9-Мавзу: dorixona xodimlarining etikasi


Tibbiyot xodimlarining odob-axloq Kodeksi



Download 1,1 Mb.
bet5/5
Sana16.01.2022
Hajmi1,1 Mb.
#372913
1   2   3   4   5
Bog'liq
9 mavzu

10.5.Tibbiyot xodimlarining odob-axloq Kodeksi

Kasb-hunarlar orasida tibbiyot xodimi, farmatsevt kasbi eng nozigi hisoblanadi. Chunki ular bevosita inson salomatligi va taqdir ustida ishlaydilar. Binobarin, bu ikki tomon nutq madaniyati yoki nutq odobi bir-biriga chambarchas bog‘langanligini ko‘ramiz. Bilvosita biz odob tushunchasining mohiyatini eslaylik. Odob jamiyatda, kishilar bilan muomilada o‘zini tuta bilish; axloq tarbiya va uning normalaridir. Biz ko‘zda tutgan nutq tabiiyki, ma'rifat, ma'naviyat bilan va albatta, tibbiyot ilmi bilan ham bog‘liqdir. Odob tushunchasi esa axloq, tarbiya, uning normalari bilan izohlanadi. Shu ma'noda, yuqorida keltirilgan fikrlar tibbiyot xodimlarining kasbga munosabati, axloq-odobi, shuningdek, farmaеsevt, shifokor va bemorlar orasidagi turli munosabatlarni namoyon yetuvchi muhim tushunchalardir. Ularning zamirida esa tibbiyot deontologiyasi mujassamligini ko‘ramiz. Albatta, tibbiyot deontologiyasi – tibbiyot xodimlarining burchi, odobi haqidagi fan bo‘lib, shifokorlar, farmatsevtlar uchun ma'naviy va mafkuraviy dastur amalidir. Yana shu o‘rinda takidlash muhimki, tibbiyot xodimlarining o‘z kasbiy majburiyatlariga rioya etishini ta'minlash, manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiya holatlari yuzaga kelishining oldini olish mexanizmlarini takomillashtirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 dekabrdagi 5590-sonli «O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni bilan tasdiqlangan 2019-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturining 5-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2019 yilning 17 iyulida 161-sonli buyrug‘iga asosan, «Tibbiyot xodimlarining odob-axloq kodeksi» tasdiqlandi.

Tibbiyot xodimlarining odob-axloq Kodeksi

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Mazkur «Odob-axloq Kodeksi» (keyingi o‘rinlarda «Kodeks» deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5590-son Farmoni asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, kasbiy odob-axloqning umumiy tamoyillari va O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik shaklidan qat'i nazar faoliyat ko‘rsatayotgan barcha tibbiyot muassasalari xodimlarining xizmatdagi xulq-atvorining asosiy qoidalarini belgilaydi.

Ushbu Kodeksga rioya qilish barcha tibbiyot muassasalarining rahbarlari, xodimlari va jamoa a'zolari uchun majburiydir.

1. Tibbiyot xodimining Kodeksga rioya etishi uning kasbiy faoliyatini va xizmatdagi xulq-atvorini baholash mezonlaridan biri hisoblanadi.

2-bob. Maqsad va vazifalar

1. Ushbu Kodeksning maqsadi tibbiyot xodimlari tomonidan huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish. ular sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, tibbiyot muassasasi rahbar va hodimlarini yuksak huquqiy ong, O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga, fuqoralarning huquq va erkinliklariga qat'iy rioya qilishini mutaxassislar ruhiga singdirishni ta'minlash.

2. Ushbu Kodeksning asosiy vazifalari O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik shaklidan qat'i nazar faoliyat ko‘rsatayotgan barcha tibbiyot muassasalari xodimlarining Kodeksga rioya etishlari orqali kasbiy faoliyatini hamda xizmatdagi xulq-atvorini baholash, shuningdek, yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega, jamiyat, davlat va oila oldida o‘z mas'uliyatini his etadigan, davlatning ichki va tashqi siyosatini to‘g‘ri anglaydigan, vatanparvar va xalqparvar, tashabbuskor, zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan yuksak insoniy fazilatlarni o‘zida namoyon etgan irodasi baquvvat, imoni butun va vijdoni uyg‘oq mutaxassislarni tarbiyalashdan iborat.

3. Kodeks O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik shaklidan qat'i nazar faoliyat ko‘rsatayotgan barcha tibbiyot muassasalari (tibbiyot davolash-profilaktika, oliy va o‘rta maxsus ta'lim muassasalari hamda korxonalar) xodimlarining tibbiy deontologiya hamda kasb etikasini mukammal egallab, unga sidqidildan amal qilishini ko‘zda tutadi.

3-bob. Tibbiyot xodimlarining xizmatdagi xulq atvorining asosiy tamoyillari va qoidalari

Tibbiyot xodimlarining odob-axloq Kodeksi

1. Tibbiyot xodimlari o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi tamoyillar asosida amalga oshiradi:

vatanparvarlik va xizmat burchiga fidoiylik;

davlat va jamiyat manfaatlariga sodiqlik;

adolatlilik, halollik va xolislik;

manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik;

tibbiyot fanining amaliyot bilan birligi;

sog‘liqni saqlash sohasida inson huquqlariga rioya qilinishi;

aholining barcha qatlamlari tibbiy yordamdan bahramanda bo‘la olishi;

profilaktika chora-tadbirlarining ustuvorligi;

sog‘ligini yo‘qotgan taqdirda fuqoralarning ijtimoiy himoya qilinishi.

1. Tibbiyot xodimlari quyidagilarga majbur:

xizmat vazifalarini bajarishda mazkur Kodeks tamoyillari va talablariga qat'iy rioya etish;

o‘z xizmat vazifalarini vijdonan, yuksak kasbiy darajada bajarish;

yuqori turuvchi davlat organlari yoki mansabdor shaxslarning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qaror (topshiriq)larini o‘z vaqtida va sifatli bajarish;

o‘z xizmat vazifalarini bajarishda biror-bir shaxslar, guruhlar yoki tashkilotlarga yon bosmaslik va ustunlik bermaslik, ularning ta'siridan mustaqil bo‘lish, fuqoralarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini hisobga olish, kamsitish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik;

o‘z xizmat vazifalarini bajarishga to‘sqinlik qiluvchi biror-bir shaxsiy, mulkiy va boshqa manfaatlarning ta'siri bilan bog‘liq bo‘lgan xatti-harakatlarga barham berish;

normativ-huquqiy va idoraviy hujjatlarda belgilangan ichki qoidalarga rioya qilish, o‘z xizmat vazifalarini lavozim vakolatlari doirasida og‘ishmay bajarish;

o‘z hizmat vazifalarini vijdonan bajarishda shubha paydo qilishi mumkin bo‘lgan xulq-atvordan o‘zini tiyish, shuningdek, o‘z obro‘siga yoki muassasaning nufuziga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarga yo‘l qo‘ymaslik;

xizmat mavqeidan davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari, shuningdek fuqoralar faoliyatiga noqonuniy ta'sir ko‘rsatish uchun foydalanmaslik;

davlat organida xabarlar va xizmat axborotlarini taqdim qilishning belgilangan qoidalariga rioya etish.

1. Siyosiy va iqtisodiy jihatdan manfaatdorlik, shuningdek, shaxsiy vajlar va boshqa sub'ektiv sabablar tibbiyot xodimlarining qonun hujjatlari talablari va Odob-axloq Kodeksini buzishi uchu n asos bo‘la olmaydi.

1. Tibbiyot xodimlariga o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan biror-bir moddiy boyliklarni olish yoxud jismoniy va yuridik shaxslardan boshqacha naf ko‘rish taqiqlanadi.

2. Tibbiyot xodimlari korrupsiya holatlariga qarshi kurashishi va ularning profilaktikasiga faol ko‘maklashishi shart.

Tibbiyot xodimlari biror-bir shaxslarning ularni huquqbuzarlik sodir etishga og‘dirish maqsadida qilgan murojaatlari tug‘risida, shuningdek, boshqa tibbiyot xodimlari tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklarning o‘zlariga ma'lum bo‘lgan har qanday holatlari haqida o‘z rahbarini yoxud huquqni muhofaza qilish organlarini xabardor qilishi shart.

Tibbiyot muassasasi rahbari shaxslarning qonunchilik buzilishi faktlari to‘g‘risida murojaat qilganligi munosabati bilan yoki professional faoliyat yuzasidan qilgan tanqidi yoxud bildirgan fikri uchun ishdan bo‘shatilishiga yoki boshqacha shaklda ta'qib qilinishiga yo‘l qo‘yilmasligini ta'minlashi kerak.

1. Rahbar o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan muassasada:

Xodimlarga yuqori professionalizm va adolatda o‘rnak bo‘lishi;

Xodimlarni samarali boshqarishi;

Jamoada ijobiy ma'naviy-psixologik muhitni shakllanishiga ko‘maklashishi;

Xodimlardan ularning vakolati doirasidan tashqari topshiriqlarni bajarishni talab qilmasligi;

Qonunga xilof xatti-xarakatlarni sodir etilishining oldini olishi;

Kadrlarni qorindoshchilik, tanish-bilishchilik yoki shaxsiy sadoqat belgilari bo‘yicha tanlash va joy-joyiga qo‘yish holatlariga yo‘l qo‘ymasligi;

Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishi va ularni tartibga solish yuzasidan tezkor choralar ko‘rishi;

Korrupsiyaning oldini olish choralarini ko‘rishi;

O‘ziga ishonib topshirilgan mulk va moliyaviy mablag‘larga nisbatan oqilona munosabatta bo‘lishi hamda ulardan maqsadli ravishda foydalanishi shart.

Rahbar o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan muassasada xodimlarning xulq-atvor qoidalarini buzishga olib kelgan xatti-harakatlari uchun javob beradi.

1. Tibbiyot xodimlari boshqa davlat tashkilotlari xodimlari bilan xizmat doirasidagi o‘zaro samarali hamkorlikka erishish uchun o‘zlarining namunali xulq-atvori va mehnatsevarligini namoyon etishi kerak.

Tibbiyot xodimlari xushmuomala, odobli, e'tiborli, fuqoralar va hamkasblari bilan munosabatda sabr-toqatli bo‘lishi, ularni hurmat qilishi shart.

Tibbiyot xodimlari o‘z faoliyatida ularga bevosita murojaat qilgan har bir fuqoraga nisbatan qo‘pollik qilmasligi, ularning sha'ni va qadr-qimmatini kamsitmasligi kerak.

Tibbiyot xodimlarining tashqi ko‘rinishi umum qabul qilingan ish uslubiga mos kelishi kerak.

4-bob. Manfaatlar to‘qnashuvi

1. Tibbiyot xodimlari o‘z faoliyatida manfaatlar to‘qnashuviga sabab bo‘ladigan shaxsiy manfaatdorlik holatlariga yo‘l qo‘ymasliklari kerak.

Manfaatlar to‘qnashuvi tibbiyot xodimlarining shaxsiy manfaatlari ularning o‘z xizmat vazifalarini xolisona va beg‘araz bajarishiga ta'sir ko‘rsatadigan yoki ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan holatlarda paydo bo‘ladi.

Tibbiyot xodimlarining shaxsiy manfaatdorligi ularning shaxsan o‘zi yoki yaqin qarindoshlari, shuningdek, ularga yaqin yoki ishbilarmonlik munosabatlarida bo‘ladigan boshqa shaxslar uchun har qanday naf ko‘rish yoki afzalliklarga ega bo‘lishni o‘z ichiga oladi.

Manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan taqdirda tibbiyot xodimlari o‘z rahbarini darhol xabardor qilishlari kerak.

Manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi to‘g‘risidagi ma'lumotni olgan rahbar ushbu holatni bartaraf etish bo‘yicha zudlik bilan chora ko‘rishi shart.

1. Tibbiyot xodimlari o‘zlarining xizmat vazifalarini yuqori professional darajada bajarishlari, bemorlarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan faoliyatni amalga oshirmasligi, shuningdek, lavozimni suiste'mol qilmasligi kerak.

Tibbiyot xodimlari har qanday holatda o‘z mavqei va vakolati doirasidan tashqari bo‘lgan shaxsiy foydani olishi mumkin emas.

        5-bob. Tibbiyot xodimi va jamiyat

1. Inson salomatligini muhofaza qilish va uning shaxsiyati, qadr-qimmati, insoniy fazilatlarini hurmat qilish tibbiyot xodimining vazifasi hisoblanadi. Tibbiyot xodimi faoliyati yuqori darajadagi odob-axloq va deontologik qoidalarga asoslanadi. Bu talablar bemor vafotidan so‘ng ham o‘zgarmay qolishi lozim.

2. Bemorning jinsi, yoshi, irqi, dini, millati va ijtimoiy kelib chiqishi, moddiy ta'minlangani, siyosiy qarashlari, jamiyatdagi obro‘-e'tiboridan qat'i nazar tibbiyot xodimi diagnostika va davolash amaliyotlarining barchasini vijdonan bajarishi shart.

3. Tibbiyot xodimi bemorlarga sifatli, samarali va xafsiz tibbiy yordam ko‘rsatishi shart. U o‘z faoliyati davomida diagnostika va davolash usullarining afzalliklari, kamchiliklari, oqibatlarini hisobga olishi lozim. Agar tibbiyot muassasasida zaruriy sharoit yoki resurs bo‘lmasa, tibbiyot xodimi bemorni munosib tibbiyot muassasasiga yo‘naltirishi kerak.

4. Tibbiyot xodimi zarurat tug‘ilganda tibbiyot muassasasidan tashqarida bemorga yoki jarohatlangan og‘ir holatdagi insonlarga tibbiy yordam ko‘rsatishi lozim.

5. Tibbiyot xodimi har qanday sharoitda, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bosim o‘tkazilganda ham qonunga, axloqiy qoidalarga zid ravishda harakat qilishni rad etishi va kasbiy burch tamoyillariga sodiq qolishi lozim.

6. Tekshirilayotgan yoki davolanayotgan jazo muddatini o‘tayotgan yoki jinoyatga aloqadorlikda gumon qilingan bemorlarning jismoniy va psixologik holatiga har qanday holatda (bevosita yoki bilvosita) tajovuzkorona ta'sir o‘tkazish taqiqlanadi. Agarda tibbiyot xodimi jazo muddatini o‘tayotganlarning axloq-tuzatish muassasalarida qiynoqqa solinganligi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson sha'ni va qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi taziyqqa duchor etilganini sezsa, bu holat to‘g‘risida o‘z rahbariga va tegishli davlat organlariga xabar berishi lozim.

7. Fuqaroning tibbiy yordam so‘rab murojaat qilganligi, uning sog‘ligining holati, kasalligiga qo‘yilgan tashxis xususidagi hamda uni tekshirish va davolash davomida olingan boshqa ma'lumotlar tibbiyot xodimi sirini tashkil etadi. Tibbiyot xodimi siri hisoblangan ma'lumotlardan o‘qish hamda kasb-korga, xizmatga doir va boshqa xil vazifalarni bajarish paytida xabardor bo‘lib qolgan shaxslarning bu ma'lumotlarni fuqaro yoki uning qonuniy vakilining roziligisiz oshkor qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (22-bandda belgilangan holatlar bundan mustasno).

8. Tibbiyot xodimi siri hisoblangan ma'lumotlarni fuqaro yoki uning qonuniy vakilining roziligisiz berishga ahvoli og‘irligi sababli o‘z xohish-irodasini bildira olmaydigan fuqaroni tekshirish va davolash maqsadida, yuqumli kasalliklar tarqalishi, yalpi zaharlanish va zararlanish xavfi tahdid solganida, tergov yoki sud tekshiruvi o‘tkazilishi munosabati bilan surishtiruv va tergov organlarining, prokuratura va sudning so‘rovi bo‘yicha, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan voyaga yetmagan (O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 7 yanvardagi «Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida»gi 139-sonli Qonuniga asosan) shaxsga yordam ko‘rsatilyotganda uning ota-onasi yoki qonuniy vakillarini xabardor qilish uchun, fuqaroning sog‘lig’iga g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar yoki baxtsiz tasodif natijasida zarar yetkazilgan deb gumon qilishga asoslar mavjud bo‘lganida yo‘l qo‘yiladi.

9. Har bir tibbiyot xodimi o‘zining tibbiyot sohasidagi ko‘nikma va bilimlarini doim takomillashtirib borishi, shu bilan birga, malakasini hamda professionallik darajasini oshirishiga ko‘mak beradigan tadbirlarda muntazam qatnashishi kerak.

10. Tibbiyot xodimi kasbiy faoliyatiga tegishli bo‘lgan barcha kodeks, qonun va qonun osti hujjatlari bilan tanishib chiqishi va ularga amal qilishi, mavjud barcha standartlar, protokollar va klinik tavsiyalardan xabardor bo‘lishi hamda professionallik darajasi va klinik vaziyatdan kelib chiqqan holda qo‘llashi zarur.  

1. Tibbiyot xodimi ommaviy axborot vositalari, internet tarmoqlari (internet-sahifalar, internet-gazeta va jurnallar, forumlar va boshqalar) orqali sog‘lom hayot tarzini targ‘ib qilishi lozim. Tibbiyot xodimlari ommaviy axborot vositalaridagi harakatlari va bergan maslahatlari uchun fuqarolar va tibbiyot jamiyati oldida to‘liq javobgar hisoblanadilar.

2. Tibbiyot xodimlarining o‘zaro, farmatsevtlar hamda boshqa jismoniy va yuridik shaxslar bilan barcha ko‘rinishdagi noqonuniy kelishuvlar tuzishi va korrupsion munosabatlarga kirishishi taqiqlanadi.

3. Tibbiyot xodimiga noto‘g‘ri va noaniq xulosa berish, shuningdek, firibgarlikning barcha turlari qat'iyan taqiqlanadi.

4. Tibbiyot xodimining bemorlar shaxsiy va oilaviy hayotiga asossiz aralashishga haqi yo‘q.

5. Zamonaviy davolash va diagnostik usullarni keng qo‘llash tobora rivojlanib borayotgan jarayonlarda har bir tibbiyot xodimi bemorlar uchun eng yuqori darajadagi xavfsizlikni ta'minlashi lozim.

6. Dori vositalarining nojo‘ya ta'siri va asoratlari aniqlanganda tibbiyot xodimi bu haqida davolash-profilaktika muassasasi rahbariga va vakolatli davlat organlariga xabar berishi zarur.

7. Fuqarolarning hayoti va sog‘ligini ta'minlash maqsadida tibbiyot xodimi yashirin tarzda profilaktika va davolash usullari hamda vositalarini qo‘llashi, targ‘ib etishi mumkin emas.

8. Tibbiyot xodimi kasallik tarixi, hisobatlar, tibbiy va boshqa hujjat shakllarini to‘ldirishda beg‘araz va haqqoniy bo‘lishi lozim.

9. Mehnat munosabatlari, ijtimoiy ta'minot, ma'muriy va jinoiy javobgarlik va boshqa sohalarda tibbiyot xodimlari o‘z huquqlarini tibbiy professional nodavlat tashkilotlar hamkorligida himoya qilishi mumkin.

10. Tibbiyot xodimi o‘z kasbiga hurmatni susaytiradigan va tibbiyot xodimi shaniga dog‘ tushiradigan harakatlardan o‘zini tiyishi lozim.

6-bob. Tibbiyot xodimi va bemor munosabatlari

1. Tibbiyot xodimi davolash va tashxis qo‘yish jarayonini tashkil qilishda, shu jumladan, dori-darmon bilan ta'minlashni o‘zi va tibbiy muassasaning manfaatini ustun qo‘ymagan holda yuqori sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishi lozim.

2. Tibbiyot xodimi bemorning sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi hamda davolashda uning shaxsiyatining barcha xususiyatlarini hisobga olishi, bemorni o‘z sog‘ligiga g‘amho‘rlik qilishga undashi lozim.

3. Agar bemorning sog‘ligi yoki unga tibbiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan manfaatlari boshqa shaxslarning manfaatlariga zid bo‘lsa, u bemorning o‘ziga yoki atrofdagilarga bevosita shikast yetkazmaydigan bo‘lsa tibbiyot xodimi bemorning manfaatlarini ko‘zlab harakat qilishi kerak. Agar bemor boshqa tibbiyot xodimi ko‘rigida davolanishni davom ettirishni istasa, tibbiyot xodimi uning tanlash huquqini hurmat qilishi lozim.

4. Tibbiyot xodimi bemorning tibbiy bilimlarining yetishmasligi, kasallikdan qo‘rqishi, ishonuvchanligini suist'emol qilmasligi va o‘zining professional mahoratidan moddiy manfaatdor bo‘lish maqsadida foydalanmasligi kerak.

5. Tibbiyot xodimi bilan bemor o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro hurmat, ishonch va oshkoralik tamoyillariga asoslanishi kerak. Tibbiyot xodimi maqbul usulda bemorni uning sog‘ligi holati, kasallikning bundan buyon qanday kechishiga oid taxminlar, davolash usullari va bu usullar bilan bog‘liq xavf-xatar, tibbiy aralashuvning ehtimol tutilgan turlari va ularning oqibatlari, amalga oshirilgan davolashning natijalari haqida xabardor qilishi lozim.

Tibbiyot xodimi bemorning olgan ma'lumotdan qoniqqanligiga ishonch hosil qilishi va zarurat tug‘ilganida qo‘shimcha tavsiyalar, ma'lumotlar va axborotlar berishdan qochmasligi kerak.

1. Tibbiyot xodimi davolashning innovatsion, zamonaviy usullari va texnologiyalarini bilgan holda, klinik samaradorlik va shaxsiy tajribasini qo‘llab tibbiy yordam ko‘rsatishi zarur.

Kasbiy qiyinchiliklarga duch kelganda tibbiyot xodimi hamkasblariga yordam so‘rab murojaat qilishi, unga murojaat qilgan hamkasblariga yordam berishi lozim.

1. Fuqaroning o‘z kasaliga doir ma'lumotlarni bilgan holda o‘z ixtiyori bilan rozilik berishi tibbiy aralashuvning dastlabki zarur shartidir.

Fuqaroning ahvoli o‘z hohish-irodasini izhor etishga imkon bermaydigan, tibbiy aralashuvni amalga oshirish masalasini konsilium hal qiladi, basharti konsiliumga yig‘ilishning iloji bo‘lmagan taqdirda esa, keyinchalik davolash-profilaktika muassasasining mansabdor shaxslarini xabardor qilish sharti bilan bevosita davolovchi (navbatchi) shifokor hal etadi.

1. Tibbiyot xodimlariga bemor va uning qarindoshlarining iltimosiga ko‘ra bemorga evtanaziya qo‘llash, shu jumladan, o‘limni har qanday vositalar yoki harakatlar (harakatsizlik) bilan sun'iy tezlashtirishi qat'iyan taqiqlanadi.

7-bob. Tibbiyot xodimi va bemorning qarindoshlari

1. Tibbiyot xodimi bemor qarindoshlarining sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi va ularning ruhiy xolatini inobatga olgan holda muloqatda bo‘lishi, bemorning sog‘ligiga g‘amxo‘rlik qilishga undashi, ularning shaxsiy hayoti ma'lumotlarining sir saqlanishiga bo‘lgan huquqini hurmat qilishi lozim.

2. Agar bemorning jismoniy yoki ruhiy holati ishonchli munosabatlar qurishga yo‘l qo‘ymasa, tegishli munosabatlar bemorning yaqin qarindoshlari bilan o‘rnatilishi kerak.

Fuqaroning sog‘ligi haqidagi ma'lumotni uning o‘ziga, o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxslar hamda qonunda belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar sog‘ligi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni esa ularning qonuniy vakillariga davolash-profilaktika muassasasining davolovchi shifokori, bo‘lim mudiri yoki tekshirish va davloshda bevosita qatnashayotgan boshqa mutaxassislar beradi.

Kasallikning kechishi nomaqbul deb taxmin qilingan hollarda bu haqida fuqaroga, basharti uning o‘zi oila a'zolariga xabar qilishni taqiqlamagan va (yoki) bunday ma'lumot berilishi uchun biror shaxsni tayinlamagan bo‘lsa, bemorning oila a'zolariga tibbiy odob-axloq me'yorlariga rioya qilgan holda xabar qilinishi kerak.

1. Voyaga yetmagan yoki birovning qaramog‘ida bo‘lgan bemorga tibbiy yordam ko‘rsatishda tibbiyot xodimi (shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan holatlar bundan mustasno) bolaning ota-onasi yoki uning qonuniy vakilining roziligini olishi kerak.

2. Tibbiyot xodimi bolaning yaqinlari uning sog‘ligidagi muammoni yetarli darajada tushunmayapti yoki unga lozim darajada g‘amxo‘rlik qilmayapti deb hisoblasa, har qanday qonuniy yo‘l bilan bolaning huquqlarini himoya qilishi kerak.

8-bob. Tibbiyot xodimi va tibbiy jamiyat

1. Tibbiyot xodimi tibbiy jamiyatning sharafi va ezgu an'analarini himoya qilishi zarur. Tibbiyot xodimlari bir-biriga kasb etikasi doirasida hurmat bilan munosabatda bo‘lishi, o‘z bilim, ko‘nikma hamda tajribalarini beminnat va beg‘araz ulashishga tayyor bo‘lishi kerak.

2. Tibbiyot xodimi o‘z ustozlariga, minnatdorchilik bilan munosabatda bo‘lishi va hurmat saqlashi lozim.

3. Tibbiyot xodimi tibbiy jamiyatni mustahkamlashda, professional jamoat tashkilotlari ishlarida faol ishtirok etishda, hamkasblarining sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilishda o‘ziga bog‘liq bo‘lgan barcha imkoniyatlarini ishga solishi kerak. Tibbiyot xodimlari murakkab vaziyatlarda bemor manfaatlarini inobatga olgan holda bir-biriga yordam berishlari kerak.

4. Tibbiyot xodimining hamkasblariga qaratilgan har professional e'tirozlari bemorning manfaatlarini himoya qilish uchun yo‘naltirilgan, oqilona va asosli bo‘lishi lozim.

5. Bir nechta tibbiyot xodimi diagnostika va davolash jarayonida ishtirok etayotganda, olingan natijalar to‘g‘risida bir-birlarini xabardor qilishlari lozim.

6. Tibbiyot xodimlari aholi sog‘lig‘ini saqlash, shuningdek, tibbiy yordam ko‘rsatish bilan mashg‘ul bo‘lgan xodimlar va boshqa kasb vakillarini hurmat qilishlari lozim.

9-bob. Tibbiyot xodimi va ilmiy-tadqiqot ishlari, bioetika

1. Tibbiyot xodimi olib borayotgan ilmiy-tadqiqot ishi bemor yoki jamiyat salomatligi va xavfsizligiga zarar yetkazmasligi kerak.

Fan va jamiyat manfaatlari inson manfaatlaridan ustun turmaydi.

1. Insonni ob'ekt sifatida jalb etib, biologik-tibbiy tadqiqot o‘tkazishga faqat laboratoriya tajribalari o‘tkazilganidan va fuqaroning yozma roziligi olinganidan keyingina davlat sog‘liqni saqlash tizim muassasalarida yo‘l qo‘yiladi. Insonni biologik-tibbiy tadqiqotlarda qatnashishga majburlash mumkin emas.

2. Biologik-tibbiy tadqiqot o‘tkazishga fuqarodan rozilik olinayotganda unga tadqiqotning maqsadi, usullari, qo‘shimcha oqibatlari, ehtimol tutilgan xavfi, tadqiqotning qancha davom etishi va kutilayotgan natijalariga oid ma'lumotlar berilishi lozim. Fuqaro tadqiqotning istalgan bosqichida undan qatnashishdan bosh tortish huquqiga ega.

3. Belgilangan tartibda tekshiruv sinovlaridan o‘tmagan profilaktika, tashxis qo‘yish, davolash usullari va dori vositalarini targ‘ib qilish taqiqlanadi. Ushbu normani buzish qonunda belgilanganidek javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi. Tibbiy amaliyotda yangi tibbiy texnologiyalar va usullar, innovatsiyalar, tibbiy va immunobiologik dori vositalari faqatgina mavjud qonunchilikka muvofiq, belgilangan tartibda rasmiylashtirilganidan keyin qo‘llanilishi mumkin.

10-bob. Yakuniy qoidalar

1. Tibbiyot muassasasi rahbar va xodimlari tomonidan ushbu «Kodeks»ning buzilishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.

2. Tibbiyot xodimi tomonidan mazkur Odob-axloq kodeksiga rioya etilishi attestasiyalar o‘tkazishda, yuqori va boshqa lavozimlarga tayinlash uchun kadrlar zahirasini shakllantirishda hisobga olinadi.

3. Maxsus tarkibiy bo‘linma ushbu Kodeks qoidalari buzilishining oldini olish yuzasidan choralar ko‘radi va ularga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.

Odob-axloq qo‘mitasining maqsadi, vazifa va funksiyalari, huquqlari, javobgarligi va uning faoliyatini tashkil etish tartibi davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan Odob-axloq Qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomda belgilanadi.

Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar va topshiriqlar



Matnni belgilash tizimi

(v) - men bilgan narsani tasdiqlaydi.

(+) – yangi ma'lumot.

(-) – men bilgan narsaga zid.

(?) – meni o‘ylantirdi. Bu borada menga qo‘shimcha ma'lumot zarur.



Insert jadvali

Tushunchalar

V

+

-

?

Farmatsevtik tashkilot jamoasida ijtimoiy menejment asoslari.













Nizolar va ularni boshqarish.













Nizoli vaziyatlarda Fapmatsevt o‘zini tutish uslublari.













Nizoni hal qilish algoritmi.













Ishbilarmonlik odobi.













Rahbarlik shaxsning ahamiyati.













Deontologiya













Biologik-tibbiy tadqiqot.













Odob -axlok kodeksi













Talaba bilimini tekshirish uchun nazorat savollari

1. Farmatsevtik tashkilotlarda ahloq va deontologiya haqida tushuncha va

ularga qo‘yilgan talablar.

2.Farmatsevt ahloqi va deontologiyasining asosiy vazifalari.



3.Dorixona jamoasi va uning ijtimoiy-ruhiy muhiti.

4.Jamoani boshqarish jarayonida rahbar ahamiyati va tadbirkorlik ahloqi.
Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish