8-mavzu: Usmoniylar imperiyasi (Turkiya) yangi davrda: tarixiy rivojlanishning asosiy voqealari va jarayonlari. (2 soat) Reja


Turkiya I – jahon urushi arafasida



Download 202 Kb.
bet8/9
Sana19.04.2023
Hajmi202 Kb.
#930088
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8-mavzu

8. Turkiya I – jahon urushi arafasida.
Italiya Turkiyaning Afrikadagi so’nggi ikkita provintsiyasi – Tripolitaniya va Kirenaikini bosib olish uchun 1911 yil kuzida Turkiyaga qarshi urush boshladi, bu Italiya-Turkiya yoki Tripolitaniya urushining boshlanishi edi. Iqtisodiy va siyosiy tanazzulni boshdan kechirayotgan Turkiya bu urushda ketma-ket mag’lubiyatga uchray boshladi. Bunday sharoitda yosh turklar hukumatiga muxolifatda bo’lgan “Hurriya va birdamlik” partiyasi vakillari 1912 yil iyulda davlat to’ntarishini amalga oshirdilar. Yangi hukumat “Hurriya va birdamlik” partiyasi vakillari va eski sulton amaldorlaridan tashkil topdi. Yosh turklar hukumatining bir qancha a’zolari qamoqqa olindi, ko’pchiligi chet ellarga chiqib ketdi. “Ittihod va taraqqiyot” partiyasining gazetalari yopildi. Yangi hukumat qamal holatini e’lon qildi.
Bu voqealar Turkiyaning Tripolitaniyadagi yakuniy mag’lubiyatini tezlashtirdi. Buning ustiga Turkiya uchun yanada xavfliroq urush – Bolqon urushi yaqinlashib kelmoqda edi. 1912 yil bahori va yozida Bolqondagi 4 ta davlat – Serbiya, Bolgariya, Chernogoriya va Gretsiyadan iborat ittifoq tashkil topgan edi. Bu davlatlar Turkiyadan Makedoniyada islohotlar o’tkazishni ultimatum tarzida talab qilib chiqdilar. Chernogoriya 1912 yil 8 oktabrda Turkiyaga qarshi urush boshladi.
Bunday vaziyatda Turkiya Afrikada urush harakatlarini davom ettira olmas edi. Turkiya 1912 yil 15 oktabrda Lozannada Italiya bilan maxfiy bitim tuzib, o’zining Tripolitaniya va Kirenaikiga bo’lgan huquqidan voz kechdi. 1912 yil 18 oktabrda esa oshkora ravishda Italiya-Turkiya sulhi tuzilib, Tripolitaniya urushi tugadi.
Birinchi Bolqon urushi 1912 yil 18 oktabrda boshlandi va Turkiyaga yanada og’irroq mag’lubiyat olib keldi. “Hurriyat va birdamlik” partiyasi hukumati kuchsiz va qobilyatsiz bo’lib chiqdi. Bundan foydalangan yosh turklar 1913 yil 23 yanvarda davlat to’ntarishini amalga oshirdilar. Mahmud Shavkat poshsho boshchiligida “Ittihod va taraqqiyot” partiyasi vakillaridan iborat yangi hukumat tuzildi.
Yosh turklarning hokimyatga qaytishi Turkiyaning harbiy ahvolini yaxshilamadi. Turkiya yana mag’lubiyatga uchray boshladi. 1913 yil 30 mayda Londonda sulh bitimi tuzilib, Bolqon xalqlari Usmoniylar imperiyasi zulmidan ozod bo’ldilar. Usmoniylar imperiyasi o’zining Yevropadagi deyarli barcha mulklaridan mahrum bo’ldi.
1913 yil iyunda sobiq Bolqon ittifoqchilari o’rtasida boshlanib ketgan ikkinchi Bolqon urushida turklar Adrianopol (Edirne) va uning atrofini o’zlariga qaytarib olishga muvaffaq bo’ldilar.
Bolqon urushlari yosh turklarning milliy masaladagi reaktsion siyosatini yaqqol ochib tashladi. Bolqon xalqlari o’zlarining qurolli chiqishlari bilan amalda “usmoniylik”ni tan olmasliklarini osiq-oydin ko’rsatdilar. Bolqon xalqlarining Turkiya ustidan g’alabasi progressiv hodisa edi. U Bolqondagi feodal munosabatlarning emirilishiga, turklarning o’rta asrchilikga xos hukmronligidan ozod bo’lgan xalqlarning rivojlanishiga ko’maklashdi.
Bolqon urushlari davrida “Ittihod va taraqqiyot” partiyasi reaktsion kuchga aylandi. Endilikda uning siyosati tobora ko’proq turk pomeshchiklari va komprador savdogarlar manfaatlariga xizmat qila boshladi. Birinchi jahon urushi arafasida “Ittihod va taraqqiyot” partiyasida va turk hukumatida nazorat harbiy vazir Anvar, “Ittihod va taraqqiyot” partiyasi markaziy qo’mitasi raisi va ichki ishlar vaziri Tal’at, dengiz vaziri va Istanbulning harbiy gubernatori Jamoldan iborat “Yosh turklar triumvirati” qo’liga o’tdi.
Unda 1908 yil inqilobida qatnashganligi uchun mashhur bo’lib ketgan Anvar asosiy rolni egallagan edi. Lekin endilikda uni hukmron sinfning eng reaktsion guruhlari qo’llab quvvatlardi. U shuhratparast, printsipi yo’q avantyurist edi. U sultonning kuyovi bo’lib, Germaniyaning hukmron doiralari bilan yaqin aloqa o’rnatgan edi.
Yosh turklar hukumati German imperializmi tomon yo’l tutib, panturkizm va panislomizm g’oyalarini ilgari surdilar. Ular Bosfordan Oltoygacha bo’lgan hududda turklarni turk sultoni hukmronligi ostida birlashtirishni orzu qilardilar. Birinchi jahon urushi boshlanganda Turkiya o’zini betaraf deb e’lon qilgan bo’lsada, 1914 yil avgust oyi boshida Germaniya bilan maxfiy shartnoma tuzgan va Rossiyaga qarshi urushish uchun katta miqdorda qarz olgan edi.
Bu vaqtga kelib Turkiyaning chet davlatlardan olgan qarzi 3,3 mlrd. dollarni tashkil etgan edi. 1914 yil 29 oktabrda Turkiya urush e’lon qilmay Rossiyaga qarshi harbiy harakatlarni boshlab yubordi. Turkiya Kavkaz frontida katta talofatlar ko’rdi. Birgina Sariqamish jangida 80 ming askar yo’qotdi. Turkiya moliyaviy jihatdan ham, harbiy jihatdan ham Germaniyaning vassaliga aylanib borayotgan edi.

Download 202 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish