A. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul, kredit va banklar



Download 4,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/225
Sana13.09.2021
Hajmi4,64 Mb.
#172965
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   225
Bog'liq
2 5334951548931804185

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 



I BO‘LIM. PUL  



1 – BOB 

PULNING ZARURLIGI VA MOHIYATI  

 

 

1.1. Pulning vujudga kelishi va zarurligi 

Pulning  vujudga  kelishi  kishilik  jamiyati  sivilizatsiyasining  buyuk 

kashfiyotlaridan  hisoblanadi.  ”Pul”  deb  nomlangan  maxsus  tovarning  paydo 

bo‘lishi  natijasida  odamlar  o‘rtasida  ayirboshlash  bilan  bog‘liq  ziddiyatlar  va 

«ehtiyojlarning bir – biriga mos kelmasligi» kabi muammolar barham topdi. 

Pulning vujudga kelishi, uning evolyusion rivojlanishi, nazariyasi, mohiyati 

va  funksiyalari  haqida  xorijiy  va  mahalliy  iqtisodchi  olimlar,  nazariyachilar, 

mutaxassislar  juda  ko‘p  ilmiy  asarlar,  maqolalar  va  tadqiqot  ishlari  yaratgan. 

Hozirgi kunda ham ushbu jarayon davom etmoqda. Iqtisodiy adabiyotlarda pulning 

vujudga  kelishi  va  uning  hozirgi  kundagi  ko‘rinishi  haqida  yagona  yondashuv 

mavjud emas.  

Pulning  vujudga  kelish  sababini  bilish  uchun  qadimda  odamlar  o‘rtasida 

ro‘y  bergan  ayirboshlash  munosabatlarini  amalga  oshirish  jarayoniga  e’tibor 

qaratish lozim. Chunki, aynan mana shu tabiiy ayirboshlash jarayoni hozirgi kunda 

siz bilan biz kundalik hayotda va hisob – kitoblarda foydalanib kelayotgan pulning 

vujudga  kelishiga  zamin  yaratgan.  Xususan,  pulning  vujudga  kelishiga  quyidagi 

omillar asos bo‘lib xizmat qiladi: 

- qadimgi davrda odamlar o‘z ehtiyojidan ortib qolgan iste’mol mahsulotlari 

turib  qolmasligi  va  saqlashning  imkoniyati  bo‘lmaganligi  bois  ularni  o‘zlariga 

yaqin  yoki tanish  odamlarga bergan,  bu o‘z  –  o‘zidan  odamlar  o‘rtasida stixiyali 

ravishda  bir  tomonlama  ayirboshlash  munosabatlari  vujudga  kelishiga  sabab 

bo‘lgan; 




 

- keyinchalik  odamlarning  ongi,  dunyoqarashi  va  hayot  kechirish  tarzi 



rivojlanganligi  natijasida,  ikki  tomonloma  ayirboshlash  munosabatlari  vujudga 

kela  boshladi.  Bu  davrda,  kishilarda  o‘ziga  zarur  bo‘lmagan  buyumning  o‘rniga 

nimadir olish evaziga, ikkinchi kishiga berishi lozimligini anglay boshladilar. 

Bularning  barchasi  dastlab  stixiyali  ravishda  sodir  etilib,  bu  odamlarning 

kundalik  uchun  zarur  bo‘lgan  buyumlar,  oziq  –  ovqatlar,  kiyim  –  kechaklar  va 

boshqa  ehtiyojlarini  qondirish  natijasida  ro‘y  bergan.  Bu  davr  ishlab  chiqarish 

usulining natural xo‘jalik tuzumi davriga borib taqaladi. Ma’lumki, natural xo‘jalik 

tuzumidan  ilgarigi  davrda  har  bir  kishi  kunlik  ehtiyoj  uchun  zarur  bo‘lgan 

mahsulotni  mustaqil  ravishda  ishlab  topgan  (yaratgan)ligi  bois,  ular  o‘rtasida 

ayirboshlash munosabatlariga ehtiyoj mavjud bo‘lmagan.  

YUqorida  qayd  etilgan  ikki  omil,  kishilar  o‘rtasida  ayirboshlash 

munosabatlarining  shakllanishiga  zamin  yaratdi,  natijada  odamlar  ixtiyoridagi 

ortiqcha  mahsulotni  o‘zi  uchun  zarur  bo‘lgan  boshqa  mahsulotga  ayirboshlashga 

ehtiyoj  seza boshladi.  



Ayirboshlash  –  bu  kishilarning  istak  –  xohishlari  va  ehtiyojlari  mahsuli 

sifatida amalga oshiriladigan jarayon bo‘lib, buning natijasida, tomonlar ehtiyojini 

qondirish  maqsadida  ixtiyoridagi  narsadan  voz  kechib,  zarur  bo‘lgan  narsaning 

o‘rniga  berishdir.  Ayirboshlash  kishining  ehtiyoji  bo‘lgan  buyumga  ega  bo‘lish 

imkoniyatini beradigan jarayondir. 

Demak,  ayirboshlash  “A”  va  “B”  tomonlar  o‘rtasidagi  o‘zaro  kelishuv 

natijasida sodir bo‘ladigan jarayon bo‘lib, “A” o‘ziga tegishli tovar yoki xizmatini 

“B”  tomonning  tovar  yoki  xizmati  uchun  berishdir.  Madomiki,  ushbu  almashuv 

jarayoni  ikki  tomonga  ham  iqtisodiy  jihatdan  foydali  bo‘lib,  “A”  tomon  voz 

kechgan  tovar  yoki  mahsulot  o‘rniga  o‘zi  uchun  zarur  bo‘lgan,  undan  ham 

foydaliroq tovar yoki xizmatni oladi. 

SHuningdek,  natural  xo‘jalikning  rivojlanib  borishi,  jamiyatda    mehnat 

taqsimotini  shakllanishiga  olib  kelgan.  Vaqt  o‘tishi  bilan  odamlar  o‘rtasida 

mahsulot  ayirboshlash  jarayoni  rivojlanib,  ishlab  chiqarishning  ixtisoslashuv 

jarayoni ro‘y bera boshlagan. Xususan, pulning vujudga kelishida chorvachilikning 



 

dehqonchilikdan  ajralib  chiqishi,  keyinchalik  hunarmandchilikning  shakllanishi 



juda  muhim  ahamiyat  kasb  etdi.  Ushbu  davrda,  odamlar  o‘rtasida  mahsulotlarni 

faol ayirboshlash jarayoni boshlandi. O‘sha davrdagi ayirboshlash munosabatlarini 

faollashishiga asosiy omillar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: 

  ishlab  chiqarishning  natural  xo‘jalik  shaklidan  tovar  ishlab  chiqarish 

davriga o‘tishi;  

  ishlab  chiqaruvchi  sub’ektlarning  bir  –  biriga  o‘zaro  bog‘liqligining 

vujudga kelishi; 

  ayirboshlash jarayonida tovarlar ekvivalentligining ta’minlanganligi. 

Iqtisodiy  adabiyotlarda  pulning  vujudga  kelishini  yoritishda  asosiy  e’tibor, 

uning  qiymat  shaklining  rivojlanish  evolyusiyasiga  qaratiladi.  CHunki,  pulning 

vujudga kelishida uning qiymat shakllari juda muhim o‘rin tutadi. Pulning qiymat 

shakllari,  asosan,  beshta  ko‘rinishdan  iboratligi  e’tirof  etilib,  ular  quyidagilardan 

iborat. 


Download 4,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish