9-mavzu. Narxning mohiyati va shakllanish xususiyatlari



Download 143,59 Kb.
bet1/23
Sana03.01.2022
Hajmi143,59 Kb.
#313321
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
2 5456628075506700498


9-mavzu. Narxning mohiyati va shakllanish xususiyatlari

Narx bevosita tovaming qiymati va nafliligi bilan bog‘liq bo‘lsada, o‘zi mustaqil amal qiladigan iqtisodiy kategoriya hisoblanib, bozor mexanizmining muhim tarkibiy unsurlaridan biridir. U o‘zining vazi- falari orqali barqaror iqtisodiyotning shakllanishi hamda samarali amal qilishiga, bozor muvozanatining ta’minlanishiga, milliy daro- madning iqtisodiyot turli tarmoq va sohalari, xo‘jalik yurituvchi sub- yektlari bo‘yicha taqsimlanishiga, aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishiga sharoit yaratadi. Shuningdek, u ishlab chiqaruv-chilami rag‘batlantirib, sog‘lom raqobat muhitining yaratilishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu bobda narxning iqtisodiy mazmuni va vazifalari, shakllanish tamoyillari, narx darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, narx turlari batafsil bayon etiladi. Shuningdek, turli darajadagi raqobat sharoitida narxning shakllanish xususiyatlari, davlatning narx siyosati va uning O‘zbekistondagi o‘ziga xos jihatlari ham ko‘rib chiqiladi.



    1. Narxning mazmuni, vazifalari va uning darajasiga ta’sir

etuvchi omillar

Tovarlar qiymati va ulaming nafliligi o‘zlarining namoyon boTishini narxda topadi. Amaliy hayotda qiymat tovar ishlab chiqa- ruvchilami, naflilik esa iste’molchilami rag‘batlantimvchi, ulami ha- rakatga keltiruvchi kuch sifatida amal qiladi.

Tovaming bir-biriga qarama-qarshi boTgan, lekin doimo bir- birini taqozo etadigan, birisiz ikkinchisi boTmaydigan ikki xususi- yatga, ya'ni maTum bir naflilikka (iste'mol qiymatiga) va qiymatga ega ekanligi, tovar yoki xizmat shu ikki xususiyat birligidan iborat ekanligi o‘quvchiga oldingi boblardan maTum. Oldingi o‘rinlarda biz tovaming qiymati har qanday sarflami emas, balki mavjud sha- roitda shu tovami ijtimoiy zaruriy miqdorda va sifatda ishlab chiqa- rish, ya’ni ijtimoiy-zamriy naflilikni yaratish uchun zamr boTgan ijtimoiy zaruriy sarflami ifoda yyetishini aytib o‘tgan edik. Narxlar mazmunini aniqlashda tovardagi mana shu ikki xil xususiyatning, ya’ni ijtimoiy qiymat va ijtimoiy naflilik birligini, bunda iste’mol qiymati (naflilik) qiymatni o‘zida olib yuruvchi moddiy asos ekanligini to‘g‘ri hisobga olmaslik, uning mazmunini ochishda masalaga bir tomon- lama yondashish natijasida narx mazmuni turli olimlar va oqimlar tomonidan turlicha aniqlanmoqda va unga turlicha ta’rif berilmoq- da. Buning ustiga narxning darajasiga (yuqori yoki past bo‘lishiga), uning o‘zgarishiga turli xil omillar ta’sir qiladiki, bu ham masalani to‘g‘ri tushimishni bir oz chigallashtiradi. Masalan, ingliz klassik siyosiy iqtisod maktabi vakillari g‘oyalarida hamda oldingi siyosiy iqtisod darsliklarida narxning asosini qiymat tashkil qiladi deyilgan bo‘lsa, marjinalizm yo‘nalishidagi va hozirgi davrdagi P.Samuelson, K.Makkonnell va S.Bryulaming «Ekonomiks» darsliklarida, shu- ningdek, yaqinda chop etilgan ayrim iqtisodiyot nazariyasi o‘quv qo‘llanmalarida tovar narxining asosini iming nafliligi, aniqroq ayt- ganda, qo‘shilgan miqdor nafliligi tashkil qiladi degan fikrlar beriladi. Bunda so‘nggi qo‘shilgan miqdor nafliligiga alohida e'tibor beriladi. Uchinchi guruh olimlar esa narx talab va taklif asosida tashkil to- padi deyishadi. Ulaming har biri o‘zlaricha turli dalillar topib, o‘z g‘oyalarini isbotlashga harakat qiladilar.

Rossiyada chop etilgan bir qator «Iqtisodiyot nazariyasi» dars- liklarida tovaming ikki xil xususiyati va binobarin, har ikki nazari- yaning mohiyati, mazmuni va ulaming narxni to‘g‘ri aniqlashdagi roli beriladi, lekin narxning asosida nima yotishi haqida aniq fikr berilmaydi.

Alohida tovarlarga qilingan mehnat sarflari turlicha bo‘lib, ular- dan ayrimlari ijtimoiy mehnat sarfi sifatida to‘liq tan olinsa, boshqasi qisman tan olinadi, uchinchisi esa umuman tan olinmasligi mum- kin. Bundan ko‘rinib turibdiki, bozordagi mavjud narxlarga mehnat sarflari yoki qiymatning aynan o‘zi deb qarash noto‘g‘ridir. Chunki unga mehnat sarfidan boshqa omillar ham ta’sir qilib, natijada narx qiymatdan past yoki yuqori bo‘lishi mumkin. Jumladan, o‘zgarib tumvchi talab va taklif ta'siri ostida biror tovaming bozor narxi tebranib, uning qiymatidan u yoki bu tomonga farqlanishi mumkin. Raqobat ham qiymat - narx nisbatiga xuddi talab va taklif kabi ta’sir ko‘rsatadi. Bu yerda shuni ta'kidlash lozimki, xaridor u yoki bu tovar- ni sotib olishda, nafaqat uning qancha turishini, balki mazkur tovar- ning iste'mol xususiyatlari o‘zining ehtiyoji va didiga qanchalik mos kelishini, ya’ni uning nafliligini ham hisobga oladi. Tovaming xarid qilinishi uning alohida olingan bir kishi uchun emas, balki jamiyat uchun nafliligini va shu bilan birga ijtimoiy qiymatini ham tan olishni bildiradi. Shu sababli, «ijtimoiy naflilik» tushunchasining o‘zi biror tovar (xizmat) ning jamiyat uchun nafliligi, qadr-qimmatga egaligini ko‘rsatadi. Shu mulohazalardan kelib chiqib aytish mumkinki, narx o‘zida faqatgina qiymat yoki naflilikning birini emas, balki har ikkalasining bir vaqtda mavjudligini va ularning ma’lum miq- dorini pul ko‘rinishida ifoda etadi. Tovardagi ikki xususiyat birda- niga tan olinmasa, u pulda ifodalanmasa oldi-sotdi sodir boTmaydi. Chunki tovaming qiymati tomonida sotuvchining manfaati, nafliligi (iste’mol qiymati) tomonida esa xaridoming manfaati yotadi. Tovar egasi tovar ishlab chiqarish sarflarini qoplab, maTum darajada, iloji boricha ko‘proq foyda olishni ta'minlashi mumkin boTgan qiymatni pul shaklida o‘zlashtirishga intilsa, xaridor iloji boricha sarflayotgan pulining har bir birligiga ko‘proq naflilik (iste’mol qiymati) olishga harakat qiladi. Ulaming manfaatlari to‘g‘ri kelgan nuqtada, darajada narx o‘matilib, tovar-pul almashuvi, oldi-sotdi sodir boTadi. Bu ho- latni yaxshiroq tasavvur qilish uchun quyidagi 9.1-rasmga e’tibomi jalb etamiz.





Download 143,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish