8-mavzu: Usmoniylar imperiyasi (Turkiya) yangi davrda: tarixiy rivojlanishning asosiy voqealari va jarayonlari. (2 soat) Reja


Yevropa davlatlari o’rtasida Usmoniylar imperiyasi uchun kurashning kuchayishi



Download 202 Kb.
bet4/9
Sana19.04.2023
Hajmi202 Kb.
#930088
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8-mavzu

4.Yevropa davlatlari o’rtasida Usmoniylar imperiyasi uchun kurashning kuchayishi.
1809 yil bahorida Turkiya bilan Rossiya o’rtasidagi urush harakatlari yangidan boshlandi. 1811 yil kuzida Kutuzov turk armiyasini tor-mor etdi, 1812 yil may oyida Buxarestda sulh shartnomasi tuzildi. Unga ko’ra Bessarabiya turklar zulmidan ozod etildi va rus davlati tarkibiga qo’shildi. Turkiya Rossiyaning Dunay davlatlari ustidan homiylik qilish huquqini tan oldi va Serbiyaga o’z-o’zini boshqarish huquqini berishga majbur bo’ldi. Usmoniylar imperiyasining tashqi siyosat sohasidagi muvaffaqiyatsizliklari uning ichki ziddiyatlari chuqurlashib borayotganligidan, kuchsizligidan va tanazzulidan guvohlik berardi.
G’arb kapitalistik davlatlarining sanoat kapitalizmi qaror topishi bilan bog’liq mustamlakachilik siyosatining kuchayishi Usmoniylar imperiyasiga ham ta’sir ko’rsatib, ko’p jihatdan uning XIX asrdagi rivojlanishini belgilab berdi. Shu davrda Yevropadagi buyuk davlatlarning raqobati Xitoy va Osiyodagi boshqa mamlakatlardagiga nisbatan Yaqin Sharqda keskin namoyon bo’ldi. Bularning hammasi Turkiyaning chet ellik mustamlakachilarga tobora ko’proq qaram bo’lish xususiyatlarini belgilab berardi.
Napoleon hukmronligiga qarshi Rossiyadagi Vatan urushi va Yevropadagi boshqa mamlakatlarning milliy urushlari Bolqon xalqlarining ozodlik kurashiga ta’sir ko’ratdi. 1813, 1815 yillarda Serbiyada turklarga qarshi qo’zg’olonlar bo’lib o’tdi. Serbiya mustaqil ravishda ichki siyosat olib borish huquqiga ega bo’lsa-da, Belgradda va boshqa Shaharlarda turk garnizonlari saqlanib qoldi. 1821 yilda Moreya va Egey dengizi orollaridagi greklar qo’zg’olon ko’tardi. Sulton Mahmud II o’z kuchi bilan qo’zg’olonni bostira olmadi va u Misr hukmdori Muhammad Alidan yordam so’radi. 1824 yilda harbiy-texnika va son jihatidan ancha ustun bo’lgan Misr qo’shini va floti Moreyani bosib oldi. Greklar qo’zg’olonining borishi hatto eng reaktsion feodallar va yuqori tabaqa ruhoniylar vakillariga ham Yanicharlar qo’shinining jangovarlik qobiliyati yo’qolganligini, ularning yomon qurollangan grek qo’zg’olonchilariga qarshi urush olib borishga ham qurbi etmasligini ro’y-rost ko’rsatdi. Feodal zodagonlari va yuqori tabaqa ruhoniylar tomonidan qo’llab quvvatlangan Mahmud II 1826 yil may oyida yangi armiya tashkil etish to’g’risida farmon chiqardi. Bu qo’shinni Misr ofitserlari o’rgata boshlagan edilar. Shu bilan birga sulton Yanicharlar qo’shinini batamom yo’q qilish uchun ular o’rtasida isyon chiqarish maqsadida ig’vo tarqatdi. Iyunda poytaxtda Yanicharlar isyoni boshlanganda sulton ularning chiqishini islomga qarshi deb e’lon qildi va doimiy qo’shin, artilleriya yordamida bu isyonni tezda bostirdi. Poytaxtda va boshqa viloyatlarda bir necha kun mobaynida bir necha ming yanichar qirib tashlandi. Shu yo’l bilan Yanicharlar korpusi tugatildi.
Serblar va greklar ozodlik harakatlarining shafqatsizlik bilan bostirilishi, turk feodallarining qanday qilib bo’lsada mazlum xalqlar ustidan o’z hukmronliklarini saqlab qolishga intilishlari Usmoniylar imperiyasini zaiflashtirib, uni chet ellik mustamlakachilarga bo’ysundirish uchun qulay sharoit yaratdi. Turklar grek qo’zg’olonchilariga qarshi kurashni davom ettirdilar. Muhammad Ali qo’shinlari 1827 yil iyunda grek qo’zg’olonchilarining so’nggi istehkomi bo’lgan Afinani qo’lga kiritdi. Shundan keyin iyulda Londonda ingliz-frantsuz-rus bitimi tuzilib, unga ko’ra Gretsiyaga muxtoriyat berilishi kerak edi.
Oktabrda esa bu 3 davlat floti Navarin buxtasi yonida turk-misr flotiga hujum qilib, uni yo’q qilib tashladi. Muhammad Ali qo’shinlari Misrga olib ketildi. Navarin g’alabasidan foydalangan Rossiya 1828 yil bahorida Turkiyaga urush e’lon qildi. 1828-1829 yillardagi rus-turk urushi Turkiyaning to’la mag’lubiyati bilan tugadi. Rus qo’shinlari Bolqon orqali o’tib, Andrianopolni (Edirne) egalladilar va Istambulga juda yaqin qoldilar.
Usmoniylar hukumati 1829 yil sentabrda Andrianopol sulh shartnomasini tuzishga majbur bo’ldi. Bu shartnomaga binoan urushgacha bo’lgan chegaralarda uncha katta o’zgarishlar bo’lmadi, Turkiya zimmasiga tovon to’lash yuklatildi. Shartnomaning Serbiya va Gretsiyaga muxtoriyat berish to’g’risida siyosiy moddalari katta ahamiyatga ega edi. Turklar zulmiga qarshi Bolqon xalqlari emas, balki arablar ham qarshi chiqdi. Amalda mustaqil bo’lib qolgan Misr bilan sulton hukumati o’ratasida ziddiyatlar keskinlashdi. Misr poshshosi Muhammad Ali sulton xazinasiga navbatdagi badalni to’lashdan bosh tortdi va greklar isyonini bostirishda qatnashgani uchun sulton tomonidan va’da qilingan Suriyani boshqarishni o’ziga berilishini talab qildi.
1831 yil kuzida misrliklar qo’shini Suriyaga kirib keldi. Sulton Muhammad Alini isyonchi deb e’lon qildi. Harbiy harakatlar boshlanib, unda sulton armiyasining zaifligi ma’lum bo’ldi. 1832 yil yozida Misr qo’shinlari Suriya, Falastin va Kilikiyani egallab, Anatoliyaga kirib bordilar. 1832 yil dekabrida sulton qo’shinlari Konya yonida tor-mor etildi. Misr qo’shinlari uchun Istambulga boradigan yo’l ochildi. Qiyin ahvolda qolgan sulton yordam so’rab Yevropa davlatlariga murojaat qildi.
Misr hukumatiga o’z ta’sirini o’tkazib kelayotgan Fransiya Usmoniylar imperiyasining boshqa viloyatlarida ham o’z pozitsiyasini kengaytirishni mo’ljallab, Muhammad Alini qo’llab-quvvatladi. Misrni va Osiyodagi boshqa arab davlatlarini bosib olishni ko’zlayotgan Angliya Muhammad Aliga nisbatan dushmanlik pozitsiyasida turdi. Lekin u Turkiyaga Avstriya yordam beradi deb hisoblab, sultonga harbiy yordam berishga shoshilmadi. Muhammad Ali g’alaba qozongan takdirda butun Turkiya ustidan Fransiya hukmronligi o’rnatilishdan xavfsiragan Rossiya Mahmud II ni faol qo’llab-quvvatladi. 1833 yil rus eskadrasi Bosforga kirib keldi. Muhammad Ali Istambulga yurishini to’xtatishga majbur bo’ldi. Rus floti va qo’shinlarining bo’g’ozlarga kirib kelishi Angliya va Fransiyani qattiq tashvishga solib qo’ydi.
Ularning taziyqi bilan 1833 yil mayda sulton va Muhammad Ali vakillari o’rtasida bitim tuzilib, unga ko’ra Muhammad Ali sulton hokimiyatini rasmiy ravishda tan oldi va o’z qo’shinlarini Anatoliyadan olib chikdi, Mahmud II esa Muhammad Ali egallagan Suriya, Falastin va Kilikiyani uning boshqaruviga berdi. Lekin bu bitim mustahkam emas edi. Rasmiy jihatdan o’zini sulton vassali deb tan olgan Muhammad Alining yer mulki sultonnnikidan ko’p edi. Yangi to’qnashuvlar yuz berishi aniq bo’lib qoldi. G’arbdagi kapitalistik davlatlar, eng avvalo Angliya misr-turk urushida kuchsizlanib qolgan Turkiya ustidan o’z mustamlakachilik siyosatini o’tkazishga harakat qildi. Angliya 1838 yilda turk hukumatini yangi savdo konventsiyasini imzolashga majbur qildi. Bu konventsiyaga binoan ingliz tovarlariga juda past bojlar belgilanib, ingliz savdogarlari Usmoniylar imperiyasining hohlagan yerida hech bir cheklovlarsiz savdo qilish huquqga ega bo’ldilar. Xuddi shunday konventsiya Turkiya va Fransiya o’rtasida ham imzolandi.
Misrni va boshqa arab davlatlarini bosib olishni maqsad qilib qo’ygan Angliya mustaqil Misr davlatining paydo bo’lishi va mustahkamlanishini istamas edi. U turk sultonini Misr poshshosi Muhammad Aliga hujum qilishga gij-gijlar edi. Muhammad Ali 1839 yilda o’zi boshqarayotgan hududlarni o’g’illariga qoldirish huquqini (sulolaviy boshqarish huquqi) talab qilganda sulton unga qarshi harbiy harakatlarni boshlab yubordi. Lekin 1839 yil iyunda Shimoliy Suriyada bo’lgan birinchi to’qnashuvdayoq turk armiyasi tor-mor etildi. Bir necha kundan keyin sulton Mahmud II vafot etdi. Imperiya taxtiga Abdul Majid o’tirdi (1839-1861 yillar). Buyuk davlatlar yana turk ishiga aralashdilar. Ular 1839 yil Usmoniylar imperiyasini o’zlarining jamoaviy homiylikka olishlarini e’lon qildilar. 1840 yil 15 iyulda Londondagi turkiya elchisi Rossiya, Angliya, Avstriya va Prussiyaning “Usmoniylar imperiyasining bir butunligi va mustaqilligini saqlashni kuzatib borish” to’g’risidagi konventsiyani imzolashga majbur bo’ldi.
Shu yo’l bilan Usmoniylar imperiyasining bu davlatlarga qaramligi rasmiy ravishda e’lon qilindi.
Shu bilan birga 1840 yildagi London konventsiyasi Muhammad Alidan Misr va Falastindan tashqari boshqa barcha mulklarni sultonga qaytarib berishni ultimatum tarzida talab qildi. Bu ultimatum rad qilingach, ingliz va avstriya kemalari Suriya qirg’oqlarini bombardimon qildilar. Muhammad Alini qo’llab quvvatlab kelayotgan Fransiya boshqa buyuk davlatlar ittifoqi bilan harbiy nizo chiqarishga botina olmadi. 1840 yilning oxiri va 1841 yilning boshida Misr batamom taslim bo’ldi.
G’arb davlatlarining turk-misr urushiga aralashuvi ularni Turkiyada yangi pozitsiyalarni egallashiga olib keldi. Taslimchilik rejimi kengaydi va batamom mustahkamlandi. 1838 yildagi savdo konventsiyasiga binoan Angliya va Fransiya hech bir to’siqlarsiz Usmoniylar imperiyasini o’z tovarlari bilan to’ldirish imkoniyatiga ega bo’ldi. Turkiyaning siyosiy qaramligi ham kuchaydi. 1840 yildagi London konventsiyasi buyuk davlatlarning Turkiyaning ichki ishlariga aralashuvini “qonuniylashtirib” qo’ydi. 1841 yil Angliya, Fransiya, Avstriya va Prussiya davlatlari Turkiya bilan bo’g’ozlar to’g’risidagi konventsiyani imzoladilar. Bu davlatlarning ko’pchiligi o’z jo’g’rofiy joylashuviga ko’ra bo’g’ozlarga hech qanday aloqasi bo’lmagan holda, Qora dengiz bo’yidagi davlatlarning huquqlarini kamsitishdi.
XIX asrning 20-30 yillaridan boshlab Turkiyaga chet el kapitalining kirib kelishi kuchaydi. Chet el fabrika tovarlari turk bozorini egallab oldi. Turk hunarmandchiligi va manufakturasi inqirozga yuz tutdi. Bursa va Diyorbakr Shaharlarida gazlama ishlab chiqarish XIX asrning dastlabki 40 yilida 10 marta qisqardi. Ipak gazlama ishlab chiqarish keskin ravishda qisqardi. Endilikda ipak xom ashyosining barchasi chetga olib ketilardi. Turkiya G’arb davlatlarining xom ashyo o’chog’iga aylana bordi.
Buyuk davlatlar siyosati Turkiyada feodal ishlab chiqarish usulini kapitalistik usulga aylantirish uchun zarur shart-sharoit yaratishga to’sqinlik qilardi. Lekin chet el kapitalining kirib kelishi Turkiya iqtisodiyotida feodal munosabatlar hukmronligi saqlangan holda tovar-pul va kapitalistik munosabatlarni bir tomonlama o’sishini ma’lum darajada rag’batlantirdi, tashqi savdo o’sdi. Turk qishlog’ining natural xarakteri sekinlik bilan bo’lsada o’zgara boshladi. Istambul, Izmir kabi yirik port Shaharlari o’sib, tashqi savdo markaziga aylana bordi.
Bu iqtisodiy jarayonlar ma’lum bir darajadagi ijtimoiy oqibatlarga olib keldi. Yerning bir qismini savdogarlar sotib ola boshladi. O’z mahsulotini bozorda sotuvchi yangi pomeshchiklar shakllandi. Davlat mulki hisoblangan yer amalda xususiy mulkka aylana boshladi.
Turkiyada asosan turk millatiga mansub bo’lmagan shaxslardan burjuaziya guruhi shakllandi. Chet el kapitalining kirib kelishi, ko’p sonli urushlar mehnatkashlarning ahvolini yomonlashtirdi. Dehqonlar va hunarmandlarning noroziligi kuchaydi. Shu bilan birga Yevropa davlatlarining Bolqonda va Yaqin Sharqda hukmronlik qilish uchun agressiv mustamlaka siyosati va o’zaro kurashi kuchaydi. Ular siyosatida 2 tendentsiya qo’shilib ketgan edi: birinchidan, imperiyadagi inqirozdan uni parchalab tashlash va alohida hududlarini bosib olish uchun foydalanish; ikkinchidan, boshqa xalqlar ustidan turk hukmronligini su’niy ravishda saqlab turish va butun Usmoniylar imperiyasi ustidan o’z ta’sirini o’rnatish (Angliya va Fransiya). Turkiya hali ma’lum darajada mustaqil harbiy ahamiyatga ega bo’lib, Yevropa davlatlari uni harbiy ittifoq va koalitsiyalarga jalb qilishardi. Lekin Turkiyaning bunday ittifoqlarda ishtirok etishi uni mustamlaka asoratiga tushishiga ko’maklashardi xolos. Turk aholisi iqtisodiy va siyosiy jihatdan imperiyadagi boshqa xalqlardan ancha orqada edi. Turk xalqida uning kurashiga rahbarlik qiladigan ijtimoiy kuchlari yo’q edi. Agar Hindiston, Xitoy, Eronda mustamlakachilar bosqini yirik xalq qo’zg’olonlariga olib kelgan bo’lsa, turk dehqonlari va hunarmandlarining noroziligi umumxalq qo’zg’oloniga aylanmadi. Shu bilan birga Usmoniylar imperiyasi taraqqiyotining o’ziga xos xususiyatlari yana shundaki, bu yerdagi hukmron sinf vakillari o’z davlatlaridagi inqirozni islohotlar yo’li bilan to’xtatishga zo’r berib urinishlari Osiyoning hech bir davlatida bu yerdagidek kuchli darajada namoyon bo’lgan emas.

Download 202 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish