A. A. Omonov, Т. М. Qoraliyev kredit va banklar


qiymat о ‘Ichovi, muomala vositasi, to ‘lov vositasi va jam g‘arma



Download 10 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/210
Sana13.07.2022
Hajmi10 Mb.
#786835
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   210
Bog'liq
Omonov A.A, Qoraliyev T.M. Pul, kredit va banklar (2)

qiymat о ‘Ichovi, muomala vositasi, to ‘lov vositasi va jam g‘arma
vositasi fitnksfyalarmi 
bajaradi degan fikrga keldik.
Pulning 
qiymat о ‘Ichovi 
funksiyasi asosan tovarlar qiymatini baho 
shaklida aks ettirish orqali namoyon boiadi. Pulning qiymat olchovi 
barcha tovarlar uchun umumekvivalent vositasi sifatida ulaming 
qiymatini olchaydi. Barcha tovarlaming qiymati pul olchovi vositasi, 
ya’ni baho masshtabi, 
dastlabki bosqichda hukumat tomonidan 
o‘matiladi. Masalan, metr olchovi bilan uzunlikni, kilogramm olchovi 
bilan oglrlikni olchagan kabi, pulning qiymat olchovi funksiyasi bilan 
barcha tovarlaming qiymati olchanadi.
0 ‘zbekistonda qiymat olchovi bevosita milliy valuta «so‘m», 
AQSHda dollar, Yevropa ittifoqiga a’zo mamlakatlarda yevro, Buyuk 
Britaniyada funt sterling, Yaponiyada iyena qiymat olchovi vositasi 
hisoblanadi.
Pulning inflatsiya darajasi yuqori boigan paytda uning qiymat 
olchovi funksiyasining amal qilishi bir qadar chegaralanadi. Masalan,
24


1939-yildan 1949-yilgacha Yaponiya iyenasining inflatsiya darajasi 
yuqori boiganligi uchun ko‘pchilik yapon savdogarlari tovarlaming 
bahosini belgilashda, ayrim hollarda savdo-sotiqni ham AQSH dollarida 
amalga oshirganlar. Chunki AQSH dollarining qiymat oichovi iyenaga 
nisbatan bir necha barobar mustahkam va barqaror boigan. Shuning 
uchun Yaponiyada 1939-1949*yillarda barcha tovarlar bahosi ikkita 
narxda, dollar va iyenada yuritilar edi. Ayni paytda, iyenada belgilangan 
tovarlar bahosi oshib borish tendensiyasiga ega edi, dollarda esa baholar 
dastlabki holatidan o‘zgarmasdan qolgan.
Hukumat mamlakatda pul islohotini amalga oshirish orqali pulning 
qiymat oichovini o‘zgartirishi mumkin. Pul islohoti - muomaladagi pul 
massasini kamaytirish orqali, uning joriy qiymat oichovidan boshqasiga 
oiishdir. 1944 - 1952-yillarda Yevropa mamlakatlarida 24 martadan 
ortiq pul islohotlari amalga oshirilgan.
Sobiq ittifoq davrida rubl kuchli inflatsiyaga uchramagan va 
iqtisodiyot nisbatan barqaror darajaga ega boigan boisada, 1961-yilda 
mamlakatda pul islohoti amalga oshirilgan. Hukumat muomalada 
mavjud boigan rubllami yangi chiqarilgan rubllarga 1/10 nisbatda pul 
islohotini amalga oshirgan. 0 ‘sha davrda o‘tkazilgan pul islohotining 
asosiy maqsadi mamlakatdagi xufyona iqtisodiyotning ulushini 
kamaytirish 
va baho masshtabini pasaytirishga qaratilgan boiib, 
xufyona iqtisodiyot ishtirokchilari eski rubllami to‘lig‘icha yangi 
banknotalarga almashtira olmaganligi natijasida iqtisodiy jihatdan zarar 
ko‘rgan va baho masshtabi 10 martaga kamaygan.
Pulning 
muomala vositasi
bozor ishtirokchilari o‘rtasida tovarlami 
oldi - sotdisi va xizmatlami ko‘rsatish jarayonida namoyon boiadi. 
Ushbu jarayonda pul vositachi rolini bajaradi.
Pulning muomala vositasi funksiyasini bajarishining bir sharti 
mavjudki, u ham boisa, tovarlami sotib olish va xizmatlami ko‘rsatish 
uchun to io v bir vaqtda amalga oshiriladi. Pulning ushbu funksiyasini 
bajarishda bevosita naqd pullar ishtirok etishi talab etiladi.
Ayirboshlash jarayonida tovarlar bir marta qatnashib muomala 
maydonini tark etsa, pul muomala vositasi funksiyasi yordamida ushbu 
jarayonga qayta - qayta kelaveradi. Iqtisodiyotda pulning banklar orqali 
aylanish tezligi qancha yuqori boisa, tovarlami sotib olish uchun 
muomalaga zarur boigan pul massasiga talab shuncha pasayadi.
Pulning 
muomala 
vositasi 
funksiyasi 
o‘zaro 
iqtisodiy 
munosabatlarda ishtirok etayotgan tomonlaming faoliyati ustidan
25


nazorat vositasi sifatida maydonga chiqadi. Markazdan rejalashtirish 
davrida pulning muomala vositasi bir muncha chegaralangan edi. 
Natijada, odamlaming qolida naqd pullar bo‘lishiga qaramasdan o‘zlari 
istagan tovarlami sotib ololmasdi yoki sotib olishga imkoniyat 
bo‘lmagan.
Bozor 
munosabatalarining 
takomillashuvi 
va 
rivojlangan 
mamlakatlarda fan - texnika taraqqiyotining tobora jadallashib borishi 
pulning muomala vositasi funksiyasining ahamiyatini bir qadar 
pasayishiga sabab bolmoqda. Chunki, mamlakat pul oboroti tarkibida 
naqd pul bilan amalga oshirilayotgan hisob-kitoblaming ulushi kamayib 
bormoqda. Naqd pullar asosan aholi tomonidan foydalanishi, keyingi 
yillarda plastik kartochkalaming ko‘plab turlari joriy etilishi, hisob- 
kitoblarda naqd pulsiz tolovlar hajmining ortib borishi kabi holatlar 
pulning muomala vositasi funksiyasining ahamiyatini pasayishiga olib 
kelmoqda. Masalan, 1994-1997-yillarda Angliya va Fransiyada 10%, 
Kanada va Germaniyada 7%, AQSHda 2% ishchi xodimlargina ish 
haqlarini naqd pulda olishgan.
Tovarlar sotilganda va xizmatlar ko‘rsatilganda, ular uchun toiov 
kechiktirib amalga oshirilgan barcha holatlarda pul 
to ‘lov vositasi
funksiyasini bajaradi. Demak, sotilgan tovar va ko‘rsatilgan xizmatlar 
to io v jarayonida uzilish bolmasa, pul muomala vositasini bajaradi, agar 
ushbu jarayon ma’lum davrga uzilishi, ya’ni toiov kechikkan 
holatlaming barchasida, pul avtomatik tarzda o‘zining to io v vositasi 
funksiyasini bajaradi.
Pulning toiov vositasi funksiyasi asosan quyidagi holatlarda 
namoyon boiadi;
- jami ijtimoiy mahsulotni yaratish, taqsimlash va qayta 
taqsimlashda;
- davlat budjeti xarajatlarini shakllantirish va qayta taqsimlashda;
- xo‘jalik subyektlari o‘rtasida amalga oshirilayotgan naqd pulsiz 
hisob-kitoblami amalga oshirishda;
- kredit muassasalari ssuda va investitsiya operatsiyalarini 
bajarganda hamda pul o‘tkazmalarini amalga oshirganda;
- korxona va tashkilotlar o ‘z xodimlariga ish haqi va unga 
tenglashtirilgan mablagiami tolashda;
- va boshqa holatlarda.
Pulning toiov vositasi funksiyasi yuridik shaxslar o‘rtasida amalga 
oshirilayotgan naqd pulsiz hisob-kitoblarda juda keng foydalaniladi.
26


Bunda naqd pullaming ishtirokiga zaruriyat boimaydi, barcha 
operatsiyalar bonk hisobraqamlarida biridan ikkinchisiga o‘tkazish 
orqali amalga oshiriladi.
Ayrim iqtisodiy adabiyotlarda, ayniqsa rivojlangan mamlakatlarda 
chop etilgan adabiyotlarda, pulning toiov vositasi funksiyasi, uning 
alohida funksiyasi sifatida e’tirof etilmaydi. Pulning ushbu funksiyasi 
uning muomala vositasi funksiyasi bilan hamoxong tarzda o‘rganiladi. 
Pulning ikkita funksiyasi bir - biriga qo'shib o‘rganilganda «...pul 
tovarlar va xizmatlaming toiovi va qarzlaming toiov vositasi»22 tarzida 
ta'kidlanadi.
Nazarimizda, rivojlangan mamlakatlar iqtisodchilari tomonidan 
pulning toiov vositasi va muomala vositasi funksiyalarini bir - biriga 
qo'shib yuborilishi natijasida, uning toiov vositasi funksiyasini e’tirof 
etilmasliklari maqsadga muvofiq emas.
Pul o‘zining muomala va toiov vositasi funksiyalarini bajarmagan 
vaqtda 
Jamg'arma funksiyasini
bajaradi. Demak, pullar pul oboroti 
jarayonida tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlaming muomala vositasi 
sifatida namoyon boimaganda, shuningdek, oldindan ko‘rsatilgan 
xizmatlar va sotib olingan tovarlar uchun to io v vositasi vazifasini 
bajarmagan paytlarda jamg‘arma funksiyasini bajaradi. Agar, jamiyatda 
yuz berayotgan iqtisodiy munosabatlar va aholining ijtimoiy - iqtisodiy 
faoliyatiga nazar tashlaydigan boisak, pul asosan jamg‘arma vositasi 
funksiyasini bajarayotganligining guvohi boiishimiz mumkin.
Pulning jamg‘arma vositasi funksiyasi aholining vaqtincha 
foydalanmasdan kishilar o'zi bilan olib yurganda yoki uyda saqlaganda, 
bankning omonat hisobvaraqlarida saqlanishi, shuningdek, barcha 
turdagi xo‘jalik yurituvchi subyektlaming naqd pul ko‘rinishida kassada 
saqlanadigan vaqtincha bo‘sh mablagiari va bank hisobvaraqlarida 
naqd pulsiz ko‘rinishda namoyon boiadi.
Pulning jamg1 arma funksiyasi kredit muassasalarida iqtisodiy 
jihatdan muhim vazifani bajaradi. Kredit muassasalari jamiyat 
miqyosidagi vaqtincha bo‘sh pul mablagiami (naqd va naqdsiz pul 
ko‘rinishida) ma’lum shartlar asosida o‘zida jamlab, ushbu mablagiarga 
ehtiyoji boigan yuridik va jismoniy shaxslarga toiovililik, maqsadlilik 
va qaytarishlik asosida berishi orqali, mamlakatda jami ijtimoiy

Download 10 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish