9-bob. Tabiiy tilni tushunish va mashinali koʻrish tizimlari



Download 482,99 Kb.
bet2/19
Sana26.06.2021
Hajmi482,99 Kb.
#101884
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
2-мус.иш СИ(4-курс)

Formantli sintezatorlar hayajonlantiruvchi signallarni qoʻllashadi, ular ovoz trakti rezonanslariga oʻxshash bir qancha rezonanslarga qoʻshilgan raqamli filtr orqali oʻtadi. Hayajonlantiruvchi signallarga boʻlinish va ovoz traktini uzatuvchi funksiyalar nutq hosil boʻlishining klassik akustik teoriyasining asosini tashkil qiladi.

Kompilyativ sintez mavjud inventardan kerakli kompilyasiya birliklarini yelimlash yoʻli bilan amalga oshiriladi. Bu prinsip asosida koʻpgina tizimlar qurilgan, ular turli tipdagi birliklar va inventar hosil qilishning turli usullarini qoʻllashadi. Bunday tizimlarda albatta signalni qayta ishlashni qoʻllash kerak, bu asosiy tonning chastotasini, energiya va davomiylik birliklarini sintezlanayotgan nutq xususiyatlariga moslashtirilishi lozim.

Bundan tashqari signalni qayta ishlash algoritmi segment chegaralaridagi formatli strukturada boʻlinishlarni tekislashi talab qilinadi. Kompilyativ sintez tizimlarida signalni qayta ishlashning ikki tur algoritmi qoʻllaniladi: LP(inglizcha Linear Preduction (chiziqli bashorat)) va PSOLA(inglizcha Pitch Synchronous Overlap and Add). LP sintezi asosan nutq shakllanishining akustik nazariyasiga asoslangan. PSOLA sintezi kompilyasiya birligini tashkil etadigan ovoz toʻlqinlarini vaqtincha oynalarda oddiy boʻlishga va ularni almashtirishga asoslanib ishlaydi. PSOLA algoritmlari boshlangʻich tovush toʻlqinlarini modifikasiya qilishda tabiiy tovushni yaxshi saqlanishiga erishishga imkon beradi.



      1. Nutqni sintez qilishning keng tarqalgan tizimlari

Hozirgi paytda nutqni sintez qilishning keng tarqalgan tizimlari ovoz platalari majmuasiga kiradigan tizimlar hisoblanadi. Agar sizning kompyuteringiz bu tizimlarning birortasi bilan ta’minlangan boʻlsa, u holda unda nutqni sintez qilish tizimi oʻrnatilgan. Bu tizimlar ingliz tilining amerikancha variantidagi nutqlarni sintez qilishga moʻljallangan. Koʻpgina mukammal Sound Blaster ovoz platalarida Creative Text-Assist tizimlari mavjud, boshqa ishlab chiqaruvchilarning ovoz platalarida koʻpincha First Byte firmasining Monologue dasturi mavjud [11-15].

Text Assist formatli sintezatorning qoidalar boʻyicha ifodalanishini oʻzida aks ettiradi va Digital Equipment korporasiyasida mashhur amerikalik fonetist Dennis Klan ishtirokida ishlab chiqarilgan DECTalk tizimiga asoslanadi. DECTalk hozirgacha ingliz tilining amerikancha variantidagi nutqni sintez qilish uchun sifat standarti boʻlib hisoblanadi. Creative Technologies kompaniyasi foydalanuvchilarga oʻzlarining dasturlarida Text Assist ni maxsus Text Assist Api daturi yordamida ishlatishni taklif etadi. Bu dastur Windows ga moʻljallangan. Assotiative Computing inc firmasi tomonidan e’lon qilingan Text Assist ning yangi versiyasi koʻp tilli sintez qilish tizimi hisoblanadi. Bu tizim ingliz, nemis, ispan va fransuz tillaridagi nutqlarni sintez qilishga moʻljallangan. Bu avvalo mos lingvistik modullarni qoʻllash orqali amalga oshiriladi. Bu modullar Lernout&Hauspie Speech Products firmasi tomonidan ishlab chiqariladi. Yangi versiyasida ichki lugʻat va maxsus qurilma TextReader mavjud [11-15].

Monologue dasturi MS Windowsning almashinuv buferida joylashgan matnni oʻqish uchun Pro Voice tizimidan foydalaniladi. Pro Voice kompilyativ sintezator boʻlib nutqni siqish va saqlashning optimal tanlovini qoʻllaydi. U ingliz tilining amerika va britaniya variantlari, nemis, fransuz, ispan va italyan tillari uchun moʻljallangan. Bundan tashqari bu firma kuchli kompyuterlarga moʻljallangan artikulyar sintez tizimi Primo Vox ni taklif etadi.



      1. Axborotlarni nutqiy chiqarish

Kompyuterdan ma’lumotlarni nutqiy chiqarish muammosi, uni nutqiy kiritish kabi muhim muammolardan sanaladi. Bu nutqiy interfeysning ikkinchi qismi hisoblanib, kompyuter bilan boʻladigan muloqat bu qismsiz amalga oshmaydi. Bu yerda oldindan yozib olingan ovozli faylni qoʻyish emas, balki matnli ma’lumotni ovoz chiqarib oʻqish nazarda tutiladi, ya’ni oldindan ma’lum boʻlmagan axborotni nutqiy shaklda berish tushiniladi. Bu holda matn boʻyicha nutqni sintezi yordamida kompyuterdan insonga axborotlarni uzatishning yana bir yoʻli ochiladi. Bu esa monitor yordamida axborotlarni uzatishning anologi hisoblanadi. Albatta, rasmni ovoz yordamida uzatish qiyinroqdir. Lekin ayniqsa, siz boshqa biror ish bilan band boʻlganingizda, elektron shaklda yoki ma’lumotlar bazasida izlash natijasini eshitish qulayliroqdir [11-15].

Foydalanuvchi nuqtai - nazariga koʻra, nutqni sintez qilish muammosining yanada yaxshiroq yechimi, bu - nutqiy funksiyalarni operasion tizim tarkibiga qoʻshishdir. Biz PRINT buyrugʻini qanday qoʻllasak, TALK yoki SPEAK buyruqlarni xuddi shunday qoʻllaymiz. Bunday buyruqlar umumfoydalanuvchi kompyuter ilovalari menyusi va dasturlash tillarida paydo boʻladi. Kompyuter menyular haqida ovoz beradi, ekrandagi yangiliklar, fayllar, kataloglarni va h.k. larni ovozli oʻqiydi. Bunda foydalanuvchi kompyuter ovozini sozlash boʻyicha keraklicha imkoniyatga ega boʻlishi, shu bilan birga hohishiga koʻra ovozni umuman oʻchirib qoʻyishni bilishi kerak.

Yuqorida aytib oʻtilgan funksiyalar hozir ham koʻz bilan koʻrish qobiliyatida muammoga ega boʻlgan kishilar uchun ortiqcha hisoblanmaydi. Qolgan boshqa kishilar uchun esa kompyuterdan foydalanishda yangi qulayliklar yaratadi, asab tizimiga hamda koʻrish qobiliyatiga ortiqcha yuklamalarni pasaytiradi. Bizning fikrimizcha, xozir eng muximi komp’yuterda nutq sintezatorlarining kerakliligi yoki kerakmasligida emas, balki ularning qachon har bir kompyuterga oʻrnatilishidadir.



      1. Matn boʻyicha nutqni avtomatik kompyuterli sintez qilish




Download 482,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish