zgartirishga intilish-odamlar uchun halokatli, barcha yovuzliklarning, son-sanoqsiz 
baxtsizliklarning manbai tabiat joriy etgan qonunlardan chekinishdadir. Shu sababli Lao-stzi 
nazdida faoliyat daoga qarshi qaratilgan va xalqqa zarar keltiradi, uning asosiy axloqiy tamoyili 
“uvey” - faoliyatsizlik, donishmand kishining “dao”si, bu kurashsiz faoliyat. Lekin bu kurashsiz 
faoliyat aslida tabiatga qarshi bulmagan faol xatti-harakat, faqat daoga xos, tabiat qonunlariga 
mos faoliyat. 
O`rta asrlar Sharq va G`arb axloqiy qarashlari 
Qadimgi davr axloqshunosligi turli xil axloqiy-falsafiy oqimlardan tashkil topgan. Lekin 
bunday oqimlar yoki yo’nalishlarning o’ziga xosligi shundaki, ular qadimgi dunyo 
axloqshunosligi singari nisbatan qat’iy chegaralarga ega emas. Chunonchi, Umar Hayyom 
o’zining tabiiyyunlar yo’nalishiga mansub deb hisoblasa-da, aslida uning falsafiy-axloqiy 
qarashlari ko’proq tanosuh ul-arvoh (ruhlarning ko’chib o’tishi) oqimiga taalluqlidir yoki 
mashshoyiunlik oqimining buyuk vakillari deb tan olingan Forobiy va Ibn Sinoning axloqiy 
qarashlari ba’zi jihatlari bilan tasavvufiy axloqshunoslikka ham taalluqli ekani ko’zga tashlanib 
turadi. Ammo, shunga qaramay, umuman olganda, falsafiy-axloqiy oqimlar borasida gap 
ketganda, musulmon Sharqida ikki yo’nalish alohida o’rin tutadi. Bular - mashshoyiunlik va 
tasavvuf axloqshunosligi.
O’rta asrlar musulmon Sharqida mashshoyiunlik yoki boshqacha qilib aytganda, 
arastuchilik oqimini buyuk arab mutafakkiri al-Kindiy boshlab berdi. Uning asoschisi esa 
turkistonlik qomusiy alloma Abu Nasr Forobiy(870-950) hisoblanadi. 
Forobiy falsafani ikkiga – nazariy va amaliyga bo’ladi, hamda axloqshunoslikni amaliy 
falsafa tarkibiga kiritadi. Axloqiy muammolar uning «Baxtga erishuv yo’lini ko’rsatuvchi 
kitob», «Baxtga erishuv haqida», «Davlat arbobining hikmatlari», «Fozil odamlar shahri» 
singari asarlarida ko’tarilgan. Ularda inson baxti eng asosiy muammo sifatida o’rtaga tashlanadi. 
«Baxt - har bir inson intiladigan maqsad, zero, u muayyan komillik hisoblanadi», deydi Forobiy.
O’rta asrlarda axloqshunosligida raylik mutafakkir Abu Bakr ar-Roziy (865-925) ta’limoti 
o’ziga xos o’rin egallaydi. Uning axloqiy qarashlari "Lazzat", "Falsafiy hayot tarzi", "Ruhiy 
tabobat", "Baxt va farovonlik belgilari" singari kitoblarida aks etgan. 



Raylik mutafakkirning lazzat haqidagi ta’limotiga chuqurroq nazar tashlansa, uning epikur 
qarashlariga asoslanganini ilg`ab olish mumkin. Ayni paytda Ar-Roziy epikurning taqlidchisi 
emas, davomchisi sifatida namoyon bo’ladi, undan ancha ilgarilab ketadi. Chunonchi, epikur 
o’zini xavotir va xatardan, jamoat va davlat ishlaridan olib qochishni, tashqi shart-sharoitdan 
mustaqil bo’lishni, tabiat bilan hamnafaslikda yashashni iztirobdan qutilishning eng yaxshi usuli 
deb hisoblaydi. Ar-Roziy esa insonni ijtimoiy faollikka chaqiradi, uni jamiyatga foyda keltirib
yashashga da’vat etadi. Zero, uning nazdida inson ijtimoiy mavjudot. Inson faqat insoniy 
jamiyatdagina axloqiy yuksalikka, baxt va farovonlikka erishadi. Jamiyatdan tashqarida, 
yakkalikda, tanholikda insonning yashashi mumkin emas. Bordi-yu, yashagan taqdirda ham 
"yovvoyi, hayvoniy, tupos bo’ladi, zero u bizning mavjudligimizni qulaylashtiradagan, 
orastalashtiradigan insoniy hamkorlik va qo’llab-quvvatlanish imkonidan mahrum", - deydi 
mutafakkir. 
Tasavvuf axloqshunosligi haqida gap ketar ekan, eng avvalo, tasavvufning mohiyatini 
anglab olmoq lozim. Bu borada dastlabki sufiylardan bo’lmish Robiya al-Adaviyaning(713-801) 
Xudoga munosabati diqqatga sazovordir. Bu munosabatini u "muhabbat" deb ataydi va 
Yaratganga shunday iltijo qiladi; "Yo, Olloh, yulduzlar charaqlab turibdi, odamlarning esa 
ko’zlari yumilgan... Har bir oshiq o’z mahbubasi bilan visol lazzatini totmoqda, men esa yolg`iz 
Sen bilanman. Yo, egam, agar Senga men do’zaxingdan qo’rqqanim uchun ibodat qilayotgan 
bo’lsam, mendan mangu go’zal jamolingni yashirin tutma!". Ko’rinib turibdiki, Robiya al-
Adaviya Xudoga nimanidir qo’rqib, yoki nimaningdir ilinjida munojot qilayotgani yo’q, balki 
mahbub sifatida, ya’ni muhabbat izhori bilan murojaat etmoqda. Demak, shariat islomning 
tashqi-huquqiy ko’rinishi bo’lsa, tariqat uning ichki-axloqiy, yuksak bosqichdagi ko’rinishi 
hisoblanadi. Zero, tangri insonni farishtalardan ulug` qo’yib, erdagi halifam deb atadi, ya’ni 
ayricha bir muhabbat bilan yaratdi. Demak, inson ham unga muhabbat qo’ymog`i lozim. Insonga 
yuboriladigan azob-uqubatlar ana shu muhabbat darajasining Xudo tomonidan sinab 
ko’rilishidir. Tasavvufning mohiyati ikki tomonlama muhabbatni talqin etmoq. Shuning uchun 
tasavvuf axloqshunosligida muhabbat his-tuyg`ulik maqomidan tushuncha darajasiga
ko’tariladi. qisqa qilib aytganda, tasavvuf islomiy axloq falsafasi sifatida ish ko’radi. 

Download 479,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish