A frika mamlakatlari bayrog’i tunis sudan marokash jazoir kongo misr liviya angola mavzu: xvi–xviii asrlarda afrika mamlakatlari darsning maqsadi: Ta’limiy maqsad: Afrika mamlakatlari bo’yicha bilim berish


Darsning shiori: “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”



Download 214,38 Kb.
bet5/9
Sana11.01.2022
Hajmi214,38 Kb.
#352143
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
afrika

Darsning shiori: “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”.
Reja: 1. Shimoliy Afrika mamlakatlari

2. Sudan va Marokash.

3. G’arbiy Afrika mamlakatlari.

Mavzu va uning rejasini o’quvchilar daftarlariga yozib oladilar.

Mavzu har bir rejaga oid slaydlar yordamida videoproyektorda ko’rsatilgan holda tushintiriladi.

Dars o’qituvchi tomonidan mustaqillik haqidagi she’r bilan boshlanadi:


Aziz o’quvchilar !

Afrika tarixini sivilizatsiyaviy nuqtayi nazardan ikkiga – Sahroyi Kabirdan shimolga va janubga ajratib o‘rganish ma’qul bo‘ladi.



Shimoliy Afrika. Qit’aning Sahroyi Kabirdan shimoliy qismida Misr, Sudan, Liviya, Jazoir, Tunis, Marokash va Mavritaniya kabi arab mamlakatlari joylashgan bo‘lib, ular VII asrdan boshlab islom dini va madaniyati ta’siri ostida rivojlandi. XVI asrda ko‘pchilik arab mamlakatlari usmoniylar tomonidan bosib olindi. Mamluklar hukmronligi ostida bo‘lgan Misr ham birinchilardan bo‘lib o‘z mustaqilligini yo‘qotdi. 1517-yilning boshida Salim I armiyasi Misrning poytaxti Qohirani egallab, uni taladi va vayron qildi.

Turklar istilosi mamlakatdagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga katta o‘zgarish kiritmadi. Faqat mamluklarning siyosiy hokimiyati ag‘darilib, barcha feodallar o‘z mulklari va imtiyozlarini saqlab qoldilar. Misr alohida podsholik maqomini oldi va amalda yarim mustaqil davlat edi. Mahalliy boshqaruv hokimiyati to‘liq mamluk amirlarining qo‘lida saqlanib qoldi. Turklar mamluklarning boshqaruv mahoratidan, mahalliy sharoitni, aholining urf-odatlarini yaxshi bilishidan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalandilar.

Misrda ishlab chiqarish texnikasi hali o‘ta oddiy bo‘lsa-da, manufakturalardagi ichki mehnat taqsimoti mahsulotlarning ko‘payishiga olib keldi. Natijada, ichki va tashqi savdo tez rivojlandi. Misr Yevropa va qo‘shni Osiyo davlatlari bilan qizg‘in savdo munosabatlarini olib bordi. XVIII asr oxiriga kelib, faqat Qohira shahrining o‘zini hisoblaganda chet ellar bilan savdo qiladigan 5 mingta savdogar faoliyat yuritardi.

XVIII asrning 60-yillarida boshlangan mamluk zodagonlarining o‘zaro urushlari Misrning iqtisodiy ahvoliga yomon ta’sir ko‘rsatdi. Ularning o‘zboshimchaligi, dehqon va hunarmandlar ustidan qilgan zolimliklari mamlakatda norozilikni keskin kuchaytirdi. Turk hukmronligi va mamluklar zulmiga qarshi boshlangan xalq harakatiga Qohiradagi al-Azhar masjidining taniqli shayxlari boshchilik qildilar. Ularning da’vati bilan 1795-yilning yozida qohiralik hunarmand va savdogarlar o‘z do‘konlarini yopdilar. Mamluk hukmdorlari shayxlar bilan muzokaralar boshlashga majbur bo‘ldi hamda zo‘ravonlik va qonunsizliklarni to‘xtatishga va’da berdi.



1798-yili Napoleon boshchiligidagi fransuz qo‘shinlari Misrga bostirib kirdi va Qohirani zabt etdi. Al-Azhar masjidi shu davrda boshlangan fransuz bosqiniga qarshi xalq harakatining ham markaziga aylandi. 1800-yili fransuzlar Misrni tark etishga majbur bo‘ldilar.

XVI asr boshida ispanlar Jazoirga bostirib kirib, uning qirg‘oq bo‘yi hududlarini egallab oldi. Ispanlarga qarshi xalq harakatiga boshchilik qilgan sarkarda Xayriddin yordam so‘rab Turkiyaga murojaat qildi. Usmoniylar sultoni Salim I Shimoliy Afrikada o‘rnashib olish uchun paytdan foydalanishga urindi va Xayriddinga beklarbegi (beylerbeyi) unvonini berdi. Jazoirga yirik yanicharlar korpusini, harbiy kemalar, artilleriya va moliyaviy yordam jo‘natdi. Turklarning yordamiga tayangan Xayriddin birin-ketin Jazoir shaharlarini ispanlardan ozod qildi. Jazoir rasman Istanbulga bo‘ysunsa-da, mamlakat podshosi deyarli mustaqil siyosat olib bordi.

XVI asrdan Liviyaga ham yevropaliklarning kirib kelishi boshlandi. 1510-yili Tripoli ispanlar tomonidan zabt etildi. Liviyaliklar ham yordam so‘rab sulton Salim I ga murojaat qildi. Musulmonlarni ozod qilish shiori ostida harakat qilgan turklar 1551-yili butun Liviyani imperiyaga qo‘shib oldi. XVIII asrdan boshlab, Liviya nomigagina Istanbulga bo‘ysunib, mustaqil ichki va tashqi siyosat olib bordi. XVI asrdan boshlab, ispanlar va turklar Tunisga ham qiziqish bildirdi. Natijada, 1574-yili Tunis qirg‘oqlariga kelib tushgan 40 ming kishilik turk qo‘shinlari bu yerda ham ispanlar hukmronligiga xotima yasadi.


Download 214,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish