8-mavzu: Usmoniylar imperiyasi (Turkiya) yangi davrda: tarixiy rivojlanishning asosiy voqealari va jarayonlari. (2 soat) Reja


Usmoniylar imperiyasi inqirozining kuchayishi. Yevropalik mustamlakachilarning Usmoniylar imperiyasiga kirib kelishi. “Sharq masalasi”ning paydo bo’lishi



Download 202 Kb.
bet2/9
Sana19.04.2023
Hajmi202 Kb.
#930088
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8-mavzu

2.Usmoniylar imperiyasi inqirozining kuchayishi. Yevropalik mustamlakachilarning Usmoniylar imperiyasiga kirib kelishi. “Sharq masalasi”ning paydo bo’lishi.
Lenning meros mulkka aylanishi amalda turk feodallarining sultonning markaziy hokimiyatiga nisbatan qaramligini susaytirdi. Asta-sekin mahalliy hokimlar va poshsholar sulton hokimiyatini nomigagina tan ola boshladi. Bolqon viloyatlarining hukmdorlari mustaqil knyazlarga aylandi, ulardan ba’zilari hatto o’z tangalarini zarb qildilar. Arabiston, Suriya, Iroq, Falastin, Shimoliy Afrikada sulton oliy hukmdor sifatida tan olinsada, ular Usmoniylar imperiyasiga soliq to’lash va askar yuborishni to’xtatib qo’yishdi. Xususan Turkiya hududi - Anatoliya (Kichik Osiyo) bir necha nomdor oilalar hokimiyati ostida edi. Markaziy hukumat yirik mahalliy feodallar qo’llab-quvvatlagan taqdirdagina biror siyosiy qarorni qabul qila olardi.
Usmoniylar imperiyasining iqtisodiy tushkunligi XVII asr o’rtalaridan uning siyosiy va harbiy qudratining tushkunligiga olib keldi. Sipohiylarning ilgarigi soni va jangovarlik qobiliyati susaydi. O’z vaqtida turk armiyasida sipohiylardan ham muhimroq rol o’ynagan Yanicharlar korpusining xarakteri o’zgardi. Yanicharlar ilgari professional jangchi bo’lganlar. Ularning saflari islom diniga o’tkazilgan sog’lom xristian bolalarini majburiy ravishda xizmatga olish bilan to’ldirilgan.
Ular yoshligidan harbiy ishga o’rgatilgan va musulmon fanatizmi ruhida tarbiyalangan. Yanicharlarga o’z oilasiga ega bo’lish, hunarmandchilik yoki savdo-sotiq bilan shug’ulanish taqiqlangan. Professional jangchi sifatida tarbiyalangan, yuqori maosh oluvchi va ko’p imtiyozlarga ega bo’lgan Yanicharlar bosqinchilik urushlarini olib borishda va bosib olingan hududlardagi aholini shafqatsizlik bilan asoratga solishda Usmoniylar imperiyasining tayanchi hisoblanardi. Lekin vaqt o’tishi bilan Yanicharlar korpusining xarakteri o’zgardi. Yanicharlar o’z oilalariga ega bo’lib, savdo bilan shug’ullana boshladilar.
Yanicharlarning saflari keyinchalik Yanicharlarning bolalari bilan to’ldirila boshlandi. Imtiyozlarga ega bo’lgan yanicharlik patenti oldi-sotdi predmetiga aylandi. Yanicharlar saroy to’ntarishlari o’tkazib, o’zlariga yoqmagan vazir va sultonlarni taxtdan tushirardi. Ular tartib intizomga bo’ysunishni hohlamas, armiyadagi yangilik va qayta qurishlarga qarshi chiqishardi. Ularning ilgarigi jangovorlik qobiliyati yo’qolgan edi. Turk armiyasining puturdan ketishi Usmoniylar imperiyasi olib borayotgan ko’p sonli urushlarga o’z ta’sirini o’tkazdi. 1664 yilda vengrlar va avstriyaliklar Sentgortxart (Vengriya) yonida turklarni mag’lubiyatga uchratdilar. Turklar 1783 yilda Venaga hujum qilganlarida avstriyaliklar bilan polyaklar qo’shinidan engildilar. Bu harbiy mag’lubiyatlar Usmoniylar imperiyasida boshlanib ketgan ijtimoiy-iqtisodiy inqirozning natijasi edi.

Turkiyaning Vena yonidagi mag’lubiyatidan keyin unga qarshi Avstriya, Polsha va Vengriyadan iborat harbiy ittifoq tuzildi, Rossiya ham bu ittifoqqa qo’shildi. Ittifoq qatnashchilari turklarni yana bir necha marotaba mag’lubiyatga uchratdilar. Turk bosqinchilari Vengriyadan haydab yuborildi. Bu esa Usmoniylar imperiyasi inqirozni yanada keskinlashtirdi.


Usmoniylar imperiyasi ko’p millatli davlat bo’lsada, u Sharqiy Yevropadagi davlatlardan tubdan farq qilardi. Usmoniylar imperiyasi uning tarkibiga kirgan xalqlarning birgalikdagi mudofaa ehtiyojlaridan yuzaga kelgan emas edi. Aksincha, bu imperiya usmonli turklarning bosqinchilik yurishlari natijasida tashkil topdi. Turklar o’sha davrda ilg’or va madaniyatli xalqlar bo’lgan bolgarlar, serblar, vengrlar, ruminlar, greklar va armanlarni bosib olib asoratga soldilar. Turk sultonlari madaniyat rivojiga katta hissa qo’shgan arablarni mustaqillikdan mahrum qildilar. Usmoniylar imperiyasi davlatida turklar bilan imperiyadagi boshqa xalqlar o’rtasida iqtisodiy va madaniy jihatdan yaqinlashish deyarli bo’lmagan.
Turklar bosib olgan mamlakatlarda turklarga qarshi ozodlik harakatlari avj oldi. Bu o’z navbatida Usmoniylar imperiyasining zaiflashishiga va inqirozning chuqurlashishiga sabab bo’ldi.
XVIII asrdagi rus-turk urushlari natijasida, ayniqsa 1768-1774 yillardagi urush natijasida turklarning Yevropadagi hukmronligiga qattiq zarba berdi. 1774 yildagi Kuchuk - Qaynarji sulh shartnomasiga binoan Qrim Turkiyadan mustaqil deb e’lon qilindi (1783 yilda Rossiyaga qo’shib olindi), Dnepr va Bug daryosi o’rtasidagi yerlar Rossiyaga qaytarib berildi, Qora dengiz va bo’g’ozlar rus savdo floti uchun ochib qo’yildi, Rossiya Moldava va Valaxiya knyazliklari ustidan hamda Turkiyadagi provaslav cherkovi ustidan homiylik qilish huquqini qo’lga kiritdi.
Usmoniylar imperiyasi tanazzuli chet ellik mustamlakachilarning Usmoniylar imperiyasiga va unga qaram erlarga kirib kelishiga qulay sharoit tug’dirdi. Usmoniylar imperiyasiga XVI asrdayoq frantsuz, ingliz va Yevropalik boshqa savdogarlar kirib kela boshlagan edi. XVIII asrda Turkiyaning Yevropa davlatlari bilan bo’lgan munosabatlari teng huquqli bo’lmagan xarakterga ega bo’la boshladi. Chet elliklarning Usmoniylar imperiyasiga kirib kelishining eng muhim vositasi kapitulyatsiya rejimi bo’lib, u turk sultonlari tomonidan chet ellik savdogarlarga berilgan imtiyozlar ko’rsatilgan hujjatdan iborat edi. Dastlabki kapitulyatsiyalar XVI asrga tegishli bo’lib, turk sultoni Sulaymon va frantsuz qiroli Frantsisk I ittifoq va savdo konventsiyasi to’g’risida siyosiy shartnoma tuzib, unga ko’ra frantsuz savdogarlari Yaqin Sharqda alohida imtiyozlarga ega bo’ldilar. Sultondan ana shunday imtiyozlarni boshqa bir qancha Yevropa davlatlari ham olishdi.
Bu kapitulyatsiyalar hali teng huquqli bo’lmagan xarakterga ega emasdi. Chet ellarga savdo imtiyozlarining berilishi eng avvalo Turkiyaning tashqi savdoni kengaytirishdan manfaatdorligi bilan bog’liq edi. Lekin vaqt o’tgan sayin kapitulyatsiyalar boshqacha xarakterga ega bo’la boshladi. 1740 yilda Usmoniylar imperiyasi Fransiyaga barcha eski kapitulyatsiyalarni to’ldiruvchi va tasdiqlovchi “Bosh kapitulyatsiya”ni taqdim etdi. Sulton kapitulyatsiyalarning muddatsiz davom etishini tan oldi va o’z nomidan hamda o’zidan keyingi vorislari nomidan bu kapitulyatsiyalarga qarshi chiqmaslik majburiyatini oldi.
Fransiyadan keyin boshqa Yevropa davlatlari ham sultondan ana shunday imtiyozlar olishdi. Chor Rossiyasi ham Kuchuk-Qaynarji shartnomasi bo’yicha ana shunday imtiyozlarga ega bo’ldi. Kapitulyatsion imtiyozlar berish Usmoniylar imperiyasi uchun halqora majburiyatga aylandi, kapitulyatsiya rejimi esa abadiy deb belgilab qo’yildi.
Chet el tovarlariga bojlar juda past qilib belgilandi, chet elliklar soliqlardan ozod qilindi. Missionerlar bir qator imtiyozlarga ega bo’ldilar. XVIII asr oxiriga kelib kapitulyatsiya rejimi chet el sarmoyalariga Usmoniylar imperiyasida muhim savdo pozitsiyalarini egallash imkonini berdi. O’sha vaqtda Suriya va Egey dengizining g’arbiy sohillarida savdo faktoriyalariga ega bo’lgan Fransiya Yaqin Sharq savdosida qulay imkoniyatga ega edi. Frantsuz savdogarlarining ko’pchiligi Izmir orqali savdo operatsiyalarini amalga oshirardilar. Ingliz kapitali ham katta rol o’ynardi.
Yevropadan Turkiyaga gazlamalar va boshqa sanoat mollari keltirilardi. Turkiyadan esa jun, paxta, charm, tamaki, bug’doy, o’simlik yog’i va boshqa tovarlar chiqarilardi. Tashqi savdo chet elliklar monopoliyasiga aylangani ham katta ta’sir o’tkaza boshladi. Portlar markazlarida turk millatiga mansub bo’lmagan (grek, arman, yevrey) komprador burjuaziya shakllandi. Shunday qilib, XVIII asrning ikkinchi yarmida Uemoniylar imperiyasining chuqur inqirozi va emirilishi chet ellik mustamlakachilarning kirib kelishi bilan birgalikda davom etdi.
Usmoniylar imperiyasi xalqlarining rivojlanishi mumkin bo’lgan eng progressiv yo’li - bu imperiyadagi barcha xalqlarning inqilobiy ozodlik kurashi natijasida imperiyani yo’q qilish va uning vayronalari ustida hayotga qobiliyatli milliy davlatlarni, shu jumladan turk xalqining mustaqil milliy davlatini tashkil etish edi. Asoratga solingan xalqlar orasida, ayniqsa Bolqonda inqilobiy kuchlar o’sib, milliy-ozodlik harakatlari boshlanib ketgan edi.
Lekin Yevropaning buyuk davlatlari Usmoniylar imperiyasining zaifligi va inqirozidan foydalanib, uning “meroslari”ni bosib olishga, ulkan hududlarini o’zlariga bo’ysundirishga intilardilar. Usmoniylar tarkibiga kirgan hududlar strategik, iqtisodiy va siyosiy jihatdan muhim ahamiyatga ega edilar. Shuning uchun ham XVIII asr oxiriga kelib Angliya, Fransiya, Rossiya va Avstriyaning hukmron sinflari bu hududlar taqdiri to’g’risidagi masalani hal qilishdan juda manfaatdor edilar. Bu davlatlarning har biri o’z da’volarini ilgari surib, boshqa raqiblarining siyosiy yoki iqtisodiy jihatdan ustunlikka erishishini istamas edilar. “Sharq masalasi” shu tariqa paydo bo’ldi.
“Sharq masalasi”ning mohiyati buyuk davlatlarning agressiv intilishlari, niyatlari bilan kifoyalanmas edi. Usmoniylar imperiyasi tomonidan asoratga solingan halqlar turklar zulmiga qarshi, milliy mustaqillik va mustaqil davlatlar tuzish uchun olib borgan kurashi ham “Sharq masalasi”ning muhim tarkibiy qismi edi. Usmoniylar imperiyasining sun’iy jihatdan saqlanib turishining sabablaridan yana biri Yevropadagi buyuk davlatlarning, eng avvalo Fransiya va Angliyaning olib borgan siyosati edi. Fransiya va Angliya Usmoniylar imperiyasi hududlarini bosib olishga intilib, sulton hukumatining ezilgan xalqlarning milliy-ozodlik harakatini bostirish uchun olib borgan siyosatini qo’llab-quvvatlardi. Bu davlatlar tamomila zaiflashib borayotgan imperiyani saqlab qolishga intilib, keyinchalik uni bir butun holda o’z mustamlakasiga aylantirishni ko’zlashardi. Ular tomonidan o’tkazilayotgan status-kvoni saqlab qolish siyosati turk xalqining va imperiyadagi boshqa xalqlarning rivojlanishida juda reaktsion rol o’ynardi.
Chor Rossiyasi ham Usmoniylar imperiyasiga nisbatan agressiv pozitsiyada turdi hamda bo’g’ozlarni bosib olish va Bolqonda mustahkamlanib olishga intildi. Lekin chor Rossiyasi o’z siyosatini amalga oshira borib, Bolqondagi mazlum xalqlarning turklar zulmiga qarshi kurashini qo’llab quvvatladi.

Download 202 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish