A k s iy a d o r L ik k o m paniyasi bosh t a h r ir iy a t I t o s h k e n t


Barchasidan  ushbu  kun  y o ‘qdir samar,  ketmakdaman



Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/40
Sana03.07.2021
Hajmi2,74 Mb.
#108021
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bog'liq
2 5226871986872910301

Barchasidan  ushbu  kun  y o ‘qdir samar,  ketmakdaman...
A lim ardon  alam   bilan  pichirlab  bu  satrni  o ‘zi  ham 
takrorladi.
Boshini  ko‘tarib  qarab,  notanish  odam   haliyam   o ‘tir- 
ganini  ko‘rdi,  hayqirib  yubordi:
—  B orm aym an,  deyapm an-ku!  N im a  qilasiz  m eni 
qiynab!
—  T o ‘y  m eniki  em as,  dom ullo.  Bozor  kuni  rais 
o ‘g ‘lini 
u y la n tiia y o tg a n  
edi. 
A taylab 
yubordi. 
O ynatog‘dan  keldim.
A lim ardon  yarq  etib  qaradi.  Birdan  ko ‘z  o ‘ngi 
tiniqlashib,  tikilih  qoldi.
—  Q a y erd an   deysiz?  —  d ed i  entikib.
—  O ynatog‘dan,  —  notanish  kishi  yalingan  ohangda 
so‘radi:  —  Pul  tashlab  ketaym i?
A lim ardon  ichki  bir  g‘ijinish  bilan  q o ‘l  siltadi.
—  Pulingiz  kerakmas.  Boraman!
*  *  +
T o ‘y  tarqay  deb  turgan  edi,  birdan  sham ol  ko ‘tarildi- 
yu,  zum   o ‘tm ay  b o ‘ronga  aylandi.  Sham ol  shiddat  bilan 
quyunday  yopirilar,  hovlidagi  olchalarning  shoxlarini 
qarsillatib,  ayqash-uyqash  qilar,  u zun  stol  ustidagi  das- 
turxonlarni  shartta  ko‘tarib,  taqsim chalarni  chil-chil 
qilib  yuborardi.  O dam lar chuvillab  qolishdi.  Kuyov-kelin 
o ‘tirgan  joydagi  palak  uzilib  tushdi.
T o ‘yda  y elib-yjgurib  xizmat  qilayotganlar  shosha- 
pisha  kelinni  uyga  olib  kirib  ketishdi.  0 ‘rtadagi  m in- 
ginchi  lam pochka  lopillab-lopillab  tu rd i-d a,  birdaniga 
qarsillab  yorilib  ketdi.  T o g ‘  tabiati  quturib,  bir  zum da 
ham m ayoqni  ostin-u stu n   qilib  tashladi.
A lim ardon  o ‘ziga  ajratilgan  burchakdagi  so‘ridan 
sakrab  tushdi.  Allakim   ichkaridan  o ‘ninchi  chiroq 
k tarib  chiqdi.  A m m o  shu  ondayoq  b o ‘ron  chiroqning 
shishasini  uchirib  parchinlab  tashladi.
A lim ardon  xavotirlanib  osm onga  qarab  q o ‘ydi.  Xuddi 
shu  payt  ilonday  chaqm oq  yaraqladi-yu,  etagi  ch qqi- 
larga  osilib  yotgan  vahim ali,  q o p -q o ra  bulutlarning  qir-
www.ziyouz.com kutubxonasi


rasi  aniq  k rinib  ketdi.  K elidan  yer-u  k kni  larzaga 
solib,  m om aqaldiroq  gum burladi.
A lim ardon  o ‘zi  bilan  o ‘zi  ovora  bo ‘Iib  qolgan 
odam lar  orasidan   tib,  to r  ko ‘chaga  chiqdi.  N ariroqda 
soyaday  qorayib  turgan  m ashinasining  oldiga  bordi. 
Shoshilm asdan  eshikni  ochdi.
A lim ardon  hech  qayerda  bugunchalik  hissiz,  sovuq 
q o ‘shiq  aytm agan  edi.  Bu  safar  u  bir  qultum   ham   ich- 
madi.  Raisning  pulini  olm adi  ham .  H ar  gal  o ‘rtaga  tush- 
ganida  ko ‘zlari  bilan  M uqaddam ni  izlar,  qayerdadir,  shu 
atrofda,  o dam lar orasida turibdi,  deb  ishonar,  xotin-xalaj 
orasid a  ch o p ish ib   yurgan  b o lala r  ich id a  o ‘zining 
Shavkati  ham   borligini   ylar,  q o ‘shiq  aytardi-yu,  nim a 
deyayotganini  o ‘zi  bilmasdi.
A lim ardon  ashula  aytar  ekan,  qaysidir  bir  burchakda 
o ‘sha  Kabir  ham   o ‘ziga  iljayib  tikilib  turganini  ko ‘z 
o ‘ngiga  keltirib  g‘ijinardi.  Kim  bilsin,  balki  o ‘sha  raqibi 
ham   uning  peshanasiga  pul  qistirib,  sadaqa  bergandir.
A lim ardon  kerakm as,  deb  h archand  qaytarm asin, 
serzavq  tog‘  xalqi  uni  pulga  ko ‘mib  tashladi.  U  bo ‘ron 
boshlanganidan  xursand  edi.  Eshikni  qarsillatib  yopdi- 
da,  m ashina  chirog‘ini  yoqdi.
C h iro q   n u rlari  z u lm a tn i  tilk alab   tashladi.  T o r 
ko‘chada  chekka-chekkada  to ‘dalashib  qolgan  odam lar, 
u  yoqdan-bu  yoqqa  besaranjom   yugurgan  xizm atchilar 
beixtiyor  m ashina  tom onga  burilib  qarashdi.
A lim ardon  endi  m oto m i  yurgizgan  edi,  allakim   o ‘ng 
tom ondagi  eshikni  tortdi.  O cholm adi  shekilli,  eshik  dar- 
chasidan  m o ‘raladi.
—  H a?  —  dedi  A lim ardon  qayrilib  qaram ay,  keyin 
yelkasiga  beqasam   chopon  tashlab  olgan  raisni  tanidi-yu, 
yum shoqroq  qilib  so‘radi:  —  N im a  deysiz?
—  Ketyapsizm i?  —  dedi  rais  sham olning  o ‘kirgan 
ovozini  bosish  uch u n  baqirib.
Y o‘q,  u  hech  qayoqqa  ketmaydi.  Bu  yerga  to ‘y  uchun 
kelgan  emas!
A lim ardon  M uqaddam ning  uyini  nim a  deb  so‘rashi- 
ni  bilm ay  ikkilanib  qoldi.
—  Vaqt  b o ‘ldi  endi,  —  dedi  ataylab  ishonch  bilan.
—  Shu  topda-ya?  —  dedi  rais  yana  shangMllab.  U 
tag‘in  bir  nim a  dedi-yu,  m om aqaldiroq  ovozini  bosib 
ketdi.  G ulduros  to ‘xtaganidan  keyin  boshini  yanayam
www.ziyouz.com kutubxonasi


ichkariroq  kiritib  qichqirdi:  —  Qoling,  yo‘l  yom on. 
H ozir  Shodivoy  uyiga  olib  ketadi.
A lim ardon  indam adi.  U    tirgan  yerida  hayajonidan 
titrar,  o ‘g‘lini  ko‘ ish in i  o ‘ylagan  sayin  b attar  entikib 
ketardi.  Yo‘lga  chiqqanidayoq  yuragi  sog‘inch  bir  tuy- 
g‘u —  Shavkatni  k o ‘rish  tuyg‘usi  bilan  lim m o-lim   to ‘lib, 
tipirchilab  ketgan  edi.  Endi  esa  bu  tuyg‘u  qudratli  bir 
talabga  aylangan,  A lim ardon  bu  talab  qarshisida  ham m a 
narsadan  voz  kechishga  tayyor  edi.  Kim  biisin,  balki  bir 
yo‘la  olib  ketar...  N im a,  haqqi  yqmi?!  Olib  ketadi!
—  Erta  bilan  tushib  ketasiz!  —  rais  nari  ketib,  zum 
o ‘tm ay 
ikki 
kishi 
b o ‘lib 
qaytib 
kelishdi. 
— 
Shodivoynikida  qolasiz!  —  dedi  yana  qichqirib.
AJimardon  o ‘tirgan  yerida  egilib  o ‘ng  eshikni  ochdi. 
S hodivoy  o ‘rin d iq q a  o g “ir  c h o ‘kdi. 
Bu  o ‘sha  — 
A lim ardonni  to ‘yga  aytish  uchu n   restoranga  qidirib  bor- 
gan  yigit  edi.  Boya  A lim ardon  ashula  aytayotganida 
Shodivoy  uning  keiidan  choy  k tarib  yurgan  edi.
—  Jonivorning  quturishini  qarang-a,  m ehm on!  — 
Shodivoy  qora  kostum ining  yelkalarini  oppoq  qilib 
yuborgan  changni  qoqdi.  —  Q ani,  yurdikm i?
A lim ardon  qoron g‘ida  unga  jirkanib  qarab  q o ‘ydi. 
“ C hangini  m ashina  ichiga  orqalab  kirganini-chi!  N im a 
qilsa  ham   qishloqi-da!  M uqaddam ning  eri  ham   shunga 
o ‘xshagan  molsifat  b o ‘lsa  kerak!”
0 ‘zining  xayolidan  o ‘zi  g‘ijinib  ketdi.  Bordi-yu, 
M uqaddam   eshikdan  haydab  yuborsa-chi?
Shu  payt  qancha  vaqtlardan  beri  yuragida  tugilib  yot- 
gan  alami  qaytadan  yangilanib  ketdi-yu,  nafrat  bilan 
pichirladi:  “ N im a,  o ‘z  bolam ni  k o ‘rishga  haqqim  
y o ‘qm i!”
A lim ardon  m ashinani  sekin  jild ird i-d a,  qishloqning 
pastak  tosh  devorlari  orasidagi  o ‘n q ir-c h o ‘nqir  yo ‘llar- 
dan  avaylab  yurib  ketdi.
Bahaybat  qoyalar orasida  k m ilib  qolgan jajji  qishloq 
tabiat  qudratidan  vahim aga  tushganday  pusib  qolgan, 
k ich ik -k ich ik   d erazalard a  c h iro q   ko ‘rin m as,  g o ‘yo 
ham m a  allaqanday  yengilm as  dahshat  oldida  titrayot- 
ganday  edi.
Y ana  chaqm oq  chaqdi.  G ‘am gin  qovoq  uyib  turgan 
baland-baland  qoyalar  yarq  etib  yorishdi,  yana  zulm at 
c h o ‘kdi.  K etidan  m om aqaldiroq  gum burladi.  Tog‘lar-

Download 2,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish